Xodimlarni ishdagi yutuqlari uchun rag'batlantirish. Ishon-tirish — mehnat intizomini mustahkamlash, xodimlarni unumli va samarali ishlashga undash, mehnatga ijodiy munosabatda bo'lishga o'rgatishning eng oqilona usulidan sanaladi.
— intizomiy jazo qo'llashga haqli mansabdor shaxslar doirasi qat'iy belgilangan;
— jazo qo'llash muddatlari belgilangan;
— jazo qo'llash muayyan tartibda amalga oshiriladi;
— jazo choralarining turlari oldindan belgilab qo'yilgan;
— jazoni qo'llash va olib tashlash tartibi mavjud;
— jazo ustidan shikoyat qilish huquqi ta'minlanadi.
Xodim o'z mehnat vazifalarini halol, vijdonan bajarishi, mehnat intizomiga rioya qilishi, ish beravchining qonuniy farmoyishlarini o'z vaqtida aniq bajarishi, texnologiya intizomiga, mehnat muhofa-zasi, texnika xavfsizligi va ishlab chiqarish sanitariyasi talablariga rioya qilishi, ish beruvchining mol-mulkini avaylab asrashi shart.
Xodim mehnat vazifalari ichki tartib-qoidalarida, intizom to'g'-risidagi ustav va nizomlarda, korxonada qabul qilinadigan lokal hujjatlarda (jamoa shartnomalarida, yo'riqnomalar va h.k.), mehnat shartnomasida aniq belgilab qo'yiladi. Intizomiy nojo'ya harakat deb xodim tomonidan aybli va huquqqa xilof tarzda o'z mehnat majburiyatlarini bajarmasligi tushuniladi. Intizomiy nojo'ya harakat obyektiv va subyektiv belgilardan iborat nojo'ya harakat tarkibini tashkil etadi. Har qanday xodim yoki maxsus vakolatga ega bo'lgan xodimlar mehnat huquqida intizomiy nojo'ya harakat va intizomiy javobgarlik subyektlari bo'lishlari mumkin.
Korxonada amal qiluvchi ichki tartib-qoidalari, xodimning burchlari, xizmat vazifalari doirasiga xilof ravishda qilingan harakat-lar intizomiy nojo'ya xatti-harakat obyekti bo'lib hisoblanadi.
Mehnat kodeksining 181-moddasida intizomiy nojo'ya harakat sodir etgan xodimga nisbatan quyidagi jazo choralari qo'Uanilishi mumkinligi nazarda tutilgan:
1) hayfsan;
2) o'rtacha oylik ish haqining 30 % dan ortiq bo'lmagan miqdorda jarima, ichki mehnat tartib-qoidalarida 50 % dan ortiq bo'lmagan miqdorda jarima solish mumkinligi ko'zda tutilishi mumkin;
3) mehnat shartnomdsini bekor qilish (100-moddaning 2-qismi, 3 va 4-bandlari).
Yuqorida sanab ko'rsatilganlardan tashqari, boshqa intizomiy jazo choralarini qo'llash taqiqlanadi.
Intizomiy jazoni qo'llash tartibi Mehnat kodeksining 182-mod-dasida ko'rsatilgan. Unga ko'ra: «Intizomiy jazolar ishga qabul qilish huquqi berilgan shaxslar (organlar) tomonidan qo'llaniladi.
Intizomiy jazo qo'llanilishidan awal xodimdan yozma ravishda liishuntirish xati talab qilinishi lozim. Xodimning tushuntirish xati hfiishdan bosh tortishi uning ilgari sodir qilgan nojo'ya xatti-liiirakati uchun jazo qo'llashga to'siq bo'la olmaydi.
Intizomiy jazoni qo'llashda sodir etilgan nojo'ya xatti-harakatining t|iiy darajada og'ir ekanligi, shu xatti-harakat sodir etilgan vaziyat, soclimning oldingi ishi va xulq-atvori hisobga oUnadi. Har bir nojo'ya sulli-harakat uchun faqat bir intizomiy jazo qo'Uanilishi mumkin.
Intizomiy jazo bevosita nojo'ya xatti-harakat aniqlanganidan keyin, ammo bu xatti-harakat aniqlanganidan boshlab, xodimning kasal yoki ta'tilda bo'lgan vaqtini hisobga olmasdan, uzog'i bilan I о у ichida qo'llaniladi».
Xodimga qo'llanilgan intizomiy jazo bir yil davomida amal qiladi va shu muddat ichida xodim boshqa intizomiy nojo'ya harakat sodir etmasa, u jazoga tortilmagan hisoblanadi.
Intizomiy jazo ish beruvchi tashabbusiga ko'ra, jazoga tortilgan xodim iltimosiga ko'ra, mehnat jamoasi yoki xodimning bevosita inhbari iltimosiga ko'ra, bir yil o'tmasdan ham muddatidan oldin olib tashlanishi mumkin. Bu haqda korxona ish beruvchisining luiyrug'i chiqarilishi lozim.
O'z navbatida, ish beruvchi ham korxonada mehnat intizomini l;f minlashi, mehnatni samarali tashkil etish uchun muayyan majbuiriyatlarni bajarishi mumkin. Mehnat kodeksining 177-moddasida ish beravchining quyidagi majburiyatlari qayd etilgan:
«Ish beruvchi xodimlar mehnatini tashkil qilishi, qonun va hoshqa normativ hujjatlarda, mehnat shartnomasida nazarda tutilgan mehnat sharoitlarini yaratib berishi, mehnat va ishlab chiqarish intizomini ta'minlashi, mehnat muhofazasi qoidalariga rioya etishi, xodimning ehtiyoj va talablariga e'tibor bilan qarashi, ularning mehnat va turmush sharoitlarini yaxshilab borishi, ushbu kodeksga muvofiq jamoa shartnomalarini tuzishi shart.
Ish beruvchi xodimdan uning mehnat vazifalari doirasiga kirmaydigan ishlarni bajarishni, qonunga xilof yoki xodim va boshqa shaxslarning hayoti va sog'lig'i uchun xavf tug'diruvchi, ularning sha'ni va qadr-qimmatini kamsituvchi harakatlar qilishni talab ctishga haqli emas».
Bulardan tashqari, ish beruvchi xodimni unga yuklanayotgan mehnat vazifalari doirasi bilan tanishtirishi shart.
Intizomiy nojo'ya harakat va intizomiy javobgarlik Mehnat ko-deksida, boshqa qonun hujjatlarida belgilangan bo'lib, mehnat intizomini buzuvchi xodimga nisbatan majburlash chorasini nazarda tutadi.
Qo'Ilanilgan intizomiy jazo ustidan jazoga tortilgan xodim yakka mehnat nizolarini ko'rib hal qilish uchun belgilangan tartibda va muddatlarda shikoyat qilishi, prokuror tomonidan esa protest keltirishi mumkin.
Jazo noto'g'ri qo'llanilgan bo'lsa, ushbu masala yuzasidan mehnat nizosini ko'rgan organ (mehnat nizolari komissiyasi, sud, bo'ysunish tartibida yuqori turadigan organ) uni bekor qiladi, to'g'ri qo'llanilganligi aniqlangan taqdirda esa shikoyat (protest)ni oqibatsiz qoldiradi.
Ayrim toifadagi xodimlarni (masalan, xalq deputatlari, xodimlar vakillik organlarida ishlayotgan shaxslar va boshqalami) intizomiy javobgarlikka tortilishida qo'shimcha kafolatlar belgilangan bo'lih ularga jazo maxsus qoidalarga amal qilgan holda qo'llanilishi mum!
Namunaviy ichki mehnat tartib-qoidalariga ko'ra xodim aybli harakatlari bilan korxona mol-mulkiga zarar yetkazgan, isl beruvchini qo'shimcha moddiy xarajatlar qilishiga sabab bo'lgs bo'lsa, u holda bunday xodim intizomiy jazoga tortilishi bilan birg moddiy javobgarlikka ham tortilib, undan yetkazilgan zarar ur dirib olinishi mumkin. Korxonaning lokal me'yoriy hujjatlarida mehnat intizomini buzgan xodimlarga qo'shimcha ta'sir choralari qo'llanishi ham ko'zda tutilishi mumkin (masalan, mukofotdan mahram qilish, muayyan imtiyozlar bermaslik va boshq.). Ammo ular intizomiy jazo bo'lib sanalmaydi.
NAZORAT SAVOLLARI
1. Korxonalardagi mehnat intizomi nima?
2. Mehnat intizomini mustahkamlashning qanday huquqiy usullari sizga ma'lum?
3. Xodimlar uchun ichki mehnat tartib-qoidalari qanday belgilanadi?
4. Xodimlarni ishdagi yutuqlari uchun rag'batlantirishning tartiblari hamda shakllari qanday?
5. Intizomiy nojo'ya harakat va intizomiy javobgarlik deganda nimalar
tushuniladi?
6. jazo choralarining qanday turlari mavjud?
7. Intizomiy jazo qo'llash tartibini aytib bering.
8. Intizomiy jazo qo'llash muddatlari qanday?
9. Intizomiy jazo chorasi ustidan shikoyat qilish tartibi qanday?
10. Maxsus intizomiy javobgarlik choralari va uni qo'llash haqida ni-malarni bilasiz?
Do'stlaringiz bilan baham: |