O’zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti



Download 3,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet90/207
Sana28.05.2022
Hajmi3,29 Mb.
#613584
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   207
Bog'liq
Конференция Vatanparvarlik 29.01.2019

Sharipov Azam Azimdjanovich - 
O’zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi, Harbiy-texnik instituti
 


202 
fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari, korxona, muassasalar, tashkilotlar va 
fuqarolar ishtirokini aniqlab beradi.
“Mudofaa to’g’risida”gi Qonunida alohida mamlakat mudofaasi xususiyatiga 
ega bo’lib, Qurolli Kuchlarni tajovuzkorliklarni bartaraf etish va qaytarishga 
tayyorlash, Vatan himoyasi uchun muhim ahamiyatga ega bo’lgan fikrlar tizimini 
tashkil etadi. Harbiy xavf potentsial manbalari mavjud ekan O’zbekiston zaruriy 
yetarlilik darajasida davlat mudofaa qudratini mustahkamlashi zarur.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 52 - moddasida yozilgan: 
O’zbekiston Respublikasini himoya kilish har bir O’zbekiston fuqarosining burchidir. 
Shuning uchun 2018 yili 9 yanvar kuni Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev tomonidan 
O’zbekiston Respublikasining Mudofaa doktrinasi to’g’risidagi O’zbekiston 
Respublikasining Qonuni iqtisod, mintaqa va aholini mudofaa, qilishga 
tayyorlashning asosiy yo’nalishlarini aniqlaydi.
Tarbiyaning siyosiy, g’oyaviy, e’tiqodiy, estetik va boshqa turlari har bir 
O’zbekistonlikda yangi jamiyatning barkamol avlodi, yuqori ma’naviy - siyosiy 
xislatlarni shakllantirish bilan bir qatorda unda mamlakat sarhadlari daxlsizligini 
ta’minlash borasidagi eng dolzarb vazifalardan biri ekanligini anglatishdir.
Davlatimizning asosiy vazifalaridan biri harbiy vatanparvarlik tarbiyasining 
metodlari va shakllari yordamida inson ongiga har qanday tajovo’zkorliklarga 
qarshilik ko’rsatishda doimiy tayyorlikni shakllantirish, o’z Vatani himoyasi uchun 
shaxsiy javobgarlik hissiyoti ruhida tarbiyalashdir.
Harbiy ta’limini murakkab ijtimoiy-pedagogik jarayon bo’lib, unda asosan 
quyidagilarini anglash lozim:
yoshlarni bilim, ko’nikma va malakalar bilan qurollantirish;
ularda o’z Vatanining qurolli himoyachisi uchun zarur shaxsiy xislatlarni 
tarbiyalash;
komil inson sifatida rivojlantirish, yuzaga kelgan turli vazifalarni hal qilishga 
ijodiy yondashish malakalarini rivojlantirish va ular oldida turgan vazifalarni 
bajarishga va har xil vaziyatda muvaffaqiyatli harakat qilishga ruhiy tayyorlikni 
shakllantirish.


203 
Harbiy vatanparvalik tarbiyasini tashkil qilish uchun tinch va jangovar 
vaziyatdagi harbiy xizmat sharoitlarida bilishlarning psixologik faoliyatini 
o’rganuvchi harbiy psixologiya muhim ahamiyatga ega.
Harbiy psixologiya Vatanimiz himoyasi uchun o’z burchini bajarishga 
yoshlarni psixologik tayyorlash bo’yicha amaliy tavsiyalarni ishlab chiqadi. 
Psixologik fan inson shaxsiyoti, ichki ma’naviy dunyosi, o’zini tutish omillari, 
bir-biridan xususiyati, qiziqishlari bilan farqlanadigan kishilar bilan harbiy 
vatanparvalik tarbiyasini to’g’ri tashkil qilishni yaxshi tushunishga yordam beradi.
Tarbiyachilarning psixologik fanni yaxshi bilishi, ularga kasbiy tanlov va 
yuqori sinf o’quvchilarini harbiy o’quv yurtlariga kirish va O’zbekiston Respublikasi 
turli faoliyatdagi va Qurolli Kuchlarida hizmat qilishga tayyorlash masalalarini 
muvaffaqiyatli hal etishga yordam beradi. Yoshlarning harbiy vatanparvalik tarbiyasi, 
shuningdek zamonaviy urush xususiyati, qurollangan jang vosita va shakllari, 
qonuniyligi, jangovar harakatlar sharoitlarini ochib beradigan harbiy fan bo’lib, qoida 
va xuloslarini hisobga olgan holda tashkil kilinadi. Harbiy fan har bir kishi qanday 
ma’naviy-siyosiy, psixologik va jangovar xislatlarga ega bo’lishi, Vatan himoyachisi 
majburiyatini muvaffaqiyatli bajarishi uchun unga qanday bilim, ko’nikmalar 
zururligi haqidagi savollarga javob beradi.
Harbiy vatanparvarlik tarbiya ilmiy asoslari, Vatan himoyasiga yoshlarning 
ma’naviy siyosiy va jismoniy tayyorgarligi bo’yicha amaliy faoliyatning mazmuni, 
tashkili, shakl va metodlarini aniqlovchi boshlang’ich nizomlar, asos soluvchi 
qoidalar, talablarini bildiradigan printsiplarda tadbiq qilinadi hamda aniqlashtiriladi.
Harbiy vatanparvalik tarbiyasi samaradorligi aniq vazifalar, mazmun, shakl, 
uslub va vositalar, o’ziga xos ma’lum vazifalarni hal etadigan turli davlat va ijtimoiy 
organlar, tashkilot va muassasalarni o’z ichiga oladigan mavjud ma’lum bir tizim 
orqali amalga oshiriladi.
Bu tizim umumiy xususiyatga ega, ya’ni yoshlarga vatanparvarlik ongini 
shakllantirish, jamiyatimizning barcha oliy va o’rta maxsus ta’lim muassasalarining 
vazifasi hisoblanadi. Ikkinchidan, u o’zluksiz, inson hayotining barcha bosqichlarida 


204 
yaxlit faoliyat hisoblanib, uchinchidan, zero armiya va xalq ajralmas birlikka 
asoslanganligidadir.
Harbiy vatanparvarlik tarbiyasining bosh vazifasi mustaqil, o’z yo’lidan 
rivojlanayotgan Vatanimiz uchun, g’urur, Qurolli Kuchlarga nisbatan muhabbat, 
jangovar va mehnat urf-odatlarimizga sadoqat, harbiy mehnatga hurmat hissini har 
taraflama rivojlantirish, ozodlik va mustaqilligimizni, qo’limizdagi qurol bilan 
muhofaza qilishga doimiy tayyorlikni shakllantirish, o’z fuqarolik burchini ado 
etishdir.
Harbiy vatanparvarlik tarbiyasi yoshlarda harbiy xizmatga qiziqishni 
rivojlantirish, harbiy kasblarni egalash, yoshlarni O’zbekiston Respublikasi Qurolli 
Kuchlari safida xizmatga tayyorlashga yordam berishni ko’zda tutadi.
Harbiy vatanparvarlik tarbiyasining maqsadi Vatanni himoya qilish uchun 
tayyorlikni ta’minlaydigan fikr, ishonchini, dunyo qarashni shakllantirish, unga bor 
kuchni, kerak bo’lsa hayotini ham berish. Bo’lajak jangchilarning ma’naviy – ruhiy, 
axloqiy – intizomiy, jangovar xislatlarini tarbiyalashdan iborat.
Respublikamizda harbiy tayyorgarlikka har doim katta e’tibor berilgan, 1918 
yildan boshlab mamlakatda harbiy o’rta o’quv yurtlari, ya’ni hozirgi Qurolli Kuchlar 
Akademiyasi (Toshkent Oliy Umumqo’shin Qo’mondonlik bilim yurti), Chirchiq 
Oliy Tank Qo’mondon Muhandislik bilim yurti faoliyat ko’rsatmoqda, ular minglab 
yuqori malakali ofitser kadrlarni tayyorladi, 100 ga yaqin bitiruvchilari qahramonlik 
unvoniga loyiq bo’ldi.
Aholini harbiy o’qitishga "Armiya, aviatsiya va flotga yordam ko’rsatishning 
ko’ngilli jamiyati” (DOSAAF), hozirda "Vatanparvar” mudofaaga ko’maklashuvchi 
tashkilot (MKT) katta va behisob hissa qo’shdi. Urush yilarida bu tashkilot 27000 
pulemyotchi, 3340 mergan o’q otuvchi, 4551 otlik, 22400 Voroshilov merganlari, 
22000 o’qchi, 3000 avtomobil va 12 mototsikl haydovchilari, 3078 tibbiy hamshira, 
2000 aloqachi, 4 ta aviatsiya diviziyasi uchun uchuvchi, shturman, o’qchi – 
radistlarni tayyorladi. 1934 yildan boshlab Toshkent aviaklubi ish boshladi, uning 10 
ta bitiruvchisi Ikkinchi jahon urushida qahramon bo’ldi.


205 
Mehnatkashlar, yoshlar harbiy tayyorgarligi zamonaviy sharoitlarda mamlakat 
mudofaa qudratini boshqarish bo’yicha davlat faoliyatida yetakchi o’rinlardan birini 
egallaydi. Hozirgi kunda Toshkent, Chirchiq, Jizzax shaharlarida oliy harbiy bilim 
yurtlari faoliyat ko’rsatib kelmoqda.
Vazirlar Mahkamasining “O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari 
Akademiyasini tashkil etish to’g’risida”gi 1994 yil 15 iyuldagi qaroriga ko’ra tashkil 
etilgan Qurolli Quchlar Akademiyasi ofitser kadlarni tayyorlash va ularni malakasini 
oshirish bo’yicha yetakchi ta’lim muassasasi bo’lib, Mudofaa vazirligi harbiy ta’lim 
muassasalarining zaruriy ilmiy – metodik va axborot – tahliliy markazi hisoblanadi.
O’zbekiston 
Respublikasi Qurolli Kuchlar Akademiyasi ochilishida 
O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimov shunday degan edi: "Ishni 
shunday qo’yish kerakki, kadrlar tayyorgarligi eng zamonaviy talablarga javob 
bersin, harbiy fan oxirgi yutuqlari, Ikkinchi jahon urushi va undan keyingi urushlar, 
xususan Afg’on urushidagi jangovar harakatlarni olib borish tajribasini hisobga olgan 
holda o’tkazilsin”.
Harbiy vatanparvarlik tarbiyasining navbatdagi yo’nalishi yoshlarning jismoniy 
tarbiyasini tashkil etadi. Bu jismoniy chidamlilik, og’ir jismoniy vazifalarni kundalik 
harbiy xizmat hamda jangovar sharoitda ko’tara olish qobiliyatlarini shaklantiradi.
Jismoniy o’quv-nafaqat o’z – o’zidan muhim bo’lgan tetiklik va optimizm 
manbasi, balki Vatan mehnati va himoyasiga tayyorlik, bo’sh vaqtdan unumli 
foydalanish shaklidir.
Maktab yillari – butun umrga poydevor, ya’ni sog’liq asoslarini singdiruvchi 
paytdir. Harakat, gimnastika, sport o’yinlari yoshlarning ijobiy xislatlarini 
shakllantiradi. Mardlik, iroda, qiyinchiliklarni bartaraf eta olish kabi xislarni 
tarbiyalaydi. Bolalikda yo’l qo’yilgan jismoniy tarbiyadagi kamchiliklar, murakkab 
va ba’zida esa umuman katta yoshda to’ldirib bo’lmaydigan jarayondir.
Zamonaviy yoshlarning jismoniy tayyorgarligi zamonaviy ishlab chiqarish 
hamda Qurolli Kuchlar safida xizmatga bo’lgan talablarga to’laqonli javob bermaydi. 
Bu o’z o’rnida yoshlarning aqliy, jismoniy, ahloqiy – ma’naviy va ruhiy holatlari 
bilan bog’liq bo’lgan kasalligidan xalq xo’jalik sohalari ham katta zarar ko’rmoqda.


206 
Statistika ko’rsatadiki, yoshlar ichida ortiqcha og’irlikka ega, kasalliklarga 
moyil bo’lgan gavda va tayanch – harakatlantiruvchi apparatda nuqsonlari bo’lgan 
yoshlar foizi katta, mutaxasislar fikricha, qoloq o’quvchilar ichidagi 58% dangasalik 
yoki yaxshi rivojlanmaganlik sababliga ko’ra emas, balki jismoniy nuqson va 
kamchiliklar deb o’z tengdoshlaridan orqada qoladi.
Tuman, shahar madaniy-oqartuv va sport muassasalaridan yaxshi foydalanish, 
turli sport to’garak va sektsiyalari faoliyati oshirish jismoniy tarbiya mashg’ulotlari 
sifatliroq o’tkazish maqsadga muvofiq.

Download 3,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   207




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish