GLOBALLASHUV JARAYONLARINI IQTISODIY XAVFSIZLIKKA
VA RIVOJLANISHGA TA’SIRI
62
Dunyo mamlakatlarida so’ngi 27 yil davomida (1990-2017 yillar) iqtisodiy
o’sish va investitsiyalar hajmi o’rtasidagi bog’liqlikni taxlil qilganimizda quyidagi
natijalarni olish mumkin. Birinchidan, yuqori va o’rta daromadli mamlakatlarda
YaIM va investitsiyalar hajmining yillik o’rtacha o’sishi o’rtasida yaqin bog’liqlik
mavjud. Quyi daromadli davlatlarda esa bu xolat kuzatilmaydi. Ikkinchidan, o’rta
daromadli mamlakatlarda investitsiyalar hajmining YaIM dagi ulushi muttasil oshib
bormoqda. Past daromadli davlatlarda ham ushbu ulush o’sib bormoqda, lekin o’sish
sur’ati o’rta daromadli davlatlarnikidan sekinroq. Yuqori daromadli davlatlarda esa
aksincha investitsiyalar ulushi ozroq tushsada, barqaror 20% dan bo’lib turibdi. Shu
o’rinda turli davrlarda jadal rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar tajribasi,
62
Mamatov Axmetjon Atajanovich -
O’zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi, Harbiy-texnik instituti
226
jumladan, janubiy sharqiy Osiyo davlatlari tajribasi diqqatga sazovor. “Osiyo
yo’lbarslari” deb ataluvchi to’rt davlatdan (Singapur, Gonkong, Janubiy Koreya, va
Tayvan) ikkitasi – Korea va Singapur tajribasining ko’rsatishicha iqtisodiy
rivojlanishning malum bosqichiga chiqquncha investitsiyalar hajmi, shuningdek
YaIM yuqori sur’atlarda o’sgan. Yangi industrlashgan (sanoatlashgan) davlatlar-
Malayziya va Taylandda Osiyodagi moliyaviy tanazzulgacha (1997-1998)
investitsiyalar va YaIM jadal sur’atlarda o’sganligi kuzatildi. Xozirgi kunda jadal
rivojlanayotgan davlatlar sifatida ko’rsatiladigan Xitoy va Vetnamda esa
investitsiyalar hajmi muttasil uzoq muddatda yuqori sur’atlarda o’sib kelmoqda.
Xitoy iqtisodiyotining yana bir ajralib turadigan jihati shuki, investitsiyalarning
YaIMdagi hajmi tobora o’sib bormoqda.
Tadqiq qilinayotgan davrda jahon iqtisodiyoti o’rtacha yillik 3,5% o’sishni
tashkil etmoqda. Jahon iqtisodiyotini rivojlanishida, uni moliyaviy-iqtisodiy
inqirozdan chiqishida va uning iqtisodiy ko’rsatkichlarini o’sishida asosiy dvigatel
sifatida xarakatlantiruvchi kuch, Xitoy iqtisodiyoti bo’lib hisoblanadi. Xitoy
iqtisodiyoti 1993-2007 yillarda mamlakat YaIM xajmini yillik o’sish sura’tini
o’rtacha 10,4% ta’minlashi natijasida iqtisodiy qaloq davlatdan 2017 yilga kelib
AQShlarini ortda qoldirib jahonda XQP bo’yicha baholangan YaIM hajmi bo’yicha
birinchi o’ringa chiqib oldi. Jahon bankining ma’lumotlariga ko’ra (2008-2017)
yillarda jahon YaIM30%ga o’sdi. Unda eng yuqori o’sish Nauru davlatida -215%,
Efiopiyada- 112%,va Turkmanistonda -102,9%ni tashkil etgan. Kuchli beshlikda
86,8% bilan O’zbekiston va 88,3% bilan Xitoy turibdi.
Rossiya Federatsiyasi iqtisodiyoti jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozidan katta
ta’lofat ko’rgan davlatlardan biri bo’lib hisoblanadi. Globallashuv sharoitida uning
iqtisodiyoti 2017 yilga kelib jahonning rivojlangan davlatlari AQSh va Evrozona
davlatlari tomonidan amalga oshirilgan iqtisodiy raqobat kurashi va iqtisodiy
sanktsiyalar natijasida iqtisodiy pasayish davrini boshidan o’tkazmoqda. Natijada
Rossiya Federatsiyasi YaIM 2017 yil 2008 yilga nisbatan 4,3%ga o’sdi[1].
Tadqiq etilayotgan davrda jahon iqtisodiyotida rivojlangan davlatlarda iqtisodiy
o’sish sur’atlarini pasayishi va aksincha rivojlanayotgan davlatlarda ayniqsa
227
Xindiston va Xitoyda o’sish sur’atlarini yuqori darajada ekanligi bilan tavsiflanadi.
Natijada Xindiston YaIM 2017 yilga kelib 2000 yilga nisbatan 286%ga, Xitoy YaIM
389%ga o’sdi. Buning asosiy omili bo’lib tadqiq etilayotgan davrda
globalizatsiyaning ta’siri natijasida jahon mamlakatlari guruxlari bo’yicha to’g’ridan-
to’g’ri xrijiy investitsiyalarni taqsimlanishida rivojlangan davlatlar ulushi 2005-2007
yillarda 66%dan 2017 yilga kelib 41%ga tushib qolganligi va aksincha
rivojlanayotgan davlatlarning ulushi 30%dan 55%gacha[2] o’sganligi bilan baholash
mumkin.
Tadqiq etilayotgan davrda jahon iqtisodiyotining muhim mintaqaviy guruxlari
bo’lgan rivojlangan, rivojlanayotgan va MDH davlatlarining iqtisodiy
ko’rsatkichlariga nisbatan O’zbekiston Respublikasi YaIM xajmini yuqori sur’atlarda
o’sish tendentsiyasiga ega ekanligi bilan xarakterlanadi. 1993-2007 yillarda MDH
mamlakatlari bo’yicha YaIMni yillik o’rtacha o’sish sur’atlari 1,9%ni tashkil etgan
holda O’zbekistonda bu o’sish ikki marta yuqori 4,09%ni tashkil etmoqda.
O’zbekistonning 2013-2017 yillarda iqtisodiy o’sish sur’atlarini 8% va undan ortiq
darajada ta’minlagan holda va 2016 yilgi YaIM xajmini 7,8% o’sish sur’ati bo’yicha
jahonda birinchilar qatoriga chiqib oldi. Biroq 2017 yilga kelib o’sish so’r’ati 5,3%ga
tushib qoldi. Natijada O’zbekiston Respublikasida YaIM 2017 yil 2000 yilga
nisbatan eng yuqori darajada 324,9%ga o’sdi.Tadqiqotlarga ko’ra mamlakat YaIM
tarkibida innovatsion mahsulotlar ulushi kam bo’lgan va natijada ichki narxlar jahon
narxlaridan past bo’lgan va ularning mahsulotiga jahon bozorida talab nisbatan kam
bo’lgan davlatlarning YaIM miqdori kamayib boradi. Aksincha, yuqori texnologik
rivojlanish darajasiga ega bo’lgan va YaIM tarkibida innovatsion mahsulotlar ulushi
yuqori bo’lgan, ichki narxlar jahon narxlaridan yuqori yoki teng bo’lgan va eksport
mahsulotiga talab yuqori bo’lgan mamlakatlarda ularning YaIM miqdori ko’payib
boradi.
Xulosa qilib aytilganda, turli mintaqalar va mamlakatlarning ishlab chiqarish
hajmi va iqtisodiy rivojlanish darajalarini va YaIMni XQP bo’yicha baholash,
voqelikka eng real baho beruvchi, samarali uslub bo’lib hisoblanadi. Bu barcha
omillar ularning valyuta kurslari nisbatlari bo’yicha YaIMni baholaganda yuqori
228
texnologik rivojlanish darajasiga ega bo’lgan mamlakatlarning ishlab chiqarish hajmi
anchagina oshishi, o’rtacha rivojlanish va ayniqsa kam rivojlanish darajasidagi
mintaqalar va mamlakatlarda uning anchagina kamayishiga olib keladi.
Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozidan chiqish va milliy iqtisodiyotimizning
iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash maqsadida ko’plab mamlakatlar, shu jumladan,
O’zbekiston ham iqtisodiyotni modernizatsiyalash va innovatsion rivojlantirish
yo’lini tanlagan. Innovatsion rivojlanish yo’li sanoat ishlab chiqarishini texnologik
jihatdan yangilash, mahsulotni va ishlab chiqarishni diversifikatsiyalash, iqtisodiyotni
xom ashyo va oraliq mahsulotlar ishlab chiqarish yo’nalishidan voz kechish va
qo’shilgan qiymat ulushi yuqori bo’lgan mahsulotlar ishlab chiqarishga o’tish
hisobiga uning raqobatbardoshligini oshirishda ifodalanadi. Ammo innovatsion
iqtisodiyotni shakllantirish va rivojlantirish, yuqori texnologik mahsulotlar bozoriga
kirib borish, innovatsion texnologiyalar bozorida o’z o’rnini egallash uzoq bozor
davrini va katta miqdordagi moliyaviy mablag’larni talab etadigan murakkab
jarayondir. “Biz faqat investitsiyalarni faol jalb qilish, yangi ishlab chiqarish
quvvatlarini ishga tushirish hisobidan iqtisodiyotimizni jadal rivojlantirishga
erishamiz”[3].
XXI asrning boshlarida jahonning 20 dan ortiq (AQSh, Yaponiya, Koreya
Respublikasi, Finlyandiya, Shveytsariya va b.) mamlakati innovatsion iqtisodiyotga
ega mamlakatlari sifatida tan olindi. Ushbu rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyoti
quyidagi xususiyatlari bilan alohida guruh sifatida ajratiladi:
1) ilmiy tadqiqotlarga asoslangan bilimlarga ega bo’lish, yangi texnologiyalar
yaratish va ularni amaliyotga qo’llashga e’tibor qaratish; 2) fan-texnika taraqqiyoti
yutuqlarini ommalashtirishni ta’minlab beruvchi axborot infratuzilmasini yaratishni
jadallashtirish;3) yangi texnologiyalar asosida innovatsion jarayonlarni rivojlantirish
va ishlab chiqarish raqobatbardoshligini oshirish; 4) innovatsion investitsiyalarni
ishlab chiqarish va boshqaruvdan tashqari boshqa sohalarga ham joriy etishga olib
keluvchi ijtimoiy tarkibni o’zgartirish; 5) yangi bilimlarni muntazam ravishda
o’zlashtirish jarayonini yo’lga qo’yish.
229
O’zbekiston iqtisodiyotini innovatsion rivojlanish yo’liga o’tkazish jahon
iqtisodiyotining rivojlanish tendentsiyalari, uzoq muddatli istiqbolda milliy
innovatsiya tizimining barqaror rivojlanishini ta’minlaydigan omillarni hisobga olgan
holda ishlab chiqilgan. O’zbekistonda 2010-2021 yillarda innovatsion investitsion
rivojlanishning maqsadli ko’rsatkichlari Prognozlash va makroiqtisodiy tadqiqotlar
Instituti tomonidan milliy innovatsion tizim (MIT) o’zgarishlari intensivligi va
o’sishining omillaridan kelib chiqib, aniqlandi.
1-bosqich (2012-2017 yy.). Mazkur bosqichning asosiy maqsadi – MIT
an’anaviy va yangi segmentlarini, innovatsion faoliyat institutlari va mexanizmlarini
birlashtirgan holda institutsional asosni mujassamlashtirish, alohida tizimlarda tuzish
bilan ularga bir butun tizimli tavsif berish.
2-bosqich (2017-2021 yy.). O’zbekiston MIT samarali amal qilishini
ta’minlash va moslashtirish asosida dunyo global innovatsion tizimining uzviy qismi
bo’lishi zarur. Bu kuchli raqobatbardosh texnologik platformalar va klasterlar
yadrosini shakllantiradigan tizimli innovatsion loyihalarni amalga oshirishga; davlat
xarajatlari salmog’ini kamaytirish va ko’proq rag’batlantirish bilvosita vositalaridan
foydalanadigan
xususiy
investitsiyalarning
o’sishi;cheklangan
miqdordagi
loyihalarga
resurslarni
jamlash;
risklarni
taqsimlash
asosida
innovatsion
investitsionsohada xalqaro kooperatsiyani rivojlantirishga qaratilgan. Mavjud
iqtisodiy o’sish salohiyati va zahiralaridan kelib chiqib, yuqori texnologiyali
tarmoqlar mahsulotlari ulushini 2010 yildagi 11,3% dan 2017 yilda 15% va 2021
yilda 31% gacha yetkazish bashorat qilinmoqda, innovatsion investitsion mahsulotlar
ishlab chiqarish salmog’i esa yillar bo’yicha mos ravishda, 2,9% dan 15% va 22%
gacha o’sadi[4].
Bu ko’rsatkichlarga erishish uchun O’zbekiston Respublikasi Prezidentining
O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasida
qabul qilindi. Qabul qilingan xarakatlar strategiyasi dasturiga ko’ra 2017-2021
yillarda milliy iqtisodiyotimizga katta miqdorda innovatsion investitsiya resurslari
jalb qilinadi. Ilmiy-texnik ishlarga xarajatlar 2018 yilda YaIMga nisbatan 1% gacha
o’sishga erishiladi. Ushbu ko’rsatkich 2021 yilga borib innovatsion rivojlangan
230
mamlakatlar ko’rsatkichiga yaqinlashgan holda YaIMning 3%iga etishi mumkin.
ITTKIga xarajatlarni oshirishda aksariyat qismi “ilm-fan-ishlab chiqarish” aloqasini
kengaytirish orqali ilg’or ilmiy-texnik ishlanmalarga qo’yilmalarning ilgarilab o’sishi
hisobidan iqtisodiyot nodavlat sektori kiritishi kerak. Korxonalar va tashkilotlar
tomonidan innovatsion investitsiyalarga sarflanayotgan harajatlar ulushi 0,4% dan
2018 yilda 2,8% gacha va 2021 yilga borib esa 5% gacha oshirilishi prognoz
qilingan.
Iqtisodiyot real sektorini modernizatsiyalash jarayonlari evaziga so’nggi
yillarda YaIMning yuqori o’sish sur’atlarini saqlab qolishga erishildi. 2000 yildan
2017 yilgacha bo’lgan davr oralig’ida innovatsion mahsulotlar ulushi yuqori bo’lgan
sanoat ishlab chiqarishi o’sish sur’atlari 6,6 foizdan 12,7 foizgachani tashkil etgan
bo’lsa, qishloq xo’jaligining o’sishi – 4,5 foizdan 7,0 foizgachani tashkil etdi. Mazkur
davr mobaynida xizmatlar sohasi tarmoqlari jadal rivojlandi. 2000-2017 yillar
oralig’ida tashqi savdo aylanmasining qariyb 3,9 marotaba o’sganligi, jahon
xo’jaligiga integratsiyalashuv jarayonlarining kuchayganligidan dalolat beradi.
Istiqbolda innovatsion rivojlanish siyosatini olib borishga tizimli yondoshuvni
amalga oshirish natijasida milliy iqtisodiyotimizni jahonning rivojlangan
davlatlarining iqtisodiy taraqqiyot darajasidan orqada qolish xavfini oldini olib,
davlat, biznes, fan va ta’lim o’zaro ta’siri mexanizmini o’z ichiga oladigan, YaIMda
umumiy fan sig’imi yuqori bo’lgan mahsulotlar va xizmatlar ulushini oshirishga
erishish imkonini beradigan samarali milliy innovatsion tizim shakllanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |