210
o’tish joiz. Chunki, Qurolli Kuchlarning mansabdor shaxslari qonun talablarini harbiy
xizmatchilarga
aniq bajarishni, qonunga itoatkor bo’lish lozimligini nafaqat
tushuntirishi, qo’l ostidagilarni ishontirishi, balki bu borada uning o’zi bu borada
shaxsiy namuna ko’rsatishi harbiy xizmatchilarga ijobiy ta’sir qiladi.
Shuni alohida ta’kidlash joizki, shaxsiy tarkibdan qonun talablari va
umumharbiy nizom qoidalariga rioya qilinishida avvalo komandirlar (boshliq)
tarkibining o’zlari ham qonunga itoatkor bo’lishlari va uning asosida qo’l
ostida
bo’lgan bo’ysunuvchilarni ham qonunga itoatkorligini ta’minlashlari lozim. Shu
nuqtai nazardan har bir komandirning (boshliq) o’zi qonunga nisbatan qanday (ijobiy
yoki salbiy) munosabatda bo’lsa, uning qo’l ostidagi harbiy xizmatchilarga ham
xuddi shunday ta’sir qilishini unutmasligi kerak.
Harbiy xizmatchilar orasida huquqiy tarbiya haqida gap ketganda, huquqbuzarlik
va intizomsizliklar sodir etishga moyil harbiy xizmatchilar bilan alohida ravishda
yakka tartibdagi olib boriladigan profilaktik tushuntirish ishlari haqida ham
unutmaslik zarur. Chunki, yakka tartibdagi huquqiy-profilaktik tushuntirish ishlarida
har
bir
harbiy
xizmatchining
individual
xususiyatlarini
inobatga
olib,
differentsiallashtirilgan tarzda amalga oshirilishini taqozo etadi. Ana shuning uchun
ham yakka tartibdagi tarbiyaviy ishni o’tkazayotgan har bir komandir (boshliq) eng
avvalo
harbiy
xizmatchi
shaxsining
xususiyatlarini,
uning
sodir
etgan
huquqbuzarlikka
munosabati, oilaviy ahvoli, u qaysi xizmat vazifasini bajarishini
hisobga olib tashkil etishi shart, chunki “odamlarni huquqiy jihatdan tarbiyalash,
ularning huquqiy madaniyatini oshirish, kerak bo’lsa, umumiy madaniyatini o’stirish
- bu albatta kerak. O’quv yurtlarida, tashkilotlarda, yoshmi, qarimi - aholining barcha
qatlamlari o’rtasida bu ishni uzluksiz olib borish muhim.
Harbiy xizmatchilar orasida tashkil etiladigan huquqiy tarbiya qonunlar bilan bir
qatorda umumharbiy nizom talablariga ham to’liq asoslangan
holda olib borilishi
lozim. Chunki, qonunlarni o’rganish harbiy xizmatchining umumhuquqiy
madaniyatini shakllantirishga xizmat qilsa, umumharbiy nizom talablarini amalda
tadbiq etish orqali joylardagi harbiy qism va bo’limlarda namunaviy jangovar
xizmatni
tashkil etish, qorovul va ichki xizmatlarni talab darajasida bo’lishini
211
ta’minlash, harbiy xizmatchilarning harbiy va g’oyaviy tayyorgarligini samarali
tarzda olib borish, jangovar texnika va qurol-aslahalarga to’g’ri munosabatda bo’lib,
ularni ko’z qorachig’iday asrash, kun tartibiga rioya qilish, o’quv rejalari va
dasturlarini o’zlashtirish, shaxsiy tarkibning dam olishi, hordiq chiqarishi va bo’sh
vaqtlarni mazmunli o’tkazilishini ta’minlash, harbiy intizomga
va jangovor shaylik
talablariga rioya qilishga o’rgatadi.
Boshqa tomondan umumharbiy nizom “talablarining bajarilishi harbiy
xizmatchilarda ma’sullik, mustaqillik, saranjomlik va halollik tuyg’usini
rivojlantiradi. O’zaro bir-birini tushunish, hayrxohlik va bir-biriga yordam berishga
tayyorgarlik jangovor o’rtoqlik mustahkamlanishiga
va askariy jamoalarning
jipslashuviga olib keladi, nafaqat kundalik faoliyatda topshiriqlarni bajarishga,
qolaversa, jangovor vaziyatda og’ir sinovlarga bardosh berishga imkoniyat yaratadi”
[5, 6-7 b.].
Xulosa sifatida ta’kidlash joizki, harbiy xizmatchilarni Vatanga muhabbat va
sadoqat ruhida tarbiyalash, ularning ongiga milliy va
umuminsoniy qadriyatlarni
singdirish harbiy tuzilmalar va harbiy bilim o’quv yurtlarida olib boriladigan
tarbiyaviy ishlarning, jumladan huquqiy tarbiyaning ham asosiy yo’nalishlaridan biri
bo’lishi kerak. Ana shundagina biz har tomonlama yetuk, jismonan sog’lom,
ma’naviy jihatdan boy, zamonaviy bilimlarga ega,
qonun va umumharbiy nizom
talablariga qat’iy roiya qiladigan, jangovar shay va hushyor, Vatan uchun jonini fido
qilishga tayyor bo’lgan harbiy kadrlarga ega bo’lamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: