-
o’quvchilar rivojlantirishga qaratilgan o’z-o’zini axloqiy takomillashtirish
vazifalarini ongli ravishda o’z oldiga qo’yishlari;
-
ta’lim-tarbiya jarayonida o’quvchilarning tayanch (ijtimoiy faol fuqarolik,
shaxs sifatida o’zini rivojlantirish, umummadaniy, axborotlar bilan ishlash kabi)
kompetentsiyalarini takomillashtirishga erishish;
-
o’quvchilarning ma’naviy madaniyatini takomillashtirishda uzluksizlik,
uzviylik, izchillik va tizimlilikni ta’minlash;
-
pedagogik ta’sir ilgarilab borish tavsifiga ega bo’lishi, o’zida yangi, biroq
hozirgacha shaxsiy tajribada sinovdan o’tganlarni aks ettirishi kerak.
Adabiyotlar
1.
Ma’naviyat: asosiy tushunchalar izohli lug’ati G’G’ tuzuvchi va mas’ul
muharrir Q.Nazarov. – T.: G’afur G’ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi,
2010. – 458b.
2.
Musurmonova O., Baubekova G. O’zbek xalq pedagogikasi. – T.: Abdulla
Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti, 2000. – 254b.
3.
Egamberdiyeva N. Ijtimoiy pedagogika. – T.: Alisher Navoiy nomidagi
O’zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti, 2009. – 356b.
4.
Quronov M. Bolam baxtli bo’lsin, desangiz (Ota-onalar uchun). – T.:
Ma’naviyat, 2013. – 370b.
VATANPARVARLIK RUHIDA
MAKTABGACHA TA`LIM TIZIMI
TARBIYALANUVCHILARINI
SHAKLLANTIRISH MASALALARI
86
Bugungi rivojlanib ijtimoiy iqtisodiy hayot faoliyatimizda kundan-kunga
vatanparvarlik, fidoyilik, mehr-muhabbat kabi shaxs belgilarini namoyon etuvchi
86
G’ofurjonova Tursinoy Nodirbek qizi
- Andijon davlat unversiteti
319
fazilatlarni o’sib kelayotgan avlodlarimizda tarkib toptirish, shakllantirish va
rivojlantirish masalasi har qaysi davrdan ko’ra dolzarb va bosh masala hisoblanadi.
Maktabgacha ta’lim tizimini tubdan isloh qilish va takomillashtirish,
maktabgacha ta’lim muassasalarini davlat tomonidan boshqarishning samarali
tizimini yaratish hamda uning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash maqsadida
qabul qilingan chora-tadbirlar natijasida Maktabgacha ta’lim vazirligi va uning
joylardagi hududiy bo’linmalari tashkil qilindi. 2017-2021-yillarda maktabgacha
ta’lim tizimini yanada takomillashtirish bo’yicha dastur tasdiqlanib, uning doirasida
maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatini tizimli tashkillashtirish, qurish,
rekonstruksiya qilish va ta’mirlash borasidagi ishlar ham boshlab yuborildi. Sohada
olib borilayotgan islohatlar zamirida yosh avlodga bolalik chog’idanoq milliy g’oya
ruhida yuksak axloqiy fazilatlarni singdirib boorish, Vatanga sadoqatli farzand
sifatida tarbiyalashni ham o’z ichiga olganligi shubhasiz. Bolalarda vatanparvarlik
hissini shakllantirish uchun ularda avvalo, oilasiga, do’stlariga, o’z uyiga nisbatan
mehr-muhabbat tuyg’usini uyg’otish lozim. Buni bolalarga turli tarbiyaviy o’yinlar,
hikoya va ertaklar aytish yo’li bilan tushintirib borish, ularga Vatan mavzusida
she’rlar yod oldirish, davlatimiz ramzlari bo’lgan bayroq, gerb, madhiya bilan
tanishtirish orqali asta-sekin Vatanni sevish, uni asrash kabi tushunchalar singdirib
boriladi. Buning uchun albatta maktabgacha ta’lim muassasalaridagi mutaxasis
tarbiyachilarning o’rni, vazifalarini hisobga olib ularni malakalarini oshirish ham
nihoyatda muhimdir.
O’sib kelayotgan yosh avlodda insonparvarlik, Vatanga bo’lgan fidoyilikni
faqatgina maktabgacha ta’lim muassasalarida emas, balki ta’lim tizimining barcha
bo’g’inlarida targ’ibot va tashviqot ishlarini olib borish, yoshlarda yuksak ma’naviy
axloqiy tarbiyani shakllantirish muhim. Bu esa o’z navbatida mahoratli
pedagoglarning oldida turgan vazifalardan biri. Ta’lim muassasalaridagi ta’lim-
tarbiya ishlari albatta shaxs, jamiyat va davlatimiz manfaatlarini ko’zlagan holda
amalga oshiriladi.
320
O’zbekiston o’zining buyuk kelajagini bilimli, aqlli, mehnatsevar, ma’naviyati
yuksak, jasur va vatanparvar yosh avlod timsolida ko’radi. Bunday har tomonlama
barkamol avlodni o`stirib voyaga yetkazish davlatning ustuvor vazifalaridan sanaladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |