5
1940-yildan boshlab respublikamiz psixiatr olimlari Moskva
shahrida joylashgan Serbskiy nomidagi Sud psixiatriyasi markaziy
ilmiy tadqiqot institutining yetakchi olimlari bilan yaqin ilmiy aloqa
o‘rnatdilar. 1972-yilgacha g‘ayriqonuniy harakatlar sodir etgan ruhiy
kasallar umumiy tipdagi psixiatriya kasalxonalarida majburiy
davolangan bo‘lsalar, keyinchalik Toshkent shahrida maxsus tipdagi
respublikalararo kasalxona tashkil qilindi. Majburiy yo‘sinda
davolanadigan Respublika psixiatriya kasalxonasi hozirgi kungacha
shu toifadagi yagona davolash muassasasidir.
1944-yilda Sog‘liqni saqlash vazirligi qoshidagi Respublika sud-
psixiatriya ekspertizasiga rossiyalik mashhur psixiatr
P. B. Ganushkinning shogirdi professor F. F. Detengoff tayinlandi.
Mamlakatimiz psixiatriyasining shakllanishi professor F. F. Deten-
goffning shogirdlari – Y. A. Blinovskiy, X. A. Alimov, T. I. Ismai-
lov, Sh. A. Murtalibov, B. Toshmatov kabi professorlarning nomlari
bilan bog‘liq. Professor B. Toshmatov O‘zbekiston Respublikasi
Sog‘liqni saqlash vazirligining bosh psixiatri bo‘lib,
mamlakatimizda
sud psixiatriyasi xizmatiga boshchilik qilgan.
Sud psixiatriyasi O‘zbekiston Respublikasi IIV idoraviy sog‘liqni
saqlash muassasasi ishining muhim bo‘g‘inidir. Respublika
psixiatriya kasalxonasida, shuningdek uning viloyatlarda faoliyat
ko‘rsatayotgan ixtisoslashgan bo‘linmalarida mahkum ruhiy bemorlar
nazorat qilinadilar va davolanadilar.
Psixiatr shifokorlarning malakasini oshirish va ularni qayta
tayyorlash ishlari Toshkent shifokorlar malakasini oshirish instituti
negizida amalga oshiriladi.
Oliy Majlis 2000-yil 31-avgustda qabul qilgan va 2001-yil 1-
yanvardan kuchga kirgan «Psixiatriya yordami to‘g‘risida»gi qonun
O‘zbekiston Respublikasida psixiatriya xizmatining yanada
rivojlanishiga imkoniyat yaratdi. Mazkur qonun to‘rtta bo‘lim va 43
ta moddadan iborat.
«Umumiy qoidalar» nomli birinchi bo‘limda (1–15-moddalar)
Qonunning maqsadi, psixiatriya yordamini ko‘rsatish prinsiplari va
kafolatlari hamda ruhiy kasallarning huquqlari bayon etilgan. Ruhiy
kasallikka chalinib oqibatida ijtimoiy xavfli qilmishlar sodir etgan
shaxslarga qo‘llaniladigan majburiy yo‘sindagi tibbiy choralar
belgilangan.
6
«Psixiatriya yordamini ko‘rsatuvchi shaxslar» nomli ikkinchi
bo‘lim (16–19-moddalar) psixiatr shifokorlarning huquq va
majburiyatlariga bag‘ishlangan.
«Psixiatriya yordamining turlari va uni ko‘rsatish tartibi» nomli
uchinchi bo‘lim (20–40-moddalar)da psixiatriya yordamining turlari,
shaxslarni guvohlantirish tartibi, psixiatriya kasalxonalaridagi
bemorlarning huquqlari, unday kasalxonalar ma’muriyati va tibbiy
xodimlarning majburiyatlari, psixiatriya muassasalarida yashovchi
shaxslarni ijtimoiy ta’minlash va maxsus ta’lim berish turlari
ifodalangan.
Qonunning «Yakuniy qoidalar» nomli to‘rtinchi bo‘limida (41–
43-moddalar) bemorlarga psixiatriya yordami ko‘rsatuvchi
tibbiyot
xodimlarining harakatlari ustidan shikoyat qilish tartibi, shaxslarning
psixiatriya yordami to‘g‘risidagi qonunlarni buzganlik uchun
javobgarligiga doir qoidalar keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: