O’zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti



Download 3,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet98/207
Sana28.05.2022
Hajmi3,29 Mb.
#613584
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   207
Bog'liq
Конференция Vatanparvarlik 29.01.2019

Xojiyev Tunis Nurkosimovich - 
O’zbekiston Milliy universiteti 


222 
taraqqiy etgan fuqarolik jamiyati yuqori savodxonlik sharotida ko’zlangan natijalarga 
erishish imkonini beradi. 
Bilamizki, fuqarolik jamiyatini fuqaroviy ong va faollik yuksak bo’lgan 
sharoitda barpo etilishi mumkin. Fuqaroviylik mamlakatning turli rivojlanish 
bosqichlarida, shuningdek jamiyatning bir bosqichdan ikkinchi bosqichga o’tish 
davrida yaqqol namoyon bo’ladi. Qabul qilinishidan oldin muhokamaga 
qo’yilayotgan qonun, qaror, dasturlar bo’yicha o’z fikr-mulohazalarini bildirayotgan 
fuqarolarimizni ushbu bosqichdagi fuqaroviylikning namoyon bo’lishi sifatida 
baholash lozim.
Hozirgi davrda ijtimoiy-siyosiy o’zgarishlarni o’z boshidan kechirayotgan, 
ya’ni, fuqarolik jamiyati barpo etayotgan turli mamlakatlarda fuqaroviylikning 
namoyon bo’lishi muhim ahamiyat kasb etadi. Fuqaroviy faollikning mohiyatini 
anglash uchun avvalo fuqaroviylikning mazmun-mohiyatini tushunish talab etiladi. 
Turli ilmiy manbalarda qayd etilishicha, o’z vatani taraqqiyoti uchun har qanday yo’l 
bilan, xususan, o’zining jismoniy yoki ma’naviy mehnati bilan jamiyatga xizmat 
qiladigan inson haqiqiy fuqaro sifatida e’tirof etiladi. Bu kabi qarashlar biroz falsafiy 
ahamiyatga kasb etayotgandek tuyulsa-da, aslida fuqarolik jamiyati barpo etishda 
aynan fuqaroning faoligi muhim omil sifatida ahamiyat kasb etadi.
Fuqaroviylikni
 
insonga huquqiy, ijtimoiy, ma’naviy va siyosiy jihatdan o’zining 
layoqatli ekanligini his etishni o’zida sezadigan shaxsning belgilari sifatidagi 
tushuncha sifatida ham talqin etish mumkin. V.Dalning lug’atida qayd etishicha, 
“fuqaroviylik fuqarolik jamiyatini qaror toptirish uchun jamiyatning ongi va bilimi 
darajasini ifoda etadigan holatdir”
.
Fuqaroviylik nafaqat insonning huquqiy maqomi, balki, uning bilimi va 
jamiyatning va o’zining holatini anglashi, turli ijtimoiy me’yorlardan xabardorligi va 
ularga rioya qilish bilan bog’liqdir. Bunda fuqarolar tomonidan jamiyat taraqqiyoti 
yo’lida amalga oshiriladigan o’zaro birdamlik, o’zaro hamkorlik singari ixtiyoriy 
faoliyatda ishtirok etish ham nazarda tutiladi. Bunday holatda fuqaroviylikda huquqqa 
nisbatan ma’naviyatning ustuvorligi namoyon bo’ladi. Aslida, an’anaviy jamiyatlarda 


223 
fuqaroviylik huquqiy mazmunda emas, balki ko’proq ma’naviy axloqiy ko’rinishda 
namoyon bo’lishi o’z isbotini topgan.
O’tgan asrda fuqaroviylik vatanga sadoqat va vatanparvarlik sifatida talqin etilsa-
da, u asosan mafkuralashgan ko’rinishda namoyon bo’ldi. Ko’pchilik hollarda 
fuqaroviylik vatanparvarlik bilan aralashib ketishi kuzatilgan. Aslida esa 
vatanparvarlik fuqaroviylikning bir ko’rinishidir, xolos. Fuqarolik jamiyati 
fuqarolarning oddiygina yig’indisi bo’lmagani singari fuqaroviylik ham faqat 
individuallik ahamiyatiga ega bo’lgan hodisa emas. Fuqaroviylik bir mamlakat 
hududida yashovchi fuqarolarning o’z vatanlariga sodiqligi, qonunlarni hurmat qilishi, 
ularga so’zsiz bo’ysunishi, shuningdek vatannni himoya qilish va umummilliy 
ahamiyatga ega bo’lgan masalalarda o’z faolligini namoyon qilishni nazarda tutadi. 
Fuqaroviylikka nisbatan turli fikrlarni umumlashtirsak, u holda unga nisbatan 
quyidagicha ta’rifni qo’llash mumkin: “Fuqaroviylik bir tarafdan, jamiyatda shaxsning 
oliy darajada mustaqilligini anglatsa, ikkinchi tarafdan, kishilarning jamiyat hayotidagi 
ishtirokida namoyon bo’ladigan yuqori darajadagi o’zaro birdamlikni nazarda tutuvchi 
qarashlar majmuini ifoda etadi”. 
Quyidagilar fuqaroviylikni ifoda etuvchi muhim jihatlardir:
-
fuqaroning o’z haq-huquqlarini anglab etishi va uni amaliyotda qo’llay olish 
ko’nikmasi;
-
boshqa fuqarolarning haq-huquqlarini e’tirof etish va hurmat qilish;
-
fuqaroning o’z xatti-harakati uchun shaxsiy mas’ud ekanligi;
-
shaxsning davlat va jamiyat oldida o’zining huquqiy va axloqiy jihatlardan 
mas’ullgini anglash;
-
fuqarolarning bir-birlari bilan o’zaro tengligi;
-
yuksak ma’naviy-axloqiy mezonlarga asoslangan holda ijtimoiy voqeliklarga 
nisbatan ob’ektiv va tanqidiy yondashuvlarga ega ekanligi;
-
hokimiyat organlari, boshqa fuqarolar va jamoat birlashmalari bilan ijobiy 
muloqot yuritish va hamkorlik qobiliyati;
-
bir mamlakat, jamiyat va davlatga, shuningdek unga tegishli bo’lgan huquqiy, 
madaniy va tilni o’zida namoyon qilgan, o’zini o’zi anglab qobiliyatini egallagan 


224 
shaxs.
Fuqaroviylikni shaxsning faolligi darajasi nuqtai nazaridan shartli ravishda 
quyidagi darajalarga ham ajratib ko’rsatish mumkin:
-
fuqaro mas’uliyatli, ongli va vijdonli bo’lsa, uni dastlabki pog’onada, ya’ni 
fuqaroviy xususiyatlarga ega bo’lgan shaxslar qatorida baholash mumkin;
-
agar fuqaroda atrofda bo’layotgan voqea-hodisalarga nisbatan ma’lum bir 
munosabat bildira olish qobiliyati shakllangan bo’lsa, uni o’z fuqaroviy nuqtai nazariga 
ega bo’lgan shaxs sifatida e’tirof etish mumkin;
-
agar fuqaro o’z haq-huquqlari va burchi, ulardan amalda foydalanish yoki 
bajarish ko’nikmalarini egallagan bo’lsa, uni faol fuqaro sirasiga qo’shish mumkin.
Fuqaroviylikning tugal yoki to’kis ekanligini quyidagi mezonlar vositasida talqin 
qilish mumkin:
1.Agar fuqaroviy pozitsiya hali shakllanmagan, fuqaroviy xususiyatlar, o’z haq-
huquqlari uchun kurashish istagi to’liq namoyon bo’lmasa, u fuqaroviylikning eng quyi 
darajasi turgan bo’ladi. 
2.Fuqaro o’z haq-huquqlari uchun kurashishga moyil bo’lsa, u haqda o’z bilim va 
qobiliyatini namoyon qilishga tayyor bo’lsa, bundau fuqaroviylikning o’rta darajasini 
egallagan bo’ladi.
3.Agar shaxsda fuqaroviy xususiyatlar hamda faol fuqarolik pozitsiyasi to’liq 
shakllangan, o’z haq-huquqlari uchun amaliy harakatga kirish ishtiyoqi yaqqol 
namoyon bo’layotgan bo’lsa, u holda uni yuqori darajada fuqaroviylik namoyon 
qilayotgan shaxs sifatida talqin etish mumkin.
Fuqaroviylik shaxsning siyosiy jihatdan komillikka erishishi bilan uzviy ravishda 
bog’liq bo’lib, komillik darajasiga etgan shaxs siyosiy jarayonlar va hodisalarga 
qiziqish bilan qaraydi, ro’y berayotgan voqelikni mustaqil ravishda tahlil qilish 
qobiliyatiga ega bo’ladi. Aynan ana shunday qobiliyatga ega bo’lgan fuqaro kezi 
kelganda o’z vatani taqdiri uchun befarq bo’lmaydi, vatan uchun o’zining fidoyiligini 
namoyon qiladi. Vatanparvarlik ruhiyatini o’zida o’zlashtirgan, mas’uliyat hissiga ega 
bo’lgan, siyosiy madaniyati yuksak va o’zining siyosiy ongini boyitib boradigan 
jamiyat a’zosini haqiqiy fuqaroviylikka ega bo’lgan shaxs sifatida baholash mumkin. 


225 
2019 yil 9 yanvarda «Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni 
yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish to’g’risida»gi PF-5618 son Prezident 
Farmoni
e’lon qilindi. Sal oldinroq Prezidentimiz O’zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 26 yilligiga bag’ishlangan tantanali 
marosimdagi ma’ruzasida shunday degan
 
edi: “jamiyatda huquqiy ong va huquqiy 
madaniyatning shakllanishi, avvalambor, tarbiya va muhit bilan bevosita 
bog’liqdir....Biz jamiyatimizda huquqiy madaniyatni lozim darajada shakllantirmas 
ekanmiz, huquqbuzarlikka chek qo’ymas ekanmiz, qonunni buzish holatlari davom 
etaveradi.Qonunlarga hurmat odamlarimizning huquqiy ongi va madaniyati asosida 
shakllanadi. Ya’ni, ayrim kishilar jazodan qo’rqib qonunga itoat etsa, boshqalar 
bolalikda olgan tarbiyasiga ko’ra qonunni hurmat qiladi. Shu bois birinchi navbatda 
aholi, ayniqsa, yoshlar o’rtasida huquqiy tarbiyani keng yo’lga qo’yishimiz lozim”. 
Huquqiy tarbiya, huquqiy savodxonlik, huquqiy ong, huquqiy madaniyat, qonun 
ustuvorligi, huquqiy davlat kabi tushunchalar ko’pchilikka tanish, ammo ularning asl 
ma’nosini qay darajada idrok etamiz. 

Download 3,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   207




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish