О‘zbekiston respublikasi madaniyat


Rahbarlarning sifat xislatlarini belgilovchi mezonlari kо‘p. Biroq quyidagi ijobiy xislatlar alohida mavqega ega



Download 0,85 Mb.
bet41/91
Sana23.07.2022
Hajmi0,85 Mb.
#844494
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   91
Bog'liq
madaniyat va sanat sohasi faoliyatini tashkil etish va boshqarish (4)

Rahbarlarning sifat xislatlarini belgilovchi mezonlari kо‘p. Biroq quyidagi ijobiy xislatlar alohida mavqega ega.


Rahbar madaniyati. Insonning ichki madaniyati, xulq-atvori, о‘zini tutishi, muomala madaniyati tashkil etishi haqida yuqorida aytib о‘tildi.Rahbar uchun
zaruriy xislat bu mas’uliyat bilan vazifani hal etishga qaratilgan ishonch. Iqtisodiy va ijtimoiy о‘zgarishlar vaqtida о‘z hamkorida ishonch uyg‘otish, navbatdagi ishga kafolat berish , boz ustida uni uddalash zamonaviy rahbar uchun muhim fazilatdir. Bu jarayonda rahbarlik tadbirkorlik faoliyati bilan uyg‘unlashib ketadi va ishonch tushunchasi markaziy о‘ringa kо‘tariladi.
Rahbarning, nafaqat obrо‘sini oshiradigan, balki qiyin vaziyatda uni asosiy maqsad yо‘lidan yetaklaydigan fazilatlardan biri – mustaqillikdir. Rahbar о‘z qarashi, mushohada layoqati va shaxsiy nuqtai nazariga egalikka intilishi lozim. Tо‘g‘ri, rahbar о‘z hamkasblariga, shuningdek, о‘rinbosarlari fikrlariga quloq tutishi kerak, lekin qaror va uning ijrosi birinchi shaxs zimmasidagi vazifa. Shu bois fikrlash va hatti-harakatdagi о‘zini erkin tutishi samarali boshqaruvning asosiy omillaridan hisoblanadi.Ammo, bu erkinlik qaysarlik kayfiyatiga aylanmasligi lozim. Buning uchun rahbar doim о‘z tashabbusini jamoa maqsadlari bilan uyg‘unlashtirib borishi zarur.
Boshqaruvda rahbarning faoliyatini:

  • jamoani aniq va tо‘g‘ri maqsadga tо‘g‘ri yо‘naltirish;

  • yangi g‘oyalar, innovatsiyalar, tashabbuskorlikni oshirish;

  • xodimlarni rag‘batlantirish va motivatsiyani oshirish;

  • vaqt va reglamentga doimiy amal qilish;

  • tanqidni (agar u adolatli bо‘lsa) og‘rinmay qabul qilish va tanqidga nisbatan xulosa chiqarish belgilaydi.

Tadqiqotlarga kо‘ra tajribali rahbarning kirishimliligi va masalani tez va oson hal qilishi, xarakteridagi hazilkashlik va hozirjavoblik ishga nihoyatda ijobiy ta’sir qilarkan. Chunki,xodimlarni qaysidir ma’noda ayab muomala qilish, bir og‘iz sо‘z bilan ruhiyatlariga ta’sir qilish, yoki beg‘araz hazillashib о‘tib ketish ham xodimning toliqqanini yodidan chiqib ketishiga sabab bо‘lar ekan.
Yaxshi muomalaning yomon munosabatdan farqini hamma toifadagi rahbarlar yaxshi tushunishadi. Didsiz va madaniyatsizrahbarlar esa aksincha, hajviy hikoyalarni tushuntirayotganida ham, xodimlarni kulishiga yо‘l qо‘ymaydi, ularni jerkib, tartibni buzmaslikka chorlab turadilar, metin intizomni talab qiladilar. Jamoada quvnoqlik kayfiyati ishchanlik sifatlarini oshirishini tushungisi kelmagan rahbarlar hatto yengil hazilni ham hazm qilolmaydilar.Albatta bu jihatlar xodimlar va jamoaning ichki madaniyatiga ta’sir qilmay qolmaydi.
Boshqaruvda rahbar madaniyatiga zid bо‘lgan ayrim holatlarni juda yaxshi bilamiz. Muassasa rahbarlari tomonidan san’at va madaniyat sohasi faoliyatini tashkil etish va boshqarish jarayonini ilmiy-metodik asosda, yuqori samaradorlikka erishish, zamonaviy axborot texnologiyalarni ilg‘or va samarali usullarini qо‘llash ishlari yetarli darajada tashkil etilmayotganligi, rahbariyat tomonidan xodimlarning mehnatini baholash, ustama belgilash va rag‘batlantirishga adolatli, odilona yondasha olmayotganligi, tanish-bilishchilik, qarindosh-urug‘chilik, mahalliychilikka amal qilayotganligi, rahbari amaldagi meyoriy hujjatlarni yaxshi о‘zlashtira olmaganligi, faoliyatning har bir yо‘nalishida olib borilayotgan ishlardan tо‘liq xabardor emasligi, bu borada uning bilimi, tajribasining yetarli emasligi, ijodiy va ijtimoiy faollik, g‘oyaviy-siyosiy talabga javob bermasligi. Rahbarlarda tadbirkorlik, ishbilarmonlik, tashabbuskorlik, tashkilotchilik qobiliyatlarining pastligi, fidoyilik, ta’sirchanlik, omilkorlik, ijodkorlik, bilimdonlik yetishmasligi kabi muammolar va kamchiliklar mavjudligi ham boshqaruv faoliyatining muammolari sanaladi.
Rahbar qachon el-yurt ishonchini, e’tiborini qozona oladi? Qachonki yuragi, qо‘li toza, kо‘ngli ochiq, aql va zakovat sohibi bо‘lsa, tabiatida qat’iyatlilik bilan bilim, talabchanlik bilan adolat uyg‘un bо‘lsa, u о‘zi boshqaradigan odamlarning g‘am-tashvishlarini о‘z qalbidan о‘tkazishga qodir bо‘ladi.
Rahbar:

    • yuqori darajada tashkilotchi, tinim bilmas ijodkor, о‘ziga ishongan;

    • tashabbuskor, ishbilarmon, omilkor;

    • murakkab vaziyatlardan tez xulosa chiqaradigan, oqibatli va jamoani ortidan ergashtira oladigan, о‘z ishining fidoyisi;

  • boshqaruvdatejamkorlikka e’tiborli;

  • birinchi navbatda va’dasini ustidan chiqadigan;

Boshqaruv va rahbarshunoslikda nizolarningsamarali, savodli hal qilinishi, jamoa faoliyatini samarali tashkil etish, о‘zaro ishonch, g‘urur hissini, ongli intizom, uyushqoqlikni tashkil etish masalalari ham mutaxassislar tomonidan kо‘plab munozaralarga sabab bо‘lmoqda.

Download 0,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish