О'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining о'n sakkiz yilligiga bag 'ishlanadi



Download 2,55 Mb.
bet52/55
Sana23.04.2022
Hajmi2,55 Mb.
#575643
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   55
Bog'liq
Mehnat huquqi

Yakka mehnat nizolarini sudda ko'rish. Mehnat nizolari sud tomonidan fuqarolik huquqiy davolarni ko'rib hal etish yuzasidan Fuqarolik protsessual qonunchiligida belgilab qo'yilgan qoidalar asosida hal etiladi.
Sudlar tomonidan ko'riladigan mehnat nizolari ikki toifaga bo'linadi: a) mehnat nizolari komissiyasida ko'rilishi mumkin bo'l­gan va turli sabablarga ko'ra sudga yetib kelgan nizolar va b) be­vosita sudning o'zi tomonidan ko'rib hal etilishi belgilab qo'yil­gan nizolar. Birinchi toifaga mansub mehnat nizolari xodimning xohishiga ko'ra, bevosita sudga taqdim etilgan bo'lishi yoxud ko­missiya chiqargan qarordan xodim yoki ish beruvchi norozi bo'l-ganlari tufayli sudga murojaat qilingan bo'lishi yoxud korxonada mehnat nizolari komissiyasi tashkil etilmaganligi natijasida sudga murojaat qilinayotgan bo'lishi mumkin.
Mehnat nizolarining ikkinchi toifasi yuzasidan manfaatdor shaxs faqat sudgagina murojaat qilish mumkinligi ko'zda tutilgan. Mehnat kodeksining 269-moddasiga ko'ra, quyidagi mehnat ni­zolari bevosita sudda ko'riladi:
1) agar xodimning ish joyida mehnat nizolari komissiyasi tuzil-magan bo'lsa;
2) ular mehnat shartnomasini bekor qilish asoslaridan qat'i nazar, ishga tiklash to'g'risida, mehnat shartnomasini bekor qi­lish vaqti va asoslari ta'rifini o'zgartirish to'g'risida, majburiy progul yoki kam haq to'lanadigan ishni bajargan vaqt uchun haq to'-lashga doir bo'lsa;
3) ular xodim tomonidan ish beruvchiga yetkazilgan zarar-ning to'lanishi haqida bo'lsa;
4) ular mehnat vazifalarini bajarayotganda xodimning sog'li-g'iga shikast yetkazilgani oqibatidagi zararni (shu jumladan, ma'naviy zararni) yoki uning mol-mulkiga yetkazilgan zararni ish beruvchi tomonidan to'lanishi haqida bo'lsa;
5) ular ushbu kodeksning 78-moddasi, 2-qismida nazarda tu­tilgan hollarda ishga qabul qilish rad etilganligi haqida bo'lsa;
6) ish beruvchi va kasaba uyushmasi qo'mitasi yoxud xo­dimlarning boshqa vakillik organi bilan oldindan kelishib hal etilgan masalalar yuzasidan kelib chiqqan bo'lsa.
Nizo mehnat nizosi komissiyasida ko'rib chiqilganligini vaj qilib, xodim arizasi ko'rib chiqilishini rad etishga yo'l qo'yilmaydi. Mehnat kodeksining 268-moddasiga ko'ra, quyidagi shaxslar mehnat nizo-sini sudda ko'rib hal etishini so'rab murojaat etishga haqli bo'ladilar:
1) xodim, kasaba uyushmasi yoki xodimlarning boshqa vakiffik organi;
2) mehnatning huquq bo'yicha inspektori;
3) ish beruvchi mehnat nizolari komissiyasining qaroriga rozi bo'lmagan hollarda, shuningdek, unga xodim tomonidan yetka-zilgan zararni qoplash haqidagi nizolar bo'yicha;
4) prokuror.
Mehnat nizosi yuzasidan da'vo qo'zg'ayotgan shaxs o'z arizasini qoida bo'yicha javobgar turgan yerdagi sudga taqdim etishi kerak. Da'vo qo'zg'ash huquqiga mehnat shartnomasi tuzgan barcha xo-dimlar egadirlar. Da'vo arizasiga talabni asoslovchi hujjatlar (buyruq nusxasi, dalolatnoma, ma'lumotnoma va boshq.) ilova qilinadi.
Mehnat nizolari bo'yicha sudga murojaat qilgan xodimlar davlat boj to'lash majburiyatidan batamom ozod qilinadilar. Sudga yoki mehnat nizolari komissiyasiga murojaat etish uchun quyidagi mud-datlar belgilanadi:
—ishga tiklash nizolari bo'yicha — xodimga u bilan mehnat shartnomasi bekor qilinganligi haqidagi buyraqning nusxasi berilgan kundan boshlab bir oy;
—xodim tomonidan ish beruvchiga yetkazilgan moddiy zararni to'lash haqidagi nizolar bo'yicha — zarar yetkazilganligi ish beruvchi ma'lum bo'lgan kundan boshlab bir yil;
—boshqa mehnat nizolari bo'yicha — xodim o'z huquqi buzil-ganligini bilgan yoki bilishi lozim bo'lgan kundan boshlab uch oy. Ushbu muddatlar uzrli sabablar bilan o'tkazib yubo-rilgan bo'lsa, nizoni ko'rayotgan organ bu muddatni qayta tiklashi mumkin. Sog'liqqa yetkazilgan zararni qoplash haqi­dagi da'volar bo'yicha da'vo muddati belgilanmagan.
Mehnat nizolarini sudda ko'rish paytida taraflar sifatida xodim va korxonalar qatnashishadi. Korxona ma'muriyati uning vakili sifatida ishda qatnashishi mumkin. Da'vo prokuror, kasaba uyushmasi qo'mitasi yoki mehnat-huquqiy inspeksiya tomonidan qo'zg'atilgani hollarda ham taraflar bo'lib xodim va korxona qatnashadi. Da'vo qo'zg'agan prokuror yoki kasaba uyushmasi qo'mitasi ishda qatnashuvchi shaxs maqomiga ega bo'ladi, xolos. Taraflar va ishda ishtirok etayotgan boshqa shaxslar (vakillar, uchinchi shaxslar)ning protsessual vako-latlari fuqarolik protsessual qonunchiligiga binoan belgilab qo'yilgan.
Sud ish materiallarini atroflicha o'rganish, boshqa dalillarni bevosita ko'rib chiqish va baholash asosida nizoni mazmunan hal etadi. Bunda ishdan g'ayriqonuniy bo'shatilgan shaxslar huquq-larini himoya qilish alohida muhim ahamiyatga ega va shu tufayli bunday toifadagi nizolarni hal etishning alohida tartiblari joriy etilgan. Jumladan, Mehnat kodeksining 271-moddasida aytilishicha:
Mehnat shartnomasi qonuniy asossiz yoki belgilangan tartib buzilgan holda bekor qilingan, yoxud xodim g'ayriqonuniy ravishda boshqa ishga o'tkazilgan taqdirda, u mehnat nizosini ko'rib chiqa-yotgan organ tomonidan awalgi ishga tiklanishi kerak. Mehnat shartnomasi ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilingani-ning qonuniyligi yoki qonuniy emasligi haqidagi masala hal qili-nayotganida, sud xodim bilan mehnatga oid munosabatlar bekor qilinganining asosliligiga baho berib o'tadi.
Mehnat shartnomasini bekor qilish sabablarining ta'rifi no-to'g'ri yoki amaldagi qonun hujjatlariga nomuvofiq, deb topilgan taqdirda, sud uni o'zgartiradi va hal qiluv qarorida qonunning tegishli moddasi (bandi) ko'rsatilgan holda mehnat shartnomasini bekor qilish sababini amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq ko'r-satadi. Sud ayni bir vaqtda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan kafolatlarning berilishi to'g'risida va xodimga to'lanishi lozim bo'l­gan ishdan bo'shatish nafaqasining miqdori haqidagi masalani hal qiladi. Xodimning iltimosiga ko'ra, sud mehnat shartnomasini bekor qilish asosining ta'rifmi uning o'z xohishiga binoan yoki taraflarning kelishuvi bo'yicha deb, o'zgartirilganligi to'g'risida hal qiluv qarori chiqarish bilan cheklanishi mumkin.
Basharti, xodim mehnat shartnomasini bekor qilishning ta'rifi o'zining sha'ni va qadr-qimmatini kamsitgan deb hisoblasa, u holda tuman (shahar) sudi nizoni ko'rish bilan bir vaqtda, xodimning talabiga ko'ra, unga yetkazilgan ma'naviy zararni to'lash masalasini ham hal etadi. Xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi g'ayriqo­nuniy ravishda bekor qilinganda uni ishga qayta tiklash, mehnat shartnomasini bekor qilish ta'rifmi o'zgartirish, g'ayriqonuniy ravishda boshqa ishga o'tkazilgan xodimni awalgi ishga tiklash haqi­dagi sud hal qiluv qarori darhol, e'lon qilingan kuniyoq ijro etiladi1.
Ish beruvchi tomonidan bunday qarorning ijrosi kechiktirilgan taqdirda, qarorni qabul qilgan mehnat nizolarini ko'ravchi organ kechiktirilgan barcha vaqt uchun xodimga o'rtacha ish haqi to'lash yoki ish haqidagi farqni to'liq miqdorda to'lash haqida tegishlicha ajrim yoki qaror chiqaradi. Agar g'ayriqonuniy ravishda boshqa ishga o'tkazilgan xodim mehnat nizolari komissiyasi tomonidan berilgan guvohnoma asosida komissiya qarorini majburiy ravishda ijro etilishini so'rab sudga murojaat qilgan bo'lsa, sud mehnat nizo­lari komissiyasi qarorining ijrosi kechiktirilganligi tufayli yuzaga kelgan majburiy progul vaqti uchun xodimga ish haqi to'lash to'g'­risida ajrim chiqaradi.
Xodimga uch oydan ko'p bo'lmagan vaqt uchun ish haqi undi-rish to'g'risida nizoni ko'rgan organ tomonidan chiqarilgan qaror ham darhol ijro etiladi. Ish beruvchi xodimning pul undirishga doir talablarini hech qanday mehnat bilan cheklamay, hamma vaqt uchun qondirishga haqlidir.
Ish haqini undirish to'g'risida nizo kelib chiqqan taqdirda, mehnat nizolarini ko'ravchi organ xodimning pul undirishga doir quyidagi talablarini to'liq qondiradi:
— mehnat shartnomasi bekor qilinganda, xodimga mehnat daf-tarchasini o'z vaqtida bermaganlik oqibatida kelib chiqqan majburiy progul vaqti uchun haq to'lash to'g'risidagi;
— mehnat nizolarini ko'ravchi organning xodimni avvalgi ishiga tiklash to'g'risidagi qarorini ish beruvchi ijro etmaganligi oqibatida kelib chiqqan majburiy progul vaqti uchun haq to'lash to'g'risidagi;
— foydalanmagan ta'til uchun xodimga tegishli bo'lgan kom-pensatsiyani to'lash to'g'risidagi.
Mehnat shartnomasi g'ayriqonuniy ravishda bekor qilinganligi, boshqa ishga g'ayriqonuniy ravishda o'tkazilganligi yoki ishdan g'ayriqonuniy ravishda chetlatilganligi oqibatida kelib chiqqan majburiy progul vaqti uchun xodimga haq to'lash to'g'risidagi mehnat nizolarini ko'rib chiqish chog'ida mehnat nizolarini ko'­ravchi organ tomonidan xodimning pul undirishga doir talablari bir yildan ortiq bo'lmagan muddat uchun qondiriladi. Xodimning pul undirishga doir boshqa talablari uch yildan ortiq bo'lmagan muddat uchun qondiriladi.
Mehnat nizolari yuzasidan mehnat nizolari komissiyasi chi-qargan qaror, shuningdek, sud chiqargan qaror asosida to'langan
summalarni, basharti qaror xodimning bergan yolg'on ma'lumot-lariga yoki taqdim etgan soxta hujjatlariga asosan qabul qilingan bo'lib, pirovardida u nazorat tartibida bekor qilingan hollardagina, xodimdan qayta undirishga yo'l qo'yiladi.
Ish beruvchi tomonidan ixtiyoriy ravishda to'langan, shu jum-ladan, qonunni noto'g'ri qo'llash oqibatida to'langan ortiqcha ish haqi qayta undirib olinishi mumkin emas, hisob-kitobda yo'l qo'-yilgan xato oqibatidagi ortiqcha to'lovlar bundan mustasno. Xo­dimga u bergan yolg'on ma'lumotlari yoki taqdim etgan soxta huj-jatlari oqibatida to'langan summalar undan sudning qarori yoki hukmi asosida undirib olinadi.

Download 2,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish