23-Mavzu: Narxlar tizimi. Narxlarni shakllanish mexanizmi.
(2 soat maruza)
Reja:
1. Narx va uning vazifalari.
2. Narxning mazmuni, uning shakllanishi va harakati.
3. Narx turlari va ularning mazmuni.
4. Bozorning turli sharoitlarida narxning tashkil topishi xususiyatlari.
5. Ozbekistonda narx sohasidagi siyosat va uning asosiy yonalishlari.
Tayanch soz va iboralar:
Narx, ulgurji narxlar, chakana narxlar, erkin narxlar, shartnomaviy narxlar demping narx, nufuzli narx, narx diapazoni, narx pariteti, narxlarni erkinlashtirish.
Bozor iqtisodiyotining muhim tayanchlaridan tartiblash vositalaridan biri bahodir. Qiymatning tashkil topish qonuniyatlari sof holda qarab chiqilganda qiymat narx bilan teng keladi deb faraz qilinadi va bunda narxga tasir qiluvchi boshqa omillar xisobga olinmaydi.
Bu yerda, shuni takidlash lozimki, narxning harakati qiymat qonuniga boysunsada, uni qiymat bilan bir xil deb qarash kop ham togri emas. Narx faqat qiymatdan farqlanib turmasdan, hatto u umuman qiymatni ifodalamasligi ham mumkin (masalan, yer va boshqa tabiiy resurslar bahosi).
Narxning qiymatdan farq qilishini uning darajasiga tasir qiluvchi bir qator omillarning mavjudligi belgilab beradi. Bu mavzuda qoyilgan vazifa narx va uning tashkil topish mexanizmni organishdan iborat. Avvalo tahlilni narxning iqtisodiy mazmuni, uning vazifasi va turlarini korsatish bilan boshlaymiz.
Tovarlar qiymati va ularning nafliligi ozlarining ijtimoiy namayon bolishini narxda topadi. Amaliy hayotda qiymat tovar ishlab chiqaruvchilarni, naflilik esa istemolchilarni harakatga keltiruvchi kuch sifatida chiqadi. SHundan kelib chiqib narxga quydagicha tarif berish mumkin:
Narx - tovar nafliligi tan olinganda uning qiymatining pulda ifodalanishi, qiymatning bozorda namayon bolish shakli.
Bizga malumki, naflilik tovarning ehtiyojni qondirish layoqatidir. Bu tushunchaga barcha iqtisodchilarning qarashlari deyarli mos tushadi. Lekin qiymat tushunchasiga nisbatan har xil fikrlar bildiriladi.
Ishlab chiqarish xarajatlari nazariyasiga kora, tovar qiymati oz miqdori boyicha uning ishlab chiqarish sarflari yoki xarajatlariga tenglashadi. Bizga malumki sarf-xarajatlar oz ichiga iqtisodiy resurs (ishchi kuchi, kapital, yer, tadbirkorlik layoqati) xarajatlarini olib, ular omilli xarajatlar deb ataladi.
Ishlab chiqaruvchilarning har bir resurs turiga qilgan xarajatlari, resurs egalarining tegishli daromad turiga (ish haqi, foiz, renta, foyda) mos keladi. SHu holatdan kelib chiqib, A.Smit tovar qiymati daromadlar summasidan iborat deb xulosa chiqaradi. Qiymatning mehnat nazariyasiga kora, qiymat tovar (xizmat) ishlab chiqarishdagi moddiy va jonli mehnat sarflarining ifodalanishi. Bunda qiymat har qanday mehnat sarfi emas, balki tovarni yaratishga ketgan, bozor tan olgan ijtimoiy zaruriy mehnat sarfidan iborat boladi. Bu qarashga kora bozorda har xil mehnat sarflari umumiy, yani ijtimoiy zaruriy mehnat sarfiga keltiriladi va shu sarfning pulda ifodalanishi narxni tashkil qiladi.
Alohida tovarlarcha qilingan mehnat sarflari turliga bolib, ulardan ayrimlari ijtimoiy mehnat sarfi sifatida tola tan olinsa, boshqasi qisman, uchinchisi esa umuman tan olinmasligi mumkin. Bundan korinib turibdiki, bozordagi mavjud narxlarga mehnat sarflari yoki qiymatning aynan ozi deb qarash notogri. CHunki unga mehnat sarfidan boshqa omillar ham tasir qilib, natijada narx qiymatdan past yoki yuqori bolishi mumkin.
Jumladan, ozgarib turuvchi talab va taklif tasiri ostida biror tovarning bozor narxi tebranib, uning qiymatidan u yoki bu tomonga farqlanishi mumkin. Naflilik va raqobat ham qiymat - narx nisbatiga xuddi talab va taklif kabi tasir korsatadi. Bu yerda shuni takidlash lozimki, xaridor u yoki bu tovarni sotib olishda, nafaqat uning qancha turishini, balki mazkur tovarning istemol xususiyatlari ozining extiyoji va didiga qanchalik mos kelishini, yani uning nafliligini ham hisobga oladi.
Tovarni xarid qilish uning jamiyat uchun nafliligini va shu bilan birga ijtimoiy qiymatini ham tan olishni bildiradi. SHu sababli, ijtimoiy istemol qiymat tushunchasining ozi biror tovar (xizmat) ning jamiyat uchun nafliligi, qadr-qiymatga egaligini korsatadi. SHu yuritilgan mulohazalardan kelib chiqib aytish mumkinki, narx ozida bir qator omillarning tasirini ifodalaydi. Bulardan asosiylari: qiymat yoki ishlab chiqarish sarf-xarajatlari; mazkur tovarga talab va taklif nisbati; tovarning naflilik darajasi; raqobat holati, davlatning iqtisodiy siyosati va h.k. Bu omillar ichida tovar qiymati uning narxiga belgilovchi tasir korsatadi.
Narxga tasir qiluvchi omillar.
Iqtisodiyot
Xarajatlar
|
|
|
|
Naflilik
|
|
|
|
|
|
|
|
N A R X
|
|
Raqobat
|
|
|
|
|
|
Talab
va
taklif
|
|
|
|
Davlat iqtisodiy siyosati
|
Biz oldingi mavzularda bozor iqtisodiyotining muhim mexanizmlari talab, taklif, ular o’rtasidagi nisbatlarning mazmuni o’zgarishi, raqobat kurashlari hamda ularning bahoga ta’siri, yoki aksincha bahoning ularga ta’siri haqida to’xtalgan edik. Lekin bozor iqtisodiyotining muhim hal qiluvchi tomoni hisoblangan bahoning iqtisodiy mazmuni, shaqllanishi va uning harakat qonuniyatlarini tahlil qilganimiz yo’q.
Holbuki bu qayd etilgan masalalarni bilish bozor iqtisodiyoti qonuniyatlarini bilishda va bozor xo’jaligi amaliyotida muhim rol’ o’ynaydi. SHuning uchun bu mavzuda narxning mazmuni va tashkil topish mexanizm, uning darajasiga ta’sir etuvchi omillarni o’zgarish soboblarini yoritishga harakat qilamiz.
Narxning iqtisodiy mazmuni uning vazifalarida yaqqol namoyon boladi. Narx quyidagi asosiy vazifalarni bajaradi :
Do'stlaringiz bilan baham: |