О‘zbekiston respublikasi madaniyat



Download 0,85 Mb.
bet42/91
Sana23.07.2022
Hajmi0,85 Mb.
#844494
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   91
Bog'liq
madaniyat va sanat sohasi faoliyatini tashkil etish va boshqarish (4)

Xodimlar muloqot madaniyatining shakllanishi, xodim bilan muloqot uslubini tahlil qilish, hamsuhbatni diqqat bilan tinglash, noverbal axborot yо‘llaridan foydalanish, irodani tarbiyalash, shakllantirish borasida qator tavsiyalar mavjud.


Madaniyat va san’at muassasalarida jamoaning umumiy qadriyatlari, e’tiqodlari, tartib qoidalarining birligini shakllantirish, an’analarini saqlash, rivojlantirish, jamoaning yakdilligi va birligini ta’minlash albatta ijod qilishga, sohadagi yangiliklarni targ‘ib etishga qaratilgan.
Rahbarning shakllangan ruhiy quvvati, tafakkuri, dunyoqarashining kengligi uning ichki va tashqi ma’naviyatini kо‘rsatadi, rahbar ma’naviyati о‘zgalarga ibrat bо‘lar darajada ekanini jamoaning katta yutug‘i deb hisoblash mumkin. Tajribadan ma’lum, tafakkuri teran, ma’naviyatli rahbarlar jamiyatdagi soxtalik, yomonlik, ikkiyuzlamachilik, adolatsizlik, loqaydlik, qonunbuzarlik holatlariga nisbatan о‘zida ham, tashkilotning boshqa a’zolarida ham “immunitet” hosil qilishga urinadi. Har bir narsaning yaxshi va yomon, salbiy va ijobiy tomonlari kuzatilganidek, quyidagi toifadagi rahbarlar ham uchraydi:

Rahbarning boshqaruv san’atini bilishi,xodimlarni tanlashdan tortib, ular bilan bog‘liq ziddiyatli vaziyatlarda oqilona yechim topa olishi, о‘zi mas’ul sohada yuksak mehnat samaradorligiga erishish uchun jamoaning bunyodkorlik kuchlarini safarbar eta olishi, rahbar mahorati va tashkilotchilik qobiliyatining mezonini bildiradi.
Haqqoniylik, rostgо‘ylik, topqirlik, ishbilarmonlik, boshqaruvda eng birinchi masala bilan ikkinchi darajali masalani tо‘g‘ri tahlil qila olish,eng qaltis holatlarda ham optimist bо‘lish mahoratli rahbarning g‘alabasi sanaladi. Rahbarning uzoqni kо‘ra bilishi, pirovard maqsad va vazifalarni tez va о‘z vaqtida tushunib yetishi, hayot va ishlab chiqarish jarayonida vujudga keladigan murakkab vaziyatlarda о‘zini yо‘qotmasdan noan’anaviy, kutilmagan yechimlar о‘ylab topa bilishi tarafdorlarining kо‘payishi uchun qо‘l keladi.
Jamoa ham bir oiladek bir maqsadning, bir vazifaning muammo va yechimlariga daxldor insonlar guruhi, mana shu sababli har kungi tashvish-u quvonch,musbat va manfiy axborotlarni birgalikda tahlil qilish rahbarning kundalik ishidir.
Tashabbuskor, qalbi toza, shijoatli, fidoyi , о‘z mustaqil fikriga ega, ruhan tetik,har qanday sharoitda jamoaga tayanch bо‘ladigan rahbar madaniyat va san’at
sohasida olib borilayotgan islohotlarning oldingi saflarida bо‘la oladigan ziyolilardan sanaladi.
Boshqaruv faoliyatiga javobgar birinchi shaxs zimmasidagi vazifalarni sidqidildan va о‘z vaqtida ado etish, tashkilot va xalq oldidagi mas’uliyatni his etish rahbar madaniyatining asosiy belgilaridan biri bо‘lib, mana shu mezon rahbarning kim ekanligini kо‘rsatadi. Rahbarmas’uliyatinafaqat rahbar, balki har bir ziyoli insonning, avvalo har bir kishining vijdoni, imoni, qolaversa jamoa, jamiyat, Vatan, millat oldidagi burchini teran anglashidadir.
Mas’uliyat rahbarning zimmasidagi vazifaga nisbatan javobgarlik tuyg‘usini oshiradi. О‘ziga va о‘zgalarga talabchan rahbarning ishi tartibli va natijali bо‘ladi. Bugungi kun rahbarlarining asosiy vazifalari nimalardan iborat:
- zamonaviy rahbar davlat va xalq manfaatlarini hamma narsadan ustun qо‘ymog‘i lozim;

      • zamonaviy rahbarning jamoa obrо‘sini saqlash borasida korrupsiyaga qarshi olib borayotgan ishlari tizimli tashkil bо‘lishi kerak;

- zamonaviy rahbarning birinchi va oxirgi rahbarlik tamoyili ADOLATdan iborat bо‘lishi lozim;

        • zamonaviy rahbarning shaxsiy hayoti va bilim olishga intilishi xodimlarga ibrat bо‘lmog‘i lozim;

        • zamonaviy rahbarning jamoa hukmiga havola etadigan hisobotlari faoliyati adolatli va haqqoniy ekanligidan dalolat bо‘lmog‘i lozim;

        • zamonaviy rahbar jamoani yagona maqsad, yagona g‘oya atrofida birlashtirmog‘i lozim.

  • zamonaviy rahbar samimiy, zakovatli, bir sо‘zli inson bо‘lishi lozim;

  • zamonaviy rahbar mas’uliyat doirasidan chetga chiqmasligi, har qanday sharoitda о‘zini tuta bilishi, jamoaning eng quyi pog‘ona xodimlarning ham hurmatini joyiga lozim;

    • zamonaviy rahbar sohaga oid xorijiy adabiyotlardan, xorijiy tajribadan boxabar bо‘lishi lozim;

    • zamonaviy rahbar chet tillarni hech bо‘lmaganda bittasini mukammal bilishi, axborot-kommunikatsion texnologiyalardan unumli foydalanishga layoqatli bо‘lishi lozim.

Yoki boshqacharoq ta’riflaydigan bо‘lsak:
A).Rahbar – tashkilotning asosiy harakatlantiruvchi kuchini yaxlit birlashtiruvchi, barcha resurslardan unumli foydalanuvchi, barchani birlashtiruvchi tadbirkor inson;
B).Rahbar – aniq maqsad, tashabbuskorlik yо‘lida aniq, tezkor va mustaqil qaror qabul qiladigan yagona inson.
V).Rahbar – madaniyat va san’at sohasida yangi, innovatsion g‘oyalarni targ‘ib qiluvchi, mana shu g‘oyalarni amaliyotga joriy etilishiga javobgar inson.
G).Rahbar – hammaning mehnati, iqtidori, tashabbusi, ishining natijadorligiga qarab baholaydigan, tashkilot ishchanligiga rag‘bat orqali ta’sir qiluvchi tashabbuskor inson.
Mutaxassislarning bu yanglig‘ xulosalari milliy rahbarshunoslikning boshqaruv faoliyatini takomillashtirish borasidagi ilmiy va nazariy xulosalaridir.
Boshqaruv faoliyatida tajriba, kо‘nikma, mahorat, iqtidor, bilim, aql va idrokning roli katta.Boshqaruv san’ati-aniqroq aytganda ijoddir. Rahbarlikda ham ijodkorlik singari iste’dod va iqtidor kerak, xodimlar bilan ishlash tinimsiz bilim va izlanishni talab etadi.Shu bois, zamonaviy rahbar о‘z qobiliyati, iste’dodini ishga solib izlanadi, shu maqsadda hayotni, odamlarni chuqur о‘rganadi. Natijada tо‘plagan bilimlari, tajribalarini boshqaruvning umumiy qonuniyatlari asosida shakllantirib, о‘zining boshqaruv usullarini yaratadi. Hozirgi shiddatli islohotlarda faol qatnashadigan,jamiyat, Vatan, xalq oldidagi burchini teran his qiladigan, ma’naviy barkamol, siyosiy yetuk, о‘z ishiga astoydil mehr qо‘ygan insonlargina zamonaviy rahbar nomiga munosibdirlar.



Download 0,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish