323
davomida birovning ko’liga qarab yashaydi. Demak, jismonan sog’lom avlod
tug’ilishiga erishish va sog’lom avlodni kamol toptirish ijtimoiy himoyaga muhtoj
aholi
qatlamini kesin kamaytirib, o’z navbatida himoyaga muhtojlar uchun yetarli
mablag’lar ajratish uchun asos yaratadi.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 45-moddasiga muvofiq “Voyaga
etmaganlar, mehnatga layoqatsizlar va yolg’iz keksalarning huquqlari davlat
himoyasidadir” [2, 17-b.].
Shuningdek, uning ko’plab boshqa moddalaridagi
normalari ham aholining ijtimoiy himoyasiga oid mazmun bilan sug’orilgan.
Yosh avlod tarbiyasining mamlakat kelajagidagi tutgan o’rni xususida
respublikamizni Birinchi Prezidenti I.A.Karimov shunday ta’kidlagan edi:
“Barchamizga ma’lumki,
har qaysi davlat, har qaysi millat avvalo o’z farzandlari
qiyofasida, unub-o’sib kelayotgan yosh avlod timsolida shu xalqqa xos xususiyat va
fazilatlarni namoyon etadigan, uning azaliy orzu intilishlarini ro’yobga chiqaradigan
buyuk kuchini ko’radi. Biz o’z oldimizga qo’ygan yuksak maqsadlarni, barcha ezgu
niyatlarimizni amalga oshirishda avvalambor milliy va umuminsoniy qadriyatlar
ruhida tarbiya topgan, mamlakatimizni modernizatsiya qilish zamonaviy demokratik
jamiyat qurish yo’lidagi keng ko’lamli va murakkab vazifalarni
hal etishga qodir
bo’lgan yangi avlod kadrlarni tayyorlash masalasini muhim printsipial va hal qiluvchi
darajaga ko’tarish
hammamizga yaxshi ayon” [3, 291-b.].
Yoshlar jamiyatimizdagi eng qudratli kuch ekanligini va bu kuchdan jamiyat
taraqqiyoti yo’lida unumli foydalanish haqidagina emas,
balki kelajagi haqida
o’ylash, yoshlarimizning zamonaviy bilimlar bilan qurollangan ma’naviy jihatdan
sog’lom bo’lib kamol topishlari haqida g’amxo’rlik qilish nechog’lik muhim
ekanligini so’zsiz isbotlaydi.
O’zbekistonning
hozirgi davri, bundan keyingi taraqqiyoti va istiqboli hamda
mustaqilligining ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, huquqiy, madaniy va ma’naviy-ma’rifiy
zaminlarini yaratish va mustahkamlash uchun birinchi navbatta yoshlarni ijtimoiy
jihatdan himoyalashga e’tibor qaratish hozirgi kun talabidir. Chunki, ertangi kunimiz,
yurtimizning ertangi takdiri shu yoshlar qo’lida. Bu albatta xalqimiz va jamiyatimiz
manfaatlariga mos bo’lib, yoshlarda Vatan va jamiyat shu yurt, shu xalq, shu zamin
324
uchun foydali bo’lish singari yangi olijanob g’oyani
shakllantirishdek dolzarb
vazifani amalga oshirish bilan chambarchas bog’liq.
Adabiyotlar
1. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga
Murojaatnomasi. - XXI asr gazetasi. Toshkent, 2018. 29 dekabr, № 52. B. 3.
2. O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. – T.: O’zbekiston, 2018.– 17 b.
3. Karimov I.A. Biz kelajagimizni o’z qo’limiz bilan quramiz. – T.:
O’zbekiston, 1999. – 291 b.
Do'stlaringiz bilan baham: