Fk=M/AF
Bu yerda, Fk asosiy fondlar qaytimi,
M mahsulot hajmi,
Af asosiy fondlar qiymati.
Korxonaning aylanma fondi deb shunday fondlarga aytiladiki, ular faqat bir doiraviy aylanishda ishtirok etadi, ozining qiymatini tovarga bir yola otkazadi va ozining natural (buyum) shaklini saqlab qolmaydi. Bu fondlarga xom-ashyoollar, yordamchi materiallar, energiya, tugallanmagan ishlab chiqarish, qishloq xojaligida yem-xashak, boquvdagi xayvonlar, mevazorlar hamda ish xaq fondi kiradi. Sanoatda aylanma fondlarning salmogi ancha yuqori bolib, taxminan fondlar tarkibida 80 foiz ulushni tashkil etadi.
Bozor iqtisodiy holtida fondlar qiymatining har bir somi doimo nazoratda boladi. Zero bu iqtisodiy holat tejamli, ozini-ozi qoplaydigan, oziga-ozi mashul hojalik yuritish tizimidir. SHunga, kora korxonaning daromad olish uchun yonaltirilgan barcha vositalariga investitsiya deb ham nomlangan. Investitsiyalar avval avanslangan va yangidan avanslangan pul mablaglaridan tashkil topadi. Odatda malum ishlab chiqarish davri uchun avanslangan mablaglar yalpi investitsiyalar deb, yangidan avanslangan pul resursiga sof investitsiya deyiladi. Korinib turibdiki, sof investitsiya ishlab chiqarish fondlarini yaxshilash takomillashtirish, fond sigimini oshirish maqsadiga yonaltiriladi.
Sof investitsiya ikki manbadan shakllantirilishi mumkin:
korxonaning oz jamgarmasidan; ular korxona foydasidan ishlab chiqarishni kengaytirish maqsadida yonaltiriladi;
xorijiy investitsiyalar, xomiy tashkilotlar va bank kreditlaridan; ular ishlab chiqarish maqsadiga safarbar etiladi.
Ozbekiston Respublikasi Prezidenti korxonalar fondlarini kengaytirish va yangilash maqsadlariga har ikki investitsiya manblatlarini kengroq, jalb etish masalasiga doimiy etibor berib kelmoqda. Natijada mamlakatimizda yangi korxonalar, texnologik liniyalar, tsexlar, kapital taminlangan korxonalar va ishlab chiqarish obektlari ishga tushirilmoqda. Biroq, Vazirlar Mahkamasining 2007 yil 12 fevraldagi Majlisida 2006 yilda xorijiy investitsiyalar, ayniqsa, togridan-togri horijiy investitsiyalar kam jalb qilinganni, bunga tosiq bolayotgan qator sabablar ochib tashlandi.
Moddiy va manaviy nematlarni ishlab chiqarish har qanday sharoitda malum chiqimlar ishlab chiqarish harajatlari bilan bogliqdir. Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarish harajatlarining ahamiyati yanada ortadi. Zero firmaning daromadi, ayniqsa, u oladigan foyda miqdori ana shu harajatlarga bevosita daxldor boladi: harajatlar kam bolsa foyda koproq va aksincha boladi.
Ishlab chiqarish harajatlari deganda firma (korxona), ishlab chiqaruvchilar tomonidan ishlab chiqarish omillari sotib olishga avanslagan chiqimlari tushuniladi. Albatta, bu chiqimlar miqdori, tarkibi turli sharoitlarda turlicha boladi. Bozor iqisodiyoti shakllangan sharoitda xojalik yurituvchi soxibkor (tadbirkor) nuqtai-nazaridan ishlab chiqarish harajatlari shunchaki malum natija olish uchun emas, balki qilingan chiqimlarning har bir birligiga malum (ortachadan kam bolmagan) foyda olishni bildiradi. Demak, ishlab chiqarish harajatlari bilan ishlab chiqarish hajmi pirovard natijasi ortasida doimiy bogliqlik boladi.
Xozirgi zamon iqtisodiyotida ishlab chiqarish harajatlari ishlab chiqarilgan mahsulotga bogliq, yoki bogliq bolmagan nuqtai-nazaridan taklif qilinadi. Ishlab chiqarish harajatlari shu asnodan kelib chiqib tahlil etiladi va baholanadi.
Ishlab chiqarish harajatlarini sof iqtisodiy va buxgalteriya (hisob-kitob) nuqtai-nazaridan ham farqlanadi. Sof iqtisodiy nazariya jixatdan bu harajatlar ishlab chiqarish omillariga moddiy-ashyoviy omillarga (ishlab chiqarish vositalari) va shaxsiy omillarga (ish kuchi omili) qilingan harajatlardan iborat boladi. Buxgalteriya hsobi jixatidan soxibkorning harajatlari amortizatsiya (ishlab chiqarish qurollarining yemirilgan qiymati), xom ashyolar, yordamchi materiallar, zaxira qismlari, yoqilgi va elektr energiya, ish xaqi, mahsulotni sotishga avanslangan (sarflangan) pul mablagidir.
Buxgalteriya hisobotida ishlab chiqarish harajatlari tarkibi degan tushuncha ham mavjud. Harajatlar tarkibi deganda umumiy harajatlarda u yoki bu harajatlarning (chiqimning) salmogi, xissasi tushuniladi. Bu tarkibiy tuzilishni aniqlashning iqtisodiy ahamiyati bor. Zero, ishlab chiqarish harajatlari tarkibida qaysi harajat yuqori (kop) bolsa, harajatlarni tejash imkoniyati oshandan qidiriladi. Masalan, qishloq xojaligida, ayniqsa, sabzavotchilik, polizchilik, chorvachilik, mevachilik soxalarida qol mexnati yuqori turadi va shunga kora ish salmogi yuqoridir. SHuning uchun qol mehnatini yengillashtirish bilan bogliq chora-tadbirlar koriladi.
Sanoatda ayniqsa, tog-kon, mashinasozlik, kimyo sanoati sohalarida mashina mexanizmlar, asbob-uskunalar, amortizatsiya harajatlari yuqori boladi. Demak, ishlab chiqarish chiqimlari tarkibi masalasi iqtisodi qoltni tejamli tashkil etishda muhim omil sanaladi.
Doimiy, ozgaruvchan, yalpi harajatlar. Tannarx. Ishlab chiqarish miqdori, xajmiga tasiri nuqtai-nazaridan harajatlarni doimiy, ozgaruvchan va yalpi harajatlar sifatida tavsiflanadi. Doimiy harajatlar shunday harajatlarki, ular ishlab chiqarish miqdoriga bogliq bolmagan holda mavjud boladi. Bular jumlasiga amortizatsiya ajratmasi (asosiy vositalarning yemirilishi) kredit, foizlar, soliqlar, qoriqlash harajati, boshqaruv xodimlari maoshlari, sugurta qilish kabilar kiradi. Ularni doimiy deyilishiga sabab shuki, har qanday ishlab chiqarishda bunday chiqimlar obektiv zaruratdir, ishlab chiqarish xajmi qanday bolsa ham ularni mavjud bolishi tabiiydir. Biroq bu harajatlarning salmogi va umumiy harajatlardagi hissasi ozgarmaydi degani emas.
Ozgaruvchan harajatlar shunday harajatlarki, ular ishlab chiqarilgan mahsulot miqdoriga bevosita boqliq boladi. Bunday harajatlarga hom ashyolar, materiallar, yoqilgi-energetika sarflari, ishlovchilar miqdori kabilar kiradi. Zero, ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori yuqoridagi sarflar miqdoriga bevosita bogliqdir, yani koproq sarf qilinsa, koproq mahsulot olinadi va aksincha. Togri, bir-birining ornini bosuvchi muqobil xom-ashyollar, material va yoqilgilar qollanishi mumkin. Biroq bu xol ishlab chiqarish miqdorigaa salbiy tasir etmaydi. Masalan, malum mahsulot yaratish uchun avvalgidan ozroq ish kuchi sarflanishi mumkin. Biroq, boshqa harajatlar ozgarmagan holda ishlayotgan xodimlarga oldingidek (ish xaqi fondi) ish xaqi sarflanadi, yani ularning intensiv mexnati ragbatlantiriladi. Boshqacha aytganda, avvalgi ish xaqi fondi ozroq miqdordagi, biroq intensivroq ishlagan ishchilarga tolanadi.
Yalpi ishlab chiqarish harajatlari malum miqdordagi mahsulot ishlab chiqarish uchun umuman sarflangan harajatlardir, yani doimiy va ozgaruvchan harajatlar yigindisidir. Oz navbatida yalpi harajatlar ortacha harajatlar, ortacha doimiy harajatlar, va ortacha ozgaruvchan harajatlar tariqasida ham ajralib turadi. Ortacha harajatlar yalpi harajatlarning yalpi mahsulot miqdoriga nisbatan olingan harajatlar, ortacha doimiy harajatlar doimiy harajatlarning yalpi mahsulot miqdoriga nisbatan olingan hosilasi bolsa, ortacha ozgaruvchan harajatlar ozgaruvchan harajatlarining yalpi mahsulot miqdoriga nisbatidan iboratdir.
Garb iqtisodiyotida cheklangan harajatlar degan kategoriya ham qollanib kelinadi. Bu harajatlar har bir qoshimcha ishlab chiqarilgan mahsulot birligiga proportsional miqdorda sarflangan qoshimcha chiqimlardir. Albatta, bunda boshqa sharoitlar (masalan, doimiy harajatlar) ozgarmagan holatdagi natija tushuniladi. Yuqorida aytganimizdek, har bir xojalik yurituvchi subekt oldida doimo bir muammo resurslarning cheklanganligi muammosi kondalang turadi. Xatto, u yoki bu resurs sirtdan karalganda beqiyos kop korinishi ham mumkin. Masalan, Ozbekistonda, ayniqsa, Andijon viloyatida mexnat resurslari ortiqdek tuyuladi. Aslida ayrim tarmoqlarda, zamonaviy korxonalarda u yoki bu kasblardagi malakali ishchilar yetishmaydi.
Resurslar tanqisligi yoki cheklanganligi sharoitida firma muqobil harajatlarga qol uradi. Manosi shuki, avvalgi ananaviy mahsulot ishlab chiqarishdan voz kechadi, kamroq, resurs talab qilinadi. Biroq, avvalgidek daromad keltiradigan mahsulot turini ishlab chiqishga otib ketadi. Firma (korxona) buxgalteriyasida ishlab chiqarish harajatlarining boshqa bir ifodasi bolgan tannarx kategoriyasidan foydalaniladi, yani korxona mahsulotining tannarxi hisoblab boriladi.
Tannarx firmaning barcha mahsulotga yoki mahsulot birligiga pul sifatida sarf qilingan harajatidir. Odatda mahsulot ishlab chiqarish tannarxi, mahsulotni ishlab chiqarish va sotish tannarxi (tola tannarx) kabi korsatkichlar farqlanadi. Tannarx u yoki bu mahsulot faoliyat mahsuli firmaga qanchaga tushganligini korsatadi. Korxona foydasi tannarx bilan mahsulotning yalpi qiymati ortasidagi miqdoriy farqdan tashkil topadi. SHu manoda korxona uchun tannarx, ishlab chiqarish harajatlari degan korsatkichlarning ahamiyati beqiyosdir. SHuni takidlash kerakki, bozor iqtisodiqoltiga otish davrida tovarlar (xizmatlar) taklifining talabga nisbatan past bolishi oqibatida mahsulot tannarxi masalasiga jiddiy etibor berilmoqdadir. Zero, bozorning toyinmaganligi tufayli, narxlarning ancha yuqori bolishi tufayli tannarxi yuqori tovarlarning ham sotilishi, hatto foyda keltirishga ham sabab bolayotir. Biroq, bu vaqtinchalik, otish davri uchun harakterli holat ekanini unutmaslik lozim. Demak, tannarxni kamaytirishga qaratilgan harakatni toxtatmaslik lozim. Aslida kam harajat qilib koproq samaraga erishish yoki aynan osha harajat bilan koproq natija olish iqtisodiyotning, iqtisodiy faoliyatning bosh mazmunini tashkil etadi.
Firma (korxona) daromadi va foyda. Firma (korxona) daromadi deganda uning iqtisodiy faoliyati natijalarini sotishdan tushgan pul tushumlari tushuniladi.
Aslida pul tushumlari (daromad) asosan mahsulotlar (xizmatlar) sotishdan vujudga kelsa ham, amaliy holatda ularga qoshimcha yana mulkni xususiylashtirishdan, aktsiyalar sotish, dividentlar olish, kreditga berilgan pullarga tushgan foizlar va boshqa manbalardan ham shakllanadi. Korxona daromadining bir qismi ishlab chiqarishni yangilash, xojalikni kadrlar va moddiy jixatdan mustaxkamlash hamda boshqa xojalik faoliyati harajatlarini qoplash maqsadlariga yonaltirilsa, boshqa qismi korxona foydasini tashkil etadi.
Boshqacha qilib aytganda, firma daromadi bilan ishlab chiqarish va sotish harajatlari tannarx ortasidagi miqdoriy farq, firma foydasidir. Buni quyidagi formula bilan tavsiflash mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |