O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y a


Sud-psixiatriya ekspertizasi tayinlash uchun asoslar



Download 0,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/61
Sana31.05.2022
Hajmi0,53 Mb.
#623145
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   61
Bog'liq
2012-sud-psix-yallayev-lot unlocked

Sud-psixiatriya ekspertizasi tayinlash uchun asoslar 
Sud-psixiatriya ekspertizasi faqat quyidagilar asosida amalga 
oshirilishi mumkin: 
– tergovchi, prokuror yoki surishtiruv organining qarori; 
– sudning ajrimi, shuningdek sudya yakka o‘zi xususiy ayblov 
ishi bo‘yicha yoki fuqarolik ishini sudda tayyorlash tartibida 
chiqargan ajrim (qaror); 
– jazoni ijro etish joylari ma’muriyatining taklifi. 
Sud-psixiatriya ekspertizasi tayinlash uchun quyidagilar sabab 
bo‘lishi mumkin: 
– guvoh yoki jabrlanuvchi, shuningdek ayblanuvchi yoki gumon 
qilinuvchining (jinoyat sodir etguncha, jinoyat sodir etish paytida 
yoki undan keyin) o‘zini g‘ayritabiiy tutishi; 
– guvoh, jabrlanuvchi yoki ayblanuvchining bema’ni ko‘rsat-
malari; 
– 
sababsiz (motivsiz) huquqbuzarliklar sodir etishi (qasddan 
jinoyat sodir etish uchun psixologik jihatdan tushunarli sabablarning 
yo‘qligi); 
– o‘ta shafqatsiz jinoiy qilmishlar; 
– tuhmat yoki o‘ziga ayb qo‘yish xususiyatiga ega bo‘lgan 
ko‘rsatmalar; 
– sudbozlik ko‘rinishlarida shaxsning ruhiy kasallar shifoxo-
nasida bo‘lishi yoki psixonevrologik dispanserda hisobda turganligi 
haqidagi ma’lumotlar; 
– o‘zini o‘zi o‘ldirish yoki bunga urinish; 
– shaxsning ilgari sud-psixiatriya, mehnat yoki harbiy psixiatriya 
ekspertizasidan o‘tganligi. 


10
Shunday qilib, surishtiruv o‘tkazayotgan shaxs, tergovchi, proku-
ror yoxud sudda ayblanuvchi yoki gumon qilinuvchining ruhiy holati 
xususida shubha uyg‘onganida hamda shaxsning aqli rasoligi (o‘z 
harakatlariga hisob bera olishi va huquqbuzarlik sodir etish paytida 
o‘zini boshqara olishi) haqidagi masalani hal qilish zarurati 
bo‘lganida, shuningdek guvoh yoki jabrlanuvchining ruhiy holatlari, 
ularning ish uchun muhim holatlarni to‘g‘ri idrok qilish va ular 
haqida to‘g‘ri ko‘rsatmalar berish qobiliyati shubha uyg‘otganida 
sud-psixiatriya ekspertizasi o‘tkazilishi shart.
Sud-psixiatriya ekspertizasi tayinlash haqida yuqori lavozimdagi 
mansabdor shaxslar va organlarga iltimosnoma bilan ayblanuvchi, 
gumon qilinuvchi yoki jabrlanuvchi, ularning qarindoshlari, advokat 
(protsessda ishtirok eta boshlagandan boshlab), prokuror, da’vogar, 
javobgar va ularning vakillari murojaat etishlari mumkin. O‘ta 
shafqatsizlik bilan jinoyat sodir etilganida jinoyat motivlari noaniq 
qolgan taqdirda, tergovchi yoki sudning o‘zi ayblanuvchining istagi 
va mazkur iltimosnomalarning bor-yo‘qligidan qat’iy nazar, psi-
xiatriya ekspertizasi tayinlashlari mumkin. Jabrlanuvchi va 
guvohlarga psixiatriya ekspertizasini sud yoki tergovchi tayinlaydi. 
Ekspert guvohlantirishni ilgari ensefalit, meningoensefalit, bosh 
miya jarohatlari singari bosh miya kasalliklariga chalingan shaxslarga 
(ayniqsa agar ana shu kasalliklardan keyin o‘qishda qoloqlik yoki 
mehnat qobiliyatining pasayishi kuzatilgan bo‘lsa), shuningdek 
yordamchi maktabda o‘qigan yoki o‘qiyotgan shaxslarga nisbatan 
o‘tkazish lozim. 
Qonun, agar tergov yoki sud iltimosnoma berilib tushuntirib 
berish so‘ralayotgan holatlarni nomuhim deb topsa, ekspertiza 
tayinlashni rad etishga huquq beradi. 
Tergovchi, sud ekspertiza tayinlash haqidagi masalani hal 
etayotganida ish holatlarini tekshirishning har tomonlamaligi, 
to‘liqligi va xolisligiga doir qonun talablariga amal qiladi. Psixiatriya 
ekspertizasini buning uchun asos bo‘lganida o‘z vaqtida va to‘g‘ri 
tayinlash qonuniylikni mustahkamlashga imkon beradi. 


11

Download 0,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish