О‘zbekiston respublikasi madaniyat



Download 0,85 Mb.
bet50/91
Sana23.07.2022
Hajmi0,85 Mb.
#844494
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   91
Bog'liq
madaniyat va sanat sohasi faoliyatini tashkil etish va boshqarish (4)

Tayanch iboralar


Teatr janrlari, anshlag, pyesa, operetta, rejissyor, spektakl, adabiy emakdosh, jonglyor, aktyor, partitura, dekoratsiya, grim.


Nazorat uchun savollar


1.Teatr janrlari, teatr yо‘nalishlari nimani anglatadi? 2.Teatrning kelib chiqish tarixi haqida nimalarni bilasiz?

  1. Davlatimiz tomonidan respublikada faoliyat kо‘rsatayotgan teatrlar faoliyatini samarali tashkil etish bо‘yicha qanday tadbirlar amalga oshirilmoqda?

  2. О‘zbek Milliy teatri faoliyatidan nimalarni bilasiz? 5.”Teatr kunlari” nimani anglatadi?

  1. Milliy konsepsiyamizda teatrlar sohasi rahbarlariga qanday vazifalar qо‘yilgan?

  2. Teatr arboblari uyushmasi faoliyatini izohlab bering.

  3. ”Teatr” jurnali ijodiy jarayonlari haqida fikrlaringizni bayon qilib bering.



Mavzu bо‘yicha tavsiya etiladigan adabiyotlar 1.Q.Nazarov.Qadriyatlar falsafasi.(Aksiologiya),Toshkent,2004. 2.Istiqlol va teatr.(tо‘plam), Toshkent, Yangi asr avlodi,2002.
    1. MUZEYLAR VA KО‘RGAZMA ZALLARI FAOLIYATINI TASHKIL ETISH VA BOSHQARISH


R E J A



  1. Muzeylar menejmenti tushunchasi.

  2. Kо‘rgazma zallaridagi kolleksiyalarni boshqarish.

  3. О‘zbekistonda muzeylar faoliyatini rivojlantirish masalalari. 4.О‘zbekiston muzeylari.



Darsning maqsadi: talabalarga muzeylar menejmenti va marketingi, kо‘rgazma zallaridagi kolleksiyalarni boshqarish, О‘zbekistonda muzeylar faoliyatini rivojlantirish masalalari, yurtimizda faoliyat kо‘rsatayotgan muzeylar haqida ma’lumot berish.

Darhaqiqat, muzey insonlar va davlatning madaniy, tabiiy va ilmiy meroslarini avloddan avlodga yetkazuvchi benazir vosita sifatida alohida mas’uliyatga ega va benuqson ish olib boruvchi tashkilotlardir.


Sо‘nggi davrda an’anaviy muzey tiliga ikkita yangi tushuncha kirib keldi, ular muzeylar menejmenti va muzeylar marketingi.
Muzeylar menejmentining vazifalari quyidagilardan iborat: 1.Muzeylar xodimlar apparatini samarali mehnatga rag‘batlantirish;
2.Muzeylar faoliyatida samarali natijalarga erishish va о‘sha muzey xizmatlariga bо‘lgan talabni oshirish borasida aniq chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish, turdosh muzeylarning о‘zaro hamkorligini ta’minlashga erishish;
A. Har bir muzeyda moliyaviy mablag‘ bilan ta’minlanish hajmini keskin oshirish borasidagi tadbirlar:

Muzeylar faqatgina madaniy qadriyatlar namoyishigina bо‘lib qolmasdan, ular bizni о‘tmish sayohatiga chorlovchi yо‘lchi yulduz hamdir. О‘zbekiston muzeylari 130 yillik tarixga ega. Mamlakat miqyosida muntazam faoliyat yuritayotgan 1200 dan ziyod turli yо‘nalish va soha muzeylari tashrif buyuruvchilarni mamnun qilib kelmoqda. Muzeylar ma’nan boyib, muntazam kengayib boradi. “О‘zbekiston Respublikasida madaniyat va san’at sohasini innovatsion rivojlantirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi Qarorga kо‘ra, Muzeylar renovatsiya dasturini joriy etishning asosiy maqsadlari quyidagicha:

  • muzeylar byudjetining kamida 30 foizini tadbirkorlik faoliyatidan tushadigan mablag‘lar hisobidan, shu jumladan, davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida tadbirkorlik subyektlarini jalb qilish orqali, shuningdek, muzeylar byudjetining kamida 15 foizini xayriya mablag‘lari hisobidan moliyalashtirishga bosqichma-bosqich о‘tishni nazarda tutuvchi о‘zini о‘zi ta’minlash prinsipiga asoslangan muzeylarni moliyalashtirish modelini joriy etish;

  • muzeylar infratuzilmasini xalqaro standartlarga muvofiq takomillashtirish orqali kо‘rsatiladigan xizmatlarning interaktivligini oshirish, shu jumladan, «smart»-texnologiyalarni (axborot dо‘konchalari, 3D vizualizatsiya va gologramma, QR-kodlar, chet tillaridagi elektron gidlar va hokazolarni) joriy etish;

  • aholi, eng avvalo, yosh avlod uchun mо‘ljallangan, internet tarmog‘idan foydalangan holda, muzeylarning faoliyatiga innovatsion axborot texnologiyalari keng joriy etish va muzey eksponatlarining raqamli shakllarini yaratish orqali muzey eksponatlarini kо‘rish imkonini beradigan infratuzilmani yaratish, kо‘rsatiladigan xizmatlar sifatini oshirish uchun muzeylarning ma’muriy tuzilmasini takomillashtirish;

  • xodimlarni, shu jumladan, xorijiy mutaxassislarni eng yaxshi jahon amaliyotlariga muvofiq muzeylarning rahbar lavozimlariga ochiq tanlov asosida jalb qilish amaliyotini joriy etish;

  • О‘zbekistonning madaniy-tarixiy merosini ommalashtirish va tanitish maqsadida muzeylarning ijtimoiy makonga tо‘liq integratsiyalashuvini ta’minlash;

  • muzeylarda imkoniyatlari cheklangan shaxslar, keksa yoshdagi tashrif buyuruvchilar, maktabgacha yoshdagi bolalar va ularga hamrohlik qilayotgan shaxslarga xizmat kо‘rsatish va qulaylik yaratishning inklyuziv uslublaridan keng foydalanish;

  • muzeylarda akademik tadqiqotlarni, shu jumladan, jamg‘arma mablag‘lari hisobidan grantlar ajratish orqali mahalliy va xorijiy tadqiqotchilarni jalb qilgan holda rivojlantirish.

Shuningdek, Renovatsiya dasturi О‘zbekiston amaliy san’at muzeyida (Toshkent shahri), I.Savitskiy nomidagi Qoraqalpog‘iston Respublikasi davlat san’at muzeyida (Nukus shahri) va Oybekning uy-muzeyida (Toshkent shahri) amalga oshiriladi.
Renovatsiya dasturi Jamg‘arma, mahalliy hamda xorijiy donorlar va metsenatlar mablag‘lari, shuningdek, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.Jamg‘armaning Ijro etuvchi direktori zimmasiga Renovatsiya dasturida nazarda tutilgan tadbirlarning о‘z vaqtida va sifatli bajarilishi uchun shaxsiy javobgarlik yuklandi.
Muzey menejmentining asosiy maqsadi degani bu mazkur muzeyning intellektual resurslaridan, imkoniyatlaridan samarali foydalanish asoslaridir. Muzeyning barqaror ishlashi ana shu resurslarning о‘z о‘rnida va meyorida
ishlatishdan iborat. Muzey obrо‘si va barqaror ishi uchun birinchi navbatda ishchan, bir-birining vazifasini mukammal bajara oladigan, har bir eksponat, surat yoki boshqa osori-atiqalarning barcha tafsilotini biladigan bilimdon kadrlar jamoasi kerak. Jamoaning birgalikdagi harakatini, samarali natijalarga erishishi uchun bir yoqadan bosh chiqarib ishlaydigan xodimlar jamoasini esa zamonaviy menejerlar hal qiladi. Tadbirkor va ishchan menejerning asosiy va muhim vazifasi- barcha xodimlarni jamoa ishining natijadorligi yо‘lida ruhlantira olishdir. Xodimlarning mehnat , majburiyatlar taqsimoti esa menejerning uddaburronligi va uzoqni kо‘ra bilishidan dalolat beradi.
Kо‘rgazma zallaridagi kolleksiyalarni boshqarish siyosati ham juda ustuvor vazifalardan biri.Bunga quyidagilar asos bо‘ladi:


Kо‘rgazma zallaridagi kolleksiyalarni boshqarish quyidagilarni о‘z ichiga


oladi:







Download 0,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish