О'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining о'n sakkiz yilligiga bag 'ishlanadi



Download 2,55 Mb.
bet38/55
Sana23.04.2022
Hajmi2,55 Mb.
#575643
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   55
Bog'liq
Mehnat huquqi

Kompensatsiya to 'lovlari, ularning turlari va ahamiyati. Xodim­ning o'z xizmat vazifalarini bajarish bilan bog'liq ravishda qilgan xarajatlari ish beruvchi tomonidan to'liq qoplab borilishi nazarda tutilgan. Bunday to'lovlardan ko'zlangan maqsad xodimning ish beravchi manfaatlari yo'lida o'z yonidan qilgan moddiy va pul xarajatlarini unga qaytarib qoplab berish, shu yo'l bilan xizmat vazifalarini lozim darajada bajarilganligi tufayli uning mulkiy jabr ko'rishiga yo'l qo'ymaslikdan iborat.
Mehnat qonunchiligi xodimning xizmat burchlarini bajarishi bilan bog'liq ravishda qilgan va ish beruvchi tomonidan qopianishi lozim bo'lgan xarajatlar doirasini:
1. Xizmat safariga borish bilan bog'liq xarajatlar.
2. Boshqa joyga ko'chish bilan bog'liq xarajatlar.
3. Xodimga tegishili bo'lgan mol-mulkdan foydalanish bilan bog'liq xarajatlar, xodim amalda qilgan boshqa xarajatlar ish be­ruvchi bilan kelishib belgilanadi.
Xizmat safariga yuborilgan xodimga:
a) yo'l xarajatlari;
b) turar joy ijarasi xarajatlari;
d) yashash xarajatlari;
e) ish beruvchi bilan kelishib qilingan boshqa xarajatlar qop­lab beriladi.
Mehnat kodeksining 172-moddasida aytilishicha, boshqa joy-dagi ishga ko'chib borganda quyidagi xarajatiar kompensatsiya qi-linishi belgilangan:
— ko'chish va mol-mulkni ko'chirib borish bilan bog'liq xarajatiar;
— yangi joyda o'rnashib olish bilan bog'liq xarajatiar;
— ?«)dim tomonidan ish beruvchi bilan kelishib qilingan boshqa xarajatiar.
Ko'chish bilan bog'liq ravishda xodimga va uning bilan birga ko'chib ketayotgan oila a'zosiga beriladigan kompensatsiya to'lovlari-ning turlari, eng kam miqdorlari va bunday xarajatlarni kompensat­siya qilish shartlari maxsus me'yoriy hujjatlar bilan belgilab qo'yi-ladi, ammo har bir korxona, tashkilot bunday xarajatlarni belgilan-ganidan ko'proq miqdorda qoplash to'g'risida xodimlar vakillik or-gani bilan kelishgan holda qaror qabul qilish, ushbu masalalarni korxonaning lokal me'yoriy hujjatlarida (jamoa kelishuvi, jamoa shartnomasi, maxsus nizom va boshq.) belgilab qo'yishi mumkin.
Ish beruvchi tomonidan kompensatsiya qilinishi lozim bo'lgan, xodim tomonidan qilinadigan xarajatlarning bir turi xodimga tegishli bo'lgan mol-mulk, asbob-anjom va boshqa buyumlardan korxona manfaatlari yo'lida foydalanilganlik xarajatlarini qoplab berilishi lozimligidir. Xodimga tegishli transport vositasidan, binodan, maxsus asboblardan foydalanish xarajatlarini, xodimga berilmagan maxsus kiyim, maxsus poyabzal qiymatini (basharti, xodimning o'zi sotib olgan bo'lsa) to'lanishi va boshqalar ham ana shunday kompen­satsiya to'lovlari qatoriga kiradi.
Xizmat safari. Xizmat safari deganda, xodim tomonidan xizmat vazifalarini ish beruvchining farmoyishiga muvofiq korxona joylashgan aholi punktidan boshqa aholi punktida bajarilishi tushuniladi. Xizmat safari mamlakat ichkarisidagi muayyan aholi punktiga (u yerdagi kor­xona, muassasa, tashkilotlarga) bo'lishi yoxud xorijiy mamlakatga (u yerdagi firma, kompaniya, muassasa, tashkilotga) bo'lishi mumkin.
O'zbekiston Respublikasi hududi doirasida xizmat safariga yuborish masalalari O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2003-yil 29-avgustda 1268-tartib raqami bilan ro'yxatga olingan «O'zbekiston Respublikasi hududida xizmat safari to'g'risidagi Yo'-riqnoma» asosida tartibga solinadi. Mamlakat hududi doirasida xiz­mat safariga yuborish tegishli korxona, muassasa, tashkilot rah-barining bu haqda chiqargan buyrug'i (farmoyish) asosida amalga oshiriladi. Unda xizmat safariga yuborilayotgan shaxslar, safarning muddati va maqsadi ko'rsatib qo'yiladi. Xizmat safariga borish haqidagi ish beruvchining buyrug'i (farmoyish) xodim uchun maj-buriy bo'lib, unga bo'ysunmaslik xizmat vazifalarini uzrli sababsiz bajarmaslik deb baholanadi.
Ammo xodimlarning muayyan toifalari (18 yoshga to'lma-gan shaxslar, homilador va 3 yoshgacha bolasi bo'lgan ayollar, I — I I guruh nogironlari va boshq.) xizmat safariga yuborilmaydi.
Xizmat safariga yuborilgan xodimning ish joyi va o'rtacha ish haqi butun xizmat safari davomida saqlanib turiladi, u safarga borgan korxona xodimlari son tarkibiga kiritilmaydi, biroq o'sha yerdagi korxona ish vaqti rejimiga rioya qilgani holda ishlaydi hamda dam olish vaqtidan foydalanadi. Xizmat safariga borgan xodimga belgilan­gan normalar doirasida yo'1-transport xarajatlari, ish bajarish uchun shinam turar joy bepul berib qo'yilmagan bo'lsa, turar joy ijarasi xarajatlari, sutkalik pul to'lanadi.
Ish beruvchining roziligi bilan xizmat safari paytidagi ish bilan bog'liq boshqa xarajatiar (telefon, faks aloqa xizmati va boshq.) ham qoplab berilishi mumkin. Xodim xizmat safari guvohnomasi berilgan holda xizmat safariga yuboriladi va u borgan aholi punkt-larida safarga yetib kelganligi va xizmat safarini tamomlab qay-tayotgani haqida guvohnomaga belgi qo'ydiradi.
Xizmat safaridan qaytgan xodim uzog'i bilan uch kun ichida xizmat safari yuzasidan yozma hisobot topshirishi lozim. Bunda xizmat safariga ketish paytida olingan avans pulining sarflanmasdan qolgan qismi korxona kassasiga qaytarib topshirilishi lozim. Xizmat safarining eng ko'p muddati, safar muddatini uzaytirish asoslari va tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan keyin chet ellar bilan iqtisodiy, madaniy, ilmiy-texnikaviy, tijorat aloqalar benihoyat darajada ko'paydi. Xorijiy firma va kompaniyalar, ilmiy, madaniy va boshqa muassasalari bilan aloqalarni davlat tomonidan rag'bat-lantirilayotganligi tufayli chet ellarga xizmat safariga borish ham keskin ortdi. Ana shunday sharoitda xorijiy mamlakatlarga xizmat safariga yuborish masalalarini maxsus tarzda huquqiy tartibga solish dolzarb masalalardan biriga aylandi. Shu munosabat bilan O'zbe­kiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2000-yil 5-iyundagi 932-tartib raqami bilan «Vazirlik, idora, korxona va tashkilotlar xodimlarini O'zbekiston hududidan tashqariga xizmat safariga yuborish paytida xizmat safari xarajatlari uchun mablag' berish tartibi»ni davlat ro'yxatidan o'tkazdi.
Mazkur tartib xodimlarni xorijga xizmat safariga yuborishni ras-miylashtirish, yuborilayotgan xorijiy mamlakatning yoki boshqa davlatning qattiq valutasida xizmat safari xarajatlarini qoplash tartibi, normalarini belgilab qo'ydi.
Ushbu tartibga ko'ra, xorijiy xizmat safariga yuborilgan xodimga quyidagi xizmat bilan bog'liq xarajatlar qoplanishi ko'zda tutilgan:
a) sutkalik xarajatlar;
b) turar joy xarajatlari;
d) transport xarajatlari;
e) mulozamat xarajatlari;
f) ko'zda tutilmagan xarajatlar;
g) qoplanishi lozim bo'lgan boshqa xarajatlar.
Xorijiy mamlakatga qilingan xizmat safari tamom bo'lgach, xodim uch kun ichida safar natijalari yuzasidan yozma hisobot taqdim etishi lozim.
NAZORAT SAVOLLARI
1. Kafolatli to'lovlar haqida nimalarni bilasiz?
2. Davlat va jamoat vazifalarini bajargandagi kafolatli to'lovlar haqida
so'zlab bering.
3. Jamiyat manfaatlari yo'lida qilingan harakatlar paytida kafolatli to'-
lovlar to'lash tartibi qanday?
4. Ish beruvchi va mehnat jamoalari manfaatlari yo'lida harakat qilganda
kafolatli to'lovlar to'lash qanday amalga oshiriladi?
5. Kafolatli to'lovlar berish paytida o'rtacha ish haqi qanday tartibda hisoblab chiqiladi?
6. Kompensatsiya to'lovlari deganda nimalar tushuniladi va uning qanday
turlari mavjud?
7. Xizmat safari nima?
8. Xizmat safariga yxiborish tartibi qanday?
9. Xizmat safari paytida qanday kafolatlar va kompensatsiya to'lovlari
berish ko'zda tutilgan?
10. Xorijiy mamlakatlarga xizmat safariga yuborish qanday xususiyat-larga ega?



Download 2,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish