O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y a



Download 0,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/61
Sana31.05.2022
Hajmi0,53 Mb.
#623145
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   61
Bog'liq
2012-sud-psix-yallayev-lot unlocked

Savol va topshiriqlar
1. Alkogolizmni kelib chiqishiga sababchi bo‘ladigan omillar nimalardan 
iborat?
2. Oddiy alkogol mastligining patologik alkogol mastligidan farqi nimada?
4. Patologik mastlikning kelib chiqish sabablarini aytib bering.
5. Surunkali alkogolizmning qanday bosqichlari mavjud?
6. Alkogoll psixozlari: oq alahlash, alkogol gallyutsinozlari, alkogol 
paranoidlari?
7. Dipsomaniyaning qanday turlari mavjud?
8. Alkogolizmni sud-psixiatrik baholash nima? 
Narkomaniya 
Narkomaniya 
– turli xil narkotik vositalarni notibbiy maqsadlarda 
iste’mol qilish natijasida yuzaga keladigan kasallik. 
«Narkotik vosita», «narkomaniya» singari narkologiya sohasida 
ishlatiladigan terminlar tibbiyot xodimlarining emas, balki ko‘proq 
yuristlar, sotsiologlar, jamoat arboblarining terminlaridir. Bu ter-
minlar xalqaro shartnomalar, konvensiyalarda ham, milliy 
qonunlarimizda ham muayyan huquqiy va ijtimoiy nuqtai nazardan 
ishlatiladi. 
«Narkotik vosita» termini uchta mezonni – tibbiy, ijtimoiy va 
yuridik mezonlarni o‘z ichiga oladi. Ular o‘zaro bog‘liq bo‘lib, 
huquqiy jihatdan, vositani faqat uchta mezonga mos kelgan 
taqdirdagina narkotik vosita deb topish majburiyatini yuklaydi. 


106
Tibbiy mezon shundan iboratki, vosita, modda, dori markaziy 
asab tizimiga o‘ziga xos (eyforik, sedativ, gallyutsinogen va boshqa) 
ta’sir ko‘rsatishi va bu ta’sir uni notibbiy maqsadlarda qo‘llashning 
sababi bo‘lishi kerak. 
Ijtimoiy mezon esa notibbiy maqsadlarda ishlatish ijtimoiy 
ahamiyat kasb etadigan miqyosga yetganligini nazarda tutadi. 
Yuridik mezon yuqorida keltirilgan ikki shart-sharoitdan kelib 
chiqadi hamda tegishli vakolatli bosqich mazkur vositani narkotik 
vosita deb topishi va uni narkotik vositalarning maxsus ro‘yxatiga 
kiritishini talab qiladi. 
Mazkur mezonlarning yo‘qligi dori vositasi yoki kimyoviy 
(sintetik, biologik, o‘simlikka oid) moddani, hatto suiiste’mol qilish 
vositasi bo‘lishi va kasallik holatini keltirib chiqarishi mumkin 
bo‘lgan taqdirda ham narkotik vosita yoki modda deb topmaslik 
uchun asos bo‘ladi. Bunday modda zaharvandlik (toksikomaniyaga 
oid) moddasi deb hisoblanishi mumkin. Ushbu modda narkotik 
vositalar ro‘yxatiga kiritilgan taqdirdagina uning noqonuniy 
ishlatilishi milliy jinoyat qonunlaridagi tegishli moddaning 
qo‘llanishiga sabab bo‘la oladi. 
«Narkotik vosita» terminidan to‘g‘ri foydalanish narkotiklar 
bo‘yicha xalqaro konvensiyalarni tuzishda nihoyatda katta ahamiyat-
ga ega. «Narkotik vositalar» terminini qo‘llashda ushbu moddalarni 
nostrifikatsiya qilish va belgilangan tartibda Narkotik vositalar 
to‘g‘risidagi Yagona Konvensiyaning tegishli ro‘yxatiga kiritish 
masalalarini ko‘rib chiqish, narkotik deb ataluvchi moddalar ishlab 
chiqarish hajmini xalqaro nazorat organlari bilan kelishib, BMTga 
ushbu moddalarni ishlab chiqarish, iste’mol qilish, eksport va import 
qilish masalalari bo‘yicha muntazam axborot berish orqali ishlab 
chiqarish hajmini cheklashni nazarda tutuvchi qonunchilik hujjatla-
rini inobatga olish lozim. Narkotiklar deb e’tirof etilgan moddalar 
faqat 1961-yilgi Yagona Konvensiya doirasida tomonlarni o‘zaro 
xabardor qilish va BMTning nazorat organiga axborot berish orqali 
eksport va import qilinishi lozim. 
Shunday qilib, «narkotik vositalar» terminini farmakologik nuqtai 
nazardan qo‘llash yetarli emas, chunki bu tushunchaga nafaqat tibbiy, 
balki huquqiy va ijtimoiy izoh berish zarur. «Narkomaniya» termini 


107
nafaqat klinik nuqtai nazardan, balki tibbiy-yuridik va ijtimoiy nuqtai 
nazardan ham ta’riflanadi va qonunda narkotiklar deb e’tirof etilgan 
tegishli moddalar yoki dorivor vositalarni suiiste’mol qilish 
turlarigagina qo‘llanishi mumkin. 
«Narkotik vositalar» va «narkomaniya» tushunchalarini aniq 
belgilab qo‘ygan Narkotik vositalar to‘g‘risidagi Yagona Konvensiya 
kuchga kirganidan keyin hamda O‘zbekiston Respublikasining 
jinoyat huquqi va boshqa huquqiy hujjatlarida narkotik vositalarni 
g‘ayriqonuniy saqlash, ishlatish, iste’mol qilish uchun jinoiy yoki 
ma’muriy jazo nazarda tutilganligini inobatga olib, narkotik 
moddalarga kiritilmagan moddalar yoki dorivor vositalarni iste’mol 
qilishda kasallik holati kelib chiqadigan hollarda «narkomaniya» 
terminidan foydalanishga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida «narkomaniya» 
va «toksikomaniya» terminlarini aniq ajratish zarurati yuzaga keladi. 
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining buyruqla-
rida mazkur terminlarni to‘g‘ri ishlatish zarurligi ta’kidlangan. Ya’ni 
«Narkomaniya» tushunchasini narkotik vositalarni iste’mol qilganlik 
oqibatida yuzaga keladigan kasallik holatlariga, «toksikomaniya» 
terminini esa narkotiklarga kiritilmagan dorivor vositalar va boshqa 
moddalarni qo‘llash oqibatida yuzaga kelgan kasallik holatlariga 
nisbatan ishlatish zarurligi aytilgan. Bunday ajratish tibbiy emas, 
balki birinchi navbatda huquqiy nuqtai nazardan kelib chiqadi. 
Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasining jinoyat kodeksida 
narkotik vositalarni g‘ayriqonuniy ravishda ishlab chiqarganlik, 
sotganlik va iste’mol qilganlik uchun tegishli jazo choralari
shuningdek narkomaniyaga chalingan shaxslarni albatta, jumladan 
majburiy davolash nazarda tutilgan. Bu shaxslar narkotik vositalarni 
tibbiy ko‘rsatmalarsiz qabul qilib, g‘ayriqonuniy harakatlar sodir 
etishlari mumkin, buning oqibatida ularda ko‘pincha qaytarib 
bo‘lmaydigan kasallik holatlari shakllanadi. Biroq bu qoidalar 
kasallik holati narkotik vositalarga kiritilmagan moddalar yoki 
dorivor vositalarni iste’mol qilganlik oqibatida yuzaga kelgan 
shaxslarga tatbiq etilishi mumkin emas. 
Binobarin «toksikomaniya vositalari va moddalari» degan boshqa 
bir terminni ham izohlash zarurati yuzaga keladi. Ularga, 1961–1971-
yilda qabul qilingan Konvensiyalarga muvofiq, narkotik yoki 


108
psixotrop moddalarga kiritilmagan, ammo suiiste’mol qilish predmeti 
hisoblangan va har xil o‘ziga xos kasallik holatlarini yuzaga 
keltiradigan modda va vositalar kiritilishi lozim. Toksikomaniya 
moddalari va vositalariga quyidagilar kiradi: 1) dorivor vositalar; 
2) dorivor bo‘lmagan har qanday vositalardan olingan moddalar. 
Bunda har qanday toksikomaniya moddasi xalqaro shartnomalarda 
belgilangan tartibda narkotik modda deb e’tirof etilishi mumkinligini 
unutmaslik kerak. 
Narkomaniya va toksikomaniyaning klinik ko‘rinishlari juda 
xilma-xildir. Narkomaniyaning turli shakllarining klinik manzarasi 
suiiste’mol qilinayotgan narkotik moddaning xususiyatlariga bog‘liq. 
Demak, narkotik vositalarni suiiste’mol qilish bilan bog‘liq kasallik 
holatlarini tavsiflash uchun «narkomaniya» termini ko‘pincha ko‘plik 
shaklida qo‘llaniladi, narkomaniyaning har bir shakli esa aniq nomga 
ega bo‘ladi: morfinizm, kokainizm, gashishizm, nashavandlik va 
hokazo. 

Download 0,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish