O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y a


Sud-psixiatriya ekspertizasi materiallari



Download 0,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/61
Sana31.05.2022
Hajmi0,53 Mb.
#623145
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   61
Bog'liq
2012-sud-psix-yallayev-lot unlocked

Sud-psixiatriya ekspertizasi materiallari 
Sud-psixiatriya ekspertizasi o‘tkazish uchun ekspertlar ixtiyoriga 
quyidagilar yuboriladi: 
1) jinoyat yoki fuqarolik ishi materiallari, shaxsiy ish (agar 
mavjud bo‘lsa); 
2) tibbiy hujjatlar (kasallik tarixi ko‘chirmasining asl nusxalari 
yoki nusxalari, ma’lumotnomalar va hokazo); 
3) tergovchining qarori, sudning ajrimi yoki ozodlikdan mahrum 
qilish joylari ma’muriyatining iltimosnomasi; 
4) ekspertiza qilinayotgan shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar. 
Ekspertizaga taqdim etilayotgan materiallar qanchalik to‘liq 
bo‘lsa, sud psixiatrining xulosasi shunchalik ishonchli va xolisona 
bo‘ladi. Buning uchun sud-tergov xodimlari ekspertga jinoyat 
holatlari (sharoitlari) va ekspertiza qilinayotgan shaxsni ifodalovchi 
barcha ma’lumotlarni yuborishlari lozim. 
Ekspert-psixiatr ekspertiza qilinayotgan shaxsni tekshiruvdan 
o‘tkazibgina qolmay, balki ish materiallari bilan tanishadi, ekspertiza 
qilinayotgan shaxsni ifodalovchi barcha ma’lumotlarni o‘rganadi, 
uning hayotidagi asosiy bosqichlarga doir quyidagi faktlarga e’tibor 
beradi: bolaligida qanday o‘sgan va rivojlangan (bu ma’lumotlar 
uning ota-onasi va tarbiyachilaridan aniqlanadi), qachon yurishni, 
gapirishni boshlagan, qachon maktabga borgan, o‘quv materialini 
qanday o‘zlashtirgan, xarakteri qanday shakllangan, qaysi kasallik-
larni boshidan kechirgan, bunda ayniqsa yuqumli kasalliklar va bosh 
suyagining shikastlanishlariga e’tibor qaratiladi; tutqanoqlar 
kuzatilmaganmi; o‘smirlik davrida qanday turmush tarzi kechirgan; 
harbiy xizmatni o‘taganmi; qaysi kasb yoki kasblarni egallagan; ish 
joyini tez-tez o‘zgartirganmi (ruhiy kamchiligi bor shaxslar odatda 


15
atrof muhitga moslasha, jamoat bilan chiqisha olmaydilar). Yaqinlari, 
qarindoshlari, shuningdek xizmatdoshlaridan ekspertiza o‘tkazilayot-
gan shaxsning oilada, turmushda va ishda o‘zini qanday tutishini; 
narkotik vositalar iste’mol qilgan-qilmagan, alkogolni suiiste’mol 
qilish-qilmasligi, iste’mol qilgan bo‘lsa necha yoshidan boshlab va 
qay miqdorda iste’mol qilgan, bosh og‘rig‘i uchun yana biroz ichish 
ehtiyoji bo‘lganmi kabi savollarga javob topish ayniqsa muhim. 
Gumon qilinuvchi jinoyat sodir etguniga qadar psixonevrologiya 
dispanserida ro‘yxatda turgan yoki psixiatriya kasalxonasida 
davolangan hollarda, quyidagilarni aniqlash zarur: gumon qilinuvchi 
qachon kasallikka chalingan, kasallik nimada namoyon bo‘lgan, 
qayerda va qancha vaqt davolangan, unga qanday tashxis qo‘yilgan, 
davolashdan keyin uning ahvoli (sog‘lig‘i) qanday bo‘lgan. 
Ekspert uchun ijtimoiy xavfli qilmishni ruhiy faoliyati vaqtincha 
buzilgan holatda sodir etgan ekspertiza qilinuvchiga doir ma’lumotlar 
alohida ahamiyat kasb etadi. Bunday hollarda gumon qilinuvchi 
ko‘pincha jinoyat sodir etguniga qadar va undan keyin ruhan sog‘lom 
bo‘lishi mumkin. Shu bois jinoyat ishida ekspertiza qilinayotgan 
shaxsning jinoiy qilmish sodir etgan paytidagi xatti-harakatiga oid 
ma’lumotlar, uni vaqtinchalik hibsda ushlab turishga uning 
munosabati, ko‘rsatmalarining xususiyati, o‘z qilmishiga munosabati, 
so‘roq paytida o‘zini tutishi va boshqalar aks ettirilishi lozim. Ushbu 
ma’lumotlarning hammasi psixiatr ekspertlarning asoslangan xulosa 
berishlari uchun zarur. 
Ekspert tashxis qo‘yish, ayniqsa ruhiy faoliyat vaqtincha 
buzilganida, quyidagilarni: vaziyatning xususiyati, ushbu holat 
yuzaga kelgan shart-sharoitlarni, kasallik ko‘rinishlarini yuzaga 
chiqish qonuniyatlarini, qilmishning o‘ziga xos jihatini, keyingi hatti-
harakatining xususiyatlarini, uyqu buzilishi va nafaqat jinoiy 
qilmishni sodir etish davrida, balki undan keyin ham o‘zini noto‘g‘ri, 
g‘ayritabiiy yoki noodatiy tutishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan 
boshqa sabablarni bilishi zarur. Ekspert ruhiy faoliyatning u yoki bu 
tarzda buzilishiga xos bo‘lgan barcha klinik alomatlarni aniqlaydi va 
tekshiradi; bunda guvohlar, jabrlanuvchilar, ekspertizadan o‘tayotgan 
shaxsning o‘zi ham noto‘g‘ri ko‘rsatma berishlari, u yoki bu faktni 
buzib talqin etishlari mumkinligini nazarda tutishi kerak. 


16
Tergovchi ayblanuvchining ruhiy holati haqida xulosa chiqarish 
uchun muhim bo‘lgan barcha ma’lumotlarni ayblanuvchi va 
guvohlarni so‘roq qilish, ayblanuvchining yaqinlari, tanishlaridan 
so‘rab-surishtirish jarayonida to‘plashi lozim. 
Ekspertlarning jinoyat ishida bo‘lmagan zarur hujjatlarni tibbiy 
muassasalarning o‘zidan olish amaliyoti ekspertiza o‘tkazishni 
tezlashtiradi. Biroq bunday imkoniyatdan faqat tibbiy hujjatlarni 
olishdagina foydalanish lozim. Ayblanuvchining ruhiy holatiga oid 
boshqa barcha materiallarni tergovchi dastlabki tergov jarayonida 
olishi kerak. 

Download 0,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish