O’zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti



Download 3,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet96/207
Sana28.05.2022
Hajmi3,29 Mb.
#613584
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   207
Bog'liq
Конференция Vatanparvarlik 29.01.2019

Qilichev Abror - 
Toshkent kimyo texnologiya instituti 


218 
hunarmandchilik rivojlandi, temir, mis, oltin, kumush va boshqa madanlarni qayta 
ishlash avj oldi. Mamlakatda pul islohoti o’tkazildi. Samarqanda zarb qilingan pullar 
butun imperiyada amal qilar edi. Amir Temur davlatining pullari, oltin va kumush 
tangalariga hatto Evropa bozorlarida ham savdo-sotiq qilishar edi, deb guvohlik 
beradi tarixchilar. Klavixoning ta’kidlashicha, “Bu erlar (ya’ni Turon) da savdo-sotiq 
juda rivojlangan, odamlari boy, gadolar yo’q edi”.
Uchinchidan,
ma’naviy-mafkuraviy omil. Mo’g’ullar bosqinidan oldingi 
ma’naviy-madaniy meros to’la tiklanadi va yanada rivojlantiriladi. Ilm-fan gullab, 
yashnaydi. Minglab madrasa va masjidlar, maktablar barpo etiladi, ustoz-shogird 
an’anasi har tomonlama rivojlanadi. Ularni moliyaviy jihatdan qo’llab-quvvatlashda 
davlat asosiy rolni bajaradi. Natijada odamlarning dunyoqarashi, davlat, hukmdorga 
bo’lgan munosabati ijobiy tomonga o’zgarib boradi. Bu esa, ilm-fan va 
ma’naviyatning ravnaq topib, mamlakat hayotini yuksaltirishda muhim ahamiyat 
kasb etadi. 
Amir Temur hukmronlik qilgan yillari uning davlatiga qarashli o’lkalar to’rt 
qismga bo’lingan: Xuroson, Jurjon, Mozandaron va Seyiston (markazi Hirot) — 
Shohruxga, G’arbiy Eron, Ozarbayjon, Iroq va Armaniston (Markazi Tabriz) — 
Mironshohga, Fors, ya’ni Eronning janubiy qismi (markazi Sheroz) — Umarshayxga, 
Afg’oniston va Shimoliy Hindiston (markazi G’azna, keyinchalik Balx) — 
Pirmuhammadga suyurg’ol qilib berilgan edi. Bu erda suyurg’ol institutining eng 
yuqori bosqichga chiqqanini ko’rish mumkin. Amir Temur aynan mana shu suyurg’ol 
institutlari orqali butun imperiyani boshqargan va nazorat qilgan. Sultoniya episkopi 
monax Ionn Grinlo o’zining Amir Temur haqidagi xotiralarida: «Temurbekning 
bunyod etgan qasrlari ikki yuzdan ziyod edi: Samarqandda o’n sakkiz, Kesh 
shahrida yigirma, Bog’dodda o’n besh, Isfaxonda o’n ikki, Sherozda yetti qasri bor 
edi», - deb yozadi. Ioann Grinlo ushbu qasrlarning aynan qanday imoratlar
ekanligini yozmasada, ularning sonini keltirgani Sohibqironning bunyodkorlik 
ishlariga juda katta e’tiborni qaratganligidan dalolat beradi. «O’rta Osiyoda asl turlik 
davri Temurdan boshlanadi», - deb yozgan Herman Vamberi yuz karra haq edi. To’la 
ishonch bilan ta’kidlash lozimki, Buyuk Sohibqiron o’zining siyosiy, ijtimoiy va 


219 
iqtisodiy faoliyatida, ayniqsa, harbiy san’atda tibbiyot va hatto veterinariya 
xizmatlaridan unumli foydalangan. Amir Temur «Tuzuklari»dagi ushbu talabni 
o’qiymiz: «Asil va shijoatli sipohiy qaysi toifadan bo’lmasin, unga o’rin berib, 
kelgan xizmatiga va ishiga yarasha tarbiyat qilsinlar», - deyilgan.
Haqiqatda Sohibqiron bu tarbiyani ko’p sonli kuchli armiya va mamlakat 
osoyishtaligini saqlagan baquvvat sog’lom sipohiylarni etishtirishda uzluksiz 
foydalangan. Bu tarbiyaviy siyosiy tizim davlat ahamiyatiga molik siyosatga 
aylangan. 
Umuman, Amir Temur va Temuriylar saltanati Markaziy Osiyo, xususan, milliy 
davlatchiligimiz tarixining eng porloq davridir. Bu davrda yaratilgan moddiy va 
ma’naviy yodgorliklar bugun ham o’z ahamiyatini yo’qotmagan. Sharafiddin Ali 
Yazdiy va Nizomiddin Shomiyning “Zafarnoma” asarlari, “Temur tuzuklari”, 
Natanziyning “Muntaxab ut-tavorix” va Mirzo Ulug’bekning “To’rt ulus tarixi” – 
ushbu davrning asosiy hujjatlari sifatida bebahodir. 
Temuriylar davlati nafaqat O’rta Osiyo tarixida va madaniyatida, balki, jahon 
davlatchiligi tarixida ham o’chmas iz qoldirgan. Bu davrda ichki va tashqi savdo, 
Sharq va G’arb mamlakatlari bilan diplomatik aloqalar keng yo’lga qo’yilgan. 
Ko’plab masjid, madrasa va maqbaralar bunyod etilgan, kanallar qazilib, sug’orma 
dehqonchilik rivoj topgan. Sohibqiron Amir Temurning avlodlari bir necha yuz yil 
davomida mashhur sarkarda, davlat va jamoat arbobi, shoir va olim sifatida mamlakat 
ravnaqiga katta ulush qo’shdilar. 
Amir Temur davlati qadimgi turk hoqonlarining davlatchilik tajribalari va 
an’analarini, mustaqil davlatchilik uchun xos bo’lgan xususiyatlarni, hisobga olgan 
holda o’z davri uchun mukammal davlat organlari tizimi tashkil etgan edi. Jumladan
Amir Temur davlatida davlat siyosatining muhim masalalari hal qilinadigan qurultoy 
va kengashlar katta ahamiyatga ega bo’lgan. Qurultoy va kengashlarda Amir 
Temurning farzandalri-amirzodalar, oliy ruhoniylar tabaqasining vakillari va yetuk 
olimlar, amirlar va amirul-umaro, beklarbegi, ulus boshliqlari, tumanboshilar, 
mingboshilar, yuzboshilar, o’nboshilar, bahodir unvoniga ega bo’lgan harbiylar va 
boshqalar ishtirok etgan. Qurultoy yirik boshqaruv instituti sifatida davlat va jamiyat 


220 
hayotida muhim o’rin tutgan. Bunday kengashlarda din ahlining oliy vakillari ishtirok 
etishi, ularning mamlakatda katta nufuzga ega ekanliklaridan dalolat beradi.
Bu yerda shuni ta’kidlash kerakki, Amir Temur davrida vaqf instituti orqali 
ijtimoiy mulklarni idora qilgan. Ba’zi madrasalar vaqf mulklaridan tashqari, davlat 
xazinasidan ham moliyalashtirilgan. Madrasalarda ixtisosligiga ko’ra, hozirgi 
universitetlar maqomida bo’lgan. Shuning uchun ularda turli fanlar chuqur 
o’rgatilgan, masalan, Samarqanddagi Ulug’bek madrasasida tabiiy va aniq fanlar, 
jumladan, matematika va astronomiya chuqur o’rgatilgan. Ba’zi madrasalarda asosan 
davlat ma’muriyatida xizmat qiluvchi, davlatning diplomatik arboblari va 
lashkarboshilar tayyorlangan. Shunga ko’ra, bunday madrasalarda Kaykovusning 
“Qobusnoma”, Nizomulmulkning “Siyar ul-mulk” (Siyosatnoma), Shayx Sa’diyning 
“Bo’ston” va “Guliston” asarlari tahliliy o’qitilgan. Madrasalar qaysi sohaga 
yo’naltirilishidan qat’i nazar unda dastlab, Qur’on, hadis, fiqh, tasavvuf va shu bilan 
bog’liq ilmlar ta’lim dasturining asosini tashkil qilgan. Jumladan, “Tuzuklar”da bu 
borada shunday deyilgan: «Noiblarimga katta-kichik har bir shaharda masjid, 
madrasa va xonaqohlar qurishni, yo’lovchilar va musofirlar uchun yo’l ustiga rabotlar 
solishni, daryolar ustiga ko’priklar solishni buyurdim. Musulmonlarga diniy 
masalalardan ta’lim berib, shariat aqidalari va islom dini ilmlaridan tafsir, hadis, 
fiqhdan dars bersinlar deb, har bir shaharga olimlar va mudarrislar tayin qildim».
Amir Temur qurgan bu ulug’ davlat turkiy ellarni yagona kuchga birlashtirgan 
edi. Qadimgi Turon shavkati qayta tirildi - “Kuch – adolatda” g’oyasi mafkuraga 
aylandi va ushbu mafkura nazariy va amaliy jihatdan imperiyaning qudratini yanada 
yuksaltirdi. 
Xulosa qilib aytganda, Amir Temur va Temuriylar davrida mo’g’ullar bosqini 
natijasida oyoqosti qilingan madaniy boyliklar, ma’naviy meros va qadriyatlar 
tiklangan. Ilm maskanlari faoliyati yo’lga qo’yilgan va ma’rifatga intilish, komil 
inson tarbiyasiga katta e’tibor qaratilgan. Buning samarasi o’laroq, naqshbandiylik 
tariqati jamiyat hayotida keng tarqalgan. Amir Temur kuchli sarkarda sifatida jahon 
harbiy tarixidan abadiy joy olgan, ul zot barpo qilgan ulkan imperiya esa, 
Sohibqironning adolatli va qudratli hukmdor sifatida nomini abadiyatga yozib qo’ydi. 


221 

Download 3,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   207




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish