Fizika labaratoriya
Fizika labaratoriya labarantining vazifasi matoni o’zgarishini kimyoviy va mexanik ishlov berilgandan keyingi fizik xolatini tekshirib berish.Buyurtmachining buyurtmasiga ko’ra talabiga javob beradigan gazlamaning fizik va mexanik xususiyatlarini qanchalik mos kelishini aniqlab berish.
To’quvdan kelgan matoni qabul qilish jarayonida eni va gramajini (har bir to’p) buyurtmachining talabiga javob berishini oraliq nazorat qilish.
Hom mato ombordan kelib tushganda unga birinchi ximikatlar bilan ishlov berilgandan so’ng matoning o’zgarishini tekshirib, eni va gramajini o’lchash. Matoning kirishuvchanligi va chiqishuvchanligini aniqlab berish.
Qurutish uskunasida o’tadigan matoning og’irligi, eni va gramajini oraliq nazorat qilish. Qurutish uskunasidan chiqadigan matoning yuza qismining silliqligini, buyurtmachining talabiga mos kelishini nazorat qilish. Qurutmadan o’tadigan matodan namuna olish. Olingan namunani mashinkada yuvish (belgilangan darajada), qurutmada quritish, chiqqan namunani maxsus chizg’ich yordamida o’lchash. Matoning kirishuvchanligi va chiqishuvchanligi berilgan talab darajasida chiqsa natijasini labaratoriya mudiriga ma’lum qilish.
Sanfor uskunasida o’tadigan matoni eni va gramaji buyurtmachi buyurtmasiga to’liq javob beradigan sifatli mato chiqishini nazorat qilish. Eni, gramaji to’g’irlangandan so’ng kirishuvchan va chiqishuvchanligini tekshirish uchun namuna olish. Olingan namuna mashinkada yuvilib, maxsus qurutish jihoziga solish. Chiqqan namunaning sifatini tekshirish, matoning do’lma (matoning buralishi) xosil bo’lmaganligi, eni va bo’yi kirishishi yoki cho’zilishi maxsus chizg’ich yordamida o’lchash va natijasini mudirga ma’lum qilish.
Matoning tukdorligini yo’qotish uchun bo’yoq qozonda yuqori bosim va ximikat bilan ishlov berilganda unumdorligini tekshish uchun testni maxsus jihoz BNC-04 da namunaning sifat o’zgarishini tekshirish.
Qurutmada rangli mato chiqqandan so’ng rang qanot farqi (rang teng taqsimlanishi) nisbatan tekshirish.
Rang berilgan matoni sanforda ishlov berilgandan so’ng xo’l va quruq surtma testga namuna olish va sifatini tekshirish.
Buyurtmachi talabiga mos kelgandan so’ng qadoqlash bo’limiga o’tadi. Qadoqlash bo’limida yigiruv, to’quv, bo’yoqxonada ortirilgan nuqsonlarni tekshirib nazorat qilish.
Qadoqlash bo’limida qadoqlanayotgan matoning har bir to’pidan namuna olish. Olingan namunadan gramaj olib maxsus tarozida mato og’irligini o’lchash. Gramaj olingan joyidan qolgan namunalar ketma ketlik bilan taxlanadi va to’plararo farqi tekshirish natijani mudirga ma’lum qilish. Matoning kirishuvchanligi va chiqishuvchanligi talab darajasiga javob bersa, o’lchangan natijalar Egemen dasturiga kiritiladi va arxivlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |