O’zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti



Download 3,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet187/207
Sana28.05.2022
Hajmi3,29 Mb.
#613584
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   207
Bog'liq
Конференция Vatanparvarlik 29.01.2019

Gulyamova Saodat Tolibovna
 - Buxoro davlat universiteti 


436 
Farg’ona, Samarqand va Buxoro universitetlarida sotsiolog-mutaxassislar tayyorlana 
boshlandi. Bugungi kunga qadar sotsiologiya fani mamlakatimizning barcha oliy 
o’quv yurtlarida o’qitilib, talabalar mazkur fandan 18 soat ma’ruza tinglaydilar, 20 
soat (ayrim ta’lim yo’nalishlarda 16 yoki 18 soat) amaliy mashg’ulotlarga 
tayyorlanadilar. Shuni alohida e’tirof etish joizki, O’zbekiston Respublikasi Oliy va 
o’rta-maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlanib, sotsiologiya fanidan 
tayyorlangan namunaviy dasturdagi [1] mavzular talaba-yoshlarda vatanparvarlik va 
insonparvarlik tuyg’ulari va fazilatlarini rivojlantirishga qaratilgandir.
“Sotsiologiya fan sifatida” deb nomlanuvchi dastlabki ma’ruzada ma’ruzachi 
jamiyatni tadqiq etuvchi fan sifatida sotsiologiya terminining paydo bo’lganiga qadar 
antik dunyo olimlarining va Sharq mutafakkirlarining jamiyat haqidagi fikrlarini, 
keyin esa mumtoz sotsiologlarning mulohazalarini talaba-yoshlarga yetkazadi.
“Sotsiologiya strukturasi” deb nomlanuvchi 2-mavzuni yoritishda ma’ruzachi 
sotsiologiya mustaqil fan sifatida uchta tarkibiy tuzilmadan iborat ekanligiga urg’u 
beradi. Shulardan ikkinchisi – maxsus sotsiologik nazariyalar bo’lib, ularga 
madaniyat sotsiologiyasini, etnosotsiologiyani va din sotsiologiyasini kiritish 
o’rinlidir. Sotsiologiyaning mazkur tarmoq yo’nalishlarini yoritishda pedagog 
vatanparvarlik va insonparvarlik g’oyalarini yorituvchi tayanch tushunchalarni 
izohlab o’tishi maqsadga muvofiqdir.
“Shaxs sotsiologiyasi va deviant hulq-atvor” deb nomlanuvchi 5-ma’ruzada 
ma’ruzachi sotsiologiyada shaxs tushunchasi, sotsiologiyada shaxs tipologiyasi, 
shaxsning oilada ijtimoiylashuv jarayoni, sotsializatsiya, ijtimoiy nazorat va uning 
jamiyat hayotidagi vazifalari va deviant (og’ishma) hulq-atvor haqida fikr yuritadi. 
Ongida, ichki ruhiyatida va yuragida vatanparvarlik va insonparvarlik tuyg’ulari sust 
darajada rivojlangan kishidagina deviant hulq-atvorning kurtaklari ko’zga tashlanadi. 
Mazkur holat jamiyatning ichki parokandaligiga olib kelishi mumkin. Yoshlarimiz 
hulq-atvorida deviantlikni oldini olishga bag’ishlangan besh minutlik essening dars 
davomida talabalar tomonidan yozilishi maqsadga muvofiqdir. 
“Sotsial munosabatlar” deb nomlanuvchi 7-ma’ruzani yoritishda ma’ruzachi 
sotsiologiyada ijtimoiy munosabatlar va ularning turlari, ijtimoiy birdamlik, 


437 
begonalashuv va ularning turlari, ijtimoiy nizolar va ularning sabablari, ijtimoiy nizo 
ko’rinishlari va darajalari, ijtimoiy nizolarni oldini olish yo’llari borasida fikr 
yuritadi. Darsning yakunida esa pedagog talabalar tomonidan ta’kidlangan fikr-
mulohazalariga o’zining munosabatini bildiradi, uni dalillar asosida asoslab beradi, 
mavzuga yakun yasaydi va o’zining xulosalari bilan talabalarni axborotlashtiradi.
“Ijtimoiy taraqqiyot sotsiologiyasi” deb nomlanuvchi 8-ma’ruza oldingi 
mavzularning mantiqiy davomi sifatida e’tirof etiladi va olingan ilgarigi bilim va 
ko’nikmalar mazkur mavzu orqali yanada mustahkamlanadi. Bu mavzuni 
tushuntirishda ma’ruzachi sotsiologiyada ijtimoiy dinamika tushunchasiga izoh 
beradi, ijtimoiy dinamikaning turlarini sharhlaydi, jamiyatda madaniyatning roli va 
ahamiyati, madaniyat turlari va shakllari borasida ma’lumotlar beradi va egotsentrizm 
va 
etnotsentrizm 
haqida 
talabalarni 
axborotlashtiradi. 
Vatanparvarlik 
va 
insonparvarlik hamda etnotsentrizm va egotsentrizm tushunchalari pedagog 
tomonidan izohlanishi, ularning bir-biriga qarama-qarshi tushuncha sifatida qaralishi 
darsning sifatini yanada oshiradi.
Demak, oliy talim muassalarining barcha ta’lim yo’nalishlarida sotsiologiya 
fanini mustaqil fan sifatida o’qitishda deyarli hamma mavzular talabalarda 
vatanparvarlik va insonparvarlik tuyg’ularini rivojlantirishga ko’maklashuvchi 
ma’lumotlar bilan yo’g’rilgandir.

Download 3,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   207




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish