22-Mavzu:Raqobat va uning turlari.
(2 soat ma'ruza)
Reja:
1. Raqobat tushunchasi.
2. Raqobatning turlari.
3. Erkin raqobat bozorni xarakatga keltiruvchi kuch va iqtisodiy o'sishni ta'minlovchi omildir.
4. Raqobatning mohiyati, iqtisodiy asoslari va shakllari.
5. Ozbekistonda raqobatchilik muhitining vujudga kelishi va antimonopol qonunchilik.
Tayanch soz va iboralar:
Raqobat, xalol raqobat, g'irrom raqobat, Monopoliya, Oligopoliya,erkin raqobat, raqobatchilik, antimonopol.
Kop ukladli iqisodiyot barcha iqtisodiyotning moddiy asosini tashkil etadi va shuning uchun ham bunday iqtisodiyotni vujudga keltirish juda zarur. Bozor tizimini iqtisodiy islohotlar yaratadi va shuning uchun ham bozor va islohot tushunchalarini umumlashtirilib bozor islohotlari deb aytish mumkin. Bozor islohotlari deganda davlat bozor iqtisodiyotini yaratish maqsadida davlat tomonidan xalq ommasini faol ishtiroki bilan amalga oshiriladigan iqtisodiy chora-tadbirlar tizimini tushunamiz. Bozor islohotlari bozor munosabati yuzaga kelishi uchun turli sohalar ortasida nomutonosiblik yuz bermasligini kozlab iqtisodiyotning hamma sohalarida otkazilishi zarur. Bozor islohotlarining asosiy yonalishlari mulkchilikni isloh qilish, agrar (qishloq xojaligidagi) islohotlar, moliya-kredit islohotlari, tashqi iqtisodiy aloqalardagi islohotlar va ijtimoiy (ijtimoiy) islohotlar bolishi mumkin. Islohotlarni qaysi yonalishini ustivorligini har bir mamlakat ozidagi sharoitdan kelib chiqib belgilaydi. Bozor islohotlari kop ukladli iqtisodiyotni vujudga keltirishining eng ishonchli va samarali usuli bolib qoldi va bu islohotlarni amalga oshishi natijasi raqobatchilik muhitini yaratadi. Raqobatchilik muhiti bozor iqtisodiyotining harakatlantiruvchi kuchidir. Bozor iqtisodiyoti uchun raqobat juda zarur, chunki raqobat bolmasa iqtisodiyot osmaydi va hech qanday farovonlik ham bolmaydi. Buning uchun eng avvalo raqobat muhitini yaratish zarur boladi. Raqobatchilar oz yoki kop bolishi mumkin, ular ozchilik bolganda iqtisodiy erkinlik cheklanib, orniga iqtisodiy zoravonlik ornatiladi. Zoravonlik bilan monopoliya oz raqibini resurslar bozoriga ham qoymaydi yoki turli yollar bilan tosqinlik qiladi. Bozor iqtisodiyoti bunday xukmronlikka barham berishi kerak. Bozor iqtisodiyoti uchun raqobatchilar kop bolsa iqtisodiyot rivojlanib, narx-navo pasayadi, bundan hamma manfaat koradi. Ana shunday shart-sharoit yaratish uchun davlat tomonidan monopoliyaga qarshi (yoki monopoliyani cheklash) maxsus siyosati yurgiziladi. Bu siyosat monopoliyalarni cheklashga qaratilgan qonunlar chiqarish va ularni bajarilishini davlat tomonidan nazorat qilish, tadbirkorlikda bir korxona mulkini boshqasi qoliga otib ketishi va bir korxonani boshqa korxona kapitalidagi hissasini cheklash, ularni boshqalarga tazyiq otkazishiga yol qoymaslik, bozordagi narxni ozaro kelishib belgilash qonun bilan man etiladi, yagona narx xukmron bolishiga ruxsat berilmaydi. Davlat raqobat qonun-qoidalarini buzganlarga jarima soladi yoki korxonani yopib qoyadi, shuningdek, xorij tovarlarini mamlakat ichki bozoriga kirishini kopaytirish maqsadida boj pulini kamaytiradi. Kichik korxonalar turli yollar bilan qollab-quvvatlanadi. SHu kabi ishlarni amalga oshirish uchun maxsus davlat tashkilotlari tuzilib, ular monopoliyaga qarshi siyosat yurgizadi. Bozor iqtisodiyotiga otish davrida iqtisodiyot erkinlashtirilib, davlat korxonalari xususiylashtiriladi, ularni aktsiyalari sotiladi, davlat narxlari orniga erkin narxlarga vujudga kelib raqobat muhiti yaratiladi. Ozbekistonda 1996 yilda qabul qilingan «Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat tog’risida»gi qonun katta ahamiyatga ega bolib, bozorda ataylab taqchillik qilish, raqobatga tosiqlik qilish, girrom usullarni qollab, raqibiga zarar etkazish qatiyan man qilinib, hamma uchun bir hil bozor sharoiti yaratildi.
Halol raqobat hamma uchun teng bolgan qonun-qoida, agar raqobat bolmasa bozor ham bolmaydi. Oylab koring, har bir biznesmen biznes dengiziga shungigandan song, albatta uning katta-kichik tolqinlari bolgan raqobatga duch keladi. Agar suzuvchi suzish bilimi va tajribasiga ega bolsa, tolqinlar unga tosqinlik qilmay, aksincha uning kozlagan marrasiga tezroq yetib borishiga yordam beradi. Lekin bilim, tajribaga ega bolmagan suzuvchini dengiz tolqinlari oz domiga tortib halok qilishi mumkin. SHu orinda Amerikalik iqtisodchi, Nobel’ mukofotinint laureati P. Samuel’son «Biznesmen, fermer hamda ishchilarga raqobat ham yoqadi, ham yoqmaydi» deb haq, gapni aytgan ekan. Haqiqatdan ham raqobat bozorni kengaytirishga yordam bergan hollarda hammaga yoqadi, lekin uning otkir uchi biz tomonga burilsa uni «girrom», «muttaham» deb haqorat qilgimiz keladi. Raqobatning kuchi shundaki, u hech bir korxona, firmaga xotirjamlik bermaydi, ularni doim harakat qilib tez ozgarib borayotgan sharoitga moslashib borishga majbur qiladi. AQSHdagi Garvard universiteti mutaxassislarining fikricha, agar firma oz raqobatchilaridan bozorga mahsulotini bir yil kech olib chiqsa, oladigan foydasining 50 foizidan ajralar ekan, bunday firma katta zarar koradi. Bundan korish mumkinki, raqobat bir tomondan malum qonun-qoidalar asosida olib boriladi, lekin ikkinchi tomondan, bardosh beraolmagan firmalar albatta xonavayron boladi yoki omadliroq firma tomonidan «yutib yuboriladi». Demak, har bir firmaning oz raqobat usullar strategiyasi bolishi kerak. Firma strategiyasi raqobatga munosabatini belgilaydi, yani kurash taktikasi va usuli bolib sharoitga qarab ozgarib boradi. Raqobat kurashi narxlar asosida va narxlardan tashqari boladi. Narxlar asosidagi raqobatni ortacha va kichik firmalar qollab, sifati past bolgan arzon tovarlarni bozorga chiqarib, bundan ham foyda oladi. XX asrning 90 yillaridan boshlab Xitoy va Turkiya firmalarining sifati past, arzon narxdagi tovarlari ozining ichki bozorlarida va sobiq, ijtimoiyistik mamlakatlar bozorlarida sotilgan. Katta firmalar koriladigan zarari kop bolishi ehtimolligidan qorqib, bu usulni qollamaydi. Narx asosidagi raqobatning yana bir korinishini narx-navoni zarar bolsa 2060 ba’zan 90 foizga pasaytirib keng doirada reklama qiladi. Bu bilan birinchidan, mavsumi otgan yoki eskirgan tovar sotilsa ikkinchidan esa, arzonlashgan (narxi tushirilgan) tovarni sotib olishi uchun kelgan haridorlarning bir uyumi narxi tushurilmagan mahsulotlarni ham sotib olishlari mumkin boladi.
Narxlardan tashqari raqobat ham bor. Bunday bolishiga sabab shuki, bazi haridorlar kopincha mahsulot narxiga emas, uning foydalilik darajasiga katta etibor beradi va bunday tovar yoki xizmat uchun koproq pul tolashga tayyor turadi. Iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlar misolida shuni korish mumkinki, haridor tovar harid qilishda birinchi orinda uning tashqi korinishi dizayniga, keyin esa tovarning texnik korsatkichiga va narx-navoga 6,7 orinlarda etibor beriladi. Xozir Angliya, AQSH, Germaniya, Frantsiya, Tayvan, Gonkong, Singapur, Koreya Respublikasi, Yaponiya kabi mamlakatlarda narxi yuqori bolgan tovarlarga asosiy talab boladi. Demak, Raqobat - kurashda qaysi usul qollanmasin u hammani yaxshi, sifatli ishlab kop daromad topish uchun harakat qilishga undaydi. Raqobatning bozor iqtisodiyotini olga qarab harakatga keltiruvchi eng tasirchan kuch ekanligi ham shunda.
Qaysi firma unga bardosh bera olsa gullab yashnaydi, bardosh bera olmasa inqrozga uchraydi. Ozbekistonda ham raqobat kurashi shakllanmoqda, lekin u hali ozining yuqori choqqisiga chiqa olganicha yoq.
Raqobatga bardosh beraolmagan minglab firmalar zarar korib bankrot bolmoqda. Ozbekiston Respublikasining «Bankrotlik togrisida»gi qonunda, “Xojalik yurituvchi subektining bankrot bolishi deyilganda qarzdorning majburiyatlari mol-mulkidan oshib ketganligi sababli tovarlar «ish va xizmatlar»ga haq tolash yuzasidan kreditorlarning talablarini qondirishga qodir emasligi, shu jumladan byudjetga va byudjetdan tashqari fondlarga majburiy tolovlarni ta’minlashga qodir emasligini tushuniladi” deb korsatib otilgan. Raqobatga bardosh bergan firmalar bankrotga uchramaydi, ular ish onumi va sifatini, obro etiborini oshiradi, hammani tashabbus bilan ishlashga undaydi. Raqobatdagi bunday ijobiy holatlar iqtisodiy osishni ta’minlaydi.
Bozor maydonida bellashadigan raqobatchilarning kopchilik yoki ozchilik bolishiga qarab, raqobatning mukammal yoki sof raqobat va nomukammal raqobat turlari boladi. Raqobatning birinchi turida bellashuvchilar zoravonlik bilan ozgalarga oz xukmini otkaza olmaydigan kishilar bolib, ular ancha kopchilikni tashkil etadi. Bunda bozor hamma uchun erkin va xalol kurash maydoni boladi. Nomukammal raqobat raqobatning birinchi turidan bozor maydonida kurashuvchilarni ozligi raqobatni bir oz cheklangan va oz tabiatiga kora ham monopol mavqega ega ekanligi bilan belgilanadi. Bozor ishtirokchilari ozchilik bolsada katta miqdordagi tovarlarni sotish yoki sotib olish imkoniyatiga ega bolganligi uchun ham raqobatlashadi. Nomukammal raqobatning yana oligopolistik raqobat korinishi ham bolib, bunda kurash goyat ozchilik (bozor saralab qoygan) lekin yirik firmalarni tor doiradagi kurashidir. Sof monopolistik raqobat ham raqobat turlaridan bolib, bir tarmoqda bitta firmaning tanho (yakka monopol) xukmronlik qilishini bildiradi. Ozbekiston bozorida Toshkent traktor zavodi traktor bozorida, «OzDEUavto» qoshma korxona ishlab chiqargan Damas, Tiko, Matiz, Neksiya va Lasetti avtomobillari «Toshkuchavto» qoshma korxonasi ishlab chiqarayotgan «Otayol» avtobuslar avtomobil bozorida yakka xukmronlik qilmoqda. Lekin xorijiy mamlakatdan kelgan avtomobillar ular bilan bellasha oladi.
Raqobat bozor iqtisodiyotining va umuman tovar xojaligining eng muhim belgisi, rivojlantirish usuli hisoblanadi. I.A. Karimov raqobatning bozor iqtisodiyotidagi ahamiyatini korsatib, «Raqobat bolmasa, bozor iqtisodiyotini barpo etib bolmaydi. Raqobat bozorning asosiy sharti, aytish mumkinki, uning qonunidir», deb bejiz aytmagan.
Raqobatning iqtisodiy mazmunini tushunib olish unga turli tomondan yondoshishni talab qiladi. Mustaqil tovar ishlab chiqaruvchilar (korxonalar) ortasidagi raqobat tovarlarni qulay sharoitda ishlab chiqarish va yaxshi foyda keltiradigan narxda sotish, umuman iqtisodiyotda oz mavqeini mustahkamlash uchun kurashdan iborat. Bunda ular kerakli ishlab chiqarish vositalari, xom ashyo va materiallar sotib olish, ishchi kuchini yollash uchun ham kurashadi. Ishlab chiqaruvchilar ortasidagi raqobat oxir-oqibatda istemolchilar uchun kurashdir.
Resurslarni yetkazib beruvchilar ozlarining iqtisodiy resurslarini (kapital, yer-suv, ishchi kuchi) yuqori baholarda sotish uchun raqobat qiladilar. Ishlab chiqaruvchilar va resurslarni yetkazib beruvchilar ortasidagi raqobat bozor munosabatlari rivojlangan, iqtisodiyot toliq erkinlashgan sharoitda yorqin namoyon boladi.
Raqobat istemolchilar ortasida ham yuz beradi; ular tovarlarni qulay va arzon baholarda sotib olishga harakat qiladilar, yani xaridor har bir sarflangan pul birligi evaziga koproq naflilikka ega bolishga harakat qiladi. Arzon va sifatli tovarni tezroq sotib olish uchun kurashadi.
SHunday qilib, raqobat kop qirrali iqtisodiy hodisa bolib, u bozorning barcha subektlari ortasidagi murakkab munosabatlarni ifodalaydi.
Raqobat-bozor subektlari iqtisodiy manfaatlarining toqnashishidan iborat bolib, ular ortasidagi yuqori foyda va koproq naflilikka ega bolish uchun kurashni anglatadi. Bunda ishlab chiqaruvchilar ortasida sarflangan xarajatlarining har bir birligi evaziga koproq foyda olish uchun kurash boradi. Mana shu foyda orqasidan quvish natijasida tovarlarni sotish doiralari, yani qulay bozorlar uchun, arzon xom ashyo, energiya va arzon ishchi kuchi manbaalari uchun ular orasida kurash boradi.
Oz navbatida xaridorlar, yani istemolchilar sarflagan har bir som xarajati evaziga koproq naflilikka ega bolish uchun kurashadi, ularning har biri arzon va sifatli tovar va xizmatlarga ega bolishga harakat qiladi.
Ishlab chiqaruvchilarning faoliyat korsatuvchi tadbirkor va mulk egasi sifatida erkin va mustaqil bolishi raqobatning asosini tashkil etadi. CHunki har bir mulk egasining oz manfaati bolib, ular shu manfaatga erishish uchun intiladi. Mulk egasining tovar ishlab chiqarish va barcha boshqa sohalardagi faoliyati shu manfaatga boysundirilgan boladi. Bu jihatdan qaraganda raqobat erkin iqtisodiy faoliyat qiluvchi subektlar manfaatlarining toqnashuvidan iborat bolishini aniq xarakterlaydi. Raqobat mavjud bolishining boshqa sharti tovar-pul munosabatlarining malum darajada rivojlangan bozor tizimida amal qilishidir.
Raqobatning asosiy sohasi bozor, chunki unda erkin iqtisodiy subektlar alohidalashgan manfaatlari toqnashadi.
Raqobat kurashining mazmuni togrisida tolaroq tushunchaga ega bolish uchun uning asosiy shakllari va belgilarini qarab chiqish zarur. Oz miqyosiga kora raqobat eng avvalo ikki turga - tarmoq ichidagi raqobatga va tarmoqlararo raqobatga bolinadi.
Iqtisodiy adabiyotlarda bir tarmoq ichidagi raqobatning tortta shakli alohida ajratilib korsatiladi. Bular erkin raqobat, monopolistik raqobat, monopoliya va oligopoliyadir.
Erkin raqobat sharoitida bir xil mahsulot ishlab chiqaruvchi tarmoqda juda kop sonli korxonalar mavjud boladi. Yuqori darajada tashkil qilingan bozorda koplab sotuvchilar ozlarining mahsulotlarini taklif qiladilar.
Raqobatlashuvchi korxonalar bir xil yoki turdosh mahsulotlar ishlab chiqaradi. Narxlar bir xil darajada bolganda istemolchiga qaysi sotuvchidan mahsulotni xarid qilish farqsiz boladi.
Erkin raqobatli bozorda alohida korxonalar mahsulot narxi ustidan sezilarsiz nazoratni amalga oshiradi. CHunki har bir korxonada umumiy ishlab chiqarish hajmi uncha katta bolmaydi. SHu sababli alohida korxonada ishlab chiqarishning kopayishi yoki kamayishi umumiy taklifga, demak mahsulot bahosiga sezilarli tasir korsatmaydi.
Erkin raqobat sharoitida yangi korxonalar tarmoqqa erkin kirishi, tarmoqda mavjud bolgan korxonalar esa uni erkin tashlab chiqishi mumkin. Xususan yangi korxonalarning paydo bolishi va ularning raqobatli bozorda mahsulotlarini sotishga huquqiy, texnologik, moliyaviy va boshqa jiddiy iqtisodiy tosiqlar bolmaydi.
Erkin raqobat ikki darajada namoyon boladi: tarmoq ichida, yani bir xil tovarlar ishlab chiqaruvchi korxonalar ortasidagi raqobat va tarmoqlaro, yani turli tarmoqlardagi korxonalar ortasidagi raqobat. Tarmoqlar ichidagi raqobat ishlab chiqarish va sotishning qulayroq sharoitiga ega bolish, qoshimcha foyda olish uchun bir tarmoq korxonalari ortasida boradi. Har bir tarmoqda texnika bilan taminlanish darajasi va mehnat unumdorligi darajasi turlicha bolgan korxonalar borligi sababli shu korxonalarda ishlab chiqarilgan tovarlarning individual (alohida) qiymati bir xil bolmaydi.
Tarmoq ichidagi raqobat tovarlarning ijtimoiy qiymatini, boshqacha aytganda, bozor qiymatini aniqlaydi va belgilaydi. Bu qiymat, odatda, ortacha sharoitda ishlab chiqarilgan va muayyan tarmoq tovarlarining anchagina qismini tashkil etadigan tovarlarning qiymatiga mos keladi.
Tarmoqlar ichidagi raqobat natijasida texnikaviy darajasi va mehnat unumdorligi yuqori bolgan korxonalar qoshimcha foyda oladilar va aksincha, texnika jihatdan nochor korxonalar esa, ozlarida ishlab chiqarilgan tovar qiymatining bir qismini yoqotadilar va zarar koradilar.
Tarmoqlararo raqobat turli tarmoqlar korxonalari ortasida eng yuqori foyda normasi olish uchun olib boriladigan kurashdan iborat. Bunday raqobat foyda normasi kam bolgan tarmoqlardan foyda normasi yuqori tarmoqlarga kapitallarning oqib otishiga sabab boladi. Yangi kapitallar koproq foyda keltiruvchi sohalarga intilib, ishlab chiqarishning kengayishiga, taklif kopayishiga olib keladi. SHu asosda, narxlar pasaya boshlaydi. SHuningdek, foyda normasi ham pasayadi. Kam foyda keltiruvchi tarmoqlardan kapitalning chiqib ketishi teskari natijaga olib keladi: bu yerda ishlab chiqarish hajmi ozgaradi, tovarlarga bolgan talab ular taklif qilishidan oshib ketadi, buning oqibatida narxlar kotariladi, shu bilan birga foyda normasi oshadi. Natijada tarmoqlararo raqobat obektiv ravishda qandaydir dinamik muvozanatni keltirib chiqaradi. Bu muvozanat kapital qaerga sarflanganligidan qatiy nazar, teng kapital uchun teng foyda olinishiga intilishni taminlaydi. Demak, tarmoqlararo raqobat kapital qaysi tarmoqqa solinmasin, xuddi shu tarmoq foyda normalarini ortacha foyda normasiga «baravarlashtiradi».
Monopoliya - tarmoq bitta firmadan iborat bolishi sababli, u mavjud mahsulot (xizmat) ning yagona ishlab chiqaruvchisi hisoblanadi va yakka hukmronlik shakllanadi.
Oligopoliya tarmoqda u qadar kop bolmagan korxonalarning mavjud bolishi va hukmronlik qilishidir. Bu oligopoliyaning eng muhim belgisidir. Qaysi tovarlar va xizmatlar bozorida nisbatan kam sonli ishlab chiqaruvchilar hukmronlik qilsa, shu tarmoq oligopolistik tarmoq hisoblanadi.
Raqobat kurashining ikki usuli farqlanadi: narx vositasidagi raqobat va narxsiz raqobat.
Narx vositasidagi raqobatlashuvda ishlab chiqaruvchilarning va shunday mahsulotlarinikiga nisbatan narxni pasaytirishi kurashning asosiy usuli hisoblanadi.
Narxsiz raqobat shu bilan tavsiflanadiki, bunda tovarlarning narxi emas, balki uning sifati, servis xizmat korsatish, ishlab chiqaruvchi firmaning obro-etibori raqobat kurashining asosiy omili hisoblanadi.
Raqobatning amal qilishi malum shart-sharoitlar mavjud bolishini taqozo qiladi. Bu shart-sharoitlar faqat bozor munosabatlari qaror topgan muhitda bolishi mumkin. SHunday ekan, bozor iqtisodiyotini yuzaga keltirish ayni vaqtda raqobatchilik muhitining shakllanishini bildiradi.
Bozor munosabatlari rivojlangan mamlakatlarda raqobatchilik muhiti uzoq davr davomida, oz-ozidan, evolyutsion yol bilan vujudga kelgan. Bu asta-sekin erkin raqobat muhitini keltirib chiqargan.
Iqtisodiyotda monopollashuv printsiplari kuchayib borishi bilan raqobat cheklanadi, shu sababli raqobatchilik muhitini vujudga keltirishda davlat ham qatnashadi. Bu esa davlatning monopoliyalarga qarshi siyosatida oz aksini topadi. Har bir mamlakatdagi aniq vaziyat, yani iqtisodiyotning monopollashuv darajasi uning miqyosi va xarakteriga qarab, bu siyosat erkin raqobat muhitini yangidan yaratish, uni saqlab qolish, zarur bolganda qaytadan tiklash, raqobat usullarini qaror toptirish kabilarga qaratiladi.
Buyruqli iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga otayotgan mamlakatlarda, shu jumladan, bizning respublikada soglom raqobatga shart-sharoit hozirlash, iqtisodiy subektlar mustaqilligini kengaytirish orqali ularni raqobatchilikka jalb qilish iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarning muhim jihatlari hisoblanadi. Ozbekistonda davlatning raqobatchilik muhitini shakllantirishga qaratilgan siyosatida xususiylashtirish, davlat mulki hisobidan mulkchilikning boshqa shakllarini vujudga keltirish asosiy orin tutadi. Xususiylashtirish natijasida, birinchidan, mulk oz egalari qoliga topshirilsa, ikkinchidan, kop ukladli iqtisodiyot va raqobatchilik muhitini vujudga keltiradi.
SHunday qilib, Ozbekistonda raqobatchilik muhitini vujudga keltirishning asosiy yoli, bu raqobatni inkor qiluvchi davlat monopoliyasidan nodavlat, turli xojalik shakllarining mavjudligiga asoslangan va iloji boricha erkin raqobatni taqozo etuvchi bozor tizimiga otishdir. Bu yerda raqobatchilik munosabatlarini shakllantirish, avvalo, mustaqil erkin tovar ishlab chiqaruvchilarning paydo bolishini taqozo qiladi, chunki raqobatning asosiy sharti alohidalashgan, mulkiy masuliyat asosida oz manfaatiga ega bolgan va tadbirkorlik tahlikasini zimmasiga oluvchi erkin xojalik subektlarining mavjudligi, ularning bozor orqali aloqa qilishidir.
Ozbekistonda raqobatchilik muhitini vujudga keltirish Prezidentimiz I. Karimovning ikkinchi chaqiriq Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisining birinchi sessiyasidagi maruzasida takidlanganidek, iqtisodiyotni erkinlashtirish bu xojalik yurituvchi subektlarning erkinligi va iqtisodiy mustaqilligini oshirish, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish yolidagi mavjud tosiqlarni bartaraf etishni anglatadi. SHuningdek Prezidentimizning Vazirlar Mahkamasida bolib otgan Majlislarda sozlagan nutqida (2007 yil, 12 fevralda) biznesni erkinlashtirish, ularga iqtisodiy mustaqillik berishning aniq yonalishlari korsatiladi.
SHu maqsadda Ozbekistonda «Monopol faoliyatni cheklash togrisida»gi qonun (1992 yil, avgust) kuchga kiritildi hamda uning asosida raqobatchilikni rivojlantirishga qaratilgan bir turkum meyoriy hujjatlar ishlab chiqildi. Mazkur qonunga kora, bozorda ataylab taqchillik hosil qilish, narxlarni monopollashtirish, raqobatchilarning bozorga kirib borishiga tosqinlik qilish, raqobatning girrom usullarini qollashi man etiladi. Qonunni buzuvchilar raqibiga yetkazgan zararni qoplashlari, jarima tolashlari, girromlik bilan olgan foydadan mahrum etilishlari shart.
Monopoliyaga qarshi faol choralarni amalga oshirish uchun Moliya vazirligi tizimida monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish bosh boshqarmasi tuzildi. Boshqarmaga royxatga kiritilgan monopoliya mavqeidagi korxonalar mahsuloti boyicha narxlarni va rentabillikni tartibga solib turish huquqi berildi.
Hozirgi davrda Respublikada agar korxona ishlab chiqargan muayyan mahsulotlar tovarlar bozoridagi shunday mahsulotning 35%idan ortiq bolsa, bu korxona monopolistik korxona sifatida Davlat reestriga kiritiladi. Oziq-ovqat tovarlari guruhi uchun bunday mezon darajasi 20% deb belgilangan.
Respublikada monopoliyalar royxatiga kirgan korxona (tarmoq) larning bozordagi mavqeini tartibga solishda davlat bir qator usullardan foydalanadi.
Bu usullardan ikkitasini ajratib korsatish lozim:
1. Monopol mavqeidagi mahsulotlarga narxlarning eng yuqori darajasini yoki rentabillikning chegarasini belgilab qoyish.
2. Oz monopol mavqeini suiistemol qilgan monopolistik birlashmalarni bolib tashlash yoki maydalashtirish. Bu usul Vazirlar Mahkamasining (1994 yil 18 iyuldagi 366 sonli) qarori bilan tasdiqlangan «Obektlarning xojalik yurituvchi jamiyatlar va shirkatlar tarkibidan chiqish tartibi togrisidagi Nizom» asosida amalga oshiriladi. Respublikada faqat 1994-1996 yillar davomida monopol mavqeidagi aktsiyadorlar jamiyatlari, ijara va boshqa jamoa korxonalar tarkibidan 14972 obekt chiqarilib, mustaqil korxonalarga aylantirildi.
Ozbekiston Respublikasining «Istemolchilarning huquqlarini himoya qilish togrisida» (1996 yil, aprel) qonuni asosida girrom raqobatga, shu jumladan Respublika bozorlariga belgilangan talablarga javob bermaydigan tovarlarni chiqarishga yol qoymaydigan mexanizmni yaratishga ham alohida etibor beriladi.
Tabiiy monopoliyalarni davlat yoli bilan tartibga solish ular mahsulot (xizmat) lariga narxlar va tariflar darajasini, shuningdek taklif etiladigan tovarlar va xizmatlar turiga doir asosiy korsatkichlarni belgilashni oz ichiga oladi.
Raqobatchilik muhitini shakllantirish maqsadida va davlatga qarashli bolmagan sektorni qollab-quvvatlash uchun tadbirkorlikni rivojlantirish fondi, kichik va orta biznesni rivojlantirishga komaklashish fondi tashkil etildi. Raqobatchilik muhitini shakllantirishga koplab xalqaro tashkilotlar ham faol qatnashmoqda. Respublikada raqobatchilik muhitini vujudga keltirishda amalga oshirilayotgan barcha ishlar bozor iqtisodiyotini tarkib toptirishga xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |