O’zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti


YOSHLARNI VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYALASHDA “TEMUR



Download 3,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet103/207
Sana28.05.2022
Hajmi3,29 Mb.
#613584
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   207
Bog'liq
Конференция Vatanparvarlik 29.01.2019

 
YOSHLARNI VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYALASHDA “TEMUR 
TUZUKLARI” ASARIDA SOHIBQIRON HAZRATLARINING SHAXSIY 
MARDLIK NAMUNALARI TAHLILI VA UNING AHAMIYATI
66
 
Yoshlarni Vatanga sadoqat bilan xizmat qilish, Vatanimizda amalga 
oshirilayotgan islohotlarga daxldorlik hissi ruhida tarbiyalash bugungi kunimizning 
dolzarb mavzusidir. 
Bu borada buyuk ajdodlarimizning davlat boshqaruvi, iqtisodiy, ijtimoiy va 
harbiy sohalarda yuz bergan turli xil murakkab vaziyatlarda o’zlarini qanday 
tutganliklari yuzasidan ko’nikmalarini anglash, buyuk ajdodlarimizning ushbu turli 
murakab vaziyatlardagi shaxsiy mardlik namunalarini bilishi yoshlarimizda mental 
jihatdan tub ildizlardan kelib chiqadigan xulq-atvor modellarini shakllantirish 
imkonini beradi. 
Bu borada Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev tomonidan 2018 yil dekabr oyida 
butun respublika miqyosida bo’lib o’tgan dala o’quv mashg’ulotlariga bag’ishlab 
Chirchiq shahridagi xavfsizlik kengashining yig’ilishida ta’kidlaganlaridek, biz 
buyuk ajdodlarimiz bilan faxrlanamiz, lekin ularning asarlaridagi g’oyalarni 
chuqurroq bilamizmi, deb savol qo’ygandilar va bundan buyon har bir askar harbiy 
qasamyod qabul qilishdan oldin O’zbekiston tarixi va “Temur tuzuklari” kabi 
asarlarni chuqur bilishlari lozimligi ta’kidlandi. 
Ushbu vazifalardan kelib chiqib, Amir Sohibqiron hazratlarining bevosita 
“Temur tuzuklari” asari bo’yicha murakkab vaziyatlarda qanday yo’l tutganliklarini 
tahlil qilish jarayonida quyidagi mardlik namunalarini andoza etib ko’rsatishimiz 
mumkin. 
Amir Sohibqiron hazratlarining “Temur tuzuklari” asaridagi, fikrlariga 
muvofiq, davlat boshqaruvi, iqtisodiy, ijtimoiy va harbiy sohalarda yuz berayotgan
66
 
Primov M.N. – 
falsafa fanlari nomzodi,
 
O’zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi, Harbiy-texnik instituti



243 
turli xil murakkab vaziyatlardagi muammolarni avvalo tahlil, so’ngra esa hal etishda, 
avvalo o’zlariga uchta dono pirlarini maslahatchi etib belgilab olganliklarini 
ko’rishimiz mumkin. Ma’lumki, Sohibqiron hazratlarining dono pirlari Shamsiddin 
Kulol, Sayyid Baraka, Zayniddin Toyobodiylar saltanat boshqaruvida juda muhim rol 
o’ynashgan. Sohibqiron hazratlarini butun hayoti davomida dono pirlarini umr bo’yi 
avaylab-asraganliklarini, doimo ularning oqilona va beg’araz maslahatlarini 
eshitganliklarini, janglarda zafar qozongan vaqtlarida doimo ularga sovg’a-salomlar 
jo’natganliklarini va ularni vafot etganlaridan so’ng ham e’zozlaganliklarini 
ko’rishimiz mumkin. Ya’ni, ushbu uch pirlarining eng hurmatlilaridan biri bo’lgan 
Sayyid Barakani o’z oilaviy sag’analariga dafn ettirib, o’zlarining qabrlarini 
pirlarining oyoq uchlaridan keyin qo’ydirganliklarini ko’rishimiz mumkin. Mana, 
bizlarning yoshlarimizga shaxsiy namuna andozasi sifatida o’rnak bo’ladigan Amir 
Sohibqiron ma’naviyatidagi mardlik, sadoqat va buyuk hurmat namunalari.
“Temur tuzuklari” asarini tahlil etish jarayonida ko’rishimiz mum-kinki, davlat 
boshqaruvi, iqtisodiy, ijtimoiy va harbiy sohalarda yuz berayotgan turli xil murakkab 
vaziyatlardagi muammolarni tahlil etish va hal etishga doir qaror qabul qilish 
jarayonida dono pirlari tomonidan taklif etilgan quyidagi to’rtta tamoyil doimo asos 
etib olinadi va ushbu tamoyillar quyidagilardir, birinchidan – kengash, ikkinchidan – 
mashvarat, uchinchidan – mulohazakorlik bilan qat’iy qaror chiqarish, to’rtinchidan – 
ehtiyotkorlikdir. 
Bundan tashqari Sohibqiron hazratlari tomonidan, davlat boshqaruvi, iqtisodiy, 
ijtimoiy va harbiy sohalarda yuz berayotgan turli xil murakkab vaziyatlardagi
muammolarni tahlil etish va hal etish bo’yicha qaror qabul qilishda yana quyidagi 
ikki tamoyilga ham, jiddiy e’tibor qaratiladi, bu tamoyillar, birinchidan, sabr-
toqatlilik, ikkinchidan, bag’rikenglikdir. Sohibqiron siyosatida yana bir jihatni 
ko’rishimiz mumkinki, o’zlari aytganlaridek, saltanatda yuz berayotgan turli xil 
murakkab vaziyatlardagi muammolarni hal etishdagi ishlarining o’ndan to’qqiz 
ulushini kengash, mashvarat va tadbir vositasi bilan, qolgan bir ulushinigina esa 
qilich vositasida hal etgan.


244 
Hayotiy tajribalaridan kelib chiqib, xulosa qiladilarkim, azmi qat’iy, tadbirkor, 
hushyor, jang ko’rgan, mard, shijoatli kishilar harbiy sharoitlarda har qanday 
narsadan va har qanday boylikdan ustundir. Sohibqiron, o’z armiyasining metin 
o’zagini ham aynan shunday mard kishilardan iborat bo’lgan uch yuz o’n uch nafar 
bahodirlardan (o’nboshi, ellikboshi, yuzboshi, mingboshi va amirlar) bunyod etadi va 
bu uch yuz o’n uch nafar bahodirlar murakkab harbiy vaziyatlarda go’yoki bir butun 
organizmdek ishlaydilar va bu Amir Sohibqiron armiyasining har qanday qiyin 
jangovor vaziyatlarda umuman yengilmasligini ta’minlaydi. 
Sohibqiron hazratlari, maslahatchilar va kengash ahli yig’ilganda,
rejalashtirayotgan ishlarning yaxshi-yomon, foyda-yu ziyon tomonlari, ularni amalga 
oshirish, oshirmaslik haqida so’z ochib, ulardan fikr so’raydilar. So’zlarini eshitgach, 
ishning har ikki tomonini mushohada qilib, foyda-ziyonlarini ko’nglidan kechiradilar, 
ayniqsa ularning xatarli tomonlariga ko’proq e’tibor nazari bilan qaraydilar, 
fikrlaricha, “qaysi bir ishda ikki xatar mavjud bo’lsa, uni bajarishdan voz kechib va 
bir xatarlik ishni ixtiyor etganlar”.

Bir ishga kirishmay turib, undan chiqish yo’llarini o’ylab qo’yar edim, deb 


ta’kidlaydilar. Ishni to’g’ri tadbir, qat’iy jazm, sabr-chidam ko’rsatib, ehtiyotkorlik 
bilan uzog’ini o’ylab, ortini esdan chiqarmagan holda oxiriga yetkazardim, deb 
ko’rsatadilar. 
Amir Sohibqiron hazratlari o’zlarining “hayot sahnasida” “o’zligi” ni namoyon 
etishlarini 1360 yildan, ya’ni yigirma to’rt yoshidan boshlaydi. 
Mana Amir Temur hazratlarining birinchi tadbiri, sarkardalar Bekkichik, 
Hojibek Arkanut (Mo’g’ulistondagi ko’chmanchi turk qabilalaridan biri), Ulug’ Tug’ 
Temur kerayit (nufuzli turk qavmlaridan biri, o’z vaqtida Chingizxonni qo’llab-
quvvatlashgan) va Jetaning boshqa amirlari, Movaraunnahrni talon-taroj etish 
maqsadida yo’lga otlanishadi va ularni Amir Temur tantanali tarzda qimmatbaho 
sovg’a-salomlar bilan kutib oladi. Ularning ko’zlariga o’xshash ko’ngillari ham tor 
bo’lganidan, sovrun (tansiq mollardan iborat qimmatbaho tortiq) yo’sinida berilgan 
har turli tansiq mollar ko’zlariga ko’p ko’rinadi va Movaraunnaxrni bosib olish, 
talon-taroj qilish niyatdan qaytadilar, hamda Amir Temurga iltifotlar ko’rsatishadi. 


245 
Mana Amir Temurning ikkinchi tadbiri, yuqoridagi voqe’alardan so’ng to’g’ri 
borib, Tug’luq Temurxon bilan ko’rishadi (voqe’a 1360 y. yuz beradi). Xon Amir 
Temurning kelishini yaxshilikka yo’yadi, saltanat ishlarida undan kengash so’raydi. 
Ko’rsatgan barcha kengashlarini to’g’ri deb topadi, hammasini qabul qiladi. 
Aynan shu vaqtda Tug’luq Temurxonning Dashti Qipchoqdagi amirlari isyon 
tug’ini ko’targani haqida xabar olinadi va bundan xon tashvishga tushadi. Amir 
Temur maslahatiga ko’ra Jeta tarafga yo’l oladi. Movaraunnahrni esa Amir Temurga
qoldiradi va bu xususda yorlig’u ahdnoma yozib beradi shu bilan birga Amir 
Qorachor no’yonning Movaraunnahrdagi tumanini ham Sohibqironga topshiradi. 
Shunday qilib, Amir Temur butun Movaraunnahr viloyatiga to Jayhun daryosining 
sohillarigacha cho’zilgan yerlarga hukmron bo’lib qoladi. 
Bu voqe’alardan Amir Temur shunday xulosa qiladi, men tajribamdan shuni 
bildimki yuz ming otliq askar qilolmagan ishni bir to’g’ri tadbir bilan amalga oshirish 
mumkin ekan. 
Ushbu birinchi tadbiri bo’yicha faoliyatini tahlil qilib, quyidagi jihatlarni 
ko’rishimz mumkin, ya’ni hokimiyat uchun kurashning dastlabki boshlanishida Amir 
Sohibqiron tomonidan quyidagi harakatlar taktikasi qo’llaniladi: birinchidan, mo’g’ul 
sarkardalariga sovg’a-salomlar tortiq qilib, Movaraunnahrni mo’g’ullar talon-
tarojidan asrab qoladi; ikkinchidan, vaziyatdan foydalanib zudlik bilan Tug’luq 
Temurxon xizmatiga kiradi va foydali maslahatlari bilan cheksiz ishonchga sazovor 
bo’ladi; uchinchidan, mansab pillapoyalaridan shunday tez va omadli ko’tariladiki, 
bir yilga etmasdan Movaraunnahr hukmdori darajasiga erishadi. 
Tug’luq Temurxon ikkinchi marta (1361 yil) Movaraunnahrga qo’shin tortib 
keladi, Amir Temurni o’z huzuriga chorlab noma jo’natadi. Amir Temur uning 
istiqboliga chiqadi va u bilan ko’rishadi. U o’rtadagi ahdni buzib, Movaraunnahrni 
o’g’li Ilyos Xojaga topshiradi va Amir Temurni unga sipohsolor etib belgilaydi, 
bundan Amir Temur noroziligni yairmaydi, shunda unga bobolari o’rtasida tuzilgan 
ahdni ko’rsatishadi, unga ko’ra agar mo’g’ullar avlodi Movaraunnahrga hukmronlik 
qilsa, Amir Temurlar avlodi ularga sarkarda bo’lishi belgilangan edi va nihoyat 
Sohibqironning rozilikdan o’zga chorasi qolmaydi. 


246 
Movaraunnahrda mo’g’ullarning jabru zulmi ortib boradi. Chunonchi sayiyid va 
sayidzodalardan etmish kishini asir olib band etadilar. Ilyos Xoja davlat va siyosat 
ishlarida layoqatsiz bo’lgani tufayli mo’g’ullarning xalqqa o’tkazayotgan zulmu 
sitamiga barham berishga ojiz qoladi. Bunday voqe’adan g’azablangan Amir Temur 
o’z salobatu haybati bilan mo’g’ullar ustidan g’alaba qozonadi va etmishta mazlum 
sayiyid va sayidzodalarni zolimlar jabridan xolos etadi. 
Bu hodisa Ilyos Xoja amirlari va mo’g’ullarning Amir Temurga nisbatan 
dushmanlik qilishlariga sabab bo’ladi. Ular Tug’luq Temurxonga xat yozib, Amir 
Temur bizga qarshi isyon tug’ini ko’tardi, deydilar. Xon yolg’on gaplarni chin bilib, 
Amir Temurni o’ldirib yo’qotish haqida yorlig’ yuboradi. Bu yorlig’ esa to’g’ri Amir 
Temurning qo’liga tushib qoladi.Undan o’limga hukm qilinganini bilib oladi. 
Bunga qarshi chora ko’rish uchun quyidagi tadbirni ishlatiladi. Barlos ulusining 
bahodir yigitlarini o’z atrofiga to’plab, ularni birlashtiradi. Amir Temurga bo’ysunib 
ko’makdosh bo’lmoqlik uchun rozilik bergan birinchi kishi – Iygu Temur bo’ladi, 
ikkinchi kishi esa Amir Jaku barlos bo’ladi. Bulardan tashqari, boshqa ulus 
bahodirlari ham jonu dillari bilan Amir Temurga bo’ysunmoqqa ahd qiladilar, 
Movaraunnahr aholisining kattayu kichigi Amir Temur bilan birlashadi. Mamlakat
ulamo va mashoyixlari mo’g’ullar toifasini yo’q qilish haqida fatvo yozib beradilar. 
Natijada jangu jadal bayrog’ini ko’tarib, mo’g’ullar ustiga lashkar tortishga qaror 
qiladi. Lekin bir necha razil kishilar bu sirni fosh qilib qo’yishadi. 
O’ylab-o’ylab oxiri Samarqanddan tog’ga ketishga qaror qiladi. Oltmish 
otliqdan boshqa bir kishi ham unga ergashmaydi va tog’da bir haftacha kutib yotadi, 
lekin biron kishi kelib qo’shilmaydi. Shunda, o’ylagan kengashi xato bo’lmaganini 
anglaydi. 
Oxir-oqibatda Xorazmga yo’l oladi, Xiva hokimi - To’kal bahodir mo’g’ullar
amriga binoan ming otliq askar bilan ustiga tashanadi. Bu jangda shunday bahodirlik 
qilib, matonat ko’rsatadiki, Xiva hokimining ming otliq kishisidan ellik kishi, Amir 
Temurning oltmish otliq yigitidan esa o’n kishigina qoladi va bu urushdagi zafarni 
yaxshilik alomati deb biladi. Mo’g’ullar Amir Temurdan cho’chiydigan bo’ladilar. 
Mana yoshlarimiz uchun mardlik namunasi.


247 
Amir Temur faoliyatidagi ikkinchi tadbir tahlili ko’rsatadiki, Sohibqiron 
tomonidan quyidagi taktik harakatlar qo’llaniladi: birinchidan, mo’g’ullar zulmiga 
qarshi kurashda adolatni qaror toptirishga shaxsan jazm etadi; ikkinchidan, 
mo’g’ullarga qarshi kurashda o’z urug’i bahodirlari va el-ulusni birlashtiradi
uchinchidan, sotqinlarga qarshi qahramonlarcha kurash olib boradi va katta obro’ 
qozonadi.

Download 3,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   207




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish