“TEMUR TUZUKLARI”NING SIYOSIY VA AXLOQIY QOIDALARI
65
Amir Temur ibn amir Tarag’ay 1336 yil 9 aprelda Kesh (Shahrisabz)
viloyatining Xo’ja Ilg’or qishlog’ida dunyoga kelgan. Uning otasi amir Muhammad
Tarag’ay barlos ulusiga mansub beklardan, bahodir jangchi, ulamoyu fuzaloga
ixlosmand,
ilm
ahliga
homiy
va
ishtiyoqmand
kishi
bo’lgan.
Amir Temur ham yoshligidan xat-savod chiqarib, o’z davrining tibbiyot, riyoziyot,
falakiyot, me’morchilik va tarix ilmlarini o’rgangan. Amir Temur bilan suhbatlashish
sharafiga muyassar bo’lgan buyuk arab faylasufi Ibn Xaldun jahongir turk, arab, fors
xalqlari tarixini, diniy, dunyoviy va falsafiy bilimlarning murakkab jihatlarigacha
yaxshi o’zlashtirganini ta’kidlaydi.
Amir Temur siyosat maydoniga kirib kelgan paytda, Movarounnahr mo’g’ullar
istibdodi ostida bo’lib, Chingizxon va Botuxon bosib o’tgan shahar va qishloqlar
vayronaga aylangan, suv inshootlari buzib tashlangan yoki ishga yaroqsiz holga
keltirilgan,
Temur faoliyatida muayyan siyosiy yo’l — mayda feodal hukmronliklarni
tugatish, muhim xalqaro karvon yo’llarida ustunlik qilib turgan Oltin O’rda, Eron va
boshqa mamlakatlarning raqobatini engib, Movarounnahrning siyosiy-iqtisodiy
quvvatini ta’minlay oladigan markazlashgan davlat tashkil etish edi. Amir Temur
avvalambor mamlakatda davlat tizimini mustahkamlash, boshqarishdagi tartib-
intizom, qonunchilikni kuchaytirish, savdo-sotiq, hunar-mandchilikni kengaytirishga
65
Burxonova S.
-
Toshkent moliya instituti
239
imkoniyat yaratish, soliqlarni tartibga solish, mamlakat himoyasini ta’minlash yo’lida
qo’shinning qudratini oshirish kabilarga katta e’tibor berdi.
Temur davlatni boshqarishga katta e’tibor berib, yangi davlat tizimi bo’yicha
Devoni buzrugdan tashqari, har bir viloyatda Devon deb ataluvchi boshqarma tuzib,
bu boshqarmalar soliq yig’ish, tartib saqlash, ijtimoiy binolar - bozorlar, hammomlar,
yo’llar, sug’orish tarmoqlariga qarab turish va aholining xulqiy-axloqiy harakatlarini
nazorat ostiga olish kabi ishlar bilan shug’ullangan.
Temur tarixchilar tasviricha, o’rta asrning atoqli davlat va harbiy arboblaridan
bo’lib, Ovro’po olimlari o’z asarlarida uning salbiy tomonlari bilan birga muhim
fazilatlarini ham ta’kidlab o’tganlar. Nemis olimi F. Shlosser o’zining «Jahon tarixi»
(III-tom) asarida: «Baxtiyor jangchi, jahongir, uzoq Sharqda qonunshunos bo’lish
bilan birga o’zida, Osiyoda kam uchraydigan taktik va strategik bilimlarni ifodaladi»,
deb yozsa, atoqli nemis olimi va tarixshunosi M. Veber: «Temur o’z dushmanlariga
nisbatan juda berahm edi, lekin sarkardalik, davlatni boshqarish va qonunchilik
sohasida buyuk talantga ega edi», deb ta’riflaydi.
Shuningdek, “Temur tuzuklari”da ham Amir Temurning jamiyatga, ijtimoiy-
siyosiy hayotga qarashi, markazlashgan qudratli davlatning siyosiy va axloqiy
qoidalari haqida gap boradi. “Temur tuzuklari”da davlat tizimi, davlatdagi turli
lavozimlarning vazifasi, undagi turli toifalar va ularga munosabat, davlatni
boshqarishga asos bo’lgan qoidalar, qo’shinlarning tuzilishi, tartibi, uni boshqarish,
ta’minlash, rag’batlantirish, qo’shin turlarining tutgan o’rni va o’zaro munosabati
kabi masalalar bayon etiladi. Davlat ishlarini har doim islom va shariat hukmlari
asosida olib borilganligi bir necha bor ta’kidlanadi.
“Saltanatim martabasini,— deb ta’kidlaydi Amir Temur,— qonun-qoidalar
asosida shunday saqladimki, saltanatim ishlariga aralashib, ziyon yetkazishga hech
bir kimsaning qurbi etmasdi”. Bundan tashqari, asarda jamiyat ishlaridagi
odamlarning 12 toifaga bo’linishi, saltanatni boshqarishda 12 qoidaga amal
qilinganligi, saltanat to’rtta asosiy qoidaga asoslanishi kabi masalalar ham tartib bilan
bayon etilgan.
240
Shaharlar va shahar atrofi aholisidan na jon solig’i va na boj olinardi. Birorta
ham askarning doimiy turish uchun shaxsiy kishilar uyini egallashga yoki
fuqarolarning molini va boyligini o’zlashtirib olishga haqqi yo’q edi. “Barcha
ishlarda,— degan edi Amir Temur,— bu ishlar qaysi o’lka xalqiga taalluqli
bo’lmasin, hokimlarning adolat tomonida qattiq turishlariga buyruq berilgan.
Qashshoqlikni tugatish maqsadida boshpanalar tashkil qildimki, kambag’allar ulardan
nafaqa olib turardilar”. Bundan tashqari, Temurning soliqlar haqidagi qoidasi juda
muhim ahamiyatga egadir.
“Soliqlar yig’ishda xalqni og’ir ahvolga solishdan yoki o’lkani qashshoqlikka
tushirib qo’yishdan ehtiyot bo’lish zarur. Negaki, xalqni xonavayron kilish davlat
xazinasining kambag’allashishiga olib keladi, xazinaning bequvvatligi harbiy
kuchlarning tarqoqlanishiga, bu esa, o’z navbatida hokimiyatning kuchsizlanishiga
sabab bo’ladi...”.
Amir Temur harbiy salohiyatda jahonga mashhur sarkarda va o’z zamonasining
eng qudratli hukmdori bo’lishi bilan birga, uning harbiy nazariyasi va amaliy harbiy
san’ati, taktika va strategiyasi, armiya tarkibining tuzilishi o’z davrining nodir
mo’’jizasi edi. Uning harbiy mahorati turli yo’nalishlarda askariy qismlarni qayta
tashkil etishda, dushmanga hujum kilishda turli-tuman usullardan foydalanishda,
hujumdan oldin dushman joylashgan yerlarni obdon o’rganib chiqishda, ham
lashkarboshi - qo’mondonlikda namoyon bo’ldi.
«Temur tuzuklari»ni inglizchadan frantsuz tiliga tarjima qilib, 1787 yilda nashr
etgan frantsuz olimi Lyangle Temur haqida shunday yozadi: «Temur xon (Temur)
siyosiy va harbiy taktika haqida risola yozgan va o’z avlodlariga juda dono tizim
qoldirgan. Biz buni tasavvur ham qilmagan edik va uning urushlarini bosqinchilik va
talon-taroj qilish deb baholab kelgan edik. Deyarli engib bo’lmaydigan ikki to’siq —
bizdagi taassub hamda tarixiy nohaqlik Temurni bilishimizga va to’g’ri
baholashimizga halaqit berib keldi”.
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, Amir Temur davlat, jamiyat hayotida bo’lib
o’tadigan har bir muhim reja oldidan kengash o’tkazar va bu kengashga nafaqat
davlat arboblari, sarkardalar, temurzodalarni, balki sayyoidlar, shayxlar, ilm-fan
241
arboblarini ham taklif etgan va o’zining har bir yurishi oldidan bunday kengashlarni
o’tkazib turishni odat tusiga kiritgan. Amir Temurning obodonchilik ishlari
to’g’risida taniqli sharqshunos olim, akademik V. V. Bartold: “Temur go’yo
Samarqanddan boshqa hamma yerda vayrongarchilik bilan shug’ullangan, degan fikr
mubolag’ali: u Qobul vodiysi va Mug’an cho’li kabi Samarqanddan uzoq bo’lgan
joylarda ulkan sug’orish ishlari olib bordi”, degan tarixiy jihatdan g’oyat qimmatli
fikrni aytib o’tgan. Bu fikrga muqoyasa qilib, Ali Yazdiyning yozishmasini keltirish
maqsadga muvofiqdir. “Bir yil mobaynida, - deb yozadi o’rta asr tarixchisi Ali
Yazdiy, - Bag’dod shahrini tiklash haqida buyruq berildi, toki shahar yana o’z
qiyofasini olsin, unda hunarmandchilik rivojlansin, tevarak-atrofida dehqonchilik
o’ssin, savdo-sotiq va madaniy hayot keng tarmoq yoysin, islom bilimi ilgarigiday
yoyilsin. Bu vazifa amirzoda Abu Bakrga topshirildi”.
Amir Temur saroyida ko’plab ilm-ma’rifat allomalari Mavlono Abdujabbor
Xorazmiy, Mavlono Shamsuddin Munshi, Mavlono Abdullo Lison, Mavlono
Badriddin Ahmad, Mavlono Nu’moniddin Xorazmiy, Xoja Afzal, Mavlono Alouddin
Koshiy, Jalol Xokiylar Sohibqironning marhamatidan bahramand bo’lib, uning
xizmatida bo’ldilar. Amir Temur ilm-fanning riyoziyot, handasa, me’morchilik,
falakiyot, adabiyot, tarix, musiqa kabi sohalari ravnaqiga katta e’tibor berib, sohibi
hunarlar bilan qilgan suhbatlari haqida frantsuz olimi Lyangle shunday yozadi:
«Temur olimlarga seriltifot edi. Bilimdonligi bilan bir qatorda sofdilligini ko’rgan
kishilarga ishonch bildirardi. U tarixchilar, faylasuflar, shuningdek, ilm-fan, idora va
boshqa ishlarda iste’dodli bo’lgan barcha kishilar bilan suhbatlashish uchun
ko’pincha taxtdan tushib, ularning yoniga kelardi. Chunki Temur bu sohalarga
g’amxo’rlik kilishga asosiy e’tiborini berardi”.
O’zbekistonning mustaqillikka erishuvi, eski mafkura siquvidan qutulish,
tariximizga to’g’ri munosabatda bo’lish imkonini yaratdi. So’nggi yillarda Amir
Temur va uning davrini o’rganishga bag’ishlangan qator manbalar, kitoblar,
jumladan, Bo’riboy Axmedovning Amir Temur haqidagi katta roman-xronikasi nashr
etildi. O’zbekistan Prezidentining farmoni bilan 1996 yil - Amir Temur yili deb e’lon
242
etilishi va bu sana jahon miqyosida nishonlanishi Amir Temur nomi oqlanib, o’zbek
xalqiga butunlay qaytganiga yorqin dalildir.
Do'stlaringiz bilan baham: |