Saliyeva Zuxra Taxirovna
pedagogika fanlari doktori, dotsent,
Rafikdjanova R.A. –
Toshkent davlat
pedagogika universiteti
315
mafkuraviy tamoyillar ahamiyatining oshib borishi; mafkuraviy jarayonlarning
globallashuvi va shu kabilar. Bunday keskin vaziyatlarda yosh avlodning ma’naviy
qiyofasini shakllantirish, insoniy fazilatlarini kamol toptirish yanada dolzarb
ahamiyat kasb etadi. Yoshlarning ma’naviy madaniyatini rivojlantirishda milliy
fazilatlar ham muhim o’rin tutadi.
Jumladan, milliy iftixor tuyg’usi milliy mansublikni ifoda etishga xizmat
qiladi. Manbalarda milliy tuyg’u, milliy mansublik milliy o’z-o’zini anglashdan hosil
bo’lishi, uning negizida o’z millati, an’analari, urf-odatlari, madaniyati, turmush tarzi,
milliy-ma’naviy qadriyatlarga mustahkam bog’langanlik aks etishi, umumiy
maydonga egalik qiladigan, bir xil hayot kechiradigan, bir tilda so’zlashadigan
insonlarning etnik birligi negizida shakllanishiga urg’u beriladi.
Milliy iftixor tuyg’usining shakllanishiga asos bo’luvchi omil milliy o’z-o’zini
anglashdir. Milliy o’z-o’zini anglash millatning rivojlanish va taraqqiyot tarixini
yaxshi bilish, taraqqiyotning turli bosqichlarida erishilgan yutuq va muvaffaqiyatlar
asosini to’g’ri talqin eta olish, milliy qadriyatlar mohiyatini anglay olish, ijobiy
milliy-mental xususiyatlar to’g’risidagi ma’lumotlarga ega bo’lish, salbiy xislatlar
(masalan, mustaqil fikrga ega bo’lmaslik, ota-ona yoki yaqinlarga tobe bo’lib
yashash, o’ta andishalilik, qat’iyatning etishmasligi)ni ko’ra olish, milliy
madaniyatning jahon tsivilizatsiyasidagi o’rnini yetarli darajada baholash, Vatan
taqdiri uchun befarq bo’lmaslik, uning istiqboli uchun kurashish demakdir.
Mehnatsevarlik
–
o’qish-o’rganish, ijtimoiy foydali mehnat, hunar egallashga
qiziqish, an’anaviy xalq amaliy san’ati (yog’och o’ymakorligi, ganch, zargarlik) bilan
shug’ullanish istagi, mehnat faoliyatiga moyillik, mehnat kishilariga hurmatda
bo’lish, uning sifati va miqdoriga befarq bo’lmaslik, jamiyat manfaatlariga ongli
munosabat, halollik, intilish, sa’y-harakat.
Mehnat tarbiyasi
–
yoshlarda mehnatsevarlik, mehnat kishilariga hurmatni
shakllantirish, mehnatga doir ko’nikma va malakalarni tarkib toptirish [2]. Mehnat
tarbiyasining eng muhim tomoni yoshlarning zamonaviy ishlab chiqarish asoslariga
doir bilimlarni o’zlashtirishi, mehnat vositalari hamda mexanizmlar bilan ishlash
ko’nikma va malakalarini shakllantirish sanaladi. Bu kasbga yo’naltirish ishlarini
316
asosli olib borish imkonini beradi. Yoshlarda mehnat tarbiyasining asosi – ta’lim
muassasasida va uydagi o’quv mashg’ulotlari, ularning ijtimoiy foydali mehnati
hamda o’z-o’ziga xizmat ko’rsatish bo’yicha mehnatining rang-barang turlari
sanaladi.
Inson ma’naviy rivojida tolerantlik fazilati ham o’ziga xos ahamiyat kasb etadi.
Tolerantlik (lot.tolerantia – chidam, sabr-toqat), bag’rikenglik – o’zgalarning turmush
tarzi, xulq-atvori, odatlari, his-tuyg’ulari, fikr-mulohazalari, g’oyalari va e’tiqodlariga
nisbatan toqatli, chidamli bo’lish [1]. Bu bir-biriga o’xshamagan odamlarning birga
ahillikda yashashidir. Biror-bir insonda yoki biror-bir begona madaniyatda bizga
nimadir yoqmasligi mumkin, biroq o’zgalarning huquq va manfaatlariga ziyon
yetkazmasa, joriy qonunlarni buzmasa ularning mavjudligi va rivojlanishini tan
olishimiz kerak. Ya’ni tolerantlik bu o’zgalarning fikri, qarashlari va xatti-harakatiga
passiv, tabiiy ravishda buysunishni anglatmaydi. Balki alohida odamlar, turli
guruhlar, xalqlar, ijtimoiy guruhlar o’rtasida bir-birini tushunish, ijobiy hamkorlik
yo’lidagi faol axloqiy nuqtai nazar va psixologik hamkorlikni anglatadi.
Tolerantlik fazilati muhim ijtimoiy ko’rsatkichlarga ega bo’lib, ularga
quyidagilarni kiritish mumkin: tenghuquqlilik (millati, tili, dini, jinsi, irqiy kelib
chiqishidan qat’iy nazar barcha odamlar bir xil huquqqa egadirlar); jamiyatning
siyosiy hayotida ishtirok etish uchun imkoniyatlarning tengligi; umumbashariy
muammolarni hal etishda barcha xalqlar, davlatlar, odamlarning o’zaro hamkorligi;
jamiyatning turli qatlam vakillariga o’zaro hurmat va oliyjanoblik; barcha xalqlarning
o’z tili, madaniyati, urf-odatlariga amal qilish imkoniyati; jamiyatning boshqa a’zolari
huquq va erkinliklariga xalaqit bermaydigan sharoitdagi e’tiqod erkinligi.
Ma’naviy madaniyat takomilida vatanparvarlik fazilati ham muhim o’ringa
ega. Vatanparvarlik uzluksiz, tizimli tarzda samarali tashkil etiluvchi pedagogik
faoliyat natijasi, shuningdek, vatanparvar shaxs faoliyatining sifat ko’pcatkichidip.
Vatanparvarlik muayyan tarixiy-ob’ektiv sharoitda goh yashirin, goh oshkora
(xususan vatan ozodligi yo’lida qypbon bo’lish, xalqapo maydonda mamlakat sha’ni,
obpo’-e’tiborini ko’tapish, yurt tapaqqiyoti yo’lida mehnat qilish va hokazolap)
tarzda namoyon bo’ladi. Vatanparvarlik tushunchasi ham mantiqiy, ham gnecologik
317
nyqtai nazapdan shaxsning Vatan hamda yning mavjudligiga nicbatan qadriyatli
yondashyvi mazmynida o’z ifodasini topadi.
Vatanparvar shaxs qiyofasida quyidagi sifatlar namoyon bo’ladi: Vatanga
bo’lgan mehr-muhabbat, unga sadoqat; o’zi mansub bo’lgan millat o’tmishi, urf-
odatlari, an’analari va qadriyatlariga sodiqlik; Vatan va millat tarixidan g’ururlanish;
yurtning moddiy, shuningdek, millat tomonidan yaratilgan ma’naviy boyliklarini
asrash, ularni ko’paytirish borasida g’amxo’rlik qilish; Vatan ravnaqi va millat
taraqqiyoti yo’lida mehnat qilish; Vatan ozodligi va millat erkiga qilinayotgan har
qanday tahdidga qarshi kurashish; Vatan va millat obro’i, sha’ni, or-nomusini himoya
qilish; Vatan ravnaqi va millat taraqqiyotiga nisbatan ishonchga ega bo’lishi [3].
Psixologik munosabatlarning barcha o’ziga xosliklarini qamrab olgan holda,
vatanparvarlik tuyg’usi o’zida kognitiv (bilishga oid), emotsional va xulq-atvor
ko’nikmalarini aks ettirishi aniqlandi. Kognitiv (bilishga oid) tarkibiy qism
talabalarning o’z Vatani, tug’ilib o’sgan joyi tarixi va madaniyati; yurtdoshlarining
qahramonliklari; olimlarning, madaniyat arboblarining yutuqlari; zamonaviy
sharoitda erishilgan natijalar haqidagi bilimlaridan tashkil topadi. Emotsional tarkibiy
qism Vatan tushunchasiga xos barcha narsalarni idrok etish bilan bog’liq hissiyotlar
tizimi bilan tavsiflanadi va aks ettirilayotgan ob’ekt bilan bog’liqlikda quyidagi his-
tuyg’ularni hosil qiladi: estetik his-tuyg’ular – Ona vatan go’zalliklaridan bahramand
bo’lish; lirik his-tuyg’ular – “qondoshlik, yaqinlik hissi” – Vatanning bir parchasi
ekanligini his etish; gnostik his-tuyg’ular – Vatani va o’zi tug’ilib o’sgan yurt tarixi,
an’analari va marosimlari bilan tanishish natijasida yuzaga keladi; jamg’arilgan his-
tuyg’ular – mamlakatimizdagi tabiat va inson resurslariga doir tasavvurlar bilan
bog’liqlikda namoyon bo’ladi.
Xullas, yoshlarning ma’naviy madaniyatini kamol toptirishda milliy-axloqiy
(milliy iftixor, tolerantlik, mehnatsevarlik, vatanparvalik, fidoyilik, oliyjanoblik,
insonparvarlik kabi) fazilatlarni shakllantirish jarayonining pedagogik maqsadlari
uning ijtimoiy maqsadlari, ijtimoiy mohiyati va ijtimoiy funktsiyalaridan kelib
chiqadi. Ular, birinchidan, o’quvchilarning milliy-axloqiy ko’rinishlar va tegishli
faoliyat usullarini amaliy tatbiq etish ko’nikma va malakalarini egallashini
318
ta’minlash; ikkinchidan, shu asosda o’rganilayotgan sifatning yuqori darajasini
shakllantirishdan iborat. Bu maqsadlarga quyidagi pedagogik shartlar [4]
bajarilganidagina erishish mumkin:
-
o’quvchilarni zarur sifatning yo’naltirilgan rivojlanishiga olib keladigan
axloqiy mazmun bilan boyitilgan real hayotiy vaziyatlarga kiritish;
Do'stlaringiz bilan baham: |