Boshqarish mamuriy boshqarish tarzida uzoq davrlardan buyon amal qilib kelgan. Albatta, menejment boshqarish rivojlanishining natijasi. Lekin menejmentning kelib chiqishi koproq xususiy tadbirkorlarni kelib chiqishi va rivojlanishi bilan bogliq, xususiy tadbirkorlikni yuksaklikka kotarilishi XX asrning 30-yillariga togri keldi. Xuddi shu davrdan boshlab boshqarishning iqtisodiy taraqqiyotdagi ahamiyati nihoyatda oshdi. Boshqarish faoliyati aloxida kasbga, boshqarish ilmi aloxida fanga boshqaruvchilar esa, tasir doirasi kuchli ijtimoiy qatlamga aylandi.
Hozirgi zamon tashkilotlarining faoliyati kop qirralidir. SHunga kora uni boshqarish ham murakkabdir. Boshqarish oziga xos uch burchakni tashkil etuvchi Inson Tabiat Jamiyat ozaro aloqalari, bogliqliklari bilan ish koradi. (2-chizma). CHizmada uchburchakning uchlarida I inson, T tabiat, J jamiyat unsurlari joylashgan, uchburchakning markazida esa F firma turibdi. Nuqtalarni ozaro chiziqlar bilan birlashtirsak firma unsurlar boglanishlari kozga tashlanadi. CHizmadagi har bir nuqta va chiziqning chuqur manosi bor.
Firmalar oz faoliyatlarida ishlab chiqarish omillari ish kuchi (I) va ishlab chiqarish vositalari (T) dan foydalanadi va jamiyat (J) ehtiyojlarini qondirish uchun moddiy nematlar yaratadilar. Tabiatdan (T) firma resurslar oladi. Firmaning resurslarga bolgan ehtiyoji cheksiz resurslar esa cheklangan. F T chiziqlari firma va tabiat ortasidagi munosabatlarni ifodalaydi. Bu munosabatlar boshqarish jarayonidagi resurslardan tejamli foydalanishni, atrof-muxrt muxofazasini taminlashni talab qiladi. CHizmadagi I unsuri firma xodimi, insonni bildiradi. Inson firma ichki muxitining asosiy komponenti (tarkibiy qismi). I-F chiziqlari ramziy ravishda inson va firma ortasidagi aloqa-boglanishlarni ifodalaydi, yoki ichki omillarni boshqarishni yani menejmentni bildiradi. J - unsuri haridorlar va resurslarni yetkazib beruvchilarni, davlat va jamoat tashkilotlarini, banklar va sugurta kompaniyalarini, raqobatchilarni, savdo tashkilotlari va boshqalarni oz ichiga oluvchi firmaning tashqari muxitlarni mujassamlashtiradi. J-F chizigi firmaning jamiyat bilan aloqalarini bildiradi, yoki tashqi omillarni hisobga olgan holda firmani boshqarishni anglatadi. Tashqi omillarni hisobga olgan holda firmami boshqarish marketing vazifasidir. Marketing va menejment boshqarishning ajralmas ikki tomonidir. Marketing maqsadlar generatori rolini oynasa, menejment shu maqsadlarni amalga oshiruvchi hisoblanadi.
Xodimlarning yuksak ijodiy-guruxiy faolligi natijasidagina firma katta muvoffaqiyatlarga erishishi mumkin. Chunki, har bir xodim oz ish joyiga oz energiyasini olib keladi. Bu energiya imkoniyati (potentsiali) rahbarlarning oz xodimlari energiya imkoniyatlarini ishga sola olishlari yaratib beradigan shart-sharoitlariga bogliq. Menejmentning vazifasi bu energiya imkoniyatlarini korinishini hosil qiluvchi aniq, natijalar olishga yonaltirishdir. Boshqa shart-sharoitlar ozgarmagani holda ish joyidagi yaxshi ijtimoiy-ruhiy muhit, dostona muomala xodimlarning energiya imkoniyatlarini ishga solinishini oshiradi. Va aksincha, asabiylik, afsuslanish, janjallarni bolib turishi - xodimlarni salomatligini yomonlashtiradi, energiya imkoniyatlarini ishga solinishini keskin kamaytiradi. Rivojlangan mamlakatlar menedjerlarining takidlashicha, odamlarga qancha yaxshi munosabatda bolsangiz, xodimlar firmadan qanchalik kop manaviy va moddiy ragbat olsa, u firma uchun shunchalik kop qobiliyatini, qiziqishlarini va energiyasini beradi.
2-chizma. Boshqarish uchburchagi.
I
Do'stlaringiz bilan baham: |