O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y a



Download 0,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/61
Sana31.05.2022
Hajmi0,53 Mb.
#623145
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   61
Bog'liq
2012-sud-psix-yallayev-lot unlocked

Kokain narkomaniyasi
. Dastlabki alomatlari kokain narkoma-
niyasida kasallikning ilk bosqichi tez boshlanadi. U quyidagi simp-
tomlarga ega: narkotik qabul qilinganidan (burunga tortilganidan, 
qonga yuborilganidan keyin) avvval yengil bosh aylanadi so‘ngra 
boshda qisqa muddatli qattiq og‘riq paydo bo‘lib, tezda yoqimli 
hissiyot bilan almashadi. Narkomanlar ilhomlanish, kuchli aqliy 
faoliyat holatini his qiladilar, fikrlar, assotsiatsiyalar oson yuzaga 
keladi, aqlning umumiy teranlashuvi boshlanadi. Ko‘pincha ular ko‘p 
yoza boshlaydilar, boqalar ularni tushunmasliklari, qadrlamaslik-
laridan ranjiydilar. Faollik ularning harakatlarida ham ko‘rinadi, ular 
ko‘p harakatlanadilar, joylarini o‘zgartiradilar, uydan ketib qoladilar
ko‘tarinki kayfiyatda daydib yuradilar. Bunday holat 2-3 soat davom 
etadi, so‘ngra umumiy kuchsizlanish, harakatsizlik va kayfiyatning 
pasayishi bilan kechadigan loqaydlikka almashadi. Qabul qilinayot-
gan preparatga ko‘nikish tez kuchayib boradi, bemor narkotik 
miqdorini oshira borib kerakli samara olishga urinadi, chunki 


114
odatdagi miqdor yuqorida keltirilgan hissiyotlarni hosil qilmaydi. 
Ruhiy tobelik kuchayib boradi. Asta-sekin abstinent sindrom (xumor) 
shakllana boshlaydi. Shaxsdagi o‘zgarishlarning dastlabki belgilari, 
qo‘pollashuv, qiziqishlar doirasining torayishi, psixik ko‘rinishlarga 
ega bo‘lgan hissiy siyqalanishi paydo bo‘ladi. Jismoniy buzilishlar: 
qorachiqlar kengaygan, shu bois bemorlar yaxshi ko‘rmaydilar, 
burun, og‘izda qurish seziladi. Kasallikning surunkali bosqichi 
shakllanadi. Preparatga nisbatan tolerantlik kuchayadi va 5–10 
grammli cho‘qqisiga chiqadi. Hissiyotlar boshlang‘ich bosqichdagi 
kabi yorqin emas. Ruhiy tobelik ko‘rinib turadi va endi qabul 
qilinadigan narkotik dozalari bilan yo‘qolmaydi. Abstinent sindrom 
to‘liq shakllangan hamda somatovegetativ va psixik simptomlar 
majmuida namoyon bo‘ladi. Ular orasida asosiylari – peshana va ensa 
sohasida kuchli bosh og‘rig‘i, qo‘rquv hissi bilan kechadigan 
bo‘shliqqa qulash hissi. Abstinent sindromning psixik tarkibiy 
qismida g‘am-g‘ussa kayfiyati ko‘pincha yashashni istamaslik 
haqidagi fikrlar bilan kechadi. Ushbu holatda narkomanlar o‘ziga 
nisbatan o‘lim bilan tugaydigan suiqasd harakatlarini sodir etishlari 
mumkin. Ular xudbin bo‘lib qoladilar, shaxsi borgan sari qo‘pol-
lashib boradi. Butun fikr va hissiyotlari narkotik vosita olishga 
qaratilgan bo‘ladi. Yuqori darajadagi his-tuyg‘ulari maydalashadi, 
xotira pasayadi, aqliy faoliyat susayadi, qiziqishlar keskin kamayadi. 
Narkomanlar ishdan ketadilar, isqirt, tashqi ko‘rinishlariga e’tiborsiz
bo‘lib qoladilar, tekinxo‘rlarcha hayot kechiradilar, tasodifiy ish 
haqlari bilan kun ko‘radilar. Uyqu buziladi, dahshatli tushlar 
ko‘radilar, ba’zan, aksincha, uyqusizlik qiynaydi va uyqu dorilarini 
ichishga majbur qiladi. Kokain iste’mol qiluvchilarga teri ostida 
qo‘ng‘izlar, kanalar yurgandek, kokain kristallari dumalab yurgandek 
tuyiladigan paresteziyalar xos bo‘ladi. Kokainni doimiy hidlovchi 
shaxslarda burun ichidagi devor teshilishi mumkin. Kokain 
narkomaniyasining oxirgi bosqichida mazkur buzilishlarning 
hammasi keskin og‘irlashadi. Jismoniy soha aziyat chekadi, bemorlar 
ozib ketadilar, bu holat butunlay toliqishga hamda nafas olish yoki 
tomir-harakat markazining falajligidan kelib chiqadigan marazm va 
o‘limga olib keladi. 


115
Huquqiy hujjatlarga muvofiq narkotiklar hisoblanadigan 
preparatlarning keyingi guruhi – 
dietilamid lizergin kislota (LSD)
,
ergotaminning yarim sintetik hosilasi – ayrim zamburug‘larda 
bo‘ladigan psilotsibin. Xalqaro huquqqa muvofiq LSD guruhi va 
lizergin kislotaning boshqa hosilalari xalqaro nazoratda turadi. 
Kuchli zaharlanishda qo‘zg‘alish, ko‘ngil aynishi, qayt qilish, so‘lak 
oqishi kuzatiladi, qon bosimi pasayadi, ba’zan ataksiya, spastik 
paralichlar uchraydi, hatto nafas olish markazining falajlanishi tufayli 
o‘lim kelib chiqishi mumkin. LSD ta’sirida holatlarning nihoyatda 
xilma-xilligi va shaxslararo variabellik kuzatiladi. Bu individ ichidagi 
o‘zgaruvchanlik bilan kechadi. Tovushlarga o‘ta sezgirlik hamda 
eshitish illuziyalari va soxta gallyutsinatsiyalar tipik hol hisoblanadi. 
Idrok etishdagi o‘zgarishlar ko‘pincha LSDga reaksiya sifatida 
uchraydi va asosan ko‘rish hodisalariga taalluqli bo‘ladi. Eshitish
gallyutsinatsiyalari kamroq uchraydi. Psixologik tekshiruvlarda har 
doim ham aniqlanmaydigan tafakkur, aql va xotiradagi o‘zgarishlar 
aniq kuzatiladi.

Download 0,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish