О‘zbekiston respublikasi madaniyat



Download 0,85 Mb.
bet55/91
Sana23.07.2022
Hajmi0,85 Mb.
#844494
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   91
Bog'liq
madaniyat va sanat sohasi faoliyatini tashkil etish va boshqarish (4)

Konsert faoliyati nima?


“Konsert” sо‘zi musiqiy termin hisoblanib, quyidagi ma’noda ishlatiladi: “О‘zbek tilining izohli lug‘ati”da konsert sо‘zining lug‘aviy ma’nolari quyidagicha izohlangan:

  1. Musiqa asarlari, ashula, raqs va sh.k. nomerlarning ma’lum dastur asosida omma oldida ijro etilishi, ommaga kо‘rsatilishi.

  2. Simfonik orkestr yoki xalq cholg‘u asboblari orkestrining jо‘ri bilan yolg‘iz bir cholg‘u asbobi uchun yozilgan yirik musiqa asari.58

Konsert – madaniy faoliyatning bir kо‘rinishi sifatida, о‘ziga xosligidan kelib chiqqan holda juda muhim potensial imkoniyatlarga egadir.
Konsert faoliyati deganda badiiy jamoalar hamda vokal, cholg‘u, raqs, badiiy sо‘z ustalarining ommaviy chiqishlarini rejalashtirish va tashkil etish tushuniladi.


57 U.Qoraboev “Madaniyat masalalari”, -T.: “O‘zbekiston milliy ensklopediyasi” Davlat ilmiynashriyoti. 2010 y.,- B. 64.
58O‘zbek tilining izohli lug‘ati. 2-jild. – T.: “O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti, 2006.
-B.405
Konsert faoliyatining asosiy xususiyatlari quyidagilardan iborat:
-Ijro etilayotgan vokal, cholg‘u va h.k. asarlarning janr jihatidan xilma-
xilligi;

  • Konsert ishtirokchilarining soni (bir pianino ijrochisining yakka konsertidan tortib, bir necha yuzlab odamni qamrab oladigan ommaviy teatrlashgan tomoshalargacha) hamda ularning mashhurligi;

  • Konsert maydonining tipi va sig‘imi (filarmoniya zali, madaniyat uyi, sport saroyi, maktabzalivash.k.).

Ijro etilayotgan repertuarning xarakteriga qarab konsert faoliyatini quyidagi asosiy ikki bо‘limga ajratish mumkin: filarmoniya (grek. phileo – yaxshi kо‘raman va harmonia - garmoniya) konserti va estrada konserti. Konsert turlarini bunday tarzda ajratish bevosita ijro etiladigan repertuar bilan bog‘liq bо‘ladi.

Konsert ommaviy tomoshalardan biri bо‘lib, о‘z tarkibida kamida san’atning beshta turini: musiqa, adabiyot, raqs, teatr va estrada san’atini qamrab oladi. (jadval)


Konsert dastlab mumtoz (simfonik, kamer, yakkaxon vokal hamda yakkanavoz cholg‘u va boshq.) musiqa asarlarini ijroetilishi hamda tinglanishi uchun tashkil etilgan jamoa tadbiri sifatida namoyon bо‘lgan. Birinchi konsertlar 1672-1678 yillarda Londonda skripkachi J.Banister tomonidan uyushtirilgan. X1X-asrda esa konsertlarni turli musiqa jamiyatlari, filarmoniyalar tomonidan tashkil etilishi rivoj topgan. Hozirda konsert atamasi badiiy mazmuniga hamda namoyon bо‘lish joyiga qarab – adabiy, raqs, kino, estrada konsertlari, radio konsertlari va boshqa ma’nolarda talqin etiladi.
Yevropa mumtoz cholg‘u musiqasi janri, bir yoki bir necha yakka navo sozlar va orkestr uchun yozilgan musiqa asari. XU11-asr oxiri – XU111-asrning 1- yarmida Yevropa san’atida vujudga kelgan. Yakkanavoz cholg‘u bilan orkestr (yoki cholg‘u guruhlari) о‘rtasida ijodiy musobaqa, munozara konsertning о‘ziga xos xususiyatidir.59


59O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi. 5-jild. T.: “O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti, 2003
Kо‘rinadiki, konsert asosida solist (qо‘shiqchi) va orkestrlar (ansambllar) ni taqqoslash va bahslashuv prinsipi yotadi. Binobarin, konsert uchun solist (qо‘shiqchi) о‘z mahoratini har tomonlama namoyon qilishi asar g‘oyaviy mazmunini ochishga yо‘naltirilgan mohir ijrosi xarakterlidir. Aslida, konsertni turli janrlar, ijro mahoratining turli kо‘rinishdagi musobaqasi deb hisoblash mumkin. Chunki konsertda ijrochining yuksak mahorati, ifoda yо‘sini namoyon bо‘ladi, undagi har bir nomer bir-biri bilan uzviy bog‘langan bо‘lishi kerak.
О‘zbekistonda faoliyat kо‘rsatayotgan badiiy jamoalar haqida sо‘z borganda ushbu sohaning rivojlanish bosqichiga katta madad bergan Prezidentimizning 2018 yil 27 iyunda imzolangan “О‘zbekiston davlat filarmoniyasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi qarori nihoyatda ulkan ahamiyatga egadir. Unga kо‘ra Madaniyat vazirligi huzurida О‘zbekiston davlat filarmoniyasi va uning hududiy bо‘linmalari tashkil etildi.Davlat filarmoniyasi О‘zbekiston badiiy jamoalari ijodiy birlashmasi, О‘zbekiston milliy simfonik, kamerli va xalq cholg‘u asboblari jamoalari birlashmasi hamda “Turkiston” san’at saroyining barcha huquq, majburiyat va shartnomalari bо‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi.
Davlat filarmoniyasining asosiy vazifasi etib, milliy,mumtoz va zamonaviy musiqa hamda raqs san’atini ilg‘or yutuqlar asosida rivojlantirish belgilandi. Qarorga muvofiq Davlat filarmoniyasi va uning hududiy bо‘linmalari konsert-tomosha faoliyatini tegishli letsenziyani olmasdan, konsert-tomosha tadbirlarini bir martalik ruxsatnoma olmasdan amalga oshirish mumkin.
Shu о‘rinda xalq musiqasi janrlari, xalq og‘zaki ijodi namunalari haqida . Xalq musiqasi janrlari orasida kuy, qо‘shiq, ashula, yalla, lapar, adabiy-
musiqiy doston, mumtoz musiqa merosimizning muhtasham turkumlari: Buxoro Shashmaqomi, Xorazm maqomlari, Farg‘ona-Toshkent maqom yо‘llari, “Tanovor”, “Nasrulloyi”, “CHо‘li Iroq”, “Surnay navosi”, “Girya”,”Munojot” nomida ataluvchi qо‘shiqlar alohida mazmun kasb etadi.
Har bir xalqona qо‘shiq, xalq og‘zaki ijodining namunasi milliy madaniy meros sifatida ardoqlanib keladi. Avloddan avlodga о‘tib kelayotgan musiqiy asarlar, xalq qо‘shiqlari badiiy jamoalar repertuarlarining oltin xazinalaridan joy
olgan. Zero : “Xalqimizning “Xо‘p hayda”, “Dali daryo”, “Ayrildim”, “Munojot”, “Bayot”, “Ushshoq”, “Qora kо‘zim”, “Shashmaqom” singari uzoq tarixga ega bо‘lgan qо‘shiqlar, “Rо‘molim”, “Ayajon”, “Yor-yor”, “О‘lan”, “Alla” kabi lirikasi, “Olma deb otgan otam”, “Farang rо‘mol boshimda”, “Bog‘ aylanib chiy tutdim”,”Gulni gul dermu kishi”, “Qoshi qaro barno yigit” nomli shingil qо‘shiqlari о‘ziing latofati, jozibadorligi bilan asrlar davomida yashab kelmoqda, kishilarni aql-farosat bilan ish tutishga undamoqda”. 60
Qisqacha badiiy jamoalar haqida.
О‘zbekiston badiiy jamoalari ijodiy birlashmasi О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarori bilan 2014 yil 24 martda Muhiddin Qoriyoqubov nomidagi Akademik va xalq badiiy jamoalari Direksiyasi hamda badiiy jamoalar ijodiy birlashmasi negizida tashkil etilgan. Birlashma О‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tarkibiga kiradi. Birlashmaning asosiy vazifasi о‘zbek xalqining asrlar davomida shakllangan va avloddan avlodga noyob meros sifatida о‘tib kelayotgan milliy musiqa, raqs va qо‘shiqchilik san’at turlarini yanada rivojlantirish, targ‘ib etish va boyitish, yosh avlod qalbiga bu bebaho madaniy boylik tuyg‘ularini singdirishdir. Birlashma о‘z faoliyatida mamlakatimizning barcha hududlaridagi musiqa, raqs va qо‘shiqchilik san’ati maktab yо‘nalishlarini avaylab asrab, ular asosida yangi sahna asarlarini yaratib, san’atsevar xalqimizga taqdim etmoqda. Bugungi kunda birlashma tasarrufida 13ta badiiy jamoa faoliyat kо‘rsatib, 500dan ortiq ijodkor mehnat qilmoqda.

Download 0,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish