O’zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti



Download 3,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/207
Sana28.05.2022
Hajmi3,29 Mb.
#613584
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   207
Bog'liq
Конференция Vatanparvarlik 29.01.2019

Adabiyotlar
1. Tilavov A., Otamurodov Sh. Maktab oiladan boshlanadi. –T.: Yangi asr 
avlodi, 2016. b. – 110.
2. Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash kontseptsiyasi. Vazirlar 
Mahkamasining 2018 yil 23 fevraldagi 140-sonli qaroriga 1-ilova. 
3. Efremov O.Yu. Harbiy pedagogika SPb: Piter 2017. b.-80. 
4. Temur tuzuklari / Tahrir hay’ati: B.Abduxalimov va boshq. Forscha matndan 
A.Sog’uniy va H.Karamatov tarj. –Toshkent: O’zbekiston, 2012. b. -119. 
5. O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Umumharbiy nizomlari. –
Toshkent: Sharq, 2007. b. -172.
6. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 17 yanvardagi PF-5635-son 
“2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor 
yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy 
rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to’g’risida”gi Farmoni. 
QHMMB: 06/19/5635/2502-son 18.01.2019 y. 
YOSHLARNI VATANPARVAR VA BUNYODKOR RUHIDA 
TARBIYALASHDA BUZG’UNCHI G’OYALARNING TA’SIRI
55
 
Mustaqillik yillarida respublikamizda xalqaro aloqalarning keng ko’lamda 
rivojlanishi, shuningdek, tezkor axborot oqimi mamlakat ijtimoiy, iqtisodiy hamda 
madaniy hayotida ijobiy o’zgarishlarni vujudga keltirish bilan birga ayni paytda 
yoshlar ongiga salbiy ta’sir etuvchi g’oyalarning ham yoyilishiga imkoniyat 
yaratmoqda. O’z mazmunida buzg’unchi, diniy va milliy adovatlarni ilgari suruvchi 
qarashlar ularning mohiyatini chuqur anglamagan yoshlarni o’z ta’siri doirasiga ola 
55
Rashidov Alisher Abduraxmonovich - 
O’zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi, Harbiy-texnik instituti


193 
boshladi. Buning oqibatida respublika aholisining tinch, osoyishta hayotiga tahdid 
yuzaga keldi. Ijtimoiy hayotni izdan chiqarib, jiddiy ziyon yetkazuvchi diniy 
g’oyalarga qarshi hamda terroristik aktlarning oldini olish yoshlar, xususan, 
o’quvchilarda g’oyaviy (mavkuraviy) immunitetni shakllantirishga bo’lgan ijtimoiy 
ehtiyojni yuzaga keltiradi. 
So’nggi yillarda ijtimoiy mazmundagi ko’plab adabiyotlarda mavkuraviy 
kurashlar, ularning mohiyati, mavkuraviy kurashlar jarayonida bunyodkor va 
buzg’unchi g’oyalarni ajratib olish, vayronkor g’oyalarga qarshi keskin turish 
masalalariga oid qarashlar o’z ifodasini topmoqda. Bu muammo falsafiy, pedagogik, 
psixologik hamda ijtimoiy bahs-munozaralar uchun asosiy mavzu bo’lib qolmoqda. 
Xususan, Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov yoshlarda mafkuraviy immunitetni 
shakllantirish dolzarb masala ekanligiga e’tiborni qaratgan holda quyidagilarni 
ta’kidlagan edilar: “Ma’lumki, har qanday kasallikning oldini olish uchun, avvalo, 
kishi organizmida unga qarshi immunitet hosil qilinadi. Biz ham farzandlarimiz 
yuragida ona-Vatanga, boy tariximizga, ota-bobolarimizning muqaddas diniga 
sog’lom munosabatni qaror toptirishimiz, ta’bir joiz bo’lsa, ularning mafkuraviy 
immunitetini kuchaytirishimiz zarur. Ana shunda johil aqidaparastlikning “da’vati” ni 
ham ahloqni rad etadi, biz uchun mutlaqo begona g’oyalar ham o’z ta’sirini o’tkaza 
olmaydi” [1]. 
Har qanday jamiyat o’zining rivojlanish va istiqbol yo’lini belgilab beruvchi 
g’oyaga ega bo’lishi shuningdek, yot g’oyalarga qarshi turmog’i zarurdir. 
Bu borada Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev: “...jamiyatimizda hukm 
surayotgan o’zaro do’stlik va hamjihatlikni yanada rivojlantirish, qaysi millat, din va 
e’tiqodga mansubligidan qat’i nazar, barcha fuqarolar uchun teng huquqlarni 
ta’minlash e’tiborimiz markazida bo’ladi. Ularning o’rtasiga nifoq soladigan 
ekstremistik va radikal g’oyalarni tarqatishga O’zbekistonda mutlaqo yo’l 
qo’yilmaydi” [2] – deb ta’kidlaydilar. 
Aslida g’oya insoniy munosabatlarni tashkil etishda qanday ahamiyatga ega?
G’oya (yunoncha “idea” – birinchi manzara, dastlabki obraz) – ob’ektiv borliq, 
mavjudlikning inson fikrida aks etish shakli bo’lib, unda “... olamni bilish va amaliy 


194 
jihatdan o’zgartirish maqsadlari, ularga erishish yo’llari va vositalari haqida 
ma’lumotlar mujassamlangan, anglangan” [3]. 
Ijobiy mazmunga ega g’oya har qanday jamiyatni sog’lom, ezgu maqsadlar sari 
birlashtirib, uning o’z muddaolariga erishish uchun ma’naviy-ruhiy kuch-quvvat 
beradigan poydevori bo’la olishi zarur. 
Har qanday g’oya mazmunga ko’ra ijobiy yoki salbiy ma’noni ifoda etadi. 
G’oyaviy kurashlar sharoitida ijobiy yoki salbiy ma’noga ega bo’lgan g’oyalar – 
bunyodkor hamda buzg’unchi g’oyalar sifatida ta’riflanmoqda. 
Bu borada Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning “Yuksak ma’naviyat 
yengilmas kuch” nomli asarlarida quyidagi fikrlarni ilgari surganlar: “Hozirgi kunda 
ko’z o’ngimizda dunyoning geopolitik, iqtisodiy va ijtimoiy, axborot-
kommunikatsiya manzarasida chuqur o’zgarishlar ro’y berayotgan, turli mafkuralar 
tortishuvi keskin tus olayotgan bir vaziyatda, barchamizga ayyonki, fikrga qarshi fikr, 
g’oyaga qarshi g’oya, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish har qachongidan ko’ra 
muhim ahamiyat kasb etmoqda” [1]. 
Bunyodkor g’oyalar eng oliy insoniy qadriyatlarga asoslanuvchi, doimiy 
taraqqiyotni yoqlovchi, shaxsni yaratuvchanlikka undovchi, insoniyat istiqboli va 
jamiyat ravnaqini ta’minlovchi g’oyalardir. Bunyodkor g’oyalar ilg’or fikrli kishilar, 
uyushmalar hamda oqimlar tomonidan ilgari suriladi, shuningdek, ma’rifatli 
jamiyatni harakatga keltiruvchi ma’naviy kuch sanaladi. 
Bunyodkor g’oyalarning yetakchi asoslarini quyidagilar tashkil etadi: tinchlikni 
saqlash, urushning oldini olish, millat va elatlar o’rtasida o’zaro hamjihatlik va 
hamkorlikni qaror toptirish, turli dinlarga e’tiqod qiluvchilarning diniy 
bag’rikenglikka ega bo’lishlarini yoqlovchi, jamiyatda barqarorlikni ta’minlash, 
ijtimoiy munosabatlarning insonparvarlik va demoktarik tamoyillarga asoslanishini 
targ’ib etish va h.k.lar. 
Bunyodkor g’oyalar milliy va umuminsoniy manfaatlar uyg’unlashgan, 
insonparvar va demoktarik g’oyalar, shuningdek, diniy bag’rikenglik hamda
ma’naviy-ahloqiy e’tiqodga asoslangan jamiyatda istiqbol taraqqiyotini belgilab 
berishga xizmat qiladi. Jamiyat hayotida yaratuvchanlik, bunyodkorlik g’oyalarining 


195 
ustuvor o’rin tutishi unda yashovchi insonlarning ma’naviy-ahloqiy qiyofasi, bilim 
darajasi, dunyoqarashi, ijtimoiy borliqqa bo’lgan munosabati, hayotiy maqsadlari va 
yondoshuvlariga bog’liq. 
Buzg’unchi g’oyalar uyushma, oqimlar tomonidan faoliyati yo’nalishi sifatida 
tanlangan va umuminsoniyat hayotiga xavf soluvchi, ijtimoiy taraqqiyotni tanazzulga 
olib boruvchi, odamlarning hukmronlikka intiluvchi kuchlarga tobe, qaram bo’lishini 
ta’minlovchi qarashlar, ta’limotlardir. Bu kabi g’oyalar odatda odamlarda vahima, 
qo’rquv uyg’otadi, pessimistik (tushkunlik) kayfiyatini paydo qiladi, eng oliy 
qadriyatlarni toptaydi, taraqqiyotni qoralaydi, turli millatlar o’rtasida o’zaro adovatni 
uyg’otadi, milliy va etnik nizolarni keltirib chiqaradi, aholi ayniqsa, yoshlarning 
ruhan hamda jismonan nosog’lom bo’lishlariga sabab bo’ladi. 
Buzg’unchi g’oyalarning yetakchi asoslari quyidagilardan iborat: terror, 
fanatizm (biror bir g’oyaga ko’r-ko’rona, o’zlikni unutish darajasida berilish), 
irqchilik, shovinizm, agressiv millatchilik, diniy adovat, ma’naviy buzg’unchilik, 
ahloqsizlik, nashavandlik va boshqalar. 
Hammamizga ma’lumki, buzg’unchi g’oyalar insoniyat hayotiga xavf solish 
bilan birga jamiyat hayotini izdan chiqaradi, kishilik munosabatlariga zarar yetkazadi. 
Shu sabali, aholi, ayniqsa, yoshlarda buzg’unchi g’oyalarga ishonchning yuzaga 
kelishi, ularning ta’siri doirasiga tushib qolishlarining oldini olish muhim ijtimoiy 
vazifadir. Jamiyatda mavkuraviy bo’shliqning yuzaga kelishiga yo’l qo’ymaslik, 
millat va umuminsoniyat manfaatlari uyg’unligi asosida milliy g’oyani, mavkurani 
shakllantira olish yuqorida qayd etilgan ijtimoiy vazifani hal etishning eng to’g’ri 
yechimidir.
Ongli mavjudot bo’lgan inson hayotida g’oyalar muhim o’rin tutadi. Kishilik 
tarixi taraqqiyoti tajribasidan yaxshi ma’lumki, o’ta qiyin va murakkab vaziyatlarda 
muammolarning yechimi puxta o’ylangan reja yoki boshqacha qilib aytganda kuchli 
g’oya bilan hal etilgan. 
Biz diniy ekstremizm g’oyalari ta’siriga adashib tushib qolgan fuqarolarni 
ijtimoiy reabilitatsiya qilish, ularni sog’lom hayotga qaytarish bo’yicha ishlarni 
yanada takomillashtirishimiz. Axborot resurslari orqali tarqatilayotgan buzg’unchi 


196 
g’oyalarning oldini olish maqsadida huquqni muhofaza qilish organlari tarkibida 
alohida bo’linmalar tashkil etish zarur.
Fikrimiz yakunida shuni aytishimiz mumkinki, yoshlarni vatanparvar qilib 
tarbiyalashda oldimizga qo’yilgan dolzarb vazifalardan biri – bu bunyodkor g’oyalar 
va ularning asl mazmun-mohiyatini ochib berishdan iboratdir. Bu ishlar negizidagi 
masalaning asosiy tomoni buzg’unchi g’oyalar ta’sirida yuzaga keladigan xavf-
xatarlar bilan to’g’ridan-to’g’ri kurashishdan avval ularning kelib chiqish sabablarini 
aniqlansa, oldini olish yo’llarini chuqurroq o’rganilsa, kerak bo’lsa ana shu 
sabablarga qarshi oldindan kurash olib borilsa maqsadga muvofiq bo’lar edi. 

Download 3,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   207




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish