HARBIY XIZMATCHILAR ORASIDA HUQUQBUZARLIKLARNI
OLDINI OLISH VA HARBIY INTIZOMNI MUSTAHKAMLASHDA
HUQUQIY TARBIYANING O’RNI
58
Mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyev O’zbekiston Respublikasi
mustaqilligining yigirma olti yilligiga bag’ishlangan tantanali marosimidagi tabrik
so’zida “Yurtimizda tinchlik va osoyishtalikni, xalqimizning munosib hayot
kechirishini ta’minlash borasida bugun oldimizda yana muhim va dorlzarb vazifalar
turganini biz har tomonlama chuqur anglaymiz. Jahon miqyosidagi raqobat tobora
kuchayib borayotgani bugungi keskin bir davr barchamizdan yangicha ishlash va
fikrlashni, yuqori darajada safarbarlikni talab etmoqda. Oldimizda turgan ana shu
ulkan vazifalardan kelib chiqib, mamlakatimiz taraqqiyotini yangi bosqichga
ko’tarish
maqsadida
2017-2021
yillarda
O’zbekiston
Respublikasini
rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalish bo’yicha Harakatlar strategiyasini qabul
qildik. Ushbu strategiyada davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirish, qonun
ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini isloh qilish, iqtisodiyot va ijtimoiy
sohani yanada rivojlantirish, xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag’rikenglikni
ta’minlash, chuqur o’ylangan, o’zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosatni
izchil davom ettirish kabi masalalar taraqqiyotimizning asosiy yo’nalishlari sifatida
belgilab olindi” [1, 223-224-b.]. deya ta’kidlab o’tdilar.
58
Yusupov Olim Yuldashevich -
O’zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi, Harbiy-texnik instituti
207
Binobarin bugungi kunda mamlakatimiz aholisi orasida huquqiy tarbiya va
huquqiy madaniyatni shakllantirishga e’tibor qaratilishi bejiz emas, chunki “biz
bunyod etayotgan milliy va umumbashariy qadriyatlarga asoslangan insonparvar
demokratik huquqiy davlatni faqat boy ma’naviyatga ega bo’lgan, tabiat va jamiyat
hamda ular rivoji haqidagi bilimlardan xabardor, e’tiqodli kishilarga tayangan holda
barpo etish mumkin. Shunday kishilarni tarbiyalab, kamol toptirib borish izchil va
puxta o’ylangan, mukammal tizimga asoslangan targ’ibot va tashviqot ishlarini
yo’lga qo’yishni taqozo etadi” [2, 123-b.].
Bugungi kunda yuridik ta’lim va huquqiy tarbiya mamlakatimizda demokratik
huquqiy davlat barpo etish va fuqarolik jamiyatini shakllantirish, ijtimoiy-iqtisodiy,
siyosiy va huquqiy islohotlarni amalga oshirish, qonuniylikni ta’minlash,
fuqarolarning huquq va erkinliklarini muhofaza qilish, ularning huquqiy ongi va
madaniyatini hamda siyosiy- huquqiy faolligini oshirishdagi muhim omil bo’lib
xizmat qilmokda. Fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, davlat
hokimiyati organlari tomonidan qabul qilingan qonun hujjatlarini ijrosini ta’minlash
huquqiy tarbiya sifati bilan chambarchas bog’liqdir. Zero, “ma’naviy, intellektual va
jismoniy jihatdan barkamol avlodni tarbiyalash - faqat milliy ehtiyojgina emas, balki
umumdavlat ahamiyatiga molik masala, ko’p millatli O’zbekiston zaminida tomir
yoygan barcha qardosh halqlar uchun birday ezgu maqsaddir. Bu nuqtada milliy va
umuminsoniy qadriyatlar, boy ma’naviy merosimizning yaxshi an’analari hamda
shakllanib kelayotgan yangi udumlari bilan birlashadi va u tarbiyaning qudratli
omiliga aylanadi” [3, 4-b.].
Harbiy xizmatchilar orasida olib boriladigan huquqiy tarbiya ham jamiyatning
boshqa jabhalarida bo’lgani kabi insonni tarbiyalash amaliyotidagi mavjud ilg’or
tajribalar, barcha kuch va vositalarni jalb qilish orqali amalga oshiriladigan ko’p
qirrali (kompleks) tadbirlarni o’z ichiga oladi va uning samaradorligi Qurolli Kuchlar
safidagi boshliqlar va ofitserlar tarkibi tomonidan huquqiy mavzularida olib
boriladigan tashkiliy va tarbiyaviy ishlarning uzviyligiga ko’p jihatdan bog’liq
bo’ladi. Chunki tarbiyaviy va tashkiliy-boshqaruv ishlarini to’g’ri yo’lga qo’ymay
turib ijobiy natijaga erishib bo’lmaydi. O’z zamonasining mashhur pedagoglaridan
208
biri bo’lgan vatandoshimiz Abdulla Avloniy tarbiyaning jamiyat taraqqiyoti va Vatan
osoyishtaligini ta’minlashdagi ahamiyatiga alohida e’tibor berib, bu haqda “har
millatning saodati, tinchi va rohati yoshlarning yaxshi tarbiyasiga bog’liqdir” deya
ta’kidlaydi. Darhaqiqat tarbiyaviy jarayon o’ta marakkab jarayon bo’lib, bu masala
bilan shug’ullanuvchi ota-ona, maktab, akademik litsey va kasb hunar kollejlari,
o’rta-maxsus va oliy o’kuv yurtlari, davlat va nodavlat tashkilotlari, qolaversa
mustaqil O’zbekiston hududida yashovchi har bir shaxs zimmasiga yuksak mas’uliyat
va vazifalarni yuklaydi.
Tahliliy natijalarga ko’ra, ayrim harbiy xizmatchilar tomonidan sodir etiladigan
huquqbuzarliklarning sababi oddiy turmush tarzi va shaxs manfaatlaridan kelib chiqib
sodir etiladi. Shuning uchun komandir va boshliqlar tomonidan olib boriladigan
tarbiyaviy ishlar harbiy xizmatchilarga ijobiy xislatlarni shakllantirish, ularni yaxshi
tabiatli va yetuk harbiy xizmatchi bo’lishiga qaratilishi kerak. Chunki, chaqiruv
yoshidagi yoshlarning ichki olami o’ziga xos rivojlangan bo’ladi. Bu holat ayniqsa,
xizmat davomida namoyon bo’lib, asta-sekin o’zgarib boradi. Ya’ni shaxsda yangi
ehtiyoj va qiziqishlar paydo bo’la boshlaydi, eskilari esa yo’qolib, hayotiy tajribasi
o’zgaradi. Shu nuqtai nazardan harbiy xizmatchilar orasidagi tarbiyaviy ishlar
ularning hulq-atvorini qonunga itoatkorlik ruhida tarbiyalash, ularni jamiyatga,
jamiyat turmush qoidalari va an’analariga hurmat munosabatini shakllashtirish va
ruhiy dunyosini ijobiy jihatdan boyitishga qaratiladi. Harbiy xizmatchilar orasida
tarbiyaviy ishlarni tashkil etish va o’tkazishda “Ma’naviyat va ma’rifat” soatlarining
ahamiyati katta bo’lib, komandirlar tarkibi aynan ana shu holatlarni tarbiyaviy
ishlarni tashkil etish va olib borishda e’tiborga olishlari kerak.
Harbiy xizmatchilar orasida tarbiyaviy ishlarni asoslangan, mazmunli va uzviy
ravishda olib borish uchun komandirning tarbiyaviy ishlar bo’yicha o’rinbosarlari
tomonidan yillik, har chorak bo’yicha va oylik tarbiyaviy ishlar rejasi, dam olish,
bayram va kuchaytirilgan xizmat kunlariga mo’ljallangan tarbiyaviy ishlar bo’yicha
tuziladigan turli-tuman rejalarida huquqiy tarbiyaga oid mavzular ham kiritilishi
zarur, zero huquqiy tarbiya - harbiy xizmatchilarning umumharbiy nizom talablariga
qat’iy rioya qilish, ular ongida qonunlarni hurmat qilish va huquqiy madaniyatini
209
shakllantirishga xizmat qiladi.
Harbiy
xizmatchilarni
huquqiy
bilimlarini
oshirish
mamlakatimiz
Konstitutsiyasi, qonunlari, umumharbiy nizomlari va qonun osti normativ- huquqiy
hujjatlariga asoslanishi hamda bunday tadbirlar shaxsiy tarkibga normativ-huquqiy
hujjatlarni tushuntirish, sharhlash, zamon ruhiga mos ravishda internet “www.lex.uz”
sayti materiallari bo’yicha huquqiy mavzularda ma’ruzalar, savol-javob kechalari,
uchrashuvlar o’tkazish va suhbatlar tashkil etish orqali amalga oshirilmog’i lozim.
Huquqiy mavzudagi tarbiyaviy ishlarga harbiy qism komandirlaridan tashqari, harbiy
sud, harbiy prokuratura xodimlari, huquqshunoslar ham taklif etilishi maqsadga
muvofiqdir. Ular yordamida ayniqsa mavzuiy kechalar o’tkazish, hujjatli kinofilmlar
namoyish etish, tizimli ravishda savol-javob kechalari va yuridik maslahatlar o’tkazib
borish, huquqiy mavzularda radio va teledasturlar, “Ma’naviyat va ma’rifat” zallarida
esa, o’zida qonun normalarini aks ettiruvchi “huquqiy bilimlar burchagi”ni tashkil
etilishi pirovard kutilgan natijalarni beradi.
Harbiy xizmatchilar orasida olib borilgan sotsiologik tadqiqot natijalari shuni
ko’rsatmoqdaki, ular orasida “umum harbiy majburiyat”, “harbiy xizmat turlari”,
“harbiy xizmatchilarning ma’muriy huquqbuzarligi uchun ma’muriy javobgarlik
asoslari”, “harbiy xizmatni o’tash tartibiga qarshi jinoyatlar, harbiy mulkni saqlash
yoki undan foydalanish tartibiga qarshi jinoyatlar va harbiy mansabdorlik jinoyatlari
hamda ularga nisbatansh jinoiy javobgarlik belgilanishi” mavzularida tashkil etilgan
profilaktik xarakterdagi huquqiy tarbiyaviy ishlar harbiy xizmatchilarga ijobiy ta’sir
etadi. Ayniqsa harbiy qismga jamoatchilik vakillari, harbiy xizmatchilarning ota-
onalari, oila a’zolarini taklif etish va sayyor sud majlislarini o’tkazilishi harbiy
xizmatchilar tarbiyasiga samarali ta’sir etuvchi huquqiy vositalardan bo’lib
hisoblanadi. Mamlakatimiz Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev ta’kidlaganidek, “Har
qanday qonun ma’lum huquq berish bilan birga, zimmamizga majburiyat ham
yuklaydi. Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni shakllanishi, avvalambor,
tarbiya va muhit bilan bevosita bog’liqdir [4, 6 b.].
Do'stlaringiz bilan baham: |