Muxammadiyeva Xadicha Karomatovna
- Toshkent viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va
ularning malakasini oshirish instituti
327
jamoatchilik, mahalla, o’quv maskani va ota-onalar hamkorligiga asoslangan
profilaktik tadbirlargina voyaga etmaganlar orasida turli huquqbuzarliklar va
jinoyatlarning oldini olishga zamin yaratadi.
Voyaga yetmaganlar orasida jinoyatchilik va huquqbuzarlikka moyil
o’quvchilar uchun mo’ljallangan profilaktik tadbirlarda shaxsning tafakkuri, ongi,
hissiyoti, irodasi, qarashlari e’tibordan chetda qolishiga yo’l qo’yib bo’lmaydi.
Voyaga yetmaganlarga estetik tarbiya berishda folklorning o’rni va ahamiyati
katta bo’lsa, xalq an’anaviy sporti - farzandlar jismoniy baquvvatliligi va
yetukligining garovidir. Xalq pedagogikasining ekologik tarbiya berishdagi
imkoniyati ham kengdir. Atrof-muhit va tabiatni e’zozlash, hayvonlar, qushlar, dov-
daraxt, o’simliklar, yer, suv, borliqqa munosabatni ifodalovchi qarashlar ekologik
tarbiya berishga qaratilgandir. Turli udumlar, rasm-rusm, marosimlar, tabiat
bayramlari, «Navro’z», «Mehrjon», «Hayit bayrami», bolani beshikka solish, sunnat
qilinishi, uylanish, payg’ambar yoshi, oltin va kumush to’ylar, turli yubileylar,
odatlar, udumlar va marosimlarning ta’lim-tarbiyaviy ahamiyati ham juda kattadir.
Turli qo’shiqlar orqali go’zallik, orzu-umid va boshqalar tarannum etilib,
insonda cheksiz muhabbatni tarkib toptiradi. Ertaklar orqali yaxshilikka mehr,
yovuzlikka nafrat tarbiyalanadi. Yoshlarimizni har tomonlama yetuk insonlar qilib
tarbiyalashimizda ayniqsa, qahramonlik dostonlarining ahamiyati ham kattadir.
Tez aytishlar - nutqni o’stirishga, topishmoqlar - topqirlik, zehnni tarbiyalashga,
maqollar-odob- axloq tarbiyasiga, qo’shiqlar- nafosat tarbiyasiga, doston va ertaklar
aqliy, axloqiy, jismoniy va umuman har tomonlama tarbiyasiga ijobiy ta’sir
ko’rsatadi.
Jamiyat tomonidan qabul qilingan xatti-harakatlar, qoidalar va me’yorlardan
chekingan o’smirlarni deviant xulqlilar deb atashadi. Deviant xatti — harakat — bu
psixik sog’lom shaxslar tomonidan me’yoriy qoidalarni buzish xollaridir. Deviatsiya
— bu ijtimoiy-pedagogik muammo bo’lib, inson ruxiy olamidagi, uning atrofidagi
muhitning o’zgarish xollari bilan bog’liq. Bu xol, ayniqsa, o’smir va ilk o’spirin
yoshdagilarga xosdir. Chunki bu yoshdagi shaxslarda anatomo-fiziologik,
intellektual, axloqiy va boshqa jihatlarida o’zgarishlar ruy beradi. Bu o’zgarishlar, o’z
328
navbatida, yoshlar psixikasidagi anomallik holatini keltirishga zamin yaratishi
mumkin. Tarbiyasi “qiyin” o’smir va o’spirinlar - kichik ijtimoiy munosabatlar (oila,
maktab, litsey, kasb-hunar kollejlari)hamda xarakter, jinsiy va yosh xususiyatlari
jihatidan yaqin kichik ijtimoiy guruhlarga xos ijtimoiy me’yorlardan, xatti-xarakatlar
va qoidalardan chekinishi natijasida ularning bu turdagi harakatini intizomsizlik, deb
ham qaraladi. Tarbiyasi “qiyin” ilk o’spirin yoshdagilarning ba’zi holatlarda
agressiyaga moyilligi, o’qishda va boshqa faoliyatida o’zboshimchalikka yo’l
qo’yishi, ichkilikka, assotsial harakatlarga berilishi kuzatiladi. Ma’lum vaziyatlarda
o’smir va o’spirinlarning shu kabi xatti — harakatlarini namoyon etishi deviant
harakatlarning tipik xususiyatidir.
Psixolog olim E.G’oziyev fikricha, voyaga yetmagan o’quvchining o’zgarishlari
shaxslararo munosabatlardagi mavqeini yanada mustahkamlashning muhim omili
hisoblanadi.
Voyaga yetmagan 14-17 yoshli o’quvchilarning o’zlarini anglashlari turmush,
o’qish, ijtimoiy mehnat va sport faoliyatlarida namoyon bo’ladi. Umumiy o’rta
maktablardagi odatlanilmagan vaziyatlarning shaxslararo munosabat va muloqot
ko’lami endilikda kengayadi. Bu hol yosh yigit-qizlarning axloqiy, aqliy, irodaviy,
his-tuyg’ularining xususiyatlarini oqilona baholash, qo’yilayotgan talablarga javob
tariqasida yondashishni jadallashtiradi.
14-16, 17-18-yoshli yigit-qizlarning o’zini anglashga aloqador xususiyatlari
mavjud. Ular o’zlarining yutuq va kamchiliklarini, kuchli va zaif jihatlarini, ijobiy va
salbiy qiliqlarini aniqroq baholash imkoniyatiga egadirlar. Ularda shaxsiy
fazilatlarini, xulq-atvorini, aqliy va jismoniy mehnat faoliyatini tahlil qilish, qiyosiy
baholash mayli kuchayadi. Shuni ta’kidlash lozimki, ayrim hollarda o’spirinlar o’z
ma’naviyati va ruhiyatini baholashda kamchiliklarga yo’l qo’yishadi. Pedagogik
tashxislash natijalaridan shu narsa aniqlandiki, ular o’z xususiyatlariga ortiqcha baho
berib, kibrlanish, maqtanchoqlik, manmanlik kabi illatlarga duchor bo’ladi va guruh
pedagoglar
jamosiga
noadekvat(g’ayritabiiy)
munosabatni
namoyon
etadi.
Shuningdek, ayrim yigit qizlar aksincha o’z shaxsiy fazilatlarini, aqliy qobiliyatlarini
past baholaydilar va o’zlarini o’ta kamtarona tutishga intilib, o’z iste’dodini,
329
qobiliyatini to’laroq namoyon qilishdan mahrumdir. Bu esa ularning ijtimoiy hayotda
faol ishtirok etish imkoniyatini to’liq namoyon etishga to’siqlik qiladi.
Shunday qilib, voyaga yetmaganlar orasida jinoyatchilik va huququbuzarlikning
kelib chiqishining bir qator sabablari mavjud. Mana shu sabablarni o’rganib, ularni
bartaraf etish pedagog va psixologlar, keng jamoatchilik, huquq tartibot organ
hodimlari oldida turgan dolzarb masalalardan biridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |