O’zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti



Download 3,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/207
Sana28.05.2022
Hajmi3,29 Mb.
#613584
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   207
Bog'liq
Конференция Vatanparvarlik 29.01.2019

Adabiyotlar 
1. Karimov I.A. Milliy armiyamiz – mustaqilligimizning, tinch va osoyishta 
hayotimizning mustahkam kafolatidir. Toshkent: O’zbekiston, 2003.
2. Karimov I.A. O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida. Xavfsizlikka tahdid, 
barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. Toshkent: O’zbekiston, 1997.
3. O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Umumharbiy Nizomlari. 
Toshkent: O’zbekiston, 1996.
4. Nasriddinov Ch.R. Harbiy psixologiya. Toshkent: Fan, 2004.
AXBOROT MAKONIDA YOSHLAR MA’NAVIYATI VA ULARDA 
YETAKCHILIKNI SHAKLLANTIRISH MASALALARI
51
 
Globallashuv davrida undan tashqarida bo’lishning iloji yo’qligini bugun 
hamma tan oldi. O’zbekiston ham uning qa’rida, o’ziga xos bo’lgan o’rinni egallab, 
ne’matlaridan bahramand bo’lmoqda. Shu bilan birga, ushbu inkor qilib 
51
 
Yuldasheva M.Q. - 
O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti 


177 
bo’lmaydigan jarayon, yangi asrning mo’’jizasi kishilik hayot tarziga, 
dunyoqarashiga muayyan muammolarni ham olib kirayotganligi ayni haqiqat. 
Jumladan, insonlar o’rtasidagi an’anaviy ma’naviy qadriyatlar qisman susayganday, 
ayniqsa yosh avlod dunyoqarashiga nisbatan ma’naviy tahdidlar kuchayganday holat 
ko’zga tashlanib, globallashuv, uni ayni paytda axborot asri ham deb atashmoqda, 
cheksiz axborotlar bosimi nainki yoshlar, balki katta avlod vakillari dunyoqarashini 
ham junbushga keltirayotganligini shohidi bo’lib turibmiz. Shu ma’noda jarayon har 
birimizni, hammamizni, mamlakatimizni ma’lum ma’noda sinovdan o’tkazyapti, 
deyish mumkin. Mamlakatimizda hozir yoshlarning ijtimoiylashuv jarayoni har 
qachongidan ko’ra jadal sur’atda yuz berib, ularning dunyoqarashi yuz berayotgan 
islohotlarni zudlik bilan hazm qilish bilan bir qatorda ularning faollashuvini, o’ziga 
chetdan turib qaray olish istagini kuchaytirdi. O’zining hech kimdan kam emasligini 
his etish ham kishini olg’a intilishga undaydi. Ana shu undov, bong ularni o’z 
istiqboliga chorlab, O’zbekiston yoshlari o’rtasida ijtimoiylashuv jarayoni tobora 
jadallashgan. Ijtimoiylashuv esa ularning orasidan haqiqiy yetakchilarni oldinga 
chiqardi. Yoshlar o’z tengqurlarini eng yaxshilari misolida olg’a boshlamoqda desak 
mubolag’a bo’lmaydi. Aytilganki, yetakchilikdagi eng katta namuna bu – shaxsiy 
namuna, deb. Buni hammamiz yaxshi bilamiz. Bolalar avvalo ota-onasi namunasida 
shakllanadi va yetti yoshgacha butun umridagi axborotlarning qariyb 80 foyizini o’z 
oila davrasida olib bo’ladi. Sotsiologlar allaqachon shunday xulosaga kelishgan. 
Qolgan 20 foiz axborotlar esa uning dunyoqarashini umr bo’yi boyitadi xolos.
Mustaqillik el-yurtimiz uchun o’z taqdirining egasi bo’lib, qadr-qimmatini 
anglab, munosib hayot kechirish, umuminsoniyat erishgan va amaliyotda bo’lgan 
huquqiy demokratik davlat hamda fuqarolik jamiyatini barpo etish imkoniyatini 
yaratdi. Ayni paytda u kishilarning iqtisodiy-ijtimoiy sohalarda o’z iste’dod va 
qobiliyatini to’la namoyon etishiga, huquq va erkinliklarini ro’yobga chiqarishiga 
zamin yaratdi. O’zbekistonliklar hech kimdan kam emasligini va kelajakda ham kam 
bo’lmasligini anglab etdi. Ana shunday yoshlarimizni ham aynan ularning o’z 
tengqurlari yordamida, ularning ijobiy namunalari vositasida to’g’ri yo’lga solish 
imkoniyatlari bor. Bu endi hozir tobora yoshlarimiz ichiga chuqurroq kirib 


178 
borayotgan yoshlar ittifoqining joylardagi tashkilotlariga, ularning mavjud 
muammolarni qanchalik chuqur anglashlariga bog’liq. Yoshlar ittifoqi 
vakolatlarining kengayishi, hatto tashkilot sud hukmi bilan ozodlikdan mahrum 
qilinayotgan yoshlarni ham o’z kafolatiga olishi mumkinligi, yoshlarning o’z 
taqdirlarini o’zlari mustaqil ravishda hal qilish, ota-onasiga, yurtiga halol xizmat 
qilib, o’zini namoyon etish,yoshlarimizga muayyan darajada g’ururlanish 
immunitetini imkonini berdi. Chorak asrdan ziyod vaqt uchun bu kam natija emas, 
lekin keyingi yillarda yoshlar o’rtasida o’tkazilayotgan sotsiologik so’rovlar, 
jarayonlar tahlilidan bu soha muammosiz emasligiga ko’z yumib bo’lmaydi. Ya’ni 
vaziyat mamlakatimizda vatanparvarlik tarbiyasini ta’lim va tarbiya nuqtai nazaridan 
yangi bosqichga olib chiqish qamrovini tobora kengaytirib borishni taqozo etmoqda. 
Yoshlarda yetakchilik qobiliyatini tarbiyalash doimo dolzarb masala bo’lib kelgan va 
shunday bo’lib qoladi. Ayniqsa davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning 
tashabbuslari bilan mamlakatimizda “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining Yoshlar 
ittifoqiga aylantirilishi, ushbu tashkilotning yoshlar ijtimoiy faolligini va jamiyatdagi 
o’rnini mustahkamlashga qaratilgan vakolatlar bilan quvvatlanishi, albatta tarixiy 
ahamiyatga ega bo’ldi. Mamlakatimiz aholisining asosiy qismini tashkil qilayotgan 
yoshlarni kim boshqaradi, ularni kim ergashtiradi va Vatan ravnaqi uchun safarbar 
etadi, degan qator savollarga bugun mantiqli javob topilganday bo’lib turibdi. 
Albatta, bugun ularning saflaridan chiqqan tengqurlari, iqtidorini namoyon qilgan, 
fanda, madaniyatda, sportda, harbiy xizmatda va hokazo sohalarda o’zini ko’rsatib 
ulgurgan yoshlardir [2].
Yoshlar ittifoqi o’z faoliyatining turli yo’nalishlarida yetakchilarni tanlash, 
saralash, kerak bo’lsa, maqsadli tayyorlash tizimlarini yo’lga qo’yishi lozim. 
Ittifoqning tashabbusi bilan yaqinda 150 nafar iqtidorli yosh yigit qizlar Parlament 
binosida haqiqiy deputatlar o’rinlarida o’tirishib qonun tashabbuskorligi bilan 
shug’ullandilar. Qonun loyihasini tayyorlash, uni birinchi o’qishga tayyorlash va 
qabul qilish jarayonlari jonli, baxsli-munozarali tarzda amalga oshirildi. Bugun 
yoshlarning sa’y-harakatlarini, orzu-istaklarini, xoxish-irodalarini namoyon etadigan 


179 
ana shu “parlament o’yini”ga o’xshagan maydon kerak. Sinov – ma’lum bir malakani 
qo’lga kiritish, muayyan tajribaga yo’l degani [3]. 
Mustaqillik ko’hna tarix, boy meros, milliy davlatchilik, muqaddas islom dini, 
urf-odat va an’analarni tikladi. Bugungi kunda mehr-oqibat, bag’rikenglik, 
hamjihatlik kabi olijanob fazilatlar, milliy va umumbashariy qadriyatlarga hurmat, 
Vatan taqdiri va kelajagiga dahldorlik kabi tuyg’ular har bir O’zbekistonlik 
fuqaroningqalbidan o’rin olgan, desak xato bo’lmaydi. Bugun mamlakatimiz yoshlari 
islohot, modernizatsiya, liberalizatsiya, fuqarolik jamiyati va hokazo so’zlar va 
tushunchalar bilan tez-tez yuzma yuz kelish bilan bir qatorda mana shu jarayonning 
ajralmas bir mexanizmi sifatida faol harakat olib borishmoqda. 
“2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta 
ustuvor yo’nalishi bo’yicha harakatlar strategiyasi” yangicha tafakkur, jamiyatni 
yangicha asoslarda bunyod etish va jahon hamjamiyatiga dadil qadamlar bilan 
qo’shilish yo’llarini ochib berdi. Harakatlar strategiyasini amalga oshirish uchun 
tegishli ijtimoiy muhit, makon vujudga keltirildi. Bugun O’zbekistonda kechayotgan 
jarayon, xalq bilan muloqotning butunlay yangi bir tamoyili ma’naviy tahdidlardan 
qutulishning aniq-tiniq dasturini belgilab bergani bugun hech kimga sir emas. 
Prezident Shavkat Mirziyoyev Prezidentlikka kirishishga bag’ishlangan tantanada 
shunday degan edi: “Bugungi kunda dunyoning ayrim mintaqalarida tobora 
keskinlashib borayotgan qonli mojaro va ziddiyatlar,terrorizm va ekstremizm xavfi 
bizdan doimiy ogoh vahushyor bo’lishni talab etmoqda. Shu borada O’zbekiston 
chegaralarining xavfsizligi va daxlsizligini ta’minlash, mamlakatimiz mudofaa 
qobiliyatini mustahkamlash, yurtimiz ostonasiga hechqanday balo-qazoni yaqin 
keltirmaslik kabi hal qiluvchivazifalar hamisha diqqatimiz markazida bo’ladi. Bugun 
printsipial jihatdan g’oyat muhim bo’lgan birfikrni yana ta’kidlab aytishni zarur deb 
bilaman:O’zbekiston va uning bag’rikeng xalqi tinchliksevar siyosat yuritish, milliy 
va umuminsoniy qadriyatlarga hurmatbilan qarash tamoyillarini amalga oshirish 
pozitsiyasida doimo mustahkam turib kelmoqda. Lekin, zarurbo’lsa, biz 
mamlakatimiz suvereniteti va mustakilligiga,xalqimizning tinch va osuda hayotiga 
tahdid soladiganhar qanday urinishlarga qarshi keskin zarba berishgaqodirmiz [3]”. 


180 
O’zbekistonda keyingi ikki yilda olib borilayotgan islohotlar ko’lami, xalqning, 
ayniqsa dunyoqarashi endigina shakllanib kelayotgan yoshlarning ma’naviyatga, 
ma’rifatga, jamiyatdagi islohotlar qamroviga bo’lgan faol munosabatlari ma’naviy 
tahdidlarga nisbatan amaliy kurashni ko’rsatib turibdi. Ayniqsa, yoshlar ittifoqining 
tashkil etilganligi, unga berilgan vakolatlar, oliy ta’lim tizimidagi qator ijobiy 
o’zgarishlar jamiyat ahlini, xalqni adolatga bo’lgan ishonchini mustahkavmlashga 
asos bo’lmoqda. Xalq bilan ochiq muloqot ustuvorligi, davlat xizmatlari ko’rsatish 
markazlarining tashkil etilganligi fuqarolar faolligini oshiryapti. Ijobiy o’zgarishlar 
o’z-o’zidan bo’lmayotgani, buning zamirida amalga oshirilayotgan ulkan ma’naviy, 
moddiy, moliyaviy, sotsial-siyosiy islohotlar yotganini har bir fuqaro bilishi lozim. 
Ba’zi bir toifadagi kishilar, ular orasida yoshlar ham, albatta, mamlakatda yuz 
berayotgan shiddatli islohotlarni bo’lishi kerak bo’lgan tabiiy bir xol, deb tushunishga 
moyillik ko’zga tashlanmoqda.
Davlat idoralari xalqqa xizmat qilishi kerak, degan tamoyilni noto’g’ri 
tushunmaslik ham madaniyat, kerak bo’lsa, ma’naviyat, uni suiste’mol qilish esa 
vatanparvarlik emas. Vatanparvar kim, albatta, u o’zining vatanga yuk bo’lmasligini 
o’ylaydigan, atrofidagilarga namunali hayot tarzini targ’ib qiladigan kishidir. Yuksak 
materiyalar, ma’naviy qadriyatlar ana shu oddiy haqiqatdan, ya’ni o’zingga ravo 
ko’rmaganni boshqalarga ham ravo ko’rma, degan islomiy ogohlantirishdan 
boshlanadiku aslida. 
O’zbekiston diyorida qadimdan turli tsivilizatsiya vakillari, madaniy 
qatlamlar, xilma-xil e’tiqod va dunyoqarashlar yonma-yon yashab kelgan. Bu erda 
yashovchi xalqboshqa joydan ko’chib kelib, o’rnashib qolgan emas. Bu zamin ota-
bobolar yashab o’tgan azaliy va muqaddas makon. Bu zamin Sharq va G’arbning, 
Shimol va Janubning, qadim o’tmish va buyuk kelajakning tutashgan joyi, 
Markaziy Osiyoning yuragi, insoniyat tafakkuri, fan va madaniyatining eng ko’hna 
o’choqlaridan biridir. Bu tuproqda jahonni hayratga solgan tsivilizatsiyaning ildizlari 
vujudga kelgan, insoniyat tarixining eng qadimgi davrlariga mansub diniy va falsafiy 
an’analar shakllangan [4]. 


181 
Mamlakat ta’lim tizimida ma’naviy tahdidlarni tizimli o’rganishni hozirgi davr 
talablariga to’la javob beradi, deb aytish qiyin. Hozirgi axborot globallashuvi yuz 
bergan ushbu davrda qadriyatlarimiz tizimidan joy olgan bir qator tushunchalarni 
keng qamrov bilan tarixga zarb etishi va ularni malakali tarzda talabalar, o’quvchilar 
ongiga tizimli hamda ilmiy asoslangan tarzda singdirishga muayyan ehtiyoj paydo 
bo’lmoqda.

Download 3,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   207




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish