Maxmadaliyev Asror Abdug’ofurovich
– Chirchiq davlat pedagogika instituti
443
Mustaqillikning qisqa davri ichida O’zbekistonda ta’lim-tarbiya sohasini
modernizatsiyalash, unga yaratuvchilik sifatlarini kiritish, innovatsion g’oyalarni
joriy qilish borasida ulkan yutuqlar qo’lga kiritildi. Bu borada Birinchi Prezident
Islom Karimov o’zining “Ona yurtimiz baxtu iqboli va buyuk kelajagi yo’lida xizmat
qilish – eng oliy saodatdir” nomli kitobida shunday fikrlarni keltiradi: “Eng muhimi,
zamonaviy bilim va tafakkurga, sog’lom dunyoqarashga ega, rivojlangan
davlatlardagi tengdoshlari bilan bellashishga tayyor bo’lgan, ko’zi yonib turadigan
navqiron avlodimiz katta ishonch bilan hayotga dadil kirib kelayotgani barchamizni
quvontiradi”
[2].
Demak, ta’lim tizimida faoliyat olib borayotgan zamonaviy
rahbarlar boshqaruv tizimini innovatsion tashkil qilishlari, kasb mahoratlarini
egallashlari, albatta, yangi avlod tarbiyasiga quyilayotgan mas’uliyatli vazifalarni
amalga oshirishga qaratilgan.
Bu sohadagi vazifalarning to’laqonli amalga oshirilishi yosh avlodning ma’naviy
kamolotini ta’minlash jarayonida xalqimizning boy milliy madaniy-tarixiy an’analariga,
urf-odatlari hamda umumbashariy qadriyatlarga asoslangan samarali tashkiliy,
pedagogik shakl va vositalarining ishlab chiqilishiga va amaliyotga joriy etilishiga
bog’liq. Har bir faoliyatda bo’lgani kabi ma’naviy-axloqiy tarbiya ishlarini tizimli
asosga qo’yishda ham axborot texnologiyalari vositalaridan unumli foydalanish orqali
yosh avlodni bilimli, axloqli va idrokli etib tarbiya qilish hozirgi davr talabi hisoblanadi.
Abu Nasr Farobiy axloqning bilim bilan mushtarakligini asoslab beradi.
Uningcha, bilimlar insonni yaxshi axloqli, saxovatli va aql idrokli qiladi. Inson
bilimsiz o’zi ko’zlagan maqsadiga erisha olmaydi. Yaxshi inson bo’lish uchun
odamda imkoniyat bo’lmog’i zarurligi ko’rsatiladi: ta’lim va tarbiya olish imkoniyati
borligi tufayli ta’lim olish hamda to’g’ri tarbiya topish kerak. Bunda “Tarbiya –
kishilar bilan muloqotda axloqiy qadr-qimmatni va odobda amaliy faoliyatni
yaratishga olib boradigan yo’l”, deb ta’riflanadi. Farobiy jamiyatda to’plangan bilim,
tajribalar o’zlashtirilishi shaxslararo muloqot, muomala vositasida amalga
oshirilishini ta’kidlab, bu masalaga alohida e’tibor qaratadi
[3].
Ommaviy axborot vositalarining mafkuraviy jarayonlar rivojiga o’ziga xos va
kuchli ta’sir o’tkazayotganini quyidagi misolda ham ko’rish mumkin. Ma’lumki,
444
bugungi kunda internet ommaviy axborot va kommunikatsiya tizimining eng tez
rivojlanib borayotgan bo’g’ini hisoblanadi. Uning g’oyaviy kurash va targ’ibotning
asosiy maydoniga aylanganini ekstremistik, shu jumladan, diniy ekstremistik
qarashlarni targ’ib qilishdagi o’rni misolida ham ko’rish mumkin.
Yuqorida keltirilgan fikrlarni jamlab, o’quvchilar qalbi va ongiga milliy ruh,
insonparvarlik, mehnatsevarlik, adolat, Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash uchun
axborot texnologiyalaridan foydalanish bo’yicha quyidagi tavsiyalarni keltirib
o’tamiz:
-
pedagoglarning
axborot-kommunikatsion
texnologiyalaridan
(AKT)
foydalanish samaradorligini yanada oshirish bo’yicha o’quv va uslubiy qo’llanmalar
ishlab chiqish hamda o’quv seminarlari tashkil etish;
- ta’lim muassasalarida AKTdan to’liq foydalanishni yo’lga qo’yish uchun
zarur sharoitlarni yaratish;
- zamonaviy AKT orqali o’quvchilarga axborotlarni sodda, qisqa va aniq tarzda,
bolaning manfaatidan kelib chiqib, o’quvchi yashaydigan sharoitga qiyoslab
yetkazish;
- o’quvchilarda axborot manbalarini tanqidiy tahlil qilish, o’zlashtirilayotgan
o’quv materiali bo’yicha shaxsiy fikr va qarashlarni shakllantirish;
- o’quvchilarda Vatanga sadoqat, mehr-oqibat va kelajakka bo’lgan ishonch
hissini yuksaltirish maqsadida xalqimizga xos milliy va umuminsoniy qadriyatlarni
axborot-kommunikatsion texnologiyalari orqali keng targ’ib qilish;
- ota-onalarga o’z farzandlarini axborot xurujlaridan himoya qilish bo’yicha
tavsiyalar berish.
Faoliyat sohalariga uyg’un ravishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini
joriy etish yo’nalishlari va shakllari ishlab chiqildi. Tashkiliy-amaliy faoliyat
sohasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish quyidagi tadbirlarda
amalga oshiriladi: foydali axborot muhitini yaratish, AKTdan foydalanishni
boshqarish, ma’lumotlar bazasini shakllantirish, o’quvchilar bo’sh vaqtini mazmunli
o’tkazishini tashqil etish, jamoat tashkilotlari bilan ishlash orqali o’quvchilarni
445
jipslashtirish, ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini ta’minlash, o’quvchilarning
ota-onalari bilan masofaviy muloqot o’rnatish hisoblanadi.
Mazkur sohadagi faoliyatning axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining
imkoniyatlaridan maqsadli foydalanish asosida tashqil etilishi voyaga etmagan
yoshlar o’rtasidagi tarbiya jarayonini samaradorlikni ta’minlanishiga xizmat qiladi.
Ma’naviy-axloqiy tarbiya ishlarida keng qo’llanilayotgan tadbirlar, davra
suhbatlari, kechalarning qiziqarli, keng qamrovli o’tkazilishini ta’minlash asosida
ularning samarasi ta’minlanadi. Bunday texnologiyalar imkoniyatlaridan taqdimotlar
va videoanjumanlar tashqil etish, veb-sahifalar yaratish, axborot-kommunikatsiya
texnologiyalari joriy etish asosida xalq ta’lim muassasasining an’analari va
qadriyatlarini ommalashtirish, avloddan-avlodga uzatish imkoniyatlari kengayadi.
O’quvchi-yoshlar kamolotida ota-onalar va katta avloddan mas’uliyatli ishlar,
ya’ni o’quvchi yoshlarni yod mafkura va “ommaviy madaniyat” ta’siridan muhofaza
qilish; o’quvchi yoshlarni zamonaviy axborot xurujidan himoya qilish, yoshlarni
milliy-ma’naviy qadriyatlarga sadoqat ruhida tarbiyalash talab etiladi.
Yuqorida ko’rib o’tilgan birinchi mezon turli yod g’oyalar, aldovchi yaltiroq
va’daboz siyosatdonlarning mafkuraviy tazyiqlari yoshlar tarbiyasiga salbiy va jiddiy
ta’sir etishini to’g’ri anglashimiz lozimligi belgilab beradi. Yoshlarni zamonaviy
axborotlar xurujidan asrash, internet, telefon va nazorat qilish doirasidan tashqari
axborot vositalari orqali tarqatilayotgan nomaqbul ma’lumotlar (turli behayo, jangari
filmlar, foto suratlar, turli diniy va vayronkor g’oyalar bilan sug’orilgan oldi-qochdi
hikoyalar)ning ularning axloqiy tarbiyasiga salbiy ta’sir etayotganligini hayotning
o’zi isbotlab turibdi.
Bugungi globallashuv sharoitidan kelib chiqib ijtimoiy hayotning barcha sohalari
kabi ta’lim tizimini isloh qilishga, tarbiya tizimining milliy zaminini mustahkamlash,
milliy qadriyatlarimizni tiklash, Sharqona odob-axloqni shakllantirish, yoshlarni
raqobatbardosh kadr bo’lib etishishini ta’minlash uchun yetarli darajada e’tibor
qaratilmoqda. Xullas, yuksak ma’naviyatli insonlarni tarbiyalashda ijtimoiy muhit,
oila tarbiyasi, ta’lim muassasalari faoliyati, ota-ona, pedagog, mas’ul shaxslar va
tengdoshlarning ta’siri, o’quvchining shaxsiy yondashuvi va ma’naviy-axloqiy
446
qadriyatlari hamda axborot-kommunikatsion texnologiyalarining o’quvchi hayotidagi
o’rni va uning shaxsiga ta’siri muhim ahamiyat kasb etadi. Shu sababli ularning ta’sir
kuchidan foydalanish kutilgan natijani qo’lga kiritish imkoniyatini yaratadi
Xulosa o’rnida ta’kidlar ekanmiz, bugungi kunda axborot kommunikatsiya
vositalaridan oqilona foydalanishda avvalo, ota-onalar o’zlari ibrat maktabi
bo’lmoqlari lozim. Teleekranlarda uzatilayotgan xalqimiz ma’naviyatiga zid bo’lgan
ayrim vayronkor g’oyalar, nosha’riy urf-odatlar va axloqsiz turmush tarzini targ’ib
qilayotgan klip va seriallar farzandlarimizni “tarbiya” qilishiga yo’l qo’ymasligimiz
hamda ogoh bo’lishimiz lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |