O’zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti



Download 3,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet94/207
Sana28.05.2022
Hajmi3,29 Mb.
#613584
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   207
Bog'liq
Конференция Vatanparvarlik 29.01.2019

Malikov Behzodjon Qurolovich - 
Toshkent temir yo’llari va muxandislik instituti
 


213 
yetkazish haqida qayg’urmagan xalqning, millatning kelajagi yo’q. Bunday xalq va 
millat tanazzulga mahkum. 
Jamiyat taraqqiyotidagi yuksalishlar, taraqqiyot imkoniyatlari, komil inson 
shaxsining shakllanishi muayyan ma’naviy muhit va imkoniyatlar bilan bog’liq 
bo’lgan. Ko’p jihatdan ijtimoiy turg’unlik holatlari, iqtisodiy, siyosiy inqirozlar 
ma’naviy buxronning natijasi tarzida namoyon bo’ladi. Shuning uchun jamiyat 
taraqqiyotidagi tushkunliklar va yuksalish sababini ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy omillar 
bilan bir qatorda kishilar ongi, e’tiqodi, dunyoqarashi, komillik darajasidan ham 
izlash kerak. Milliy g’oyamizning asosiy maqsadlaridan biri – har tomonlama komil 
insonni tarbiyalashdan iborat. Komil inson esa, bu – ozod shaxs, erkin fikr etuvchi, 
o’z xalqining ideallari uchun kurashuvchi inson, o’z Vataniga halol xizmat qiluvchi 
kishidir. Islom Karimov ta’biri bilan aytganda, “bizning asosiy boyligimiz 
rivojlangan davlat tuzishga olib boradigan yo’ldagi asosiy tayanchimiz – insondir. 
Yuksak malakali va yuksak ma’naviyatli insondir. Bu narsa, ayniqsa yosh avlodga 
tegishli”. 
Komillik – mehr-muhabbat, adolat, to’g’rilik, vijdon, or-nomus, iroda, 
tadbirkorlik, matonat kabi ko’plab asl insoniy hislat va fazilatlarning majmuidir. 
Komil inson g’oyasi azal-azaldan xalqimizning ezgu orzusi, millat ma’naviyatining 
uzviy bir qismi bo’lib kelgan. Zardushtiylikning muqaddas kitobi “Avesto”da halol 
mehnat komillikning asosiy mezoni sifatida talqin etilgan. Komil inson g’oyasi islom 
falsafasidan oziqlanib, yanada kengroq ma’no-mazmun kasb etgan. Ibn Sino, 
Beruniy, Forobiy, Navoiy kabi mutafakkirlarning komil insonni tarbiyalash haqidagi 
fikrlari jamiyat taraqqiyotiga yangi ma’naviy imkoniyatlar izlash maqsadlari bilan 
bog’langan. Forobiy fozil shahar aholisi haqidagi g’oyalarini ilgari surar ekan, 
shaxsning ma’naviy kamolotini adolatli jamiyat qurishning asosiy sharti deb 
hisoblagan. 
Tariximizda komillik timsollari ko’p: Alpomish – xalqimizning ideal qahramoni, 
u – aql, faxm-farosat, jismoniy kamolot, mardlik va vatanparvarlikning badiiy 
timsoli. Hazrat Navoiy uchun ideal – Farhod obrazi. U aqliy va jismoniy kamolot 
egasi. Farhod Naqshbandiyning “Dil bu yoru, dast bakor” tamoyilini o’zida 


214 
mujassam etgan shaxs. Oybekning “Navoiy” romanida esa Navoiy – ideal obraz. 
Ayni paytda u real tarixiy shaxs, komil insondir. 
Bugungi kunda Vatan ijodkorlar zimmasiga yoshlarga ibrat bo’ladigan yangi 
barkamol insonlar, zamonaviy qahramonlar timsolini yaratish vazifasini yuklamoqda. 
Mustaqil Vatanimiz oliy maqsad qilib olgan ozod va obod Vatan, erkin va farovon 
hayotni barkamol, ezgu g’oyalarni hayotiy e’tiqodiga aylantirgan yetuk insonlargina 
bunyod eta oladi. Shuning uchun yangilanayotgan jamiyatimizda sog’lom avlodni 
tarbiyalash, erkin fuqaro ma’naviyatini shakllantirish, ma’naviy-ma’rifiy ishlarni 
yuksak darajaga ko’tarish orqali komil insonlarni voyaga yetkazishga yuksak e’tibor 
berilmoqda. Vatanimizda sog’lom avlod harakatining keng tus olgani, kadrlar 
tayyorlash milliy dasturi asosida ta’lim-tarbiya tizimining tubdan isloh etilayotgani 
ham ana shu ulug’vor maqsadni amalga oshirish yo’lidagi muhim qadamlardir. 
Komillik – mukammallikdir. Nimaniki hamma tomondan maqsadga muvofiq 
deb e’tirof etilsa va amalda ham maqsadga muvofiq kelsa, u – mukammallikdir. 
Komillikning uchta jihati bor: 
a) aqliy komillik b) jismoniy komillik v) ma’naviy komillik 
Odamzot aqli bilan tabiat va hayvonot olamidan ajralib turadi, aqli bilan olamni 
va o’zini anglaydi. Dil-podshoh, aql-vazirdir. Jismoniy barkamol odamning qaddi-
basti, qoshu-ko’zi, yuzi-xullas, butun vujudi kelishgan, maqsadga muvofiq bo’ladi. 
Ma’naviy barkamol odamning esa ruhiyati, qalb olami, axloqi odobi, bilim va 
tajribasi bekamu-ko’st bo’ladi. Komil inson – shu ikki jihatni o’zida jamlagan 
bo’lishi kerak. Inson hech qachon mutloq barkamol bo’lolmaydi, lekin uning 
ko’nglida komillik havasining borligining o’zi ulkan baxt. “Mutloq komillik Ollohga 
xos. Insoniy komillik – haqqa doimiy intilishda, unga havas va taqlid qilishda”.
Shu bois inson ijod qiladi, go’zallikdan zavqlanadi, bunyodkorlik bilan 
shug’ullanadi, dilidagi salbiy tuyg’ularni engadi, komillik ruhi bilan nafas oladi. 
Komillik insonning yerda qilgan hamma ishlarini shu ruhiy va ruhiy e’tiqod bilan 
sug’orilishi. Haqqa intilishi, haqiqatga, yorug’liqqa yaqinlashishi sari hayotning 
nuqsonlarini, gunohlarini ravshanroq ko’ra bilish yo’li hisoblanadi. Ulug’ 
davlatlarning, ulug’ kashfiyotlarning ijodkori Komil insondir. Komillikka esa inson 


215 
tarbiya orqali erishadi. Chunki tarbiya ajdodlarimiz bilim va tajribasini kelajak 
avlodlarga o’tkazadigan asosiy vositalardan hisoblanadi. Qadimdan xalqimiz komil 
insonni voyaga yetkazishga katta e’tibor qilganlar. Buning natijasida asrlar davomida 
aqlu – zakovotga ega bo’lgan Beruniy va Forobiy, Abu Ali ibn Sinova al-Xorazmiy, 
A.Temur va Bobur, Navoiy va Ulug’bek kabi komil insonlar tufayli xalqimiz mag’rur 
yashadi, mehnat qildi, doimo xurriyat va erk sari intildi.
Boy ma’naviy merosimizning nodir namunalari sanalgan ta’limiy – axloqiy 
asarlarida barkamol inson tarbiyasining mazmuni, shakli va metodlari o’zining yorqin 
ifodasini topgan. Bu asarlarda inson tafakkurini rivojlantirish, aqliy kamolot, axloqiy 
yetuklik, jismoniy barkamollik, estetik madaniyatni tarkib toptirish masalalari ilmiy 
va amaliy jihatdan o’z yechimini topgan. Shunga ko’ra barkamol inson (komil inson) 
tarbiyasida: 
- Aqliy tarbiya mohiyati, ya’ni ilmiy bilimlarni egallash, zehnni tarbiyalash, 
tafakkurni rivojlantirish; 
- Axloqiy tarbiya, xulq-odob qoidalari va uni tarkib toptirish; 
- Jismoniy sog’lom inson tarbiyasi; 
- Estetik madaniyat, estetik ong va tuyg’u, estetik did, badiiy tasavvur, e’tiqod va 
qarashlarni shakllantirishga oid Yusuf Xos Hojib, Kaykovus, Ahmad Yugnakiy, 
Muslihiddin Sa’diy, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Xusayn Voiz Koshifiyning 
asarlari istiqlol davrida xalqimizning ma’naviy tiklanishiga xizmat qiladi. 
Buyuk mutafakkir Yusuf Xos Hojib “Qutadg’u bilig” – (baxt saodatga elituvchi 
bilim) asarida komil inson masalasi eng asosiysi alohida shaxsning, o’z manfaatlari, 
shaxsiy istaklari doirasini yorib chiqib, boshqalar g’ami bilan yashashi, ko’pchilik 
manfaati uchun fidoyi bo’lish belgilarini ko’rsatib o’tadi. U ilm, zakovatning 
ahamiyati haqida fikr ishitish bilan birga bilim va zakovatning amaliyotdagi o’rnini 
ham yoritib beradi. Bilmi buyuk, uquvi ulug’ deb ta’kidlaydi. Chunki zakovatli inson 
ulug’ bo’ladi, bilimli kishi buyuk bo’ladi, deb ilmli kishilarni asl toifadagi kishilarga 
qo’shadi. Olim ezgu ishlarning barchasi ilm tufayli amalga oshirilishini aytadi. O’sha 
davrlardayoq olim “Bilim osmon sari yo’l ochur” deb bashorat qiladi. U hatto 
hukmdorlar ham yurtni, davlatni aql, ilm, zakovat bilan idora etsa, el-yurt farovon 


216 
bo’ladi, to’q va tinch hayot kechiradi, deydi. U kuch va qurolni aql va bilimdan 
keyingi ikkinchi o’ringa qo’yadi. 
Komil inson g’oyasi Kaykovusning “Qobusnoma” asarida ham keng yoritilgan. 
Kaykovusning fikricha, ilm insonni kamolotga etaklovchi omildir. U ilmni uchga 
bo’ladi: 
1. Biror kasb hunarga bog’liq bo’lgan ilm. 
2. Ilm bilan bog’liq bo’lgan kasb hunar. 
3. Xayr va dalolatga taalluqli odat. 
Kaykovusning bu qarashlari o’sha davrda ilg’or qarashlardan sanalgan. Chunki 
bu fikrlar uni zukko, donishmand, har tomonlama yetuk bilimga ega bo’lganligidan 
dalolat bergan. Uning pand-nasihatlarida har bir yoshning aqliy, ahloqiy, jismoniy 
tarbiyasiga oid turmush tajribasi bilan bog’langan holda kamolga yetkazish yo’llari 
va usullarini bayon etgan.
Xalqimiz farzand tarbiyasi, uning komil, hushahloq va salomat bo’lib voyaga 
etishi masalasiga alohida e’tibor berganlar. Abdulla Avloniy “Turkiy guliston yoxud 
ahloq” kitobida ahloq-insonlarni yaxshilikka chaqiruvchi, yomonlikdan qaytaruvchi 
bir ilmdir, deydi. Badan ilmi, ya’ni jismoniy tarbiyani bu ilmning asosi sifatida 
ta’riflaydi. Aslida ham nosog’lom insonning fikr tarbiyasi bilan mashg’ul bo’lishi va 
bundan biron-bir natija chiqishi qiyin. Fitrat insonni saodatga erishishning birinchi 
omili – salomatlik deb, ularning ilm olish bilan birga badan tarbiyasiga ham ahamiyat 
berishi lozimligini uqtiradi. Agar, tozalik va pokizalik tarbiya vositasida odatga 
aylantirilsa, kelgusida insonning hayotini bezaydigan yaxshi fazilatlarga ega bo’ladi. 
Imom Shofe’i hazratlari: “Ilm ikki xildur: biri badan ilmi, ikkinchisi din ilmi” – 
demishlar. 
Sog’lom fikr va sog’lom kuch hamisha qudrat timsoli bo’lib kelgan, chunki ular 
uyg’unlashsagina, kamolot paydo bo’ladi. 
Komil inson uchun xalq bilan hamnafas bo’lish, unga yaxshi kunlarda ham, 
boshiga musibat tushgan qorong’i kunlarda ham sadoqatli bo’lib, astoydil xizmat 
qilish eng katta baxt hisoblanadi.


217 

Download 3,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   207




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish