О‘zbekiston respublikasi madaniyat


Tayanch sо‘zlar va iboralar



Download 0,85 Mb.
bet60/91
Sana23.07.2022
Hajmi0,85 Mb.
#844494
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   91
Bog'liq
madaniyat va sanat sohasi faoliyatini tashkil etish va boshqarish (4)

Tayanch sо‘zlar va iboralar


Musiqiy asar, konsert tashkiloti faoliyati, opera, partitura, anshlag, repetitsiya, dirijyor, rejissyor, musiqiy faoliyatda menejment.

Nazorat uchun savollar


  1. Konsert nima?

  2. Qaysi konsert tashkilotlarini bilasiz?

  3. Havaskorlik jamoalarining faolyati nimalardan iborat? 4.Prezident tashabbuslarining beshinchi yо‘nalishini sharhla bering.

  1. О‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan konsert tashkilotlari haqida nimalarni bilasiz?

  2. Konsert va teatr faoliyati deganda nimalarni tushunasiz?

  3. Badiiy jamoalarning istiqboldagi vazifalari haqida shaxsiy fikringiz? 8.О‘zbekiston badiiy jamoalari ijodiy birlashmasi qoshidagi badiiy

jamoalaridan qaysilarini bilasiz?
Mavzu bо‘yicha tavsiya etiladigan adabiyotlar 1.О‘.Toshmatov.Ijodiy jamoalar bilan ishlash uslubiyoti.Toshkent.2008. 2.U.Qoraboyev.О‘zbek xalq bayramlari.Toshkent,2001.
3.U.Qoraboyev,G‘.Soatov.О‘zbekiston madaniyati, Toshkent, Tafakkur bо‘stoni, 2011.
    1. HAVASKORLIK BADIIY JAMOALARI , TО‘GARAKLAR VA BOLALAR MUSIQA VA SAN’AT MAKTABLARI FAOLIYATINI


BOSHQARISH
REJA

  1. “Havaskorlik badiiy jamoasi” tushunchasi.

  2. Respublikamizda mavjud badiiy havaskorlik jamoalari tо‘g‘risida ma’lumot.

  3. Tо‘garaklar faoliyatini boshqarishdagi dolzarb masalalar. 4.Bolalar musiqa va san’at maktablari faoliyatini boshqarish.



Darsning maqsadi badiiy havaskorlik jamoalari, vodiy, poytaxt, qoraqalpoq va shuningdek viloyatlarimizda faoliyat kо‘rsatayotgan havaskor badiiy jamoalari, turli tо‘garaklar, bolalar musiqali va san’at maktablari haqida talabalarga tо‘liq tasavvur berish.

Biron-bir jamiyat о‘z taraqqiyotini san’at, milliy-ma’naviy qadriyatlar rivojisizkelajagini tasavvur eta olmaydi.О‘zining qadimiy va an’anaviy madaniyati bilan jahon sivilizatsiyasiga ulkan hissa qо‘shgan xalqimiz tomonidan yaratilgan boy madaniy merosimiz durdonalarini asrab-avaylash, о‘zbek xalqi madaniyati va san’at tarkibiy qismi bо‘lgan, ajdodlarimizdan bizgacha yetib kelgan ma’naviy boylik–xalq qо‘shiqlari, tomoshalar, dostonlar, maqomlar, raqslar va milliy marosimlarni bugungi kun talabi darajasida о‘rganish, unga katta hurmat bilan munosabatda bо‘lish, kelgusi avlodlarga bekamu-kо‘st yetkazish ijodkorlarning sharafli vazifasi sanaladi. Davlat rahbari tomonidan madaniyat va san’at sohasi boshqaruvi borasiga ham juda katta e’tibor qaratilib, yangi-yangi zamonaviy tuzilmalar tashkil etildi va birlashmalar, ijodiy ishlab chiqarish birlashmalari, ularning huzurida sohani rivojlantirishni moliyalashtiradigan jamg‘armalar,


madaniyat markazlari, sohaga malakali xodimlar tayyorlab beradigan oliy о‘quv yurtlari, litseylar va kollejlar barpo etilgani bu soha rivojida muhim qadam bо‘ldi.
Modomiki yurtimizda insonni tarbiyalash va uni ma’rifiy rivojlantirishda aniq strategik yо‘nalish belgilangan ekan, bu yо‘nalish har bir odamni shaxs darajasiga yetkazish va tarbiyalashdek ezgu maqsadga yо‘naltirilgani bilan ahamiyatli. Madaniyat markazlarida tashkil etiladigan turli yо‘nalishlardagi havaskorlik tо‘garaklari, umumta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlardagi fan va badiiy ijodiyot tо‘garaklari, mahalla guzarlardagi turli yо‘nalishlar asosidagi klublar va uyushmalarning asosiy maqsadi ham insonni tо‘laqonli shaxs sifatida rivojlantirish, о‘zligini buyuk tarix, madaniyatning munosib vorisi sifatida anglatishdir. Agar ta’lim muassasalaridagi tо‘garaklar ishtirokchilari aniq bir ijtimoiy qatlam, ya’ni, о‘quvchi va talabalardan iborat bо‘lsa, madaniyat va turli ijtimoiy muassasalardagi tо‘garaklar turli aholi qatlamlari vakillaridan tashkil topadi. Mamlakatimizdagi huquqiy asosi qanday bо‘lishidan qa’tiy nazar barcha tо‘garaklar barkamol shaxs tarbiyasiga yо‘naltirilganligini e’tiborga olsak, mazkur tо‘garaklarga aholini, xususan, yoshlarni jalb etishning о‘ziga xosligini tahlil etish muhim ahamiyatga egadir. Ta’kidlash joizki, hozirgi vaqtda tо‘garaklar holati va ularga odamlarni jalb etish ishlari davlatimizning tо‘laqonli shaxsni rivojlantirishdan iborat keng kо‘lamli faoliyatida hali talab darajasiga chiqa olmagan jihatlardan hisoblanib kelmoqda.
Madaniyat va ta’lim muassasalaridagi tо‘garaklarga qiziquvchilarning jalb etilishi muayyan tizimga keltirilmagan. Ularning ishi ilmiy asoslarda tartibga solinmagan. Shuning uchun ham tо‘garaklar ishi alohida о‘rganiladigan masalalardan hisoblanadi.
“О‘zbekiston Respublikasida milliy madaniyatni yanada rivojlantirish konsepsiyasi”da Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahrida faoliyat kо‘rsatayotgan madaniyat markazlarining asosiy vazifalari deb quyidagilar belgilangan: aholiga madaniy xizmat kо‘rsatish sifatini yaxshilash, ularning madaniy ehtiyojlarini qondirish va bо‘sh vaqtlarining mazmunli о‘tishini ta’minlash, ijodiy
jamoalarning milliy qadriyat, urf-odat va an’analarni о‘zida mujassam etgan namunali dasturlarini shakllantirish;
-xalq ijodiyoti va badiiy havaskorlik san’atini saqlab qolish va rivojlantirish, badiiy va amaliy ijodiy jamoalar, havaskorlik guruhlarini tashkil etish va ularning faoliyat yuritishi uchun qulay shart-sharoit yaratish hamda ijodiy jarayonni tizimli ravishda boyitib borish;
-bolalarni tо‘garaklarga jalb etish, xorijiy tillarni о‘rganish va “nutq madaniyati” bо‘yicha kurslarni tashkil etish, xalq ijodiyotining barcha janr va yо‘nalishlari, havaskorlik san’ati va nomoddiy madaniy merosni keng targ‘ib qilish hamda ularni asl holicha kelajak avlodga yetkazish;
-adabiyot hamda san’at arboblari va professional ijodiy guruhlar bilan ma’naviy-ma’rifiy, madaniy-ommaviy tadbirlar tashkil etib, ular ishtirokida aholi, xususan, yoshlar bilan bevosita badiiy uchrashuvlar va davra suhbatlarini о‘tkazish;
tanlovlar, xalq ijodiyoti va tomosha san’atining tuman (shahar) miqyosidagi festivallarini о‘tkazish, iqtidorli yoshlarni aniqlash, ijodkor yoshlarni qо‘llab- quvvatlash;
Barkamol avlod tarbiyasi , yoshlarning bilimli, madaniyat va san’at asarlarining haqiqiy ixlosmandlari bо‘lib voyaga yetishlari yо‘lida davlatimizning har tomonlama e’tibori alohida tahsinga sazovor.Iqtidorli yoshlarni izlab topish, ularni har tomonlama qо‘llab-quvvatlash maqsadida Prezidentimizning 2017 yil 3 avgustdagi taniqli ijodkorlar bilan bо‘lib о‘tgan uchrashuvlaridagi tashabbuslari, ya’ni “О‘zbekkonsert” davlat muassasasi huzurida “О‘zbekiston xalq artistlari klubi”ni tashkil etish bо‘yicha bildirgan fikrlariga kо‘ra iqtidorli bolalarning kasbiy va ma’naviy kamol topishlariga yetarli shart-sharoit yaratish, bozor munosabatlari sharoitida badiiy ijodiy jamoalarning, yakkaxon ijrochilarning salohiyatini oshirish borasida qator vazifalar belgilab olindi.
Respublikamizda mavjud musiqa maktablaridagi qator kamchiliklar aniqlangani, xususan, ushbu maktablardagi bolalar yoshiga nomutanosib qiyin mavzuli mashg‘ulotlar, og‘ir maqomlar yoki xoreografiya yо‘nalishida ijrosi о‘ta yuqori
mahorat talab qiladigan raqslarning qо‘yilganligi, ayrim maktablarda xalq og‘zaki ijodi yoki milliy musiqaga oid mashg‘ulotlarning talab darajasida о‘tilmasligi va bu kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida davlat rahbari tomonidan qator vazifalar о‘rtaga tashlandi.
“О‘zbekiston xalq artistlari klubi”ning asosiy maqsadi -mamlakatimizda milliy estrada san’atini rivojlantirishga, avvalo ijodkorlarning о‘zlari boshchilik qilishi, ular о‘z faoliyati bilan yoshlarga о‘rnak bо‘lishi, bilim va tajribalarini yoshlarga о‘rgatishi, qolaversa milliy estrada san’atini har qanday begona ta’sirlardan, ayniqsa, endigina voyaga yetib kelayotgan yosh iste’dod sohiblarini “ommaviy madaniyat” ruhidagi oqimlar ta’siridan himoya qilish, mazmunsiz, saviyasi past kuy-ohanglar va qо‘shiqlarning paydo bо‘lishini oldini olish, xorijiy san’atkorlar ijrosi va hatti-harakatlariga taqlid qilish holatlarini oldini olishdan iboratdir.
Bu klub birinchi navbatda san’atkorlar uchun birdamlikni, hamjihatlikni ta’minlaydigan, о‘zaro fikr almashadigan, san’atga oid masalalarga birgalikda yechim izlaydigan, san’atda ustoz-shogird an’analarini rivojlantirishga keng imkon beradigan ijodiy klubga aylanmoqda.
Shu bilan birga 2018 yilning iyulidan boshlab Toshkent shahridagi 30 ta, viloyatlardagi 12ta qator bolalar musiqa va san’at maktablariga taniqli san’at ustalari rahbar etib tayinlandilar. Ular safida О‘zbekiston xalq artistlari - Zamira Suyunova , Xayrulla Lutfullayev, G‘ulomjon Yoqubov, Zulayho Boyxonova, Nasiba Abdullayeva, О‘zbekiston Xalq hofizlari Soyibjon Niyozov, Abdunabi Ibragimov, О‘ktam Ahmedov, Erkin Rо‘zmatov,О‘zbekistonda xizmat kо‘rsatgan artistlar Azim Mullaxonov, Ravshan Komilov, G‘iyos Boytoyev, Ilhom Farmonov,Toir Qо‘ziyev, Dilfuza Rahimova, Abdulla Shomag‘rupovlar bor. Ushbu musiqa va san’at maktablarida madaniyat va san’at sohasida olib borilayotgan ibratli ishlar,jahon, mumtoz va milliy, zamonaviy musiqa san’atiga bо‘layotgan bolalarning qiziqishlari, yangi ijod namunalarini yaratish, ushbu ijod namunalarini jahon sahnalarida ijro etilishiga zamin tayyorlash ustoz san’atkorlarning tajribalari va bilimlari naqadar rang-barang va boy ekanidan darak bermoqda.



Download 0,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish