Abdurahmonova Zuhra Abdurahmon qizi
- Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti
429
taraqqiyotning har bir yosh bosqichi o’zining rivojlanish omillari, qonuniyatlari,
yangiliklari va o’zgarishlariga ega bo’lib, ular shaxsning xarakteri, temperamenti,
qobiliyatlari, bilish jarayonlariga bevosita ta’sirini o’tkazadi.
Yosh taraqqiyoti davrlarining ham sifat, ham mikdor o’zgarishlariga ega bo’lgan
ko’rsatgichlar o’smir yoshidagi o’quvchilarda sanogen tafakkurni rivojlantirishda,
xulqini va o’z-o’zini boshqarishda hamda unga ta’sir ko’rsatishda alohida ahamiyat
kasb etadi.
Umumiy o’rta ta’lim tizimi o’quvchilarida sanogen tafakkurni shakllantirishda
maktab amaliyotchi psixologining o’ziga xos o’rni bor. Asosiy masala shundaki,
maktab o’quvchilarida turli qiyinchilik va real xayotni to’g’ri anglash masalasi turadi.
Bunday qiyinchiliklarni sanogen tafakkurga ega bo’lgan yoshlar mazmunli, bezarar,
maqsadli engib o’tishi mumkin. O’quvchilar oldiga qo’yilgan masala yuzasidan
sanogen tafakkur bilan har biri o’z ehtiyotkor yo’li bilan o’zining hayot haqiqatini
kashf etadi.
Mustaqillikni mustahkamlash, sog’lom avlodni tarbiyalash, komil insonni
voyaga yetkazish borasidagi tarbiyaviy ishlarni milliy ma’naviyatimiz boyliklari
bilan birga umuminsoniy ma’naviyat boyliklaridan foydalanish negizida qurmog’imiz
lozim. Shaxs ma’naviyati, uning dunyoqarashi, e’tiqodiga ko’nikmalar majmui
asosan oilada shakllanadi. Shu ma’noda, oila − haqiqiy ma’naviyat o’chog’i,
mafkuraviy tarbiya omili va muhitidir. Oilada o’sib kelayotgan o’smirlar jamiyat
taraqqiyotiga o’z hissasini qo’shishi uchun ularda Vatanga muhabbat, imon-e’tiqod,
mas’uliyat, vatanparvarlik, insonparvarlik, ilmga ishtiyoq, kitobsevarlik,
mehnatsevarlik, halollik, dahldorlik kabi ijtimoiy ko’nikmalar shakllantirilishi lozim.
Ota-onalar bolalarda yoshlikdan xalq, yurt taqdiri uchun fidoyilik tuyg’usini
shakllantirishi, ezgulik, insonparvarlik, rahm-shafqatlilik ruhida tarbiyalashga
mas’uldirlar.
[3]
Buning uchun o’z farzandlarini yoshligidan boshlaboq, tabiat olami bilan
tanishtirishning milliy an’analarimizga xos shakllarini qo’llashlari lozim. Bu
mas’uliyatli vazifani amalga oshirish uchun ota-ona dunyoviy va diniy ilmdan
habardor bo’lmog’i lozim. O’smir atrof-muhitga insonlarga mehr-muhabbat va sila’i
430
rahmni o’z ota-onasidan oiladan, ularning munosabatlaridan ong dasturiga muhrlab
boradi va albatta kelajakda unga amal qila boshlaydi. Buning uchun ota-ona o’z
farzandiga insonparvar munosabatni amalga oshirmog’i lozim. Bu jarayonda milliy
turmush tarzimizga yot bo’lgan «jangari» o’yinchoqlar, multfilmlar, kinofilmlardan
imkon qadar foydalanmaslik maqsadga muvofiqdir. Balki, Sharqona odob va ezgu
intilishlarini aks ettiruvchi o’yinlar, o’yinchoqlar, rasmli kitoblar, hadis ilmi, Qur’oni
karim oyatlari, milliy ruhdagi ertaklar asosida yaratilgan multfilmlarni ko’rishga
ko’niktirish ular ma’naviy-mafkuraviy tarbiyasida muhim rol o’ynaydi. Ota-onani,
yoshi ulug’larni hurmat qilish va kichiklarga shavqatli bo’lishi ham milliy
ma’naviyatimizning insonparvarlik tamoyillariga kiradi. Bu tamoyil istiqlol va
istiqbol muammolarini o’tmishning boy tajribasi bilan bog’lashga yaqindan yordam
beradi. Odatda kishilar ko’pincha ikki ishda katta xatoga yo’l qo’yadilar. Birinchisi -
yoshlarni hali yosh deb, ularga ishonmaganida, ikkinchisi - keksalarni qariya deb
chetga surib qo’yganida. Yoshlarda kelajakka intilish bilan bog’liq bo’lgan katta
tashabbus, kuch va g’ayrat bo’ladi. Keksalar esa hayot yo’lida ko’p issiq va sovuq
kunlarni boshdan kechirib, boy tajriba orttirgani uchun ularda uzoqni o’ylab, bosiqlik
bilan ish qilish, yetti o’lchab bir kesish singari ma’naviy boylik va yetuk tafakkur
salohiyati bor. Masalan, uyda oila davrasida dasturxon boshida kattalarning keksa
ota-onalariga uzoq umr, sog’lik salomatlik tilab, Allohga har bir ne’mat uchun
shukronalik keltirib duo qilgani, yoki o’tgan marhum yaqqinlarini xotirlab ularga
duoi fotiha o’qiganini ko’rib shu jarayonlarda ishtirok etib kelayotgan o’smir ongida
bu hayotiy ko’nikmaga aylanib boradi.
Oilada islom ta’limotiga ko’ra ayolning ozodalik, muloyimlik, itoatkor, sabr
qanoatli bo’lishi ta’kidlangan. Ana shunday go’zal ifatlarni onasidan ko’rib o’sib
kelayotgan qiz albatta kelajakda ana shunday go’zal fazilatli ayol bo’lib shakllanadi.
Erkak kishini oilaning iqtisodiy muammolarini hal etishdagi halol mehnati,
mas’uliyatini ko’rgan o’g’il farzand kelajakda hayotning ana shu qoidalariga amal
qiladi. O’smir yoshdagi o’quvchilarni to’g’rilikka, halollikka, poklikka,
vatanparvarlik va insonparvarlikka, ezgulikka va qo’yingki, yuksak axloqlilikka
yo’llash bu tushunchalarning mohiyati va mazmunini tashkil etadi
.
[4]
431
Hozirgi kunda bu masalalarga birinchi darajali axamiyat berishimizning boisi -
imoni, e’tiqodi va axloqiy fazilatlari — ma’naviyati kuchli, milliy mas’uliyat tuyg’usi
qalbida chuqur ildiz otgan, ma’naviy barkamol yoshlarga ega mamlakatgina mustaqil
va barqaror rivojlana oladi. Buyuk kelajak sog’lom tafakkurga ega bo’lgan ma’naviy
barkamol yoshlarga tayangandagina yaratiladi, taraqqiy etadi. Boshqacha aytganda,
sog’lom tafakkurga ega, ma’naviy barkamol shaxs buyuk kelajakni yarata oladi.
Shuning uchun ma’naviy barkamol, tafakkuri sog’lom shaxsni tarbiyalash har
qachongidanda muhim va dolzarb masala hisoblanadi
[5].
Birinchi Prezident I.Karimovning quyidagi so’zlari ibratlidir: «Biz sog’lom
avlodni tarbiyalab, voyaga yetkazishimiz kerak. Sog’lom kishi deganda faqat
jismoniy sog’lomlikni emas, balki Sharqona axloq-odob va umumbashariy g’oyalar
ruhida kamol topgan insonni tushunamiz». Bu fikrlardan ko’rinib turibdiki, Sharqona
odob-axloq va umumbashariy g’oyalarni ongiga singdirib olgan kishi yuksak
ma’naviyatli, ya’ni sog’lom tafakkurga ega komil inson hisoblanadi. Sanogen
tafakkur insonning dunyoqarashi, e’tiqodi, ruhiyati, sabr-qanoati, shukronaligi, xulq-
atvor normalari, axloq-odobi bilan bevosita aloqadorligi bilan ajralib turadi
[1].
Inson e’tiqodsiz va g’oyasiz yashay olmaydi. Shunday ekan shaxsning e’tiqodi
va uning g’oyasi hozirgi kunda sog’lom tafakkur asosida qo’yilmasa inson bugungi
globallashuv jarayonida jaholatga uchrashi mumkin. Chunki, hozirgi zamon yosh
avloddan mafkuraviy immunitetning kuchli bo’lishini talab qilmoqda. Yoshlarda
mafkuraviy immunitetni shakllantirishdan avval ularda islom dinning asl maqsadi
faqat ezgulikka asoslanishini, vatanparvarlik, imon-e’tiqod kabi tushunchalarni
yaxshilab anglab etgan bo’lishlari lozim. Agar yoshlarda uning bolaligidan sog’lom
fikr va keng dinyoqarashni shakllantirilsa ular ma’naviyatli, mustaqil fikrga ega
bo’lgan komil inson bo’lib voyaga etadilar
[4].
Xulosa qilib aytganda sog’lom tafakkur bu aqlning, fikrning zehnning sog’lom
bo’lishi bo’lib, shaxsning zararli odatlardan, yot mafkuralardan, ma’rifatsizlikdan
asrashdir. XXI asr sanogen fikrga ega, ma’naviy jihatdan yetuk, zehni o’tkir shaxsni
tarbiyalash davr talabidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |