О'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining о'n sakkiz yilligiga bag 'ishlanadi



Download 2,55 Mb.
bet5/55
Sana23.04.2022
Hajmi2,55 Mb.
#575643
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55
Bog'liq
Mehnat huquqi

Mehnat huquqi tamoyillari. Mamlakatimiz mustaqillikka erish-ganidan so'ng amalga oshirilayotgan huquqiy islohotlar natijasida xalqimizning bozor iqtisodiyoti sharoitlariga mos keluvchi yan-gicha huquqiy qarashlari yuzaga kela boshladi. Bu qadriyatlar ke-yingi yillarda qabul qilinayotgan qonunlarda yangicha tamoyillar shaklida o'z ifodasini topmoqda. Shu jumladan, Mehnat kodeksi-ning qabul qilinishi, mehnatga oid boshqa bir qator qonunlarning ishlab chiqilishi natijasida ushbu huquq sohasiga xos bo'lgan yan­gicha tamoyillar — mehnat munosabatlarini huquqiy tartibga so-lishga oid g'oyalar, yetakchi tushunchalar shakllana boshladi.
Eng awalo, mehnat huquqi fan sohasi sifatida umumhuquqiy insonparvarlik tamoyillari: ijtimoiy adolat, kamsitishga yo'l qo'yil-masligi, fuqarolarning qonun oldida teng ekanliklari, qonunchilikka qat'iy amal qilinishiga so'zsiz rioya etilishi ta'kidlanmog'i lozim.
Mehnat huquqining tamoyillari deganda, amaldagi qonunlar bilan mustahkamlangan, mehnat bozori faoliyatini ta'minlash so-hasidagi davlat siyosatini ifodalovchi asosiy g'oyalar, rahbariy qoidalar tushunilmog'i lozim.
Mehnat huquqining tamoyillari iqtisodiy qonuniyatlar bilan belgilanuvchi mehnatni tashkil etishga oid ijtimoiy munosabatlarni aks ettirsa, boshqa tomondan esa mehnatni huquqiy tartibga so-lishga taalluqli gumanistik va demokratik qoidalarni ham o'z ichiga oladi. Mehnat munosabatlariga oid normalar iyerarxiyaviy tuzilishga ko'ra, sohalararo prinsiplar, tarmoq va huquq institutining prin-siplariga bo'linadi.
Mehnat huquqining tamoyillari o'z ichiga qamrab oladigan munosabatlar doirasiga ko'ra, quyidagicha guruhlarga ajratilishi mumkin:
a) mehnat bozorini huquqiy tartibga solish va bandlikni samarali tarzda ta'minlashga qaratilgan tamoyillar (erkin mehnat qi­lish, mehnat shartnomasi tuzish erkinligi va boshq.);
b) mehnat shartlarini belgilash sohasidagi tamoyillar (mehnat shartlarining ish sharoitlari va boshqa omillarga ko'ra tabaqa-lanishi; mehnat shartlarini belgilashda xodimlar vakillik or-ganlarining bevosita ishtirok etishi va h.k.)«
d) xodim mehnatini qo'llashga old tamoyillar (mehnat funk-siyalarining aniqligi, mehnat munosabatlarining barqarorligi; mehnat intizomini ta'minlash va boshq.);
e) xodimning mehnat sohasidagi huquqlari va erkinliklarini himoya qilishga oid tamoyillar (mehnat muhofazasi va xo­dimlar sog'lig'ini ta'minlash; mehnat huquqlarining kafolat-lanishi va himoya qilinishi va h.k.).
Bundan tashqari, mehnat huquqida sohalararo tamoyillarga ham amal qilish zarur, bularga:
a) fuqarolar sog'lig'i va hayotining har tomonlama muhofaza qilinishi;
b) qariganda, mehnat qobiliyatini yo'qotganda ijtimoiy ta'minot olish huquqining ta'minlanishi;
d) huquqlar va majburiyatlarning birligi;
e) faoliyat turini, ish joyini tanlashning erkinligi singarilarni kiritish mumkin.
Mehnat huquqi o'zigagina xos bo'lgan tamoyillarga ham amal qiladi. Bu tamoyillar «Mehnat huquqi» fani hamda tarmog'ining o'ziga xos xususiyatlarini ifodalaydi.
Mehnat huquqining o'ziga xos tamoyillari quyidagilardan iboratdir:
1) mehnat munosabatlariga kirishishning ixtiyoriyligi, erkinligi va majburiy mehnatga yo'l qo'yilmasligi;
2) o'z jismoniy va aqliy imkoniyatlaridan foydalanish chog'ida fuqarolarning mutlaqo mustaqil va erkin ekanliklari;
3) ishchi kuchining tovar ekanligi, uning bahosi mehnat bozo-ridagi taklif va talablarga ko'ra belgilanishi, davlat mehnat bozorining shakllanishi va faoliyat ko'rsatishiga ko'maklashuvi;
4) davlatning ijtimoiy himoyaga muhtoj, mehnat bozorida teng raqobatlasha olmaydigan aholi qatlamlarini ishga joylash-tirishda qo'llab-quwatlashi va yordam ko'rsatishi;
5) ishsizlikdan himoyalanishning kafolatlanishi;
6) mehnat munosabatlarini tartibga solishda shartnomaviy hamda lokal me'yoriy hujjatlar ustuvorligi;
7) minimal mehnat sharoitlari yaratish barcha mulkchilik shakli-dagi korxonalar uchun majburiyligi;
8) mehnat intizomiga amal qilishning zarurligi;
9) mehnatga haq to'lashda bajarilgan ishning miqdori va sifatiga ko'ra cheklanmagan haq to'lanishi;
10) xodimlar va ish beruvchilar vakilligining mavjudligi va moja-rolarni muzokaralar yo'li bilan hal etilishi;
11) xotin-qizlar, yoshlar, nogironlar mehnatining maxsus mu­hofaza etilishi, ularga qo'shimcha kafolatlar berilishi va boshqalar.
Mehnatga oid qonun hujjatlarida mehnat munosabatlarida qo'l-Ianiladigan boshqa tamoyillar ham nazarda tutilgan bo'lishi mum-kin. Mehnat huquqi tamoyillariga og'ishmay amal qilinishi xodimlar va ish beruvchilar manfaatlarini himoya qilishning qonunchilik hamda ijtimoiy adolatni ta'minlashning asosiy shartlaridan hisob-lanadi. Davlat va jamiyat rivoji bilan bog'liq ravishda, bozor mu­nosabatlarining tobora chuqurlashib borishi natijasida mehnat huquqining tamoyillari ham takomillashib, yangilanib boraveradi.
NAZORAT SAVOLLARI
1. Mehnat qilish huquqi Konstitutsiyaning qaysi moddasida ko'zda tutilgan?
2. Mehnat huquqi deganda, nimani tushunasiz?
3. Mehnat huquqining uslublari haqida gapirib bering.
4. Mehnat nizolarini hal etishga oid munosabatlarni bayon eting.
5. Mehnat huquqi predmeti nima?
6. Mehnat huquqi tamoyillarini sanab o'ting.


Download 2,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish