О'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining о'n sakkiz yilligiga bag 'ishlanadi



Download 2,55 Mb.
bet45/55
Sana23.04.2022
Hajmi2,55 Mb.
#575643
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   55
Bog'liq
Mehnat huquqi

16-bob
MEHNAT MUHOFAZASI VA UNING HUQUQIY ASOSLARI


Mehnat muhofazasi tushunchasi va uni ta 'minlashning huquqiy vositalari. Qulay mehnat sharoitida ishlash huquqi — fuqarolarning muhim konstitutsiyaviy huquqlaridandir. Ushbu huquqlarni amalda ta'minlash mehnat muhofazasiga oid qonun hujjatlari talablarini og'ishmay bajarish yo'li bilan ro'yobga chiqarilishi mumkin. Mehnat muhofazasi tegishli qonun va boshqa me'yoriy hujjatlar asosida amal qiluvchi, insonning mehnat jarayonida xavfsizligi, sihat-salomatligi va ish qobiliyati saqlanishini ta'minlashga qaratilgan ijtimoiy, iqtisodiy, tashkiliy, texnikaviy, sanitariya-gigiyena va davolash-profilaktika tadbirlari hamda vositalari tizimidan iborat.
Mehnat huquqida mehnat muhofazasi atamasi keng va tor ma'-nolarda ishlatiladi. Keng ma'noda bu atama mehnatni qo'llashga oid barcha masalalar majmuyini o'z ichiga oiadigan va mehnat huqu-qining turli bo'limlari (mehnat shartnomasi, ish va dam olish vaqti va boshqalar)ga taalluqli huquq normalari yig'indisi tushuniladi. Bular jumlasiga ishga qabul qilishdan asossiz bosh tortishni taqiqlovchi, xodimlarni ishdan bo'shatish va boshqa ishga o'tkazishni cheklovchi, ish vaqti chegaralarini belgilovchi hamda boshqa ko'plab qulay mehnat sharoitlari yaratilishiga qaratilgan yo'nalishlar kiradi.
Tor ma'noda esa, mehnat muhofazasi atamasi xodimlar uchun xavfsiz va sog'lom mehnat sharoitlari yaratish, ishlab chiqarish uchastkalarida texnikaviy, sanitariya-gigiyena sharoitlarini ta'minlash maqsadida belgilangan standartlar va normativlarning ishlab chi-qilishi va ularga amal qilishni ta'minlashga oid iqtisodiy, huquqiy, tashkiliy chora-tadbirlardan iborat bo'ladi.
Mehnat muhofazasi texnika xavfsizligi va ishlab chiqarish sanita-riyasini ham o'z ichiga oladi. Texnika xavfsizligi deganda, ishlab chiqarishni zararli omillari ta'sirini bartaraf etishga qaratilgan tash­kiliy tadbirlar va texnikaviy vositalar tizimi nazarda tutiladi. Ishlab chiqarish sanitariyasi deganda, ishlab chiqarishning zararli ta'sir-larining oldini olishga yoki ularni kamaytirishga qaratilgan tashkiliy tadbirlar va texnikaviy vositalar tizimi tushuniladi.
Mehnat muhofazasiga oid qonunlar mulkchilik shaklidan qat'i nazar, barcha korxona va tashkilotlarga, kooperativlar, dehqon-fermer xo'jaliklarida yollanib ishlayotgan yoki a'zo bo'lgan holda mehnat qilayotgan barcha fuqarolarga, ishlab chiqarish amaliyoti davrida korxonalarga jalb etilgan o'quvchilar va talabalarga, korxo-nadagi ishlarga jalb etilgan harbiy xizmatchilarga, muqobil xizmatni o'tayotgan shaxslarga, shuningdek, davlat va jamiyat manfaatlarini ko'zlab amalga oshiriladigan boshqa ishlarga jalb etilgan barcha fuqa-rolar mehnatini muhofazalashga nisbatan tatbiq etiladi.
O'zbekiston Respublikasining 1993-yil 6-mayda qabul qilingan «Mehnatni muhofaza qilish to'g'risida»gi Qonuni 4-moddasida meh­natni muhofaza qilish sohasidagi O'zbekiston Respublikasi davlat siyosati asoslari bayon etilgan bo'lib, korxonaning ishlab chiqarish natijalariga nisbatan xodimning hayoti va sog'lig'i ustuvorligi bu siyosatning bosh qoidalaridan birini tashkil etadi.
Mehnatni muhofaza qilishning huquqiy manbayi O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, O'zbekiston Respublikasining «Mehnatni muhofaza qilish to'g'risida»gi Qonuni, O'zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining «Mehnatni muhofaza qilish» bobi (211—223-moddalar) va boshqa qoidalar, O'zbekiston hukuma-tining mehnatni muhofaza qilishga oid qarorlari, vazirliklar va idoralarning ishlab chiqarishdagi texnik xavfsizligi, sanitariya hamda gigiyenaga, profilaktikaga oid yo'riqnomalar, standartlar, texnikaviy shartlar, mahalliy davlat hokimiyat organlarining qarorlari, korxona va tashkilotlarning bevosita o'zida ishlab chiqilgan, ish beruvchilar hamda xodimlar vakillik organlari bilan o'zaro kelishib tasdiqlagan mehnatni muhofaza qilishga oid lokal me'yoriy hujjatlar hisoblanadi.
O'zbekistonning davlatlararo ikki tomonlama va ko'p tomonlama ahdlashuvlari, O'zbekiston ishtirok etgan yoki tan olgan xalqaro shartnomalar ham mehnatni muhofaza qilishga oid qonunchilikning muhim manbalaridan hisoblanadi.
Mehnat kodeksining 211-moddasiga ko'ra, mehnat muhofazasi mehnat munosabatlarining muhim tarkibiy elementi hisoblanib, undan ish beravchi uchun ham, xodim uchun ham muhim hu-quqlar va majburiyatlar vujudga keladi.
Mehnat kodeksining 212-moddasida mehnat muhofazasi yuzasidan xodimlarning majburiyatlari ko'rsatilgan bo'lib; unga ko'ra, «Xodim mehnatni muhofaza qilish normalariga, qoida va yo'riqnomalariga, shuningdek, ma'muriyatning ishni bexatar olib borish haqidagi farmoyishlariga rioya qilishi, olingan shaxsiy vosita-
lardan foydalanishi, insonlar hayoti va sog'lig'iga bevosita xavfsola-digan har qanday holat haqida, shuningdek, ish jurayonida yoki u bilan bog'liq holda sodir bo'lgan har qanday baxtsiz hodisa haqida o'zining bevosita rahbarini (brigadiri, ustasi, uehastka boshlig'i va boshqalarni) darhol xabardor qilishi shart».
Mehnatni muhofaza qilishga oid talablarga qat'iy amal qilish xodimning burchi bo'lib, unga rioya etmaslik intizomiy javobgarlikka va intizomiy jazo qo'llanishiga sabab bo'ladi. Mehnatni muhofaza qilishga oid talablarga rioya etilishini tekshirib borish va zarur shart-sharoitlari bilan ta'minlash ish beravchining majburiyatlari sirasiga kiradi.
Korxonalarda mehnat muhofazasiga oid ishlarni rejalashtirish va amalga oshirish, bu sohani ish beruvchi tomonidan boshqarish korxonalarning xo'jalik mustaqilligi bilan uyg'un holda olib bo-rishiga asoslanadi.
Mehnatni muhofaza qilish rejalari muayyan tarmoq minta-qada sog'lomlashtirish, mehnat sharoitlarini takomillashtirishning umumiy rejalari tarkibiy qismi hisoblanadi.
Mehnatni muhofaza qilish ishlari korxona loyihalanishi, qurilish va foydalanishiga topshirilishidan boshlab, ishlab chiqarish jarayoni davomida ham uzluksiz amalga oshiriladi. Mehantni muhofaza qilish yuzasidan standartlarni aniqlash qonun hujjatlari bilan belgilanadi1.
«Mehnatni muhofaza qilish to'g'risida»gi Qonunning 9-mod-dasida korxonalar va obyektlarni loyihalash, qurish va ishlatishda, ishlab chiqarish vositalarini tayyorlash va ta'mirlashda mehnatni muhofaza qilish talablariga rioya etilishini ta'minlash choralari belgilab qo'yilgan bo'lib, unga ko'ra mehnat muhofazasi talablarga javob bermaydigan korxona va obyektlarning ishga tushishi taqiq-langanligi ko'rsatilgan.
Sog'lom va xavfsiz mehnat sharoitini ta'minlashga qaratilgan profilaktik choralar jumlasiga yuqoridagilardan tashqari, korxona­larda texnika xavfsizligini ta'minlash xizmati bo'lishi lozimligi haqi-dagi («Mehnatni muhofaza qilish to'g'risida»gi Qonunning 14-mod-dasi) mehnatni muhofaza qilishga oid yo'riqnoma va boshqa me'yoriy hujjatlar ishlab chiqilishi, xodimlarning yakka himoyalanish vosi-talari bilan ta'minlanishlari va bu vositalardan foydalanish xodim uchun majburiy ekanligi, zararli ishlab chiqarish sharoitlarida band
'O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2000-yil 7-yanvarda 870-raqam bilan ro'yxatga olingan «Mehnat muhofazasiga oid yo'riqnomalar ishlab chiqish haqida»gi Nizom.
bo'lgan xodimlarning kasallikka chalinishlarining oldini olish maq-satlida belgilangan me'yorlarga muvofiq profilaktik oziq-ovqat mahsulotlari, sho'r suv, sut va sut mahsulotlari bilan ta'minlanish-lari, ayrim toifaga mansub yoki zararli mehnat sharoitlarida band bo'lgan xodimlarni ishga qabul qilish paytida hamda ish davomida vaqt-vaqti bilan tibbiy ko'rikdan o'tkazib turish lozimligi, sog'lig'i holatiga ko'ra xodimlarni yengilroq ishga o'tkazib turilishi kabi tadbirlar ham kiradi.
Mehnatni muhofaza qilish maqsadlari uchun davlat mablag'lari ajratiladi hamda ulardan to'liq va maqsadga muvofiq foydalanilishi davlat hamda jamoatchilik yo'li bilan nazorat qilinadi. Korxona tomonidan mehnatni muhofaza qilish uchun ajratilgan mablag'-lardan to'liq yoki maqsadga muvofiq foydalanmaslik davlat va mo-liya intizomini qo'pol ravishda buzish, deb baholanadi.
Korxonalarda xodimlar ish beruvchilar hisobidan baxtsiz hodi-salardan va kasb kasalliklariga chalinishdan majburiy sug'urta qilib qo'yiladi. Mehnat muhofazasiga oid umumiy va maxsus qoidalar O'zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi, «Mehnatni muhofaza qilish to'g'risida»gi Qonunda, «Fuqarolarning sog'lig'ini saqlash to'g'risida»gi, «Sanitariya nazorati to'g'risida»gi, «Tabiatni muho­faza qilish to'g'risida»gi va boshqa qonunlarda, ular asosida ishlab chiqilgan me'yoriy hujjatlarda belgilab qo'yilgan.
Xodimlarning ayrim toifalariga mansub bo'lgan shaxslarning (ayollar, o'smirlar va boshqalar) mehnatni muhofaza qilish masa-lalari ularga doir bo'lgan maxsus qonun hujjatlari bilan tartibga
solinadi.
Mehnat muhofazasi va ishlab chiqarish sharoitlarini yaxshilash masalalari korxona jamoa shartnomasida, tarmoq kelishuvlarida va boshqa lokal me'yoriy hujjatlarda ham o'z aksini topadi.

Download 2,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish