О'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining о'n sakkiz yilligiga bag 'ishlanadi



Download 2,55 Mb.
bet37/55
Sana23.04.2022
Hajmi2,55 Mb.
#575643
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   55
Bog'liq
Mehnat huquqi

13-bob
KAFOLATLI VA KOMPENSATSIYA TO'LOVLARI


Kafolatli to'lovlar tushunchasi, turlari va ularning ahamiyati. Mehnat qonunchiligi turli-tuman sharoitlar yuz berishi munosabati bilan xodimlar bevosita xizmat vazifalarini bajarmagan yoki to'liq bajarmagan hollarida, agar bu holatlar uning aybiga bog'liq bo'l-masdan turli obyektiv sabablar tufayli vujudga kelgan bo'lsa, ular­ning moddiy manfaatlarini qo'riqlanishiga kafolat beradi. O'ziga bog'liq bo'lmagan sabablarga ko'ra, mehnat burchini bajara olma-gan, shu tufayli ishlab pul topish imkoniyatidan mahrum bo'lib qolgan xodimlarning ish haqlari saqlanishi va to'lanishi ta'minla-nadi. Bunday kafolatli to'lovlar xodim va uning oila a'zolarini ijti-moiy himoyalashga qaratilgandir.
Kafolatli to'lovlar qonunda maxsus nazarda tutilgan hollarda to'lanadi va ko'pchilik hollarda xodimni ish vaqti davomida davlat, jamiyat vazifalarini bajarishlikka, korxona ish beruvchisi manfaat-lariga mos keluvchi, mehnat vazifasi jumlasiga kirmaydigan ishlarni bajarishlikka jalb etilishi bilin bog'liq bo'ladi.
Kafolatli to'lovlar ish haqidan farq qilib, bajarilgan ishning miqdori va sifatiga ko'ra emas, balki qonunda ko'zda tutilgan sabab­larga ko'ra to'lanadi. Kafolatli to'lovlarning ijtimoiy vazifasi xodim o'zining huquqlarini amalga oshirishi, majburiyatlarini bajarishi tufayli ishlamagan vaqtlarda ular turmush darajasining pasayib ketishiga yo'l qo'ymaslikdan iborat.
Kafolatli to'lovlar fuqaro o'zining fuqarolik burchini, ijtimoiy-siyosiy huquqlari va majburiyatlarini bajarishlari tufayli belgilangan konstitutsiyaviy kafolatlardan hisoblanib, ular barcha korxona, muassasa, tashkilotlar tomonidan so'zsiz ta'minlanishi shart.
O'zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 165-moddasida ta'kidlangandek:
Xodim davlat yoki jamoat vazifalarini bajarayotgan vaqtida (say-lov huquqini amalga oshirish, deputatlik vazifalarini bajarish, tibbiy-mehnat ekspertiza komissiyasi ishida ishtirok etish, harbiy burchni bajarish, surishtirav organi, tergovchi, ekspert, mutaxassis, tarji-mon, xolis tarzda chaqirilganda, xuddi shuningdek, sud majlislarida
xalq maslahatchisi, jamoat ayblovchisi va jamoat himoyachisi, ja­moat birlashmalari va mehnat jamoalarining vakili sifatida ishtirok etganda, shuningdek, qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda) ish beruvchi uni ish joyini (lavozimini) saqlagan holda ishdan ozod qilishi kerak. Ana shu vazifalarni bajarish vaqtida xodimning o'rtacha ish haqi saqlanadi.
Ushbu kafolatli to'lovlar to'lanish shartlari, miqdorlari davlat yoki jamoat vazifalarining ushbu aniq turiga oid bo'lgan qonunlar va qonun hujjatlarida aniq mustahkamlangan (Oliy va mahalliy saylov organlariga saylovlar o'tkazishni tartibga soluvchi, deputatlik maqomini belgilovchi, odil sudlovni amalga oshirilishiga oid bo'l­gan, harbiy xizmat to'g'risidagi va boshqa qonunlar).
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 11-martdagi 133-sonli qarori bilan «Xodimlarni davlat yoki jamoat vazifalarini bajarishlari, shuningdek, ularningjamiyat manfaatlariga doir harakatlarni amalga osliirishlari bilan bog'liq kafolatli to'lov-larni berish tartibi» tasdiqlangan bo'lib, unda aytilishicha:
Mazkur tartib mehnatga doir huquqiy munosabatlarni tartibga soladi, davlat yoki jamoat vazifalarini bajaruvchi, shuningdek, jamiyat manfaatlariga doir harakatlarni amalga oshiravchi xodim-larga kafolatli to'lovlarni pul bilan ta'minlash manbalarini va ular-ning berilishini belgilaydi.
1. Xodimlar tomonidan davlat yoki jamoat manfaatlariga doir bajariladigan vazifalar:
— saylov huquqini amalga oshirish;
— deputatlik vazifalarini bajarish;
— tibbiy-mehnat ekspertiza komissiyasi ishida ishtirok etish;
— harbiy burchni bajarish;
—surishtiruv organlariga, tergovchi, prokuror huzuriga, sudga guvoh, jabrlanuvchi, ekspert, mutaxassis, tarjimon, xolislar tariqa-sida (chaqiriq bo'yicha) borish;
—xalq maslahatchilari, jamoat ayblovchilari va jamoat hi-moyachilari, jamoat birlashmalari va mehnat jamoalari vakillari sifatida sud majlislarida, shuningdek, qonun bilan nazarda tutilgan boshqa hollarda ishtirok etish.
2. Xodimlar tomonidan jamiyat manfaatlari yo'lida qilinadigan harakatlar:
—avariyalar, tabiiy ofatlarning oqibatlarini tugatish;
—inson hayotini saqlab qolish;
—quyish uchun qon topshirish va boshqa hollar.
3. Davlat yoki jamoat vazifalarini bajarish vaqtida (qonun bilan belgilangan yoki tegishli organning chaqiriq qog'ozida, xabarno-masida ko'rsatilgan vaqtda) ish beruvchi xodimning ish joyi (lavo-zimi)ni saqlagan holda uni ishdan ozod qilishi shart.
4. Xodimning davlat yoki jamoat vazifalarini bajarishi, shuning­dek, uning jamiyat manfaatlariga doir qilayotgan harakatlari vaqtida ushbu vazifalarni bajarish uchun qonun bilan belgilangan vaqtdagi yoki tegishli organ tomonidan berilgan ma'lumotnomada ko'rsatib o'tilgan muddatdagi limitga muvofiq o'rtacha ish haqi saqlab qo-linadi.
5. Xodimlarning davlat yoki jamoat vazifalarini bajarish, shu­ningdek, jamiyat manfaatlariga doir harakatlar qilish vaqtidagi ularning o'rtacha ish haqini saqlab qolish bilan bog'liq xarajatlar:
— budjet hisobidan — budjetdan ta'minlanadigan muassasalar va tashkilotlar tomonidan;
—xo'jalik hisobi asosida — hisobot davridagi amalda hisoblangan kafolatli to'lovlar miqdorida soliq to'lovlari summasini kamaytirish bilan moliyaviy faoliyatni amalga oshiruvchi korxonalar va tashki­lotlar tomonidan qoplanadi.
6. Davlat boshqaruvi organlari, korporatsiyalar, konsernlar, uyushmalar va boshqa xo'jalik birlashmalari boshqaruv apparati, shuningdek, jamoat tashkilotlari va birlashmalari, moliyaviy ta'min­lash manbalaridan qat'i nazar, xodimlarning davlat yoki jamoat vazifalarini bajarishlari bilan bog'liq kafolatli to'lovlarni tashkilot-larning ish haqi fondi hisobidan amalga oshiradilar.
Xodim ish beruvchi va mehnat jamoalari manfaatlariga doir vazifalarni bajarish vaqtida ularga beriladigan kafolatlar, shu jum-ladan, kafolatli to'lovlar Mehnat kodeksining 165-moddasida ko'zda tutilgan. Unga ko'ra:
Ish beruvchi va mehnat jamoasi manfaatlariga doir vazifalarni bajarish (malaka oshirish, ratsionalizatorlik takliflarini joriy etish ishlarida qatnashish, xizmat safarida bo'lish, tibbiy ko'rikdan o'tish va boshqa hollarda) maqsadida xodimni ishdan ozod etish shartlari, shuningdek, ana shu davr uchun to'lanadigan kafolatli to'lovlar miqdori jamoa shartnomalarida belgilab qo'yiladi, lekin bu to'lov miqdori o'rtacha ish haqidan kam bo'lmasligi kerak.
Majburiy tibbiy ko'rikdan o'tishi shart bo'lgan xodimlarga ular­ning ishga yaroqliligini aniqlash maqsadida statsionar tibbiy muas-sasalarda tekshiruvdan o'tadigan davri uchun ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan kafolatlar beriladi. Xodim jamiyat manfaatlariga doir harakatlar qilganida beriladigan kafolatlar Mehnat kodeksining 167-moddasida ko'zda tutilgan:
Xodim jamiyat manfaatlariga doir harakatlar qilganda (ava-riyalar, tabiiy ofatlarning oqibatlarini tugatish, inson hayotini saq-lab qolish va boshqa hollarda) ana shu davr uchun uning o'rtacha ish haqi saqlanadi.
Tibbiy tekshiravdan o'tadigan kuni va quyish uchun qon top-shiradigan kuni xodimlarga sog'liqni saqlash muassasalariga borishlariga ish beravchi moneliksiz raxsat berishi shart. Donorlik qiluvchi xodimlarga har safar quyish uchun qon topshirgan kun-ning, albatta, ertasiga dam olish uchun bir kun beriladi. Xodim-ning xohishiga ko'ra bu kun ta'tilga qo'shib beriladi. Tekshiravdan o'tadigan va quyish uchun qon topshiradigan kuni ishdan ozod etilgan davr uchun, shuningdek, dam olish kunlari xodimning o'rtacha ish haqi saqlanadi.
Xodimlarga kafolatli to'lovlarni berish paytida o'rtacha ish haqini hisoblab chiqish tartibi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahka-masining 1997-yil 11-martdagi 133-sonli qarori bilan tasdiqlangan bo'lib, unga ko'ra:
1. Ta'tillar vaqtiga haq to'lash, ishdan bo'shatish nafaqasini, ishsizlik nafaqasini to'lash uchun o'rtacha oylik ish haqi birinchi yil ishlovchilarga hisoblab chiqarish kunidagi tarifikatsiya bo'yicha belgilangan ish haqi yoki lavozim maoshidan kelib chiqqan holda ularni o'n ikkidan birga (olti oy to'liq ishlaganlarga oltidan birga; yetti oy to'liq ishlaganlarga yettidan birga va hokazolar), o'rta max-sus va hunar-texnika o'quv yurtlari o'qituvchilari uchun hisoblash davrida tarifikatsiya bo'yicha belgilangan ish haqi yoki lavozim maoshidan oshgan summani o'ndan birga oshirgan holda hisoblab chiqariladi. Ularga ishbay asosida ishlab topilgan qo'shimcha ish haqi, mukofotlar, qo'shimcha to'lovlar, ish haqiga qo'shimcha haqlar va ijtimoiy sug'urta bo'yicha badallar hisoblanadigan boshqa to'lovlar kiradi.
2. Yil oxirida ortiqcha bajarilgan soatlar uchun o'rta maxsus va hunar-texnika o'quv yurtlari o'quvchilariga qo'shimcha haq ushbu soatlar bajarilayotgan vaqtda amalda bo'lgan stavkalar bo'yicha to'lanadi.
3. Xodimlarning salomatligiga mehnatda mayib bo'lishi, kasb kasalligiga chalinishi yoki mehnat vazifalarini bajarish bilan bog'liq holda sog'lig'ining boshqacha tarzda shikastlanishi ish beravchi lomonidan qopianishi uchun summalar hisob-kitobi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlangan qoidalarga muvofiq amalga oshiriladi.
4. Mehnatga yaroqsizlik, homiladorlik va tug'ish varaqalari bo'­yicha to'lovlar (nafaqalar hisoblash) hisob-kitobi Davlat ijtimoiy sug'urtasi bo'yicha nafaqalar tayinlash va to'lash tartibi to'g'risidagi Nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
5. Boshqa barcha hollarda o'rtacha oylik ish haqi keyingi ikki kalendar oyidagi o'rtacha oylik ish haqidan kelib chiqib belgilanadi.
6. Xodim mehnat ta'tilida bo'lganda, davlat yoki jamoat vazifa­larini bajarish. Ikki oygacha bo'lgan muddatda ish qidirish (meh­nat bo'yicha mahalliy organ tomonidan berilgan ma'lumotnomaga muvofiq uch oy), shuningdek, kasallik davrida tarif stavkalari, lavozim maoshlari miqdorlari oshgan hollarda mehnatga haq to'-lashning yangi shartlaridagi korxonalar, tashkilotlar, muassasa-larning ishlagan kunlariga to'g'ri kelgan ish kunlarining amaldagi soni uchun to'lovlar qayta hisoblanadi.

Download 2,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish