O’zbekiston xalq hofizlari va bastakorlarining ijodiyotini o’rganish asoslari



Download 30,9 Kb.
bet1/3
Sana09.06.2022
Hajmi30,9 Kb.
#648756
  1   2   3
Bog'liq
Musiqa tarix mustaqil iw


MAVZU: “O’ZBEKISTON XALQ HOFIZLARI VA BASTAKORLARINING IJODIYOTINI O’RGANISH ASOSLARI”.

R E J A :


1.Hofizlik
2.Ustozlik
3.Bastakorlik


Hofizlik.

Hofizlik keg tushuncha. Musiqada esa xonandalik – ijrochilik san’atining yetakchi jabhalaridan deb qayd etdik. Albatta, xonandalik amaliyotida yetuklikka erishish uchun lozim bo’lgan barcha omillar jamlangan. Unga erishish esa sanoqli hofizlarga nasib etadi. Shu bois kichik bir kasbning ulkan muammolarini zabt etish barchaga ham nasib etavermaydi. Bunga erishganlarini nomi esa xalq tilida dostondir. Orifxon Hotamov ham yoshligidan mohir xonandalar Jo’raxon Sultonov va Mamurjon Uzoqovlar xonishlariga juda mehr qo’ygan edi. O’zida esa kuylashga istedod, ovoz va imkoniyat mavjud bo’lsa-da, sozandalik kasbi bilan ushbu san’atkorlar davrasiga kirib keladi. 1944 yil Jo’raxon Sultonov, Mamurjon Uzoqov va G’anijon Toshmatovlarni birga jo’rovozu jo’rnavoz bo’lib yurgan paytlari. Toshkentda “Feruz”, “Suvora”, “Abdurahmonbegi”, “Yolg’iz” kabi ko’plab Farg’ona va Xorazm yo’llariga mansub ashulalarni meyoriga yetkazib kuylashardi.


Orifxon Hotamov ularni yonida sozanda bo’lib qo’shilishib yura boshladi. Ko’p o’tmay ustozlarning xonishlari yosh sozanda qalbidagi xonandalik mehr gulxanini yoqdi. Ashula aytishga jazm etolmay yurgan Orifxon Hotamov ustozlar yo’lidan yurib ularning sabog’ini oldi. O’z ovoz xususiyatiga mos jo’rnavoz Saidalixo’ja Qudratov bilan birga xonandalik qila boshlaydi. Ularning xonandalik faoliyatini mustahkam shakllanishiga avvalo Jo’raxon Sultonov va Mamurjon Uzoqovlarning rahnamoligi bo’lsa, ikkinchidan Turg’un Karimov rahbarligidagi konsert brigadasi bilan Xorazmga qilingan ijodiy safar bo’ldi.
Xorazm baxshichilik san’ati ijrochiligiga hos yengil ufor yo’llarini egallash har tomonlama oson. Shu bilan birga, nasihatomuz ashulalar ham Xorazm ijrochiligida alohida o’rin tutadi. Ayniqsa, suvora, nasihatomuz ashulalar xalq tomonidan qizg’in qabul qilinar edi. Balkim, bunga doston kuylarining jo’shqin, o’ynaqiligi bilan birga asarning muayyan badiiy mavzuga ega ekanligi va ko’p hollarda ta’sirchan voqyealar tasvirlanganligi sabab bo’lsa ajab emas. Masalan: “Oshiq G’arib va Shoxsanam” dostonidan “Bolama o’xshaydi ovozing sani” qo’shig’i, “Ayrilma”, “O’lmasa”, “Hanuz” va h.k. Vodiyning Tavakkal Qodirov, Rasulqori Mamadaliyev kabi otashnafas hofizlari va namunalarni tezda o’zlashtirishga erishdilar.
Xorazm ijro namunalarini Farg’ona-Toshkent vohasida ommalashishiga ustoz Komiljon Otaniyozovning hissasi katta. 50-yillarda Orifxon Hotamovning Saydalixo’ja Qudratov bilan hamnafaslik davrida, ustoz Jo’raxon Sultonov ularni Marg’ilonga, ijodiy safarga tez-tez olib ketar edilar. Ayniqsa, o’qishdan tatil bergan vaqtda, 2-3 oy qolib, Oltiariq, Qo’qon, Yangiqo’rg’on kabi Farg’ona vodiysining shahar-qishloqlarida usta bilan xalq anjumanlari, to’y-tomoshalarida yonma-yon xizmatda bo’lib qaytishardi.
Bu davrda Orifxon Hotamov sozanda va xonanda sifatida faoliyat ko’rsatar edi. Xonandalikni jo’rovozlik uslubida avvalo, ustoz yonida yordamchi hamnafas sifatida ashulalarga qo’shilib tursa, davraning qizg’in paytida Saydalixo’ja Qudratov bilan birga sho’x allalar aytishar edi. Ular ko’proq Farg’ona-Toshkent ijro yo’llariga mansub “Chorgohlar”, “Bayotlar”, “Eshvoy”, “Bozurgoniy” kabi qator asarlarni birgalikda aytishar edi. 50-yillarning o’rtalarida ustoz bilan hamkorlik Toshkentda davom etadi. Xonandalikdagi hamnafaslik ijodiy jarayon bilan birga olib borila boshlanadi. Orifxon Hotamov usta ijodining birinchi tinglovchisiga aylanadi. Va o’z o’rnida yaratgan yangi asarlarini ustozga ko’rsatar edi.
Kerakli maslahatlar olingandan so’ng ijro etishga jazm etilardi. Jo’raxon Sultonov bilan hamnafaslikda ko’proq “Chorgoh”lar, “Dugoh”lar kabi Farg’ona-Toshkent maqom yo’llariga mansub ashulalar aytish bilan birga vodiyda xos yovvoyi yo’ldagi ashulalarni ham ijro etishardi. Jumladan: “Yovvoyi Chorgoh”, “Oh kim”, “O’zbekistonda”, “Daydi tanovar”, “Bo’lmish” va h.k. Bu davrga kelib Toshkentda ham o’ziga xos ijrochilik yo’llari shakllanib, har bir ijro uslubining namoyandalari va ularni qator shogirdlari yuzaga keldi. Mashhur san’atkorlar Shoqosim va Shoolim Shojalilovlar uslubi, Akmalxon va Boboxon So’fixonovlar uslubi shular jumlasidandir. 1956 yilgacha Orifxon Hotamov ham Jo’raxon Sultonov hamkorligida, o’z yo’lida esa xushovoz xonanda Hakimjon Fayziyev bilan jo’rovoz bo’lib hamkorlikda ijod qilib yurdilar.
100ga yaqin musiqiy namunalarni radio fondiga yozdirishga erishdilar. Har bir ijro uslublarini o’rganib va musiqa merosimizni idroklagan holda Orifxon Hotamov xonandalikdagi o’ziga mos ijro yo’lini shakllantira boshlaydi. Orifxon Hotamovning ijrochilik omillaridagi katta ashula tarkibi va rivojlanish tamoyillari (Jo’raxon Sultonov ijodi namunasida), vodiy an’anasiga xos muloyim, shiddat o’zini namoyon eta boshlaydi. Avvalo, ushbu xususiyatlar Orifxon Hotamovning xonandalik talqinida shakllanib yetadi va xayrihoh shogirdlar, izdoshlar ham tarbiyalana boshlaydilar. Ikkinchidan, shu davrga kelib Orifxon Hotamovning bastakorlik ijodi va ustozlik faoliyati muayyan tizimga tushgan va malum darajada ijodiy muvaffaqiyatlarga erishishga muyassar bo’lgan edi. Orifxon Hotamovning xonandalik faoliyati oxirgi 20 yil ichida ham samarali davom etib kelmoqda.
Ayniqsa, keyingi yillar ijodkor hayotida o’ziga xos ahamiyatga ega. Chunki, ustozning deyarli 10 dan ortiq shogirdlari shakllanib, yetuk xonandalar qatoridan joy oldilar. Shulardan: hamnafaslari Turobjon Yo’ldoshev, Axrorxon Hotamov, Ismoilxon Hotamov, Beknazar Do’stmurodov, Matluba Dadaboyeva, Mahbuba Hasanova, Mahmudjon Yo’ldoshev kabi xonandalarni mamnuniyat bilan tilga olish joizdir. Odatda, mumtoz xonandalik, san’atkorni bilimli, ilmli, dunyoni atroflicha – keng anglashga, hozirjavobligu zukkolikka, bag’rikengligu buyuklikka chorlovchi kasbdir. Kim hayotning shunga xos imtihonlaridan muvvafaqiyatli o’ta olsa, adabiy va musiqiy ilmga-ma’naviy boylikka ega bo’lsa va munosib ijod eta olsa, ijodining kamolotida hofizlik darajasida erishgan hisoblanadi.
Orifxon Hotamov o’z ijodiy faoliyati misolida ana shunday xususiyatlarni shakllantira olgan va o’zbek mumtoz musiqa ijrochiligida muayyan ijro uslubini yaratib, kelajak uchun munosib asarlar ijod eta olgan hofiz deyishga haqlimiz. Chunki, Orifxon Hotamov xonandalik talqini hofizlik ijro yo’llarini alohida uslub darajasida shakllandi. Muayyan asarlar, bir qator shu uslubda faoliyat ko’rsatayotgan (shogird) xonandalar bunday muxtasar fikr qilishga dalolat beradi. Hukumatimiz tomonidan Orifxon Hotamovga “O’zbekiston xalq Hofizi” faxriy unvoni berilishi ham haqli ravishda fikrimizni yana bir bor quvvatlaydi.

Download 30,9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish