Mehnat huquqi asoslari



Download 25,92 Kb.
bet1/6
Sana14.07.2022
Hajmi25,92 Kb.
#799297
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Mehnat huquqi asoslari (1)


MEHNAT HUQUQI ASOSLARI.
Mavzu: Mehnatga oid munosabatlar. Ishga qabul qilish va mehnat shartnomasi. Mehnat shartnomasini tuzish. Ish vaqti va dam olish vaqti.
Maqsad:
Ta’limiy:O’quvchilarga mehnat huquqi mavzusida tushuncha berish.
Tarbiyaviy: O’quvchilarni siyosiy faollik ruhida tarbiyalash.
Rivojlantiruvchi: O’quvchilarni mavzu yuzasidan bilimlarini tekshirish, guruhda ishlash malakasini oshirish.
Ko’rgazmalilik: 10-sinf “ O’zbekiston Davlat va Huquq asoslari” darsligi.


MEHNATGA OID MUNOSABATLAR

Mehnat huquqi huquqning eng muhim tarmoqlaridan biridir. U ishchilar va ish beruvchilar o‘rtasidagi mehnat munosabatlarini tartibga solishda muhim o‘rin tutadi. Mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari Mehnat kodeksi, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari va Oliy Majlis qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi qonunlari va Jo‘qorg‘i Kenges qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi hukumatining hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi hukumatining qarorlari, davlat hokimiyatining boshqa vakillik va ijroiya organlari o‘z vakolatlari doirasida qabul qiladigan qarorlardan iboratdir.


Har bir shaxs mehnat qilish, erkin kasb tanlash, adolatli mehnat sharoitlarida ishlash va qonunda ko‘rsatilgan tartibda ishsizlikdan himoyalanish huquqiga egadir. Sud hukmi bilan tayinlangan jazoni o‘tash tartibidan yoki qonunda ko‘rsatilgan boshqa hollardan tashqari majburiy mehnat taqiqlanadi.


O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi.


37-modda.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va Mehnat kodeksiga ko‘ra barcha
fuqarolar mehnat huquqlariga ega bo‘lish va ulardan foydalanishda teng imkoniyatlarga egadir. Jinsi, yoshi, irqi, millati, tili, ijtimoiy kelib chiqishi, mulkiy holati va mansab mavqeyi, dinga bo‘lgan munosabati, e’tiqodi, jamoat birlashmalariga mansubligi, shuningdek xodimlarning ishchanlik qobiliyatlariga va ular mehnatining natijalariga aloqador bo‘lmagan boshqa jihatlariga qarab mehnatga oid munosabatlar sohasida har qanday cheklashlarga yoki imtiyozlar belgilashga yo‘l qo‘yilmaydi va bular kamsitish deb hisoblanadi. Mehnat sohasida o‘zini kamsitilgan deb hisoblagan shaxs kamsitishni bartaraf etish hamda o‘ziga yetkazilgan moddiy va ma’naviy zararni qoplash to‘g‘risidagi ariza bilan sudga murojaat qilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va Mehnat kodeksiga muvofiq


mehnatni huquqiy tartibga solishning quyidagi tamoyillari belgilangan:
—— har bir shaxs mehnat qilish;
—— erkin ish tanlash;
—— haqqoniy mehnat shartlari asosida ishlash va qonunda belgilangan tartibda
ishsizlikdan himoyalanish;
—— o‘z mehnati uchun haq olish;
——muddatlari chegarasi belgilangan ish vaqtini o‘rnatish, bir qator kasblar
va ishlar uchun ish kunini qisqartirish, har haftalik dam olish kunlari,
bayram kunlari, shuningdek haq to‘lanadigan yillik ta’tillar berish
orqali ta’minlanadigan dam olish;
—— xavfsizlik va gigiyena talablariga javob beradigan sharoitlarda mehnat qilish;
—— kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish;
—— ish bilan bog‘liq holda sog‘lig‘iga yoki mol-mulkiga yetkazilgan zararning
o‘rnini qoplash;
—— kasaba uyushmalariga hamda xodimlar va mehnat jamoalarining manfaatlarini
ifoda etuvchi boshqa tashkilotlarga birlashish;
—— qariganda, mehnat qobiliyatini yo‘qotganda, boquvchisidan mahrum
bo‘lganda va qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ijtimoiy ta’minot
olish;
—— o‘zining mehnat huquqlarini himoya qilish, shu jumladan sud orqali
himoya qilish va malakali yuridik yordam olish;
—— jamoalarga doir mehnat nizolarida o‘z manfaatlarini quvvatlash
huquqiga egadir.
Ko‘plab ming yilliklar davomida insoniyat moddiy va ma’naviy bоуliklаr
yaratar ekan, o‘z faoliyatini rivojlantirish va takomillashtirish yo‘lini bosib
o‘tdi. Mehnat tufayli insonda o‘zining niyat va xohishlarini amalga oshirish,
jamiyatda
o‘z о‘rnini topish, shaxs sifatida o‘z mavqeyini aniqlab olish
imkoniyati paydo bo‘ldi. Mehnat qilar ekan, insonda o‘z-o‘zini intizomlash,
uyushqoqlik, boshqa odamlar bilan hamkorlik qilish qobiliyati kabi foydali sifatlar
hosil bo‘ladi.

Download 25,92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish