О‘zbekiston respublikasi madaniyat



Download 0,85 Mb.
bet49/91
Sana23.07.2022
Hajmi0,85 Mb.
#844494
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   91
Bog'liq
madaniyat va sanat sohasi faoliyatini tashkil etish va boshqarish (4)

Tayanch sо‘z va iboralar


Tashkiliy-huquqiy asos, huquqiy norma, faol harakat, shaxsiy ibrat,taraqqiyot, salohiyat, reprezentativ rо‘yxat, jamiyat, YUNESKO, salohiyat,iqtidor, opera, festival.

Nazorat uchun savollar


1.178-sonli qarorning mazmun-mohiyati haqida tasavvuringiz qanday? 2.Yoshlar orasida kitobxonlikni rivojlantirish nimalarda kо‘rinadi?

    1. Oxirgi о‘qigan kitobingizni tahlil qilib bering.

    2. Milliy madaniyatni rivojlantirish vazifalari nimalardan iborat? 5.Prezidentning beshta tashabbusining uchinchi yо‘nalishini sharhlab

bering.
6.”Obod mahalla” Davlat dasturi haqida nimalarni bilasiz? 7.Tashkiliy- huquqiy, meyoriy hujjatlar nima?
8.”Obod qishloq” dasturi qandy vazifalarni о‘z ichiga olgan?


53О‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bо‘yicha harakatlar strategiyasi tо‘g‘risidagi Prezident Farmoni // www. lex.uz.

Mavzu bо‘yicha tavsiya etiladigan adabiyotlar rо‘yxati


1.“О‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzurida Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasini tashkil etish tо‘g‘risida”gi Prezident qarori // “Xalq sо‘zi” gazetasi. 2017 yil 17 oktabr
2.N.Yо‘ldoshev., O.Qozoqov.Menejment.Toshkent.Fan,2004.


    1. TEATRLAR FAOLIYATINI TASHKIL ETISH VA BOSHQARISH


REJA

  1. Teatr, teatr faoliyati, teatr janrlari va yо‘nalishlari tushunchasi.

  2. О‘zbekistonda teatr jamoalariga davlat tomonidan berilayotgan e’tibor. 3.Teatrlarni boshqarishning о‘ziga xos jihatlari.



Darsning maqsadi: talabalarga teatr, teatr faoliyati, teatr janrlari, teatr yо‘nalishlari haqida tushuncha berish, О‘zbekistonda teatr jamoalariga davlat tomonidan berilayotgan e’tibor, respublika teatrlarining bugungi kundagi faoliyatlari haqida batafsil tushuncha berish.
Teatr – san’atning eng yorqin janrlaridan biri. Tomosha, spektakl kо‘rsatilayotgan joy, spektakl ijro etiladigan, tomoshabinni hayratlantiradigan, о‘ylantiradigan, mushohada etishga undaydigan makon hisoblanadi. San’atning turlari kо‘p: estrada san’ati, kino san’ati, tasviriy san’at, maqom san’ati, baxshichilik san’ati, xalq amaliy san’ati, lekin hech biri teatrning о‘rnini bosolmaydi.Sababi, faqat teatrgina personajlar orqali, iqtidorli aktyorlar orqali tomoshabin bilan muloqot qiladi, sо‘zlashadi, fikrlashadi. Dramaturgning g‘oyasini rejissyor kuchlantiradi, tomoshabinga yetkazib beradigan ijrochilar esa bu g‘oyani katta mahorat bilan sahnada jonlantirib berishadi.
Buyuk Shekspirning “Hayot bir sahna, har bir inson unda о‘z rolini
о‘ynaydi” degan sо‘zi ham bekorga aytilgan emas.
San’atning bu takrorlanmas turi – teatrning ildizlari uzoq tarixga borib taqaladi. Birinchi marta teatrning sof tomosha kо‘rinishi Sharqdan boshlangan. Halol va haromni, savob va uvolni, kun va tunni, oq va qorani, yaxshi va yomonni ajrata olish imkoniyatlarini qahramonlar orqali jonlantirish imkoniyatlari О‘rta Osiyo (Markaziy Osiyo), Xitoy, Indoneziya, Yaponiya, Koreya, Birma, Vyetnam teatr tomoshalarining rang-barangligi keyinroq butun dunyoga teatr san’atini yoyilishiga sabab bо‘lgan. Miloddan oldingi U asrda Hindistonda paydo bо‘lgan ushbu nodir san’at turi – teatr katta rivojlanish yо‘lini bosib о‘tdi.
Dramaturgiya , aktyorlar ijrochiligi rivojlanib, ochiq maydondagi tomoshalar keyinroq muhtasham, yuzlab kishilarga mо‘ljallangan qulay va shinam binolarga, sahna kо‘rinishi, saxna qulayligiga ega bо‘lgan saroylarga kо‘chirilgan.Eng muhimi teatr sahnasida ijro etilgan ijrolar xalqning kо‘ngliga kirib borgan va shuning uchun ham teatr san’atining yashovchanligini ta’minlagan.
Ijtimoiy hayotni, kechinmalarni, xotiralarni, voqea-hodisalarni, inson ichki kechinmalari-yu, dardu-hasratlarini, kо‘ngil izhorlari-yu cheksiz nafratini dramatik hatti- harakatlar orqali aktyorlar tomoshabinga yetkazadilar, dramaturg yoki yozuvchining tasavvurini muayyan bir davr orqali ifodalab beradilar. Dramaturg asarini rejissyor sahnalashtiradi,har bir ijodkorga – aktyorga mahoratiga qarab rollar taqsimlab beriladi, rollarning qoyilmaqom ijrosini esa aktyorning mahorati kо‘rsatadi.Sahna dekoratsiyasi, liboslar tо‘plami, ovoz va chiroq ustalari, rassomlar mehnati, agar asar musiqiy kо‘rinishlarga ega bо‘lsa orkestr, bastakoru kompozitorlar, xullas kо‘plab ijodkorlar mehnatini yuzaga chiqishi – yangi san’at asarining dunyoga kelishiga sabab bо‘ladi.
Sahnada ma’lum bir davrning tafsilotlarini gavdalantira olish, yaxshi va yomon kо‘rinishlar, xarakterlarni kо‘rsatib bera olish aktyorlardan topqirlik, ziyraklikni talab qiladi.
Teatr san’ati rivoji borasida qabul qilingan qator qonuniy-meyoriy hujjatlarga murojaat etamiz .
1995 yil “О‘zbekistonda teatr hamda musiqa san’atini yanada
rivojlantirishni qо‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish tо‘g‘risida”,1998 yil “О‘zbekiston teatr san’atini rivojlantirish tо‘g‘risida”, 2001 yil “Hamza nomidagi О‘zbek davlat akademik drama teatriga “Milliy teatr” maqomini berish tо‘g‘risida”gi,2012 yil 4 iyunda Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov madaniy hayotimizdagi muhim voqea, madaniyat va san’at sohalariga bо‘lajak mutaxassislarni tayyorlab beruvchi “О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutini tashkil etish tо‘g‘risida”gi 1771-sonli Qarorga imzo chekdi. Aynan ushbu qarorning birinchi bandida madaniyat, teatr san’ati, kino va televideniye sohasida zamonaviy talablarga javob beradigan yuksak malakali kadrlarni tayyorlash vazifasi belgilab qо‘yilgan. Bugungi kunda О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida ushbu qarorning amaliy ijrosini ta’minlash uchun barcha islohotlar amalga oshirilmoqda.
Har yili tashkil etilayotgan “Seni kuylaymiz, zamondosh!”, “Toshkent bahori”, “Debyut”, “Humo”, “37+1”, “Composition d’ll Opera”, shuningdek qator teatrlarning yurtimiz bо‘ylab gastrollari yurtimizni ma’rifat yurtiga aylanib borayotganidan darak beradi.
Teatr zamon qahramonlarini, elu yurtga fidoyi insonlarning yashash va mehnat tarzini sahna harakatlari orqali xalqqa tanishtiradigan va bu bilan ana shu qahramonlar orqali xalqni tarbiyalaydigan munavvar dargoh. Bu borada birinchi Prezidentimiz I.Karimov 2010 yil Buxoro shahrida qad kо‘targan ma’rifat maskani- viloyat musiqali drama teatrining ochilish marosimida nutq sо‘zlab, “Teatr davr bilan hamnafas yashayotgan, hayot sinovlarida toblangan fidoyi insonlar haqida hikoya qiluvchi asarlarni sahnaga olib chiqishi zarur. Farzandlarimizning ma’naviy dunyosini mustahkamlaydigan, kelajakka ishonchini oshiradigan, oriyatini kuchaytiradigan zamonaviy qahramon obrazini yaratish kerak”54 – deya ta’kidlagan edi.
Har ikki yilda bir marta о‘tkazib kelinayotgan “Seni kuylaymiz, zamondosh!” Respublika teatrlarining kо‘rik-festivali Markaziy Osiyo


54Birinchi Prezidentimizning Buxoro viloyat musiqali drama teatrining tantanali ochilish marosimida sо‘zlagan nutqidan. 2010 yil 30-avgust.
mamlakatlari orasida birinchi bо‘lib, mamlakatimizda tashkil etilgani san’atga, teatr sohasiga berilgan yuksak e’tiborning nishonasi bо‘ldi.
2014 yilda Birinchi Prezidentimizning “О‘zbek Milliy akademik drama teatrining 100-yilligini nishonlash tо‘g‘risida”gi qarori, teatr nufuzini oshirish va imkoniyatlarini yanada kengaytirish , otaxon teatrda faoliyat kо‘rsatayotgan qator san’at ustalariga davlat mukofotlari taqdim etilishi esa yangi spektakllar yaratish, san’at dargohining sahnalarida milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida yaratilgan durdona asarlarni tomoshabinlarga havola etishga ijodiy ilhom, kuch va rag‘bat berdi.
Umuman, sо‘nggi vaqtlarda respublika teatrlari har yili 130 dan ortiq mavzu va janrlarda spektakllar sahnalashtirildi.Hamza (hozirgi Milliy teatr) nomidagi teatrda “Piri koinot”, Farg‘ona viloyati Y.Shakarjonov nomidagi musiqali drama teatrida “Imom Buxoriy”, Andijon viloyati Y.Oxunboboyev nomidagi musiqali drama teatrida “Alpomishning qaytishi”, Xorazm viloyati Ogahiy nomidagi musiqali drama teatrida “Jaloliddin Manguberdi” kabi asarlarning sahnalashtirilishi о‘zbek milliy sahna san’atining rivojlanishiga ma’lum hissa bо‘lib qо‘shildi55.
О‘zbekiston davlat akademik katta teatrida о‘zbek va jahon operasi, balet san’atining nodir namunalari sahnaga qо‘yilayotgani,Toshkentda о‘tgan “Composition d’ll Opera” xalqaro festivalida Barno Ismatullayeva, Moskvada о‘tkazilgan Muslim Magamayev nomidagi opera xonandalari festivalida Jenisbek Piyazovlar peshqadamlikni egallaganlari,yosh opera ijrochilari – Ramz Usmonov va Samandar Alimovlarning “О‘zbekiston xalq artisti” unvonlari bilan taqdirlanganlari san’at ustalariga berilgan yuksak ishonchdir.
Poytaxtimizda buyuk dramaturg Vilyam Shekspir asos solgan afsonaviy “Globus”teatri , “Hamlet” fojiasini ingliz tilida namoyish etgani, Buyuk Britaniyaning “Orzu arts”, Janubiy Koreyaning “Heboma”teatrlarining Toshkentga tashriflari teatr ixlosmandlarining olqishlariga sazovor bо‘ldi.
Teatr san’ati taraqqiyotidagi katta rag‘bat sifatida e’tirof etilayotgan yana bir




55О‘zbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligining joriy arxivi.
rasmiy hujjat fikrimizning yaqqol dalilidir.
“2018-2022 yillarda davlat teatrlarining moddiy – texnika bazasini mustahkamlash va ularning faoliyatini rivojlantirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi Vazirlar Mahkamasining Qarorida imkoniyati cheklangan shaxslar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, turistlarga xizmat kо‘rsatishni rivojlantirish, qator qulayliklar yaratish borasida qator amaliy tadbirlar kо‘zda tutilgan.Shuningdek, mamalakatimizda olib borilayotgan olamshumul ma’rifiy-ma’naviy islohotlarni ifoda etadigan, milliy-madaniy urf-odatlarimiz, an’analarimizni targ‘ib etuvchi, aholi, oila munosabatlari,ayniqsa barkamol avlodni vatanparvarlik, fidoyilik, insonparvarlik g‘oyalari asosida tarbiyalashga hissa qо‘shadigan, zamon qahramoniga aylanib ulgurgan- jamiyatimizning turli jabhalarda halol mehnat qilib, umrguzaronlik qilayotgan mehnatkash va saxovatli yurdoshlarimiz mehnatlarini tarannum etadigan, yoshlarning ma’naviy dunyosini mustahkamlashga hissa qо‘shadigan, kelajakka ishonchini oshiradigan, ibratli sahna asarlaridan iborat spektakllar yaratish ushbu qarorning mohiyatida aks etgan.

Yurtimizning tarixidan darak beruvchi nurli sanalar, buyuk mutafakkirlar, tarixiy siymolar, xalqimizning shonli tarixi, yurt istiqlolini qо‘lga kiritishda sharafli hissa qо‘shgan taniqli insonlar hayoti va ijodi har tomonlama chuqur aks ettirilgan sahna asarlari yaratish uchun barcha qulayliklarni yaratish Bosh vazir imzolagan ushbu hujjatning asosini tashkil etadi.


Shunisi quvonarliki, qisqa fursat ichida bir vaqtlar xalqimiz qalbini zabt etgan mumtoz asarlar yana sahnalarga qaytdi. “Alisher Navoiy” (О‘zbek Milliy akademik drama teatri), “Layli va Majnun” (Muqimiy nomidagi о‘zbek davlat musiqiy teatri), “Degonimni ulusg‘a marg‘ub et…” (О‘zbekiston Rus akademik drama teatri), “Sab’ai sayyor” (О‘zbek davlat drama teatri), “Mirzo Ulug‘bek” (H. Olimjon nomidagi Samarqand viloyat musiqali drama teatri) kabi sahna asarlari shular jumlasidan.
Teatr jamiyatimizda yuz berayotgan ulkan о‘zgarishlarni zamon
qahramonlari timsolida tomoshabinga yetkazib berar ekan, beixtiyor tomoshabin ham о‘tmishning ibratli bо‘larli voqea-hodisalari, bugunning shiddatli jarayonlari, ertaning nurli maqsadlarini kо‘z oldiga keltirishi tayin, zotan bir mashhur rejissyorlardan biri aytganidek, “Sahna uzunasiga о‘ttiz, eniga yigirma qadam. Biroq bu makonning pardalari ochilgach, unga о‘tmish ham, bugun ham, kelajak ham sig‘ishi mumkin”.
Teatr san’atining drama, opera,balet, satira, hajviy, musiqali drama,radio, televizion teatr,musiqali komedaiya, operetta teatri, yosh tomoshabinlar teatri, rus dramatik teatri, teatr-studiya, harbiy teatr, qо‘g‘irchoq teatri, estrada teatri, maydon teatri, bolalar teatrikabi turlari kо‘p.
Keyingi yillarda Mustaqillik va Navrо‘z bayramlariga о‘xshash teatrlashtirilgan konsertlar va tomoshalar ham tomoshabinni о‘zbek san’atining rang-barang kо‘rinishlariga qiziqtirib kelayotgani ham faxrlanarli holat.
Teatr asarlarining janrlari asosan drama, tragediya, komediya,musiqiy, tarixiy janrlarga bо‘linsa, teatrlarning yо‘nalishlari tragekomediya, xronika, myuzikl, tarixiy drama, ertak-pyesa, folklor-etnografik kabi yо‘nalishlarni о‘z ichiga oladi.
О‘zbekistonimizda asrlar osha yashab kelayotgan tomosha-san’ati an’analarini о‘rganish, boyitish va targ‘ib qilish, teatr san’atini har tomonlama rivojlantirish, moddiy-texnik negizini yanada mustahkamlash, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ma’naviy-ma’rifiy islohotlarda teatr arboblarining faol ishtirokini ta’minlash, milliy va umumbashariy qadriyatlarni tarannum etuvchi badiiy barkamol sahna asarlari yaratish, maxsus ta’lim tizimini zamon talablariga mos holda takomillashtirish, yuqori malakali kadrlarga bо‘lgan ehtiyojni tо‘laroq qondirish maqsadida hukumat tomonidan juda katta ishlar samarali olib borilmoqda.
О‘zbek xalq tomosha san’atlari (xalq an’anaviy teatri, maydon tomoshalari, bayramlar) sohasidagi boy tarixiy merosni chuqur о‘rganish, tadqiqotlar, о‘quv qо‘llanmalari yaratish uchun shart-sharoit tug‘dirish, ijodkorlarni ijtimoiy muhofaza qilish, teatrlarning moddiy-texnik negizini mustahkamlash, zamonaviy
ashyolar bilan ta’minlash,teatrlar jamoalari, rejissyorlar, dramaturglar, bastakorlar, rassomlar va baletmeysterlarga dolzarb mavzularda buyurtmalar berish, respublika va xalqaro miqyosda kо‘rik-tanlovlar, festivallar о‘tkazish, xorijiy mamlakatlarga gastrollar uyushtirish, ilmiy anjuman, simpozium va seminarlar о‘tkazish, turli mukofot va sovrinlar ta’sis etish,iqtidorli yoshlarni izlab topish va malakali mutaxassis kadrlar tayyorlashda oliy va о‘rta-maxsus о‘quv yurtlariga yaqindan yordam berilishi ana shunday san’atga bо‘lgan e’tiborning yaqqol namunasidir.
О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining drama, musiqali teatr, qо‘g‘irchoq teatri, kino, teleradio, sahna rassomligi, san’at menejmenti bо‘yicha mutaxassis kadrlar tayyorlash doirasini kengaytirish borasidagi amaliy ishlari ham teatrga, avvalo milliy san’atimiz rivoji qо‘shilayotgan о‘ziga xos hissadir.
О‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimovning “Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch” asarlarida ta’kidlanganidek ”... Bizning milliy teatr san’atimiz tarixan juda katta yо‘lni bosib о‘tgan bо‘lib, uning qadimiy ildizlari halq о‘yin va tomoshalariga borib bog‘lanadi...
Ayni paytda teatr san’atimizda ham bugungi hayotimizni, zamonamiz qahramonlari qiyofasini har tomonlama chuqur ochib beradigan, tomoshabinni о‘ziga tortadigan, ham dramaturgiya, ham rejissura nuqtai nazaridan badiiy yuksak asarlar, afsuski, kam ekanini tan olishimiz lozim.”56
Dunyoni gо‘zallik qutqaradi deymiz. Gо‘zallik orqali inson о‘zini tushunishi, eng inja tuyg‘ularga ega bо‘lishga intilishi rost gap. Dunyoda gо‘zal manzaralar, ajoyib tabiat manzaralari va shu manzaralarning gо‘zalligini his etish uchun minglab rassomlar-u ijod sohiblari kо‘p.Ammo ana shu gо‘zalliklarni bus- butunligichi xalqqa yetkazish uchun tug‘ilgan iste’dod sohiblari g‘am kо‘p. Negaki, san’at orqali biz tariximizni, bugunimizni, ertamizni qaytadan kashf etib boramiz.
Teatr san’ati inson ruhiyatiga personajlar, dialoglar, kiyimlar va nihoyat mohir ijrolari bilan kirib borayotgan teatr aktyorlari esa zamon qahramonlari
56 I.Karimov,“Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch”, T,”Ma’naviyat”,143 b.
obrazlarini tasvirlash orqali yangi dunyo yaratadi.
Buyuk fransuz adibi Sartr aytganidek “Nasr-reallik, she’riyat esa tasavvur bilan bog‘liq ijod mahsuli. Dramaturgiya – har ikkisining uyg‘unligidir. Nasrda ijod qilayotganlar personaj xarakteri suratini chizayotgan paytda, shoirlar inson tuyg‘ulari haqida afsonalar yaratadi”.
Istiqlol tufayli Milliy teatr maqomini olgan drama teatri sahnasida Mannon Uyg‘ur, Yetim Bobojonov, Shukur Burhonov, Olim Xо‘jayev, Sora Eshontо‘rayeva, Nabi Rahimov, Obid Jalilov, Zaynab Sadriyeva, Zikir Muhammadjonov singari buyuk san’atkorlar ajoyib rollarni xalqimizga armug‘on etishgan. Shekspirning “Hamlet”, “Yuliy Sezar”, “Otello”, “Qirol Lir”, Sofoklning “Shoh Edip”, Shillerning “Makr va muhabbat”, Uyg‘un va Izzat Sultonning “Alisher Navoiy”, Hamid Olimjonning “Muqanna”, Maqsud Shayxzodaning “Mirzo Ulug‘bek”, Usmon Azimning “Kunduzsiz kechalar”, Hayitmat Rasulning “Piri koinot” dramalari, A.Kassonaning “Daraxtlar tik turib jon beradi”, Nurillo Abbosxonning “О‘zbekcha raqs”, “Tanho yulduz”, Usmon Azimning “Ogoh bо‘ling odamlar!” , “Tong otgan taraflarda”,Abduqahhor Ibrohimovning “Senga bir gap aytaman” spektakllari jamiyat hayotining turli jabhalarida mavjud muammolarni nafaqat yaqqol kо‘satib berish, balki ular orqali tomoshabinlarni munozaraga chorlash, yaxshilikning, ezgulikning umrini uzaytirish, yomonlikka qarshi kurashmoq yо‘llarini izlash borasida о‘ziga xos mahorat maktablari sanaladi.
Shu о‘rinda ta’kidlash lozimki, Muhtaram Prezidentimizning 2017 yil 3 avgustdagi “Adabiyot va san’at, madaniyatni rivojlantirish – xalqimiz ma’naviy olamini yuksaltirishning mustahkam poydevoridir” mavzuida О‘zbekiston ijodkor ziyolilari vakillari bilan uchrashuvdagi ma’ruzasida alohida qayd etilgan ushbu sо‘zlarni keltirmoq joizdir:
“...Respublikamizda mavjud 37 ta teatr faoliyatini ta’minlash uchun har yili katta miqdorla mablag‘lar yо‘naltiriladi.
Hurmatli teatr arboblarimiz о‘zlarining matbuot va televideniyedagi chiqishlarida kо‘pincha ma’rifatparvar bobomiz Mahmudxо‘ja Behbudiyning
“Teatr- ibratxonadir” degan hikmatli sо‘zlarini keltirishni yaxshi kо‘radilar. Lekin mana shu dono sо‘zlarni faqat og‘izda aytmasdan, о‘z faoliyatimizda ularga amal qilsak, ayni muddao bо‘lardi deb о‘ylayman”.
Davlatimiz rahbarining e’tirozlari tо‘g‘ri. Sahnada ijro etilayotgan asar insonni tarbiyalash, ezgulikka sari yо‘llash, о‘sib kelayotgan barkamol avlodni “ommaviy madaniyat”ning turli qing‘ir yо‘llaridan asrashga xizmat qilishi lozim.
Mana shu tarixiy uchrashuvda Prezidentimizning tashabbuslari bilan О‘zbek Milliy akademik teatri bilan “О‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati о‘rtasida besh yillik reja tasdiqlangan “Dо‘stlar klubi” tashkil etildi, moddiy va ma’naviy rag‘bat ijodiy jarayonlarga katta rivoj berdi, shuningdek, О‘zbekiston davlat dramatik teatri bilan О‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi hamkorligi teatrning “Truffaldino” spektakli sahnalashtirilishiga, Muqimiy nomidagi О‘zbekiston davlat musiqali teatri “О‘zsanoatqurilishbank” ATB bilan hamkorligi doirasida teatr jamoasining Qirg‘iziston Respublikasining Bishkek shahrida bо‘lib о‘tgan “ART ORDO-2017” 6-Xalqaro teatr festivalida ishtirok etishiga bо‘lgan katta rag‘bat, О‘zbekiston davlat qо‘g‘irchoq teatrining “О‘zeltexsanoat” AK bilan hamkorligi teatr jamoasining Tojikistonning Dushanbe shahriga gastrolini uyushtirishdagi, “Tо‘maris” spektaklinining namoyishiga asos bо‘lganini, О‘zbekiston davlat musiqali komediya (operetta) teatri va “Kapitalbank” aksiyadorlik tijorat banki bilan о‘zaro hamkorlik natijasida Davlat Yoshlar teatrning “О‘zmetkombinat” aksiyadorlik jamiyati bilan о‘zaro hamkorligi “Masxaroboz” shou dasturi bilan Angliyaning London shahridagi gastrol tomoshalari namoyishini, О‘zbekiston davlat akademik rus drama teatrining “Aloqabank” aksiyadorlik banki bilan hamkorlik aloqalari “Tomosha” bolalar teatr-studiyasini, Alisher Navoiy nomidagi О‘zbekiston davlat Akademik katta teatrining “О‘zbekneftegaz” milliy xolding kompaniyasi о‘rtasidagi hamkorlik aloqalari Sharof Rashidovning 100 yilligiga bag‘ishlangan “Ikki dil dostoni” baletini sahnalashtirish borasidagi, “Diydor” rejissyorlik va aktyorlik mahorati studiyasini har tomonlama qо‘llab-quvvatlashi misolidagi fayzli tadbirlar mamlakat rahbarining iqtisodiy baquvvat tashkilotlarni ijodkorlarga, ijodiy
jamoalarga “Dо‘stlik klublari” bilan ushbu tashkilotlarning samarali homiylik kо‘rsatishlariga munosib yо‘l ochdi. Har bir ijodkor jamoaning yaratgan san’at asarlari Muhtaram Yurtboshimizning san’atga, san’at muassasalariga, teatrlarga davlat tomonidan yaratilgan zarur shart-sharoitlar sanaladi.



Download 0,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish