O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ICHKI ISHLAR VAZIRLIGI
A K A D E M I Y A
X. N. YALLAYEV
SUD TIBBIYOTI VA PSIXIATRIYASI
II jild
SUD PSIXIATRIYASI
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan
IIV oliy ta’lim muassasalari uchun darslik sifatida ruxsat etilgan
Toshkent – 2012
2
O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi
Tahririyat-noshirlik hay’atida ma’qullangan
T a q r i z c h i l a r :
tibbiyot fanlari doktori, professor
U. X. Alimov
tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent J
. G‘. G‘ulomov
Y–14
Yallayev X. N.
Sud tibbiyoti va psixiatriyasi. Darslik. II jild. Sud psixiatriyasi.
– T.: O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2012. – 142 b.
Darslikda sud psixiatriyasining tashkiliy masalalari, umumiy psixopatologiya
asoslari, ruhiy buzilishlarning ayrim shakllariga xos klinik ko‘rinishlarning eng
asosiy xusuciyatlari yoritilib, suitsidologiya bo‘limi ham keltirilgan.
Yuridik oliy ta’lim muassasalarining tinglovchilari, kursantlari va talabalariga,
huquqni muhofaza qilish organlarining xodimlariga mo‘ljallangan.
BBK 56.14.
ɹ
73
© O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2012
3
SO‘Z BOSHI
Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasida inson salomatligini
saqlash va mustahkamlash masalalariga katta e’tibor berilmoqda.
Bunga O‘zbekiston Respublikasi «Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash
to‘g‘risida»gi (1996-y.) va «Ruhiy kasallarga yordam ko‘rsatish
haqida»gi (2000-y.) qonunlarning qabul qilinganligi yaqqol dalil
bo‘ladi. O‘quvchilar e’tiboriga taklif etilayotgan darslik O‘zbekiston
Respublikasining fuqarolik va jinoyat qonunchiligidagi o‘zgarishlar
va qo‘shimchalar, shuningdek aholiga psixiatriya yordami ko‘rsatish
sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi yangi qonun hujjatlarini
inobatga olgan holda tayyorlandi.
Darslikda sud psixiatriyasining predmeti, protsessual va tashkiliy
asoslariga oid masalalar va ruhiy kasalliklarning simptomatolo-
giyasiga doir ma’lumotlar berilgan.
Darslikni tuzishda muallif zamonaviy adabiyotlarga, tibbiyot oliy
o‘quv yurtlarida ko‘p yillik pedagogik va davolash amaliyotidan
hamda O‘zbekiston Respublikasining sog‘liqni saqlash tizimidagi
institutlarda amalga oshirilgan ilmiy izlanishlaridan orttirgan
tajribalariga suyangan.
Turli shakllardagi ruhiy kasalliklarni sud psixiatriyasi yordamida
baholash, ruhiy bemorlar ijtimoiy xavfli harakatlarining oldini
olishga doir tibbiy choralarga alohida e’tibor qaratilgan.
Muallif darslikni takomillashtirishga qaratilgan har qanday taklif
va istaklaringizni minnatdorlik bilan qabul qiladi. Bildirgan fikr va
mulohazalaringiz kelajakda darslikning yangi nashrlarini yaratishda,
albatta, e’tiborga olinadi.
4
B i r i n c h i b o ‘ l i m
Do'stlaringiz bilan baham: |