422
ezgulik
va yovuzlik, yaxshilik va yomonlik, go’zallik va xunuklik, vatanparvarlik,
insonparvarlik fazilatlarini shakllantirish va ular haqidagi xilma-xil talqinlarga duch
kelganda ongli va jonli munosabat bildira olishga, shular asosida o’zlaridagi axloqiy-
ma’naviy fazilatlar majmuini shakllantirish va rivojlantirishdan iborat.
Maktabda adabiyot darslarida, darsliklarida milliy adabiyot bilan barobar jahon
adabiyoti durdonlari ham o’rganiladi. Adabiyot darsliklaridan o’rin
olgan jahon
adabiyoti namunalari ham
o’quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning omili
bo’lib xizmat qiladi
.
Masalan, milliy maktablarning 5-sinfida gruzin adibi Nodar
Dumbadzening «Hellados» hikoyasi o’qitiladi. Yozuvchi tomonidan “Hellados”
hikoyasida bolalar hayoti, ular orasidagi murakkab munosabatlar mahorat bilan
tasvirlangan. Asarda insonparvarlik, vatanparvarlik tuyg’ulari o’ziga xos tarzda ifoda
etilgan. Biz maqolamizda ushbu
asarni tahlil qilar ekanmiz, hikoyadagi voqealar
asosida o’quvchilarda vatanparvarlik tuyg’usini shakllantirish masalasi haqida so’z
yuritmoqchimiz.
Hikoya o’n to’rt yoshli ko’cha bezorisi Yangulini tasvrilashdan boshlanadi.
Ya’ni Yanguli hech qareda o’qimas, otasining yumishlariga qarashadigan va goh-goh
eshakda qo’shnilariga sut-qatiq tarqatar edi. Asar voqeasi Venetsian ko’chasidagi
istiqomat qiluvchi barcha bolalar ustidan hukmronlik qiladigan Yanguli bilan
yaqindagina ko’chib kelgan Jamol o’rtasidagi hayratomuz tanishuvi bilan davom
etadi. Yanguli nazarida Jamol boshqa bolalarga o’xshamasdi. U irodali, ayni paytda
o’ziga hukm o’tkazishlariga yo’l qo’ymaydigan darajada mag’rur bola edi. Jamol
mana shunday hislatlari bilan Yangulini qiziqtirib qo’yadi, qolaversa o’ziga nisbatan
adovat uyg’otadi. Xush, ammo bu adovatning asl sababi nima edi? Yanguli nima
uchun bunday olishuvni, murosasiz kurashni boshladi? Natijada
ushbu kabi savollar
hikoyaning rivojlanishi va qanday tugashi o’quvchilarda asarga bo’lgan qiziqishini
uyg’otishi tabiiy holdir.
Hikoyadagi Yangulining Jamol bilan ikkinchi marta olishiv, oz muddat bo’lsa
ham g’alabaga erishgannan keyingi aytgan so’zlariga e’tibor bering:
“ – Bolalar! Men, Yanguli Aleksandridi, sizlar saylagan sardor, sizlarga,
Venetsian ko’chasining hur farzandlariga murojaat qilaman! Ro’parangizda tbilisilik
423
rangpar laqma bilan uning jiyani – vatan va qabila xoini, mishiqi Koka turibdi.
Mana bu rangpar kelgindi bizning mehmondo’stligimiz va muruvvatimizdan
bahramand bo’lish o’rniga – xudo siylagan erimizni, dengizimizni, jamiki
daryolarimiz, oltin va kumushlarimiz, o’tloqlarimizni o’ziniki qilib olmoqchi…”
[1,
167]
Ushbu parchaga e’tibor bersak, o’n to’rt yashar ko’cha bezorisi Yangulining
to’da olidda so’zlagan nutqi balkim, Jamol nazarida maynovachilikdan boshqa narsa
emasdir. Ammo Yanguli o’zi ulg’aygan Venetsian ko’chasini
butun bir Vatan deb
bilardi. U o’z “vataniga” faqat o’zi hukmron bo’lishni istar, “vatanida” paydo bo’lgan
begona bolaning dadilligi esa uni g’ashini keltirardi, shu bilan birga jinday
cho’chitardi ham – u, “Vataniga” o’zga bir bola “ega chiqishidan” cho’chirdi. Ha,
o’quvchida dastlab tarbiyasiz, bezori sifat taassurot qoldiradigan Yanguli o’zi bilib-
bilmasdan guyo Vatan himoyasiga kirishganday edi! Bu esa har ikki bolaning
murg’ak tasavvurida, qalbida boshlangan yashash va vatan uchun bo’lgan o’ziga xos
kurashning boshlanishi bo’ldi.
O’quvchi hikoyaning nihoyasiga yaqinlashar ekan, unda Suxumida yashayotgan
greklarning o’z yurtiga, Elladaga qaytishi kerakligi bayon qilinadi. O’z-o’zidan
ma’lumki, Yanguli ham millatdoshlari bilan yurtiga qaytib ketishi lozim edi. O’z
yurtiga qaytish imkoni yaratilganini Suxumida yashayotgan butun grek xalqi katta
xursandchilik bilan qarshi olishadi, ammo… ammo
bu xabar Yanguliga haqiqiy
judolik, haqiqiy musibat bo’lib tatiydi. Chunki bu judolik Yanguli uchun ko’plab
qimmatli tuyg’ulardan
–
bolalikdan, muhabbatdan va Vatandan ayro tushmoq edi.
Muallif ikki o’spirinning xayrlashish oldi qilgan suhbatini yozarkan, nazarimda
asaridagi, yo’q nafaqat asaridagi, shuningdek real hayotdagi Vatan va Vatanga
bog’liqlik hissi haqidagi eng go’zal so’zni, eng haqqoniy haqiqatni ayta olgan, desak
yanglishmagan bo’lamiz.
– Uch kundan keyin Suxumiga Grettsiyadan paroxod keladi. Bu yerlik greklar
Elladaga qaytishyapti. Otam ham…
–
Xo’sh, nima qipti?
424
–
Ketmoqchi emasman… Otamning gapiga qaraganda, bizning vatanimiz, ona
tuprog’imiz o’sha yerda… Bizni ajdodlar ruhi chaqirayotganmish, bu nidoga quloq
solish shart emish…
“– Nega birga ketmoqchimassan? – deb so’radim astoydil taajjublanib.
Yangulidan ancha vaqtgacha sado chiqmadi.
– Qandoq tushuntirsamikin… – deya gap boshladi u nihoyat. – Onam yo’q,
hatto eslolmayman ham. Otam tunu-kun tomorqada yoki tirikchilik tashvishida…
Men ko’chada, Venetsian ko’chasida katta bo’ldim… Mening vatanim, mening
Elladam bu – Suxumi, ko’cha, Chalbash; bu – Koka, Petya, Kurlika, Fema, Qora
dengiz, ko’prik… – U bir yutinib olib, davom etdi: – Bu – Mida… qolaversa, sen…
…A’zoyi badanim jimirlashib ketdi. Bunaqa so’zlarni umrimda birinchi marta
eshitayotgan edim.
– Bu nima bo’lmasa? – Men Yangulining ko’kragini ochib, baland ovozda
o’qidim: – Hellados.
– Bu – naqsh, Jamol. Vatan – ichkariroqda, naqd yurakning o’zida! – Yanguli
qo’lini ko’ksiga qo’ydi”.
[1, 169]
Darhaqiqat Yangulining qalbida ota-bobosi tug’ilgan Grettsiya emas, o’zi usib
ulg’aygan Suxumi Vatan timsolida edi. Oqibatda u o’z jonini bu Vatani uchun,
Jamoldan qizg’onib ayovsiz mushtlashgan Suxumisi uchun qurbon qildi.
Xulosa shuki, Venetsian ko’chasining hukmdori Yanguli garchi o’qimagan
bo’lsa ham, uning tabiatan nozik didli, aqli-farosatli bola ekanligining guvohi
bo’lamiz. U o’zini chindan ham o’z elining hur farzandi deb hisoblaydi. U Venetsian
ko’chasini, nainki insonlarini, qolaversa, Gruziya yerini, uning dengiz va darayolarini
o’ziniki deb biladi. Hikoyadagi Yanguli obrazini tahlil qilish asosida o’quvchilar
ongida Vatanni asrash va himoya qilish kabi xislatlarni singdirish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: