O’zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti


JINOYAT MASALALARINING TARIXIY UYG’UNLIGI



Download 3,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet104/207
Sana28.05.2022
Hajmi3,29 Mb.
#613584
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   207
Bog'liq
Конференция Vatanparvarlik 29.01.2019

JINOYAT MASALALARINING TARIXIY UYG’UNLIGI
67

Davlatchilikkacha bo’lgan jamiyatda amal qilgan ijtimoiy normalarga ko’ra, 


odat kuchi va jamoa fikri sud jarayonida ustuvor sanalgan. Odat huquqida «xun 
olish» an’anasi urug’lar o’rtasidagi nizolarni bartaraf etish vositasi sifatida paydo 
bo’lgan. Bunda jinoyatchi deb topilgan shaxsga nisbatan tovon to’lash majburiyati 
yuklangan. Turkiy xalqlarning qadimgi ajdodlariga xos bo’lgan bunday odatga ko’ra, 
o’tkir qurolini qinidan chiqargani yoki qurol o’qtalgani uchun ham xun haqi, ya’ni 
tovon undirilgan. 
Keyinchalik siyosiy-huquqiy ta’limotlarda jinoyat va jazo masalalariga, 
ayniqsa, o’lim jazosiga alohida e’tibor berilgan. Inson huquqlarini tushunib etishda 
nihoyatda muhim bo’lgan tamoyil - odamning tabiiy tenglik g’oyasi qadim yunon 
(Protagor, Antifont, Likofron) va xitoy mutafakkirlari (Mao-Tszi, Konfutsiy) siyosiy 
hamda huquqiy ta’limotlarida (eramizdan avvalgi VI-IV asrlar) ilgari surilgan. 
Jumladan, yunon donishmandi Diodot xalq yig’ini - qonun chiqaruvchi kengashda 
nutq so’zlab, o’lim o’ta shafqatsiz jazo bo’lib, uni amalda qo’llash jinoyatchilikning 
kamayishiga olib kelmasligini hayotdan misollar keltirib asoslashga uringan. 
Qadimgi Rimning davlat arbobi, notiq va huquqshunos Mark Tulliy Tsitseron ham 
o’zining suddagi nutqi bilan bir necha kishini o’lim jazosidan saqlab qolgan. 
Jumladan, Tsitseron: «sudya jinoyatchiga nisbatan o’lim jazosini qo’llashga 
shoshilmasligi kerak. Zotan, o’limga hukm etilgan shaxsning aybi keyinchalik 
asoslanmasa, sudya, sud va jazoning odilligini oqlay olmaydi», deb ta’kidlagan. 
67
Badalbayeva
 
Malohat
 – O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Yong’in xavfsizligi instituti


248 
Islomda har bir odam inson huquqlaridan foydalanishga haqli ekani, chunki bu 
ilohiy ne’matligi ta’kidlanadi. Islom ta’limotiga ko’ra, Olloh insonni aziz qilib 
yaratgan. Modomiki, insonga hayot Olloh tomonidan berilgan ekan, uni yashash 
huquqidan hech kim mahrum eta olmaydi. 
Amir Temur «Tuzuklar»ida ham inson huquqlari qadrlanib, ularni himoya 
qilishning huquqiy jihatlari ochib berilgan. Jumladan, «Har qanday odam mening 
devonimdan panoh topgan ekan, gunohi bo’lsa ham uni kechirsinlar, ikkinchi, 
uchinchi marta yana gunoh yo’liga kirsa, u holda gunohiga yarasha jazolansin», deb 
yozilgan. Amir Temur fuqarolarning huquqlarini himoya qilishda hokim adolat 
tomonida turishini qattiq talab etgan. Hokimlardan xalqqa jabr-zulm yetkazganini 
eshitgan zahoti ularga nisbatan darhol adolatli chora ko’rgan. «Agar dorug’alar va 
hokimlar xalqqa jabr-zulm qilib, ularni xarob qilgan bo’lsalar, qilgan ishlariga loyiq 
jazo berilsin» deyiladi «Tuzuklar»da.
«Temur tuzuklari», «Voqeati Temuriy» (Temurning boshidan kechirganlari) 
nomlari bilan Sharqu Qarbda mashhur kitob buyuk Sohibqiron bobomizning boy 
hayotiy tajribalarini, qonun darajasiga ko’tarilgan qimmatli yo’l-yo’riqlarini o’z 
ichiga olgan. Shu nuqtai nazardan, «Temur tuzuklari» XIV asrning ikkinchi yarmiga 
oid ijtimoiy-siyosiy voqealar bilan birga, Amir Temur davlatida amalda bo’lgan 
jinoyat va jazoga, sud tuzilishiga oid muhim qoidalar hamda ma’lumotlarni o’zida 
aks ettirgan tarixiy-huquqiy manbadir.
Mazkur asarda bayon etilishicha, Amir Temur davlatda adolatni qaror toptirish 
va jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan ko’plab qoidalarga amal qilgan. 
Jumladan, birinchi galda davlat mansabdorlarining, ya’ni toju taxt egalarining tutumi 
va vazifalari haqida zarur qonun-qoidalar belgilangan. Bu haqda to’xtalib: «Yana 
tajribada ko’rib bildimki, davlat agar dini oyin (tartib) asosida qurilmas ekan, to’ra-
tuzukka bog’lanmas ekan, unday saltanatning shukuhi, qudrati va tartibi yo’qoladi. 
Bunday saltanat yalang’och odamga o’xshar ekan, uni ko’rgan har kimsa nazarini 
olib qochadi. Yoxud kasu nokas tap tortmay kirib-chiqadigan, tomsiz, eshigi-to’sig’i 
yo’q uyga o’xshaydi», deydi Amir Temur. 


249 
Ushbu qoidaning muhimligini nazarda tutgan holda, Sohibqiron: «Shuning 
uchun ham men o’z saltanatim binosini dini islom, to’ra va tuzuk asosida 
mustahkamladim. Saltanatimni boshqarishda uchragan har qanday voqea va ishni 
to’ra va tuzuk asosida bajardim. Dinu shariat tuzukini tartibga keltirganimdan so’ng, 
saltanatim korxonasining tuzugini tuzishga kirishdim», deb yozgan. 
E’tiborli tomoni shundaki, hukmdor bo’la turib u xalqning manfaatini himoya 
qilishni o’zining asosiy burchi, deb bilgan. Chunonchi, «Menda biron kimsaning haqi 
bo’lsa, haqini hech vaqt unutmadim. Biron kimsa bilan tanishgan bo’lsam, uni hech 
vaqt nazarimdan chetga qoldirmadim.
Shuningdek, hech kimdan o’ch olish payida bo’lmadim. Tuzimni tatib menga 
yomonlik qilganlardan hech narsa talab qilmay, ularni Parvardigori olamga 
topshirdim», deb qayd etilgan «Tuzuklar»da. 
Saltanatda tartib va qonuniylikning qaror topishi uchun, avvalo, davlat 
boshliqlarining o’zlari chiqargan hukm va qarorlarga, qonun-qoidalarga rioya 
etishgani o’rta asrlar davlatchiligining eng katta yutug’i bo’lib, ushbu amal Amir 
Temur davlatining poydevorini tashkil etgan. 
Amir Temur o’z davlatini «Kuch - adolatda» shiori ostida boshqargani buning 
yorqin dalilidir. «Tuzuklar»da inson huquqlari qadrlanib, ularni himoya qilish 
huquqiy jihatdan mustahkamlangan. Qonun oldida boy ham, kambag’al ham teng 
bo’lib, barchaning huquqlari kafolatlangan. Masalan, Amir Temur fuqarolarning 
huquqlarini himoya qilishda hokim adolat tomonida turishini qattiq talab etgan. Agar 
hokimlar, sipoh ra’iyatdan qaysi birining xalqqa jabr-zulm yetkazganini eshitsa, 
ularga nisbatan darhol adolatli chora ko’rilgan. «Agar dorug’alar va hokimlar xalqqa 
jabr-zulm qilib, ularni xarob qilgan bo’lsalar, qilgan ishlariga loyiq jazo berilsin», 
deyiladi «Tuzuklar»da.
Davlatga qarshi qaratilgan, boshqarish tartibiga va mansabni suiiste’mol 
qilishga xos jinoyatlar jumlasida soliq masalalariga doir jinoyat ham qayd etilgan. 
Jumladan, raiyatdan mol-xiroj yig’ishni adolat asosida olib borish talab etilgan. 
Sababi, bunday holatga e’tiborsiz qaralsa yoki adolatsizlikka yo’l qo’yilsa, mamlakat 
qashshoqlikka yuz tutishini Sohibqiron yaxshi anglagan. 


250 
Mamlakatda adolatni qaror toptirish uchun alohida muassasa - «Adolat devoni» 
xizmat qilgan. U, asosan, davlatga qarshi qaratilgan jinoyatlarga nisbatan tegishli jazo 
tayinlash bilan shug’ullangan. 
Shu o’rinda Amir Temur davrida mavjud bo’lgan jinoyatlarga ahamiyat berar 
ekanmiz, ularga nisbatan qo’llanilgan jazo va sud tizimi haqida ham to’xtalish joizdir. 
Amir Temur davlatida sudlov ishlari qozilar tomonidan amalga oshirilgan. Har 
bir shaharda Dorul-adolat-qozixonalar faoliyat yuritgan hamda ushbu davrda qozilar 
to’rt toifaga bo’lingan: Qozi-askar-lashkar, sipohlar qozisi; urf-odatlar bilan bog’liq 
ishlarni ko’ruvchi Axdos qozisi; ruhoniylar bilan bog’liq ishlarini ko’ruvchi-Shayx-ul 
islom; aslzodalar bilan bog’liq ishlarni ko’ruvchi-Ixdom qozisi. 
«Tuzuklar»ga ko’ra, qozilar asoslantirilgan hukm va qarorlar chiqarishi shart 
bo’lgan. Agar tomonlardan biri qozining chiqargan qaroridan norozi bo’lsa, davlat 
boshlig’iga shikoyat qilish huquqiga ega bo’lgan. Butun mamlakat bo’yicha qozilar 
faoliyatini nazorat qilish Qozikalonga yuklatilgan. 
Shuningdek, Amir Temur davlatida maxsus jinoyat qidiruv mirshabligi faoliyat 
yuritgan. Mirshablikning vazifasi o’g’rilik, qaroqchilik va talonchilik kabi 
jinoyatlarni ochish va jinoyatchilarni topib, jazoga mahkum etishdan iborat bo’lgan. 
Mirshablik savdo karvonlari harakati xavfsizligini ta’minlash, bosqinchilar va 
o’g’rilar to’dalarini topish va qo’lga olish, shariat qoidalarini buzganlarga, 
darbadarlarga, tilanchilarga qarshi choralar ko’rish bilan shug’ullangan. 
Chunonchi, Amir Temurning maxsus farmoniga ko’ra, saltanat hududida savdo 
karvoni hokimlar yoki bosqinchilardan jabr ko’rsa, o’shalarning o’zlaridan moli ikki 
barobar undirilgan. «Tuzuklar»da bu haqda shunday deyiladi: «Dunyoning yarmini 
oldim, saltanatimning u chetidan bu chetiga biror bolakay boshida bir lagan tilla 
ko’tarib o’tadigan bo’lsa, biror donasiga ham zarar etmaydigan tartib-intizom 
o’rnatdim». 
Amir Temur davrida shaharlar obod bo’lgan, savdo va hunarmandchilik 
rivojlangan. Buxoro, Shahrisabz, Toshkent kabi shaharlar savdo va hunarmandchilik 
markazlari sifatida rivoj topgan. Ayniqsa, bu davrlarda hunarmandchilik mahallalari, 
savdo rastalari soni ortib borgan. Sohibqiron savdo yo’llari xavfsizligiga jiddiy 


251 
e’tibor qaratgan. Zotan, uning doimo amal qilib kelgan «Kuch adolatdadir» degan 
da’vati davlatni boshqarishdagi yuksak salohiyatidan dalolat beradi. 
Ibn Arabshohning yozishicha, Amir Temur davlatida hammaning huquqi teng 
bo’lgan, eng obro’li akobir eng oddiy askar bilan barobar edi. Ammo, u g’orat 
qilishga rasmiy ruxsat berishidan oldin kimda kim birovni besabab xafa qilsa, 
zarracha haqorat yoxud arzimas zo’ravonlik qilsa joni va mol-mulki bilan javob 
berardi. Gunohidan o’tish, bir qoshiq qonidan kechish to’g’risida gap bo’lishi 
mumkin emasdi, aybdorning na do’stu, na yori va na xizmatkori uning yoniga 
tushishga jur’at qilolmasdi. Bu qoida hech qachon buzilmas, uning oldida hamma 
barobar edi. 
Frantsiyalik temurshunos olim Lyusen Kerenning yozishicha, «Temur o’z 
g’oyibligida mamlakati va raiyati ishlarida nelar yuz berganini surishtirib, yeru 
mulklari masalalarini diqqat bilan o’rgana boshladi va hokimlarga yo’l-yo’riqlar 
ko’rsatdi; atrof va chegaralar, tevarak-chetlar foydasi tadbirini ko’rib, kattayu 
kichikning g’amini eb, boyu faqirning manfaati bilan mashg’ul bo’ldi. O’z 
mulohazasi taqozosiga ko’ra barcha ash’yolarni o’z o’rniga qo’yib, jami mansabu 
martabalar jilovini o’shanga sazovor kishilar qo’liga tutqaza boshladi. U sayidlarni 
e’zozlab, karomatlar sohiblari bo’lgan avliyolarni izzatu ikromli qildi, ilmu fanni va 
uning ahllari hurmatini oshirib, ularga muruvvatini sochib, martabalarini ulug’ladi; u 
mufsidlarni bartaraf qilib, murtadlarning ildizini quritdi, zinogirlarni bo’g’dirib, 
o’g’rilarni salb ettirdiki, nihoyat uning shunday sa’y-harakatlari tufayli saltanat 
yumushlari tartib-intizomli bo’lib, hukumat risoladagidek faoliyat ko’rsatardi».
Amir Temur jinoyatchilikning oldini olishda ra’iyatning mehnat bilan mashg’ul 
bo’lishiga alohida e’tibor qaratgan hamda yerga ishlov bergan kishilarni ulug’lagan: 
«Kimki biron sahroni obod qilsa yoki koriz qursa yo biron bog’ ko’kartirsa yoxud 
biron xarob bo’lib yotgan yerni obod qilsa, birinchi yili undan hech narsa olmasinlar, 
ikkinchi yili raiyat roziligi bilan berganini olsinlar, uchinchi yili esa qonun-qoidasiga 
muvofiq xiroj yig’sinlar». Bu adolatli qoidaning ahamiyati shundaki, maqsad 
aholidan shunchaki soliq yig’ish emas, balki aniq belgilangan tartibga ko’ra soliq 
tizimini qaror toptirish bo’lgan. 


252 
Mansabni suiste’mol qilish, o’z vazifasiga loqayd qarash saltanatni izdan 
chiqarishi ehtimolini teran anglagan Sohibqiron kuchli tartib o’rnatishga harakat 
qilgan. Tarixiy manbalarga ko’ra, uning o’g’li Mironshoh, nabiralari Pirmuhammad 
va Xalil Sultonlar o’z mansabini suiiste’mol qilgani uchun xalq oldida jazoga 
tortilgan, ma’lum muddat hokimiyatdan chetlatilgan.
«Tuzuklar»da yozilishicha, Amir Temur vazirlar mansab suiiste’molchiligiga 
yo’l qo’ysa, masalan, moliya vaziri tomonidan davlat xazinasiga xiyonat qilingan 
bo’lsa, unga nisbatan qat’iy jazo tayinlagan. Agar moliya vaziri xazinaning bir 
qismini o’zlashtirib olgan bo’lsa, avvalo, bu holat sinchkovlik bilan tekshirib 
ko’rilishi kerakligi uqtiriladi. Agar vazirning olgan mablag’i o’ziga tegishli ulufa 
miqdoriga teng bo’lsa, unda bu mablag’ unga sovg’a tariqasida berilgan; vazirning 
o’zlashtirgan mablag’i maoshidan ikki barobar ortiq bo’lsa, ortig’i uning maoshidan 
ushlab qolingan; maoshidan uch barobar ko’p bo’lgan taqdirda, bu mablag’ saltanat 
xazinasiga musodara qilinib, vazir jazolangan. 
Amir Temur saltanatni mustahkamlashda qonun-qoidalarning ahamiyatiga 
yuksak darajada e’tibor qaratgani qayta-qayta e’tirof etilgan. Frantsuz olimi Aflone 
de Lamartin bu haqda shunday degan edi: «Na Evropa va na Iskandariyada, na 
Atillada va na Moskoviya zafarini quchgan yangi fotih Napoleonda adolatli qonunlar 
asosiga qurilgan bunday boshqaruv bunyod etilgan emas». Zero, «Davlat ishlarini, - 
deb yozgan edi Amir Temur, - saltanat qonun-qoidalariga asoslangan holda 
boshqardim. To’ra va tuzukka tayanib saltanatda o’z martaba va maqomimni 
mustahkam saqlab turdim». 
Frantsuz olimi Lyusen Keren ko’plab tadqiqotlarida Amir Temurning tarixdagi 
buyuk xizmatlarini, uning davlatida adolat va qonun ustuvorlik qilganini ta’kidlab: 
«Rahbar bo’lishdek tug’ma, ammo aql bovar etmaydigan darajada tabiiy va sinoatli 
xislat sohibi», deya Sohibqiron bobomizga bergan ta’rifi diqqatga sazovordir. 
Prezidentimiz Islom Karimov ta’kidlaganlaridek, «...bizning tariximizda Amir 
Temurdek ulug’ siymo bor ekan, uning qoldirgan merosi, pandu nasihati bugungi 
hayotimizga hamohang ekan, oldimizda turgan bugungi muammolarni echishda bizga 


253 
qo’l kelayotgan ekan, bizning bu merosni o’rganmasdan, ta’riflamasdan, targ’ibot 
qilmasdan haqqimiz yo’q». 
Darhaqiqat, bunday siyosiy-huquqiy meros jamiyatda huquqiy ong va huquqiy 
madaniyatni yuksaltirishda, huquqiy davlat qurishda bebaho manba hisoblanadi. 
Zotan, o’z tarixini, nasl-nasabini, merosini bilmagan millatning kelajagi bo’lmaydi. 
Shu boisdan davlatchiligimiz tarixida alohida o’rin tutgan Amir Temurning siyosiy-
huquqiy qarashlaridagi jinoyat va jazo masalalarini tadqiq etish, uning tajribalaridan, 
g’oyalaridan foydalanish ham nazariy-amaliy, ham ma’naviy-ma’rifiy ahamiyat kasb 
etishini anglagan holda, yoshlarimizga saboq berishda «Temur tuzuklari» muhim 
qo’llanma, amaliy dastur bo’lib qolaveradi. 

Download 3,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   207




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish