Kapital omili iqtisodiy omildir, u ishlab chiqarishning moddiy zaminini tashkil etadigan mashinalar, bino va inshootlar, asbob-uskunalar, turli dastgohlar, transport va kommunikatsiya vositalaridir.Ishlab chiqarishning bu moddiy omillari qatoriga xom ashyolar, yoqilgi va elektrenergiya, yordamchi buyumlar ham kiradi. Kapital omillaridan ishlab chiqarishning bir necha bosqichida qatnashadigan qismiga asosiy kapital (imorat va inshootlar, mashina va mexanizmlar, asbob-uskunalar, transport vositalari) deyiladi; kapitalning bir ishlab chiqarish bosqichida ishlatiladigan qismi (xom ashyo, yoqilgi, elektr-energiya, zaxira qismlar va shu kabilar) aylanma kapital deyiladi. Asosiy va aylanma kapitallar bir-biridan emirilish (eskirishi) jihatidan farqlanadi. Agar asosiy kapital emirilsa, (bir necha yil xizmat qilganligi tufayli), aylanma kapital eskirmaydi ham, emirilmaydi ham. Zero, kapitalning bu qismi faqat bir marta qollaniladi, u boshqa shaklda yangi mahsulotda tolaligicha mujassamlashadi. Masalan, mineral ogit paxta hosilida, em-xashak gosht va sutda, yoqilgi u istemol qilingan tovarda oz moddiy asosini topadi.
Mehnat omili inson omilidir. Mehnat omili deyilganda insonning ozi emas, uning ishlay olish qobiliyati nazarda tutiladi. Bunday qobiliyatni ish kuchi deb yuritiladi. Kopincha ish kuchi omilini shaxsiy omil ham deyiladi. Odatda ish kuchi sarfini hisoblash uchun ish kuni yoki ish vaqti kategoriyalari qollaniladi. Ish kuni hodimning ish joyida, ishlab chiqarish jarayonida bolgan vaqtidir. Ish kuchi ham miqdor, ham sifat tavsiflariga ega. Miqdor jihatidan, ish kuchi ishga yaroqli mehnat resurslaridan, sifat jihatdan esa ishlovchilarning bilimi, tajribasi,oquvi, mahorati, madaniyati, nafaqat qiyofasidan iborat qorsatkichlardir. Ishlab chiqarishning natijasi (mahsulot miqdori va sifati) kop jihatdan ishlovchining sifat korsatkichlariga borliqdir.
Umuman mehnat omilidan foydalanish darajasini mehnat unumdorligi kategoriyasi orqali bilib olinadi. Mehnat unumdorligi mahsulot va xizmatlar hajmining ularni ishlab chiqarish uchun sarflagan vaqtiga nisbatan aniqlanadi. Mehnat unumdorligini oshirish orqali jamiyatda mol-kollik, farovonlik, ijtimoiy barqarorlikka erishish mumkin. Mehnat unumdorligini alohida iqtisodiy munosabat bolgani uchun uning osishiga olib keluvchi bir qancha omillar ham mavjuddir. Ana shu omillarning eng muhimi, bizningcha, jamiyatda unumli mehnatni takqirlash, ragbatlantirish, ishlash uchun yaxshi qulay sharoitlar yaratib berishdir.Bozor iqtisodiyoti xuddi ana shunday muhitni yaratadi, har bir ishlovchi iqtisodiy-ijtimoiy hayotni uning unumdorligiga bogliq qilib qoyadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |