О‘zbekiston respublikasi madaniyat


О‘zbekiston muzeylaridan ba’zilarini keltirib о‘tamiz



Download 0,85 Mb.
bet52/91
Sana23.07.2022
Hajmi0,85 Mb.
#844494
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   91
Bog'liq
madaniyat va sanat sohasi faoliyatini tashkil etish va boshqarish (4)

О‘zbekiston muzeylaridan ba’zilarini keltirib о‘tamiz.


Temuriylar tarixi muzeyi. Olis moziydan bizga qadar yetib kelgan shonli tarixdan ma’lumki, Movarounnahr, Turon,Turkiston nomi bilan mashhur yurtimiz mag‘ribu mashriqni bog‘lagan “Buyuk ipak yо‘li” orqali madaniyat, san’at,
taraqqiyot uchun mustahkam kо‘prik vazifasini о‘tagan.Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning tashabbusi bilan 1993 yilda Yevroosiyoning 27 davlatini birlashtirib, yagona davlat о‘rnatgan buyuk sarkarda Sohibqiron Amir Temur haykali Toshkentda qad kо‘tardi va 1996 yilda Sohibqiron Amir Temur tavalludining 660 yilligiga atab sharq me’morchilik an’analarini о‘zida mukammal aks ettirgan Temuriylar tarixi muzeyi ish boshladi. Temuriylar tarixi muzeyi haqida gap borganda Sohibqironning 660 yillik yubileyi YUNESKO tomonidan xalqaro miqyosda keng nishonlanganligi buyuk sarkarda hayotining mazmuni, betakror hayotiy faoliyatining asosiy ma’no-mazmuni Vatan ozodligi, elu yurtga muhabbat atalgan oliy qadriyatlar timsolini о‘zida jam etgan Toshkent shahridagi eng katta va hamisha ixlosmandlarga tо‘la muzey kо‘z oldimizga keladi.Shu о‘rinda alohida ta’kidlash lozimki, muzeylar bilan birga tarixiy shaxslarning haykallari, monumentlari ham haqiqiy va betakror san’at asarlari sirasida yurtimiz maydonlariga fayz berib turibdi.Chunonchi, Farg‘ona shahrida- Ahmadal- Farg‘oniy, Urganchda – Muhammad Muso Xorazmiy va Jaloliddin Manguberdi, Navoiy shahrida – Alisher Navoiy,Toshkentda G‘afur G‘ulom, Abdulla Qahhor va Zulfiya, Ozod Sharafiddinovlarning muazzam haykallari bilan bir qatorda Termiz shahrida Alpomish, Qarshi shahrida “El yurt tayanchi” kabi monumental san’at asarlari ham muzeylar singari elning taniqli farzandlari, ularning shonli yо‘llarini aks ettiruvchi boqiy san’at asarlaridir.
О‘zbekistondagi muzeylar garchi boshqaruv shakli turlicha bо‘lsa-da, bir maqsad yо‘lida faoliyat olib bormoqdalar. Toshkent shahrida, Qoraqalpog‘istonda va respublikamizning turli mintaqalarida tarix, о‘lkashunoslik, san’at, harbiy, amaliy san’at, adabiyot, teatr, kinomatografiya, qishloq xо‘jalik kabi qator sohalarning ijtimoiy hayotdagi о‘rni haqida hikoya qiluvchi juda kо‘p muzeylar о‘z ixlosmandlariga xizmat qilmoqda.О‘zbekiston Qahramonlari, taniqli akademik olimlar, Xalq shoirlari, el ardoqlagan yozuvchilar, san’at arboblarining uy- muzeylari ham madaniyat va san’at sohasida xizmat kо‘rsatayotgan tashkilotlar sirasiga kiradi.Masalan, keyingi yillarda Jizzaxda Hamid Olimjon va Zulfiya muzeyi, taniqli davlat va jamoat arbobi, yozuvchi Sharof Rashidovning uy-
muzeyi, Qashqadaryodagi О‘zbekiston Qahramoni, О‘zbekiston davlat madhiyasi muallifi Abdulla Oripov muzeyi, Farg‘onadagi О‘zbekiston Xalq shoiri Erkin Vohidov uy-muzeyi shular jumlasidandir.



Download 0,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish