Chizmachilik
1. Chiqarilgan kesin … joylashtiriladi.
A) detal tasvirining konturida B) to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rinishlarda
C) chizma maydoninig biror joyida D) detal tasvirining konturidan tashqarida
2. Ustiga chizilgan kesim … joylashtiriladi.
A) detal tasvirining konturida B) detal tasvirining ustida
C) chizma maydoninig biror joyida D) burilgan holda
3. Qaysi chizmada kesim yuzini dimetrik proyeksiyada shtrixlash to‘g‘ri bajarilgan?
4. Kesim yuzasi qanday ajratiladi?
A) shtrix chiziq bilan B) shtrix-punktir chiziq bilan
C) yo‘g‘on chiziq bilan D) to‘lqinsimon chiziq bilan
5. Agar jism simmetrik bo‘lsa, u holda kesim chizig‘i …
A) harf bilan ko‘rsatiladi B) ko‘rsatilmaydi
C) harf bilan belgilanadi D) strelka bilan belgilanadi
6. Qaysi hizmada konusni tekislik bilan kesilganda uchburchak hosil bo‘ladi?
7. Izometrik proyeksiyada frontal va profil proyeksiyalar tekisliklariga parallal bo‘lgan kesimlar yuzasi gorizontal chiziqqa nisbatan … burchak ostida shtrixlanadi.
A) 30° B) 60° C) 45° D) 90°
8. Detalga qanday o‘lchami qo‘yilgan?
A) Diametr
B) Radius
C) Burchak
D) Gabarit
9. A (x=10, y=0, z=0), B (x=30, y=0, z=30) to‘g‘ri chiziq kesmasining fazodagi vaziyatini aniqlang.
A) H ga parallel B) V da joylashgan
C) W ga perpendikulyar D) V da joylashgan
10. Qanday biriktirish detali tasvirlangan?
A) Shpilka B) Shtift
C) Shponka D) Parchinmix
11. Rezbali birikmalarga quyidagilar kiradi: …
1-bolt; 2-shpilka; 3-vint; 4-shayba; 5-gayka; 6-shtifi; 7-shponka
A) 1, 2, 3, 5 B) 1, 3, 6, 7 C) 4, 5, 6, 7 D) 2, 3, 4, 5
12. Ajralmaydigan birikmalarga quyidagilar kiradi: …
1-parchinmixli; 2-shponkali; 3-yelimli; 4-rezbali; 5-payvandli
A) 2, 3, 4 B) 1, 3, 5 C) 1, 2, 4 D) 2, 4, 5
13. Qanday qirqim qo‘llanilgan?
A) Frontal B) Profil
C) Gorizontal D) Mahalliy
14. Detalning ustidan ko‘rinishida … qirqim joylashtiriladi.
A) profil B) markaziy C) frontal D) gorizontal
15. Yig‘ish chizmasida spesifikatsiya … joylashtiriladi.
A) chizma ustiga B) aloxida joyga
C) asosiy yozuvning chapiga D) asosiy yozuvning ustiga
16. Chizmada ichki diametr bo‘yicha rezbani … chiziq bilan tasvirlanadi.
A) shtrix B) yo‘g‘on tutash C) shtrix-punktir D) ingichka tutash
17. Rezba … turlarga bo‘linadi.
A) keng va tor B) yuqori va past C) yo‘g‘on va ingichka D) o‘ng va chap
18. Kesimning shaklini 45° burchak ostidagi … chiziq bilan shtrixlanadi.
A) shtrix-punktir B) asosiy yo‘g‘on tutash
C) ingichka tutash D) tutash to‘lqinsimon
19. A (x=0, y=0, z=0), B (x=0, y=20, z=30) to‘g‘ri chiziq kesmasining fazodagi vaziyatini aniqlang.
A) H ga parallel B) W da joylashgan
C) W da joylashgan D) V ga qiya
20. Asosi ko‘pburchak bilan chegaralangan va uchburchaklardan iborat ko‘pqirrali shakl … deyiladi.
A) konus B) prizma C) shar D) piramida
21. Qaysi bir tasvir berilgan predmetning chapdan ko‘rinishi bo‘lishi mumkin?
22. Boltning kalit tushadigan o‘lchami qayerdan olinadi?
A) Kallak balandligidan B) Sterjen uzunligidan
C) Tashqi chizilgan aylana diametridan D) Rezba uzunligidan
23. Yupqa devorli detallar qirqimda qanday tasvirlanadi?
A) Yupqa devorli B) Shtrixlanmasdan C) Shtrixlanib D) Tasvirlanmaydi
24. Ustiga qo‘yilgan simmetrikmas detallar qanday belgilanadi?
A) Harf va strelka bilan B) Belgilanmaydi
C) Uzuq chiziq va harf bilan D) Uzuq chiziq va strelka bilan
25. A (x=30, y=10, z=0), B (x=10, y=30, z=0) to‘g‘ri chiziq kesmasining fazodagi vaziyatini aniqlang.
A) V ga parallel B) V ga perpendikulyar
C) W ga parallel D) H da joylashgan
26. Parallelepiped tasvirini toping.
27. Qirqimning qaysi turi qo‘llanilgan?
A) Frontal
B) Gorizontal
C) Profil
D) Mahalliy
28. Qaysi chizmada tutashma to‘g‘ri bajarilgan?
29. Tutashmaydigan tekisliklarni … deb ataladi.
A) parallel bo‘lmagan tekisliklar B) perpendikulyar tekisliklar
C) o‘zaro perpendikulyar tekisliklar D) o‘zaro parallel tekisliklar
30. A (x=30, y=0, z=10), B (x=0, y=0, z=30) to‘g‘ri chiziq kesmasining fazodagi vaziyatini aniqlang.
A) H ga parallel B) H da joylashgan
C) W ga parallel D) V da joylashgan
31. Parallel o‘lcham chiziqlari orasidagi masofa ______________________ bo‘lishi kerak.
32. Chizmada aylana markazi bilan uning yoyigacha bo‘lgan oraliq ____ harfi bilan belgilanadi.
33. Konus ikki o‘lcham bilan aniqlanadi: ____________________________.
34. Koordinatalar boshi _______________ hisoblanadi.
35. Aksonometriyada ikkita bir xil koeffisiyentli ko‘rinish __________________ deyiladi.
36. Konusning asosi ___________________ hisoblanadi.
37. Konusni asosiga parallel bo‘lgan tekislik bilan kesilganda __________________ hosil bo’ladi.
38. X va Z koordinata o‘qlari bilan chegaralangan proyeksiya tekisligi ______________ deyiladi.
39. Markaziy proyeksiyalashni ba’zida _______________________ deb yuritiladi.
40. Uchta nuqta orqali _______ aylana o‘tkazish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |