YOSHLAR RUHIYATIDA VATANPARVARLIK FAZILATLARINI
SHAKLLANTIRISH MASALALARI
54
Har bir insonga har doim o’ziga xos jumboq, sirli va to’liq o’rganib bo’lmas
mavjudot sifatida qaralgan. Tarixiy dalillardan ma’lumki, ne-ne donishmand,
54
Maxmudov R.M. -
pedagogika fanlari doktori, dotsent,
Ikmatullayev G’.Z.
-
O’zbekiston Respublikasi Milliy
gvardiyasi, Harbiy-texnik instituti
189
faylasuflar insoniy dunyoqarash hamda fe’l-atvorni o’zgartirish juda qiyin va
murakkabligini tan olishgan. Insoniyat dunyoga kelibdiki, uning tarbiyasi juda
muhim, tugallanmas jarayon hisoblanadi. Uni tarbiyalashda tarbiyalashda muayyan
qolip bo’lmaydi, ayniqsa vatanparvarlik tarbiyasi tushunchasining geografiyasi keng
bo’lib, bunga har bir shaxs o’zining individual o’ziga xosligidan kelib chiqib
munosabatda bo’ladi. Shuning uchun ham har bir shaxsni vatanparvarlik ruhida
tarbiyalashda onaning, ayniqsa otaning roli o’zgacha. Soliha ayoldan tarbiya topgan
har bir farzand doimo onasiga mehribon bo’lib yuradi, onasidan minnatdor bo’lib
qoladi. Otasi esa farzandida Vatanga muhabbat, irodasini mustahkamlash
muammolarini hal qilishga harakat qiladi va yordam beradi.
Farzand tarbiyasida bolada o’ziga ishonishni, o’z qadriga etishni o’ziga ishonchi
va mas’uliyat hissini shakllantirishga ahamiyat qaratish muhim masaladir. A.Rasulov
o’zining “Maktab oiladan boshlanadi” nomli risolasining “Oltin tavsiyalar” deb
nomlangan bo’limida “Bola oilada to’g’riso’zlik va adolat nima ekanini
o’rganadi”[1], – deydi.
Har bir insonning kamol topishida oila muhim va betakror maskan hisoblanadi.
Farzand bilan tarbiyaviy ishlar birinchi navbatda oilada, keyinchalik – maktabgacha
ta’lim muassasasida, maktab yoshiga etgach maktab va maktab jamoasi tomonidan
amalga oshiriladi. Pedagogikada bularning barchasi ijtimoiy tarbiya maskanlari va
rasmiy tarbiya institutlari hisoblanadi.
Farzandning vatanparvar inson bo’lib voyaga etishida uning o’zini hurmat
qilishi va unda o’ziga bo’lgan ishonchning paydo bo’lishi muhim ahamiyatga ega.
Ota-onaning farzandga nisbatan bo’lgan munosabatlardagi iliqligi va ko’rsatadigan
mehr-muhabbati bolaning o’zi haqida ijobiy tasavvur hosil qilishiga hamda o’zini
hurmat qilishiga, o’zgalar bilan yaxshi munosabat o’rnatishiga zamin yaratadi. Bu
hech kimga sir emas. Aksincha, farzandning bunday ijobiy munosabatlardan uzoq
tutilishi ularda boshqalarga nisbatan asabiy va psixik qo’zg’aluvchanlikni,
tajavuzkorlik va dushmanlik munosabatlarini keltirib chiqaradi. Ota-onaning
farzandga nisbatan munosabatlarining hissiy darajasi tarbiya orqali ro’yobga chiqadi.
190
Farzandga bo’lgan diqqat va e’tibor yuqoridagi birinchi o’rinda, qat’iylik va jazolash
ikkinchi holatda namoyon bo’ladi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 23 fevraldagi qarori
bilan “Yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash kontseptsiyasi”da yoshlarni
harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash usullari yoshlarda zarur hayotiy bilim,
ko’nikma, mahorat va mustahkam irodani, yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarni
shakllantirishga qaratilgan, ularning ongi, ruhiyati va faoliyatiga ta’sir ko’rsatadigan
omillardan iborat [2], deyilgan.
Kontseptsiyaga muvofiq yoshlarda vatanparvarlik fazilatlarini shakllantirish
“ishontirish, mashq qildirish va mustaqil ishlash, kuzatish, rag’batlantirish, o’rnak
ko’rsatish va shaxsiy namuna” usullari asosida olib boriladi.
Yoshlar ongida vatanparvarlik fazilatlarini shakllantirishda davlat ramzlarining
barchasi o’ziga xos tarbiya manbai hisoblanadi. Masalan, davlat ramzi bo’lgan
bayroqni olib qaraylik. Bayroqqa sodiq bo’lish, bayroqni aziz bilish inson hayotida
muhim o’rin tutadi. Bayroqqa sodiqlik tarixiy romanlarda, hikoyalarda,
vatanparvarlik ruhidagi tarixiy badiiy va hujjatli filmlarda ham yoritib berilgan.
Ayniqsa, samuraylarning har birida bayroq bo’lganligi, ushbu bayroqqa hurmat bir
umr ularning ongiga singib qoldirilgan. Masalan, rus podshosi Pyotr I Poltava
jangidan avval askarlarga bayroq oldida qasamyod qildirgan[3].
Mo’g’ullar Xorazmni bosib olish chog’ida Najmiddin Kubroning
vatanparvarligi, bayroqqa sodiqligini ko’rib hayratda qolishgan. Najmiddin Kubro
yarador bo’lib jon berishdan avval bayroqni qo’liga olib shunchalik qattiq siqib
olganki, natijada mo’g’ullar uning qo’lidan 10 kishi bo’lib bayroqni tortib
olisholmaydi va uning barmoqlarini kesib bayroqni tortib olishadi. Keyinchalik ushbu
voqea xalqimiz orasida afsonaga aylangan.
Bayroq orqali lashkarlarning ruhini ko’tarish Sohibqiron Amir Temur davrida
ham yo’lga qo’yilgan. “Amir qildimki o’n ikki katta amirlarning har biriga bitta
bayroq va bir nog’ora berilsin. Amir ul-umaroga bayroq va nog’ora, tuman tug’i
(o’rta asrlarda uchiga ko’tos, ot yoli yoki dumi, oy yoki kerilgan besh panja ta’sviri
o’rnatilgan lashkarning bayroqsimon nishon belgisi: ushbu asarda
tug’ atrofida
191
to’plangan harbiy bo’linma) va chortug’ taqdim etsinlar. Mingboshiga esa bir tug’ va
karnay bersinlar. Yuzboshi va o’nboshiga bittadan katta nog’ora bersinlar. To’rt
beglarbegining har biriga bittadan bayroq, nog’ora, chortug’ va burg’u bersinlar[4],
degan edi.
O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilari hayoti va
faoliyatida harbiy qismning Jangovar Bayrog’i muhim ahamiyatga ega. “O’zbekiston
Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy qismining Jangovar Bayrog’i harbiy sharaf,
matonat va shon-shuhratning ramzidir. U O’zbekiston Respublikasi Qurolli
Kuchlarining har bir harbiy xizmatchisiga uning Vatan fidoyi bo’lib xizmat qilish,
uni matonat va mahorat bilan muhofaza etish, o’zining so’nggi tomchi qoni va hatto
hayotini ayamasdan jonajon tuproqning har bir qarichini sabot bilan muhofaza
qilishdek muqaddas burchi to’g’risidagi eslatma sanaladi”[5].
O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Umumharbiy nizomlariga ko’ra,
Jangovar Bayroq harbiy qismga u tuzilishi bilan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti
nomidan Mudofaa vazirligi vakillari tomonidan topshirilishi, u har doim o’z harbiy
qismi bilan, jang maydonida esa qism jangovar harakatlari rayonida bo’lishi
belgilangan.
“Qismning butun shaxsiy tarkibi jangda Jangovar Bayroqni jon-jahdi va matonat
bilan himoya qilishga, uning dushman tomonidan egallab olinishiga yo’l
qo’ymaslikka majburdir. Jangovar Bayroq yo’qotilganda, harbiy qism komandiri va
bunday sharmandalikka bevosita aybdor bo’lgan harbiy xizmatchilar harbiy sud
oldida javobgar bo’ladilar, harbiy qism esa tugatilishi kerak” [5].
Xulosa o’rnida shu ta’kidlash lozimki, shonli tariximiz, buyuk ajdodlarimizning
ko’rsatgan jasoratlari va qahramonliklari yoshlarni vatanparvarlik ruhida
tarbiyalashning eng muhim yo’nalishidir. “2017-2021 yillarda O’zbekiston
Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar
strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlantirish yili”da amalga oshirishga
oid davlat dasturi” [6]da “O’zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi tarkibida
“O’zbekiston tarixi” kanalini tashkil etish”, “Tarixiy shaxslar, allomalar haqida
192
badiiy, badiiy-publitsistik, hujjatli filmlar va seriallar yaratish”, “Tarixiy shaxslar va
animatsion filmlar yaratish” vazifasi qo’
yilgan.
Bundan ko’zlangan maqsad, buyuk alloma va adiblar, aziz avliyolarning bebaho
merosi, yengilmas sarkarda va arboblarimizning jasoratini yoshlar ongiga singdirish,
ularda milliy g’urur va iftixor tuyg’ularini kuchaytirishga alohida e’tibor qaratishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |