О'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining о'n sakkiz yilligiga bag 'ishlanadi



Download 2,55 Mb.
bet4/55
Sana23.04.2022
Hajmi2,55 Mb.
#575643
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55
Bog'liq
Mehnat huquqi

Mehnat huquqi va uning boshqa huquq sohalaridanfarqi. Yuqorida qayd etilganidek, mehnat huquqining predmeti ijtimoiy mehnat jarayonlari ishtirokchilari o'rtasida yuzaga keluvchi munosabat-lardan iborat. Ammo ijtimoiy mehnat bilan bog'liq ravishda yuzaga keluvchi munosabatlarni tartibga solish predmeti jumlasiga ki-ravchi boshqa bir qator huquqiy fanlar ham mavjud va ular bilan «Mehnat huquqi» fani o'rtasidagi aniq chegaralarni belgilab olinishi nazariy ahamiyatgagina ega bo'lib qolmasdan, katta amaliy aha-miyatga ham ega. Chunki huquqiy tartibga solish sohasini aniq ta-savvur qilmaslik, bir huquq sohasiga mansub munosabatni boshqa munosabatlardan farq qila bilmaslik qonunlarni qo'llash ama-liyotida xatoliklarga olib kelishi, qonuniylikni ta'minlash samara-dorligini keskin pasaytirib yuborishi mumkin.
Mehnat huquqi predmeti — mehnat bo'lganligi tufayli fuqarolik huquqi bilan; qishloq xo'jaligi huquqi bilan; boshqarish faoliyati ckanligi bilan ma'muriy huquq; ish haqi, mukofotlar to'lashga qaratilganligi bilan moliya huquqi; mehnat natijalariga ko'ra, rag'-batlantirilishiga ko'ra ijtimoiy ta'minot huquqi sohalari bilan o'x­shash tomonlarga, umumiy xususiyatlarga ega.
Ammo bu o'xshashliklar o'ta nisbiy bo'lib, ularning har biri inustaqil yuridik fan tarmog'i ekanligini yorqin namoyon qiluvchi, boshqa fanlardan farqlashga imkon beravchi aniq-ravshan xu­susiyatlarga ega. Ushbu nuqtayi nazardan mehnat huquqini yuqo-ridagi huquq sohalaridan farq qilishga imkon beravchi jihatlarini bayon etishga harakat qilamiz.
Bunda, eng awalo, mehnat huquqi va fuqarolik huquqi o'rtasi­dagi farqlarni aniqlash lozim bo'ladi. Qayd etilganidek, ushbu har ikki huquq sohasida ham mehnat qilish huquqiy munosabat yuz berishiga asos bo'lishi mumkin. Masalan, pudrat, buyurtma, topshi-iiq, mualliflik va boshqa ko'plab fuqarolik huquqiy shartnomalar ish bajarishga yoki bo'lmasa xizmat ko'rsatishga, ya'ni mehnat qi­lishga qaratilgan munosabatlarni tartibga soladi. Ish beravchi bilan xodim o'rtasidagi mehnat shartnomasi (kontrakti)ning predmeti ham xodimning mehnat faoliyatidan iborat.
Biroq, mehnat huquqi normalari bilan tartibga solinadigan mehnat-huquqiy munosabatlari quyidagi xususiyatlarga ega bo'ladi va bu xususiyatlar fuqarolik huquqiga aslo xos bo'lmaydi.
1. Mehnat huquqida xodim korxonaning mehnat jamoasi tar-kibiga qo'shib olinadi va korxona xodimi maqomiga ega bo'­ladi. Fuqarolik-huquqiy shartnomalar asosida bir brigada yoki boshqa gurah tarkibida ishlovchilar hech qachon meh­nat jamoasi maqomiga ega bo'lishmaydi.
2. Korxonaga ishga qabul qilingan xodim oldindan aniq belgilab qo'yilgan kasb, malaka yoki lavozim bo'yicha mehnat majburiyat-larini bajaradi va ish beravchi undan xizmat vazifasiga kirmay-digan majburiyatlarni bajarishni qoidaga ko'ra talab qila olmaydi.
3. Mehnat shartnomasiga ko'ra, xodim oldindan.aniq belgilangan kasb, ixtisos yoki lavozimga oid ishni doimiy ravishda, ol-dindan muddati belgilanmagan holda bajaradi, ya'ni mehnat-huquqiy munosabatlar davomli bo'ladi. Fuqarolik-huquqiy shartnomalarda esa ish bajarib bo'linishi bilan huquqiy mu-nosabat barham topadi.
4. Mehnat qonunlarida korxonalarning lokal normativ hujjat-larida belgilangan kafolatlar, imtiyozlar mehnat shartnoma­siga ko'ra ishlayotgan xodimga to'la taalluqli bo'ladi. Fuqa­rolik-huquqiy shartnoma asosida ishlayotgan shaxslarga bun-day huquqlar buyurtmachi tomonidan berilmaydi.
5. Mehnat-huquqiy munosabatlarning o'rnatilishi va bekor qili-nishi asoslari, tartibi fuqarolik-huquqiy shartnomalar tuzish va bekor qilish faoliyatidan tubdan farq qiladi.
Mehnat huquqi bilan kooperativ yoki qishloq xo'jaligi huquqi o'rtasida eng yaqin o'xshashlik mavjud va bu holat ularning har ikkisi ham davomli mehnat munosabatlarini mehnat jamoasiga a'zolik asosida huquqiy tartibga solinishda ko'zga tashlanadi. Ammo ularning huquqiy bazalari turlicha bo'lib, qishloq xo'jaligi huquqidagi muno-sabat mulkdoming (a'zoning) mehnatidan iborat va u qishloq xo'jaligi kooperativi (fermer, dehqon xo'jaligi) ustavi va boshqa ta'sis hujjatlari bilan, mehnat huquqida yollanib ishlovchi xodimning mehnati Mehnat kodeksi va boshqa mehnat qonunlari bilan tartibga solinadi.
Mehnat huquqi va ma'muriy huquq boshqarav munosabatlarini tartibga solish bilan bir-biriga o'xshab ketsa-da, biroq xalq xo'jaligi tarmoqlarini, ma'muriy-hududiy tuzilmalarini boshqarish usullari, vositalari, boshqarilish obyektlari va boshqarish vakolatiga ega davlat boshqaruv organlari tomonidan amalga oshiriladigan ma'muriy boshqarav mehnat huquqidagi korxonani, mehnat jamoasini, ishlab chiqarishni boshqarishdan tubdan farq qilishi o'z-o'zidan tushunarlidir.
Mehnat huquqi ish haqi va boshqa to'lovlar to'lashda moliyaviy mablag'lar bilan munosabatda bo'lishiga ko'ra moliya huquqiga o'xshab ketadi. Ammo davlat yoki mahalliy hududlar budjeti, uni shakllan-tirish va sarflash tarzidagi davlatning moliyaviy faoliyati bilan korxona moliyaviy faoliyati o'zaro tubdan farq qilishini anglash qiyin emas.
Mehnat huquqi ijtimoiy ta'minot huquqi bilan o'zaro o'xshash bo'lib, ularning har ikkisi ham mehnat staji, mehnat staji tufayli yuz beruvchi huquqiy oqibatlar bilan ish olib boradi. Mehnat huquqi predmeti bo'lgan xodimning mehnat faoliyati davri ijtimoiy ta'minot munosabatlari yuzaga kelishiga asos bo'ladi. Ammo mehnat huquqi xodimning ish faoliyatini amalga oshirib turgan paytidagi ish stajiga e'tibor bersa, ijtimoiy ta'minot huquqi xodim mehnat faoliyatini to'xtatganidan keyin uning ish staji hajmi va sifatiga ko'ra ijtimoiy ta'minotlarni (pensiya, nafaqa, sotsial yordamlar) amalga oshirish bilan shug'ullanadi.

Download 2,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish